Авторы

  • Xoliqova Hilola

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125118

Ключевые слова:

ona tili STEAM integratsiya kreativ fikrlash interfaol metod dars samaradorligi.

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili ta’limida zamonaviy innovatsion yondashuv – STEAM modeli haqida ma’lumot beriladi. Maqolada ona tili darslarida fanlararo integratsiyani ta’minlash orqali o‘quvchilarning tafakkurini, ijodkorligini, tahliliy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Misollar orqali amaliy tatbiq ko‘rinishlari keltiriladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

158

2181-3187

ONA TILI DARSLARIDA STEAM YONDASHUVINI QO‘LLASH

IMKONIYATLARI

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti 3-bosqich talabasi

Xoliqova Hilola

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ona tili ta’limida zamonaviy innovatsion

yondashuv – STEAM modeli haqida ma’lumot beriladi. Maqolada ona tili darslarida

fanlararo integratsiyani ta’minlash orqali o‘quvchilarning tafakkurini, ijodkorligini,

tahliliy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Misollar orqali

amaliy tatbiq ko‘rinishlari keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

ona tili, STEAM, integratsiya, kreativ fikrlash, interfaol metod, dars

samaradorligi.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются возможности применения

инновационного подхода STEAM в обучении родному языку. Раскрываются

пути развития аналитического мышления и творческих способностей учащихся

через междисциплинарную интеграцию на уроках родного языка.

Ключевые слова:

родной язык, STEAM, интеграция, креативное

мышление, интерактивный метод, эффективность урока.

Abstract:

This article discusses the possibilities of applying the modern

innovative STEAM approach in native language education. It highlights opportunities

to develop students' critical thinking and creativity through interdisciplinary integration

in language lessons.

Keywords:

native language, STEAM, integration, creative thinking, interactive

method, lesson effectiveness.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

159

2181-3187

Bugungi globallashuv va raqamli rivojlanish davrida ta’lim tizimi tubdan

yangilanmoqda. O‘quvchilar faqat bilim egallovchi emas, balki o‘rganilgan bilimni

hayotda qo‘llay oluvchi, izlanishga moyil, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida

shakllanishi talab etilmoqda. Shu sababli an’anaviy ta’limdan kompetensiyaga

asoslangan, integratsiyalashgan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim shakliga o‘tish

zarurati

tug‘ilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ham bu borada muhim islohotlar olib borilmoqda.

Jumladan, Prezident farmon va qarorlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar,

kreativ va tanqidiy fikrlashga asoslangan yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish

vazifasi belgilab berilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fanining ahamiyati

katta. Chunki bu fandan olgan bilimlar o‘quvchilarning barcha sohalarda fikr yuritishi,

muloqotda bo‘lishi va yozma hamda og‘zaki nutq ko‘nikmasi shakllanishining

asosidir.Shu nuqtai nazardan qaraganda, STEAM yondashuvi (Science, Technology,

Engineering, Art, Mathematics) ona tili darslariga yangi nafas olib kiradi. Bu model

orqali o‘quvchi nafaqat matnni o‘qiydi yoki yodlaydi, balki uni tushunadi, tasavvur

qiladi, u bilan ishlaydi, loyihalashtiradi va boshqa fanlar bilan bog‘lab tahlil qiladi.

STEAM yondashuvi o‘quvchini ijodiy, analitik, kompleks yondashuvga undaydi.

Ayniqsa, bugungi kunda ta’limda muhim bo‘lgan “4C” kommunikatsiya, kooperatsiya,

kreativlik va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishda katta imkon yaratadi.

Ushbu maqolada aynan ona tili fanida STEAM yondashuvini qanday joriy etish

mumkinligi, u orqali o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalar shakllanishi va bu

yondashuvning afzalliklari haqida so‘z yuritiladi. Misollar va tahlillar orqali mavzu

yoritiladi.

STEAM yondashuvi va uning mohiyati haqida gapiradigan bo ‘lsak, STEAM

ingliz

tilidagi

qisqartma

bo‘lib,

quyidagi

fanlarni

anglatadi:

-S–Science(fan)

-T–Technology(texnologiya)

-E–Engineering(muhandislik)

-A–Art(san’at)


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

160

2181-3187

-M–Mathematics(matematika)

Bu model an’anaviy ta’lim uslublaridan farqli ravishda o‘quvchini darsning faol

ishtirokchisiga aylantiradi. Ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq fanlar asosida, muammoni

hal qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan boyitiladi.

Ona tili darslarida STEAM yondashuvini qo‘llash imkoniyatlari

STEAM yondashuvi yordamida ona tili darslarini quyidagi shakllarda

boyitishmumkin

1.Fanlararo bog ‘liqlikni aniqlash

2.

Texnologiyadan

foydalanish

3.Muhandislik

elementlari

4.Ijodkorlikni

rivojlantirish

5. Tadqiqot topshiriqlari

Masalan 1-misol: “Bahor” mavzusi o‘tilayotganda, o‘quvchilar she’rni o‘qib,

tabiatdagi o‘zgarishlarni rasmga chizadilar (Art), so‘ngra grafik ob-havo jadvali

tuzadilar (Matematika), bahorgi o‘zgarishlar haqida qisqa og‘zaki bayon qilishadi (Ona

tili).

2-misol: 5-sinfda ertak matni o‘qilib, personajlar xatti-harakatlarini muhandislik

uslubida sahna maketi tarzida ifodalanadi.

Muhokama

.Ona tili darslarida STEAM yondashuvini joriy etishda qator

muammolar mavjud. Avvalo, ko‘plab o‘qituvchilarda bu yondashuv haqida to‘liq

tushuncha yo‘q yoki amaliy tajriba yetarli emas. Shuningdek, metodik

qo‘llanmalarning yetishmasligi, darsliklarda STEAM asosidagi topshiriqlarning

kamligi muammoning bir qismini tashkil qiladi. Aksariyat maktablarda texnik vositalar

yetarli emas, sinfxonalarda zamonaviy sharoit yo‘qligi ham bu yondashuvni samarali

qo‘llashga to‘sqinlik qiladi. Yana bir muammo — fanlararo hamkorlikda dars rejalari

ishlab chiqilmasligi va o‘qituvchilarning an’anaviy yondashuvdan voz kechishni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

161

2181-3187

istamasligidir. O‘quvchilarni mustaqil, kreativ fikrlovchi shaxsga aylantirish uchun

ta’lim jarayoni har tomonlama yangilanishi zarur.

Natijalar

.Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun quyidagi yechimlar taklif

etiladi.

- O‘qituvchilar uchun STEAM yondashuvi bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish

- Ona tili faniga moslashtirilgan metodik qo‘llanma va dars ishlanmalari yaratish

- Maktablarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, ayniqsa texnologik vositalar

bilan

ta’minlash

- O‘quvchilarga loyiha asosida o‘rganish topshiriqlari berish va baholash mezonlarini

yangilash

- STEAM yondashuviga oid milliy tajribalarni jamlab, amaliyotga joriy qilish.

Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida STEAM yondashuvini qo‘llash dars

samaradorligini oshiradi, fanlararo bog‘liqlikni kuchaytiradi hamda o‘quvchilarning

o‘z fikrini erkin ifodalashiga keng imkoniyat yaratadi. Har bir darsda bu yondashuvni

oddiy usullar bilan joriy qilish o‘qituvchidan yangicha fikrlashni, kreativlikni talab

qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mavlonova K., Hakimova N. Ona tili darslarida o‘qish savodxonligini egallash

imkoniyatlari.

Toshkent,

2020.

2. Yuldasheva Z. Integrativ yondashuv asosida til o‘rgatishning samarali yo‘llari. – T.,

2021.

3. Qosimov A. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2020.

4. STEAM Education Guide. www.edutopia.org (murojaat qilingan sana: 2025-04-29)

5. Davlat ta’lim standarti. Boshlang‘ich ta’lim (O‘zbekiston Respublikasi, 2022)

Библиографические ссылки

Mavlonova K., Hakimova N. Ona tili darslarida o‘qish savodxonligini egallash

imkoniyatlari. –

Toshkent,

Yuldasheva Z. Integrativ yondashuv asosida til o‘rgatishning samarali yo‘llari. – T.,

Qosimov A. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2020.

STEAM Education Guide. www.edutopia.org (murojaat qilingan sana: 2025-04-29)

Davlat ta’lim standarti. Boshlang‘ich ta’lim (O‘zbekiston Respublikasi, 2022)