ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
124
2181-3187
ARAB TILINI O‘QITISHDA CEFR MEZONLARIGA ASOSLANGAN
BOSQICHLI YONDASHUV:
A1 DAN C2 DARAJAGACHA O‘QUVCHILARNING
KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH
Sindarova Malika Aziz qizi
Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti
“ Sharq Tillar ” fakulteti filologiya va fanlarni
o`qitish : arab tili yo`nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada arab tilini o‘rgatishda CEFR ( Umumiy Yevropa
Til Mezonlari ) standartlariga asoslangan bosqichli yondashuvning amaliy ahamiyatini
yoritadi. A1 dab C2 gacha bo‘lgan har bir daraja uchun to‘rt asosiy til ko‘nikmasi –
tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini qiziqarli va interaktiv
metodlar asosida bosqichma – bosqich o‘rgatish strategiyalarini taklif etadi. Til
o‘rgatuvchilar uchun innovatsion yondashuvlar orqali samaradorlikni oshirishga
qaratilgan nazariy va amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
CEFR, arab tili, bosqichli yondashuv, A1 – C2 darajalari, to‘rt
ko‘nikma, til o‘rgatish strategiyasi
Abstract:
This article explores the practical importance of a step-by-step
approach based on the CEFR (Common European Framework of Reference for
Languages) standards in teaching Arabic. It presents stage-appropriate strategies to
develop the four core language skills – listening, reading, writing, and speaking – from
A1 to C2 using engaging and interactive methods. The paper offers both theoretical
and practical recommendations aimed at improving the effectiveness of language
teaching through innovative approaches.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
125
2181-3187
Keywords:
CEFR, Arabic language, step-by-step approach, A1–C2 levels, four
skills, language teaching strategies
Kirish
Bugungi rivojlanayotgan zamonda til o‘rganish faqat grammatika va lug‘at
boyligi oshirishdan iborat emas, Ayniqsa, arab tilini o‘rganishda xalqaro standartlarga
moslashish, va o‘rgatish jarayonini qiziqarli, amaliy va bosqichma – bosqich tashkil
qilish asosiy masalalardan biridir. CEFR – Common European Framework of
Reference for Language tizimi butun dunyoda qo‘llanilib, til o‘rgatishda aniq mezon
va kompetensiyalarni belgilab beradi. Bu yondashuv o‘quvchilarga o‘z maqsadlariga
mos ravishda tilni samarali o‘rganish imkonini beradi. Maqo;ada CEFRning 6 ta asosiy
darajalari ( A1, A2, B1, B2, C1, C2 ) bo‘yicha to‘rt ko‘nikma – tinglab tushunish,
o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini qaysi bosqichda qandey rivojlantirish
kerakligini tahlil qiladi.
Tinglab tushunish:
O‘quvchilar muloqotda va audio materiallarda ma’lumotni
tushunish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
O‘qish:
Turli xil matnlarni o‘qish va ularni tahlil qilish qobiliyatini
shakllantiradi.
Yozish:
Fikrlarni aniq va ravon ifodalash uchun yozma ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish.
Gapirish:
O‘quvchilarning fikrlarini ifodalash va muloqotda ishtirok etish
qobiliyatini rivojlantirish.
Bosqichma – bosqich bilimlarni o‘rganish: A1 darajasi: Ushbu bosqichda
o‘quvchilar oddiy iboralar va so‘zlarni o‘rganadilar. Tinglab tushunish va gapirish
ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qisqa va sodda dialoglar, audio materiallar va
o‘yinlar qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Bu bosqichda sodda darajadagi ilmlarni
o‘rganganligimiz bois, o‘quvchilar ko‘p ham qiynalishmaydi va zerikmasliklari ham
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
126
2181-3187
mumkin. Lekin dars jarayonlarini metodik yondashuvlar orqali o‘rganish va o‘rgatish,
darsni o‘rganish jarayonini tezlashtiradi. Masalan: Odatda o‘quvchilar boshlang‘ich
bosqichlarda ko‘proq e’tiborlarini so‘z yodlashga qaratishadi va tabiiyki, lug‘at boyligi
yetarli bo‘lmagan o‘quvchilarning darajasini yuqorilashi ham qiyin. Shu sababli, turli
o‘yinlar va vizuallik orqali shug‘ullanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
So‘z o‘yinlari: ( Hangman yoki Memory ) orqali yangi so‘zlarni o‘rganish.
Vizuallik: Kartochkalar yordamida so‘zlarni o‘rganish. Har bir so‘zga mos rasm
qo‘shish, o‘quvchilarga yangi so‘zlarni yodlashda yordam beradi.
Tog usuli: Yangi so‘zlarni o‘z tilingizdagi o‘xshash variantini topish va tassavvur
( hayolan voqealashtirish ) bilan yodlash. Masalan: ٌة
َراَّيَس mashina, birinchi bo‘lib
hayolga sayr ya’ni o‘zbekchda talaffuzi o‘xshash so‘z hayolga keladi. Shu ikki so‘zni
tasavvurda birlashtiramiz. Masalan: ( Mashina qanot chiqarib, osmonda sayr qilib
yuribdi ) shu usulda so‘z yodlash, lug‘at boyligini ancha o‘stiradi.
A2 darajasi: O‘quvchilar o‘zlarini oddiy vaziyatlarda ifoda etishga qodir
bo‘lishlari kerak. Bu bosqichda o‘qish va yozish ko‘nikmalariga ko‘proq e'tibor
qaratish lozim. O‘quvchilar qisqa matnlar yozish va o‘qish orqali ko‘nikmalarini
rivojlantirishlari mumkin. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘rgangan lug‘atlaridan
foydalanib, matnlar tuza olishi, sodda matnlarni tarjima qila olishi va shu bilan birga
textlar o‘qish jarayonida diqqatli bo‘lishi talab qilinadi. Chunki tarjima bilan birga gap
tuzish strukturalarini o‘rganish, kuzatib borish, keyinchalik mustaqil ravishda xatosiz
yoza olish uchun zarur. Tarjima va yozish ko‘nikmasini oshirish, grammatika ustida
ishlash uchun quyidagi metoddan foydalanish mumkin:
Yashirin hikoya metodi: Qiziqarli matn (10–15 gapdan iborat hikoya)
• Matn parchalari (kartochkada, slaydda yoki kesilgan qog‘ozlarda)
• Har bir guruh uchun alohida to‘plam
( guruhlar hikoyani jamlashlari talab etiladi )
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
127
2181-3187
• Tayyorlangan “natija varaqasi” yoki Google Form (javoblar yozilishi uchun).
Bu usul ham qiziqarli ham samaralidir.
B1 darajasi: Bu bosqichda o‘quvchilar o‘z fikrlarini yanada murakkabroq tarzda
ifoda etishga o‘rganadilar. Muloqotda ishtirok etish va fikr almashish uchun ko‘proq
imkoniyatlar yaratish zarur. Tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalari yanada
chuqurlashtiriladi. Bu ikki ko‘nikmani rivojlantirish uchun asosan, ko‘proq shu tilda
podcast va vloglar tomosha qilish va tinglash, o‘quvchining o‘zi ham kunlik tartib yoki
rejalarini shu tilda gapirish, mavzuli loyihalar ( turli mavzularda slayd va study bloglar
) ko‘rish yoki o‘zi yaratish, interaktiv texnologiyalar ( Wordwall, Kahoot ) orqali
o‘rganish mumkin.
B2 darajasi: O‘quvchilar murakkab matnlarni o‘qish va tahlil qilish qobiliyatini
rivojlantirishlari kerak. Yozish ko‘nikmalarini oshirish uchun maqolalar va esse yozish
tavsiya etiladi. Bu bosqichda ko‘proq o‘rganayotgan tilda yangiliklar, xabarlar,
axborotlar tomosha qilish. Tandidiy fikrlashga asoslangan munozara mashqlarini
o‘zbek tilida tushuntirib, mavzular bilan taqdim qilish. Jamoalarga bo‘linib debatlar
tashkil qilish. Masalan: Kelajakda robotlar odam o‘rnini bosa oladimi? Ijtimoiy
tarmoqlar hayotimizga foydalimi zararlimi? Kabi savollarga 2 guruhga bo‘linib javob
berish. Har bir mavzu oldidan “ vocabulary bank ”
تادرفملا كنب berish va muhokamadan
so‘ ng, “reflection writing”- شاقنلا دعب لمأت ريكفت ya’ni o‘z fikr mulohazalarini bayon
qilish orqali yozish va gapirish ko‘nikmalarini oshirish mumkin.
C1 darajasi: Bu bosqichda o‘quvchilar tilni professional darajada o‘zlashtirishlari
kerak. Murakkab fikrlarni ifodalash va turli mavzularda muloqot qilish qobiliyatlarini
rivojlantirish zarur. Bu bosqichgacha yozish va gapirish strukturalarini yaxshi
o‘zlashtirish va amaliyotda ham qo‘llay olish kerak. Lug‘at darajasini oshirish ya’ni
boshlang‘ich darajadagi so‘zlardan iloji boricha foydalanmaslik zarur. Masalan:
ةلكشم
–
يدحت muammo, qiyinchilik, cheklov,
ةركف
-
راكتبإ
g‘oya, yangilik,
ةدعاسم
–
نواعت
yordam, hamkorlik kabi. Bundan tashqari, o‘rganayotgan tilda kino va dasturlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
128
2181-3187
tomosha qilish va bu tilmi haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashish foydali
bo‘ladi.
C2 darajasi: O‘quvchilar tilni mukammal darajada bilishlari, murakkab matnlarni
tushunishlari va o‘z fikrlarini komil, aniq ifoda etishlari kerak. Barcha ko‘nikmalarni
mukammal darajada rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. So‘z iboralari, antonimlari,
sinonimlari bilan ishlash, ommaviy nutq va munozaralarda ishtirok etish, til
madaniyatini ham chuqur o‘rganish talab etiladi.
Xulosa:
CEFR (Yevropa til o‘rganish umumiy mezonlari) asosida bosqichma-
bosqich yondashuv arab tilini o‘rgatishda o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini samarali
va qiziqarli tarzda rivojlantirish uchun juda muhimdir. Bu yondashuv har bir
o‘quvchining til darajasiga moslashtirilgan o‘quv strategiyalarini qo‘llashni
ta’minlaydi, natijada o‘rganuvchilar o‘z imkoniyatlari doirasida tilni osonroq va
tushunarliroq o‘zlashtiradilar. Bosqichli yondashuv orqali o‘quvchilar tilning barcha
asosiy ko‘nikmalarini — tinglash, o‘qish, gapirish va yozishni — birma-bir va muvofiq
darajada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, bu metod o‘quvchilarga
tilga bo‘lgan qiziqishni oshirishda ham samarali bo‘ladi, chunki har bir darajadagi
mashg‘ulotlar ularning ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos keladi. Shu tariqa, tilni
o‘rganish jarayoni yanada interaktiv, motivatsion va samarali bo‘ladi. Natijada, CEFR
mezonlari asosida ishlab chiqilgan darsliklar va o‘quv materiallari o‘quvchilarning tilni
tizimli ravishda o‘zlashtirishiga yordam beradi, ularning nutq madaniyatini va
kommunikativ qobiliyatlarini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida, nafaqat tilni bilish
darajasini oshirish, balki tilni amaliy hayotda samarali qo‘llay olishga ham imkon
yaratadi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil o‘qish
ko‘nikmalari ham shakllanadi, bu ularning kelajakdagi til o‘rganish jarayonlarini
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
129
2181-3187
Xulosa qilib aytganda, CEFR mezonlariga asoslangan bosqichli yondashuv arab
tilini o‘rgatishda nafaqat ta’lim jarayonining sifatini oshiradi, balki o‘quvchilarning
tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularni yanada faol va samarali o‘rganishga
undaydi. Bu yondashuv zamonaviy til o‘rgatish metodlari bilan uyg‘unlashib, o‘quv
jarayonini nafaqat samarali, balki qiziqarli va doimiy bo‘lishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Council of Europe. (2001). Common European Framework of Reference for
Languages: Learning, Teaching, Assessment (CEFR).
2.
Richards, J. C., & Schmidt, R. (2010). Longman Dictionary of Language
Teaching and Applied Linguistics.
3.
Nation, I. S. P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language.
4.
https://cyberleninka.ru/article/n/arab-tilida-cefr-mezonlari-asosida-yaratilgan-
a1-darajadagi-o-quv-dasturlariga-qo-yiladigan-talablar
5.
https://grantlar.uz/blog/cefr/
6.
https://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/download/1551/2282/1771
7.
Al-Hassan, S., & Al-Shammari, M. (2018). Teaching Arabic as a foreign
language: Integrating CEFR standards in the classroom. Journal of Language Teaching
and Research, 9(3), 534–543.
8.
Al-Mahrooqi, R., & Denman, C. (2017). Challenges in teaching Arabic language
skills to non-native speakers. Arab World English Journal, 8(4), 236–249.