Авторы

  • Abdurahmonova Nilufar Laziz qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125178

Ключевые слова:

maqom tavba zuhd tavakkul qanoat sabr tavoze’ zikr rizo ishq.

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida tasavvufiy g‘oyalar va ularning badiiy ifodasi chuqur tahlil qilinadi. Xususan, Navoiy tomonidan ilgari surilgan maqomlar – ruhiy va ma’naviy taraqqiyot bosqichlari sifatida qaralib, ularning har biri asar mazmuni bilan qanday uyg‘unlashgani o‘rganilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

110

2181-3187

“MAHBUB UL-QULUB” ASARINING TASAVVUFIY MOHIYATI VA

MAQOMLAR MUTANOSIBLIGI

10.00.00- FILOLOGIYA FANLARI

Abdurahmonova Nilufar Laziz qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

magistranti

abdurahmonovanilufar33@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida

tasavvufiy g‘oyalar va ularning badiiy ifodasi chuqur tahlil qilinadi. Xususan, Navoiy

tomonidan ilgari surilgan maqomlar – ruhiy va ma’naviy taraqqiyot bosqichlari sifatida

qaralib, ularning har biri asar mazmuni bilan qanday uyg‘unlashgani o‘rganilgan.

Kalit so’zlar.

maqom, tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze’, zikr, rizo, ishq

.

Annotation.

This article provides an in-depth analysis of the mystical ideas and

their artistic expression in Alisher Navoi’s work “Mahbub ul-qulub”. In particular, the

maqoms put forward by Navoi are considered as stages of spiritual and moral

development, and how each of them is combined with the content of the work is

studied.

Keywords.

status, repentance, asceticism, trust, contentment, patience, humility,

remembrance, consent, love.

“Mahbub ul-qulub” – komil inson qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob

bera oluvchi muhim tasavvifiy manbadir. Asarning ikkinchi qismi “Hamida af’ol va

zamima xisol xosiyati” (Yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to‘g‘risida) deb nomlanib,

bu qismda yuqorida to‘xtalib o‘tilgan Alloh rizoligiga erishish bosqichlari deya

ta’riflagan tasavvufiy maqomlar xususida so‘z boradi.

“Mahbub ul-qulub”ning ikkinchi qismida insonning ma’naviy barkamollikka

erishib, Haq bilan birlashishi uchun zarur bo‘lgan ijobiy fazilatlar mohiyati hamda

odamzotni tubanlik botqog‘iga yetaklovchi yomon xislatlar kasofti haqida so‘z boradi.

Shuningdek, komillika erishish masalalari tasavvufiy qarashlar nuqtayi nazaridan tahlil


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

111

2181-3187

qilinadi. Navoiy mazkur asarda bu axloqiy masalalarni 10 bobda bayon etib shu yo‘l

bilan kamolotga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki,

“Mahbub ul-qulub”da maqom turlari boblar kabi 10 taga ajratiladi:

Navoiy har bir bobda insoniy fazilatlarning asl mohiyatini ochishga harakat qiladi

va bu fikrlarni mashhur avliyolar, shayxlar, tarixiy shaxslar, afsonaviy qahramonlar

bilan bog‘liq bo‘lgan hikoyatlarni keltirish orqali dalillaydi.

So‘fiylarning maqomlar borasidagi tasniflarini tadqiq qilish asnosida Navoiy

keltirgan maqomotlardagi o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi:

Maqomlar tushunarli, sodda, ixcham tarzda izohlanadi;

Ruhiy kamolot bosqichlari nasriy va nazmiy shaklda va hikoyatlar ko‘magida

sharhlanadi;

Tavoze’ va adab – tasavvufiy maqom sifatida baholanadi;

Boshqa mutasavvuflardan farqli o‘laroq ishq maqomi bu asarda so‘nggi

bosqich sifatida keltiriladi.

Asar ikkinchi qismining birinchi bobi “Tavba zikrida” deb nomlanib, Navoiy bu

maqomot turini yoritishda nasriy matn, ruboiy, qit’a va hikoyatdan foydalanadi. Tavba

Tasavvuf

maqomlari

Tavba

Zuhd

Tavakkul

Qanoat

Sabr

Tavozu’ va

adab

Zikr

Tavajjuh

Rizo

Ishq


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

112

2181-3187

insonning o‘z xatolari, gunohlari uchun Allohga murojaat qilishi va pushaymon

boʻlishini bildiradi. Tavba isyondan itoatga, gunohdan yaxshilikka, xatodan haqiqatga

qaytishdir. Haqiqiy tavba bu til bilan ifoda qilinmasa-da, qalbda paydo boʻladigan

pushaymonlik tuyg‘usidir. “Mahbub ul-qulub”da esa tavbaga shunday ta’rif beriladi:

“Tavba mujrim bandaning ko‘ngli ko‘zgusin isyon zangidan oritur va niyoz musqili

bila ul ko‘zgu yuzin yoritur”

1

. Demak, tavba gunohkor bandaning ko‘ngil ko‘zgusini

gunoh zangidan tozalaydi va iltijo sayqali bilan u ko‘zguning yuzini yoritadi. Navoiy

fikriga ko‘ra, bu maqomda banda Haq taolodan najot tilash vaqti yetganini anglab

yetadi hamda nafsga tobelikni tark etadi. U o‘z holatidan xabardor bo‘lib, shum nafs

ta’siridan xoli bo‘lganligi uchun o‘zining to‘g‘ri yo‘lini topadi. Xatolarini tan olib,

gunohlarining kechirilishi uchun istig‘for aytadi va Haq yo‘liga kiradi. Bu holat tariqat

ahlining birinchi boqich(maqom)i va maqsad vodiysining birinchi manzilidir.

“Zuhd zikrida” deb nomlangan ikkinchi bobda Navoiy Zuhd maqomining

ahamiyatini tushuntirishda nasriy matn, mavzuga xos hikoyat va ikkita bayt keltirgan.

Ushbu bobda Navoiy zuhdni shunday ta’riflaydi: “Zuhd dunyo orzularidin kechmakdur

va nafs alarming mavti zahrin ichmakdur. Va nafsning barcha muddaolarin

unutmoqdur. Va shariat jodasida mardona turmoqdur. Va tariqat vodiysig‘a

purdardmandona qadam urmoqdur…”

2

. Shuningdek, Hazrat Navoiy fikricha, barcha

nomahramlar yuzidan ko‘zni asrash, barcha nomaqbul so‘zdan tilni tiyish, nafs

istaklaridan ro‘za tutish, ko‘p mish-mish, g‘iybatlardan kar bo‘lish, yolg‘izlikni do‘st

bilish va hamisha zikrda bo‘lish zuhd maqomining asosiy shartlaridir. Va bu maqomni

egallagan solikning vujudi riyozat nuri bilan nafs chirkinliklaridan tozalanadi,

ko‘nglini yoritgan sham yog‘dusi bandaning qalbini shodlantiradi.

Haqiqatdan ham, banda Zuhd maqomida Alloh irodasiga bo‘ysunish, uning

roziligini egallashni istab, bu dunyoning foniy, vaqtinchalik ekanligini anglaydi.

Nafaqat dunyo mol-mulki, boyliklaridan, balki bu moddiyatga bo‘lgan qalban

1

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 50-b.

2

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 53-b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

113

2181-3187

bog‘liqlikdan ham voz kechadi. Hayotini toat-ibodatda o‘tkazadi hamda Yaratganning

irodasiga bo‘ysunib, U yozgan taqdirga rozi bo‘ladi.

Alisher Navoiy uchinchi – “Tavakkul zikrida” bobida “Tavakkul Haq yo‘lida

vosita asbobin raf’ qilmoqdur va vasila hijobin daf’ qilmoq”

3

, (ya’ni Tavakkul

(Allohga dilbastalik va komil e’timod – ishonch) Haq rizosi uchun turli sabablarni yo‘q

qilish va bahona to‘siqlarini daf etishdir) ta’rifini beradi. Shuningdek, bu qismda

Navoiy o‘qiguvchiga murojaat qilib, sening nasibangni boshqa bir kishi, uning

nasibasini esa sen yeya olmaysan, rizq shunday narsaki, tilamasang ham yetkazadi,

yemasang ham yediradi, deydi. Allohning Rizqlantiruvchi ekanligini bilgan banda rizqi

uchun g‘am chekmaydi hamda Rizq bo‘luvchi ekanligini bilgan nasibasi ozligida ham,

ko‘pligida ham hech so‘z demaydi. Vahshiy yirtqich-u qushning rizqiga kafil bo‘lib,

qurt-qumursqalarni ham rizqlantirgan Parvardigor seni unutishi mumkinmi?, deya

tavakkul sahrosiga qadam qo‘yib maqsad vodiysiga erishish mumkinligini ta’kidlaydi.

To‘rtinchi bob, ya’ni keyingi tasavvuf maqomi – Qanoat bo‘lib, bu istiloh arabcha

– mamnunlik, boriga shukur qilish; qanoatlilik, kamsuqumlik kabi ma’nolarni

anglatadi. “Mahbub ul-qulub”da shoir: “Qanoat chashmayedurkim, suvi olmoq bila

qurumas va maxzanedurkim, naqdi sepamoq bila o‘ksumas va mazrayedurkim, tuxmi

izzat va shavkat bar berur va shajaredurkim, shoxi istig‘no va hurmat samar kelturur”

4

deya ta’kidlaydi. Ya’nikim, qanoat bir chashmaki, olgan bilan suvi hech qurimaydi, bir

xazinadirki, boyligi sochilgan bilan kamaymaydi, bir ekinzordirki, urug‘i izzat va

shavkat hosilini beradi va bir daraxtdirki, uning shoxida ehtiyojsizlik va hurmat mevasi

bordir. Shuningdek, Navoiy fikricha, kim qanoatga odatlangan bo‘lsa, shohlik va

gadolik tashvishidan ozod bo‘ladi. U shunday qo‘rg‘onki, unga kirgan odam nafs

yomonligidan qutuladi, u bir tog‘dirki, unga chiqqan kishi dushman va do‘stga

muhtojlikdan xalos bo‘ladi. Qanoat bir maydirki, o‘zi achchiq, ammo uning nash’asi

shodlantiruvchi, bir yo‘ldirki, o‘zi qattiq, lekin manzili sevintiruvchidir. Shuningdek,

qanoat – elni ikki balo – tamagirlik va nokaslikdan qutqaradigan gavhardir. Negaki,

3

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 55-b.

4

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 57-b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

114

2181-3187

kimning qanoatdek ulug‘ xislati bo‘lsa, u el ichida izzat-u hurmatga ega bo‘ladi,

aksincha, kim tama-yu hirs bilan do‘st tutinsa, u yaxshi va yomon ichra xor-u nahs

ko‘rinadi.

“Mahbub ul-qulub” asarining beshinchi bobi “Sabr zikrida” deb nomlangan.

Tadqiq etilayotgan manbada esa bu maqomatga shunday ta’rif beriladi: “Sabr o‘zni

chiqarmoqdur huzuzi nafsonidin va tana’ umoti jismonidin va nafsini habs qilmoqdur

ibodat mehnatida va qadamni sobit qo‘ymoqdur riyozot suubatida. Haq yo‘lida qotig‘

irikka tuzmakdur va yaxshi-yomondin har ne eshitgan va ko‘rganga tahammul

ko‘rguzmakdur”

5

. Shuningdek, Navoiy go‘zal o‘xshatish va tashbehlar orqali bu

tushunchaning ma’no-mohiyatini teranroq ifodalashga harakat qiladi. Masalan, sabr –

suhbati zerikarli, ammo oqibati maqsadga olib boruvchi do‘st; umidi uzoq, biroq

nihoyasida istakka yetkazuvchi ulfat; sekin yursa-da manzilga yetkazuvchi tulpor;

og‘irqadam, lekin bekatga eltuvchi nor tuyadir. U ayriliq shomi kabi qorong‘u va uzun

bo‘lsa ham oxirida visol tongiga yetkazadi, Haj yo‘li singari qiyin va uzoq bo‘lsa ham

so‘ngida Ka’baga olib boradi.

“Tavozu’ va adab zikrida” deb nomlangan oltinchi bobda Navoiy boshqa

mutasavvuflar tasnifida keltirilmagan bu ikki xislatga maqom sifatida qaraydi va uning

ahamiyatini tushuntirishda nasriy matn, mavzuga xos hikoyat va ikkita bayt keltiradi.

Asarda keltirilishicha, tavoze’ xalqni kishi muhabbatiga jalb qiladi va xalqni u bilan

do‘stlashtiradi. U mutakabbir dushmanga muloyimlik sari yo‘l ko‘rsatadi, gerdaygan

dushmanda insoniylik zavqini qo‘zg‘atadi. Qayta-qayta ko‘rsatilgan tavoze’ insofsiz

dushmanni ham yomonlikdan qaytara oladi.

Yettinchi bob, ya’ni keyingi tasavvufiy maqom – Zikr bo‘lib, bu istiloh arabcha –

yodga olish, eslash ma’nosini anglatadi. “Mahbub ul-qulub”da shoir: “Zikr ko‘ngul

bila Haq yodi ishtig‘olidur va til bila dag‘i hamul takallum maqolidur. Ko‘ngul bila

Haq yodi bila bo‘lmoqdur va aning g‘ayri xaylidin xoli bo‘lmoqdir”

6

deya ta’kidlaydi.

Ya’nikim, zikr – bu qalb bilan Allohni eslash, yod etishga mashg‘ul bo‘lish va til bilan

5

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 60-b.

6

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 65-b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

115

2181-3187

ham ana shu eslashni ifodalashdir. Qalban Haqqa bog‘lanish va oshqa behuda

fikrlardan o‘zni xoli etishdir. Shuningdek, Navoiy fikricha, zikr daryosiga kirgan kishi

maqsad gavharini istasa, ovoz chiqarmasligi kerak va bu maqsadga yo‘l topgan

sirdoshlik xohlasa, gapirmasligi lozim. Bundan xulosa chiqarishimiz mumkinki,

Hazrat Navoiy zikrni faqat til bilan aytiladigan so‘z-u ibora sifatida emas, balki qalb

bilan Yaratganni eslash, zikr qilish, Unga ixlos hamda ishq bilan doimiy yaqin

bo‘lishni anglatuvchi maqom sifatida baholaydi. Haqiqatdan ham, qalbdan his qilib

aytilmagan, ko‘r-ko‘rona til vositasida ifodalangan zikr, albatta, befoydadir.

Haq rizoligiga erishishning sakkizinchi bosqichi sifatida Navoiy “Tavajjuh

zikrida” bobini keltiradi. Navoiy fikricha, dunyo-yu oxiratda saodatga erishishni

bildirsalar ham, siddiq va payg‘ambarlar martabasini akslantirsalar ham bu maqomda

solik bunga nazar tashlaydi, hatto, ko‘ngliga yaqin yo‘latmaydi. Agar yuziga o‘qlar

kelsa, ko‘z yumishni unutadi, o‘q bir ko‘zini yo‘q qilsa, yana birini tutib beradi. Tosh

yog‘sa, boshini yashirmaydi. Mabodo oldida dahshatli sher paydo bo‘lsa, Allohga

yuzlangan solik uchun u chumoliday gap. Unga qutugan fil duch kelsa, pashsha nima-

yu u nima? Demak, tavajjuh Yaratgan uchun o‘zni fido qilish hamdir.

“Hamida af’ol va zamima xisol xosiyati” qismining to‘qqizinchi bobi – “Rizo

zikrida”dir. Alisher Navoiy ham bu bosqich mohiyatini o‘quvchiga kengroq

tushuntirish, uqtirish maqsadida egallagan bilimlari doirasida turli tashbeh-u

o‘xshatishlar, ikkita nazmiy bayt va hikoyat keltiradi. Uning fikricha, rizo – o‘z istak

va xohishlaridan kechish hamda Haq subhanahu va taolo rizoligi qadahini

sipqarmoqdir. Bu maqomda solik o‘z rizosini fano o‘tiga otib, Alloh rizosi bilan o‘zini

qayta o‘nglaydi. Agar banda bog‘ga qadam qo’yganda boshiga gul yog‘ilsa yoki

oyog‘iga tikan kirsa, bu bog‘bonning rizo va ixtiyori bilan sodir bo‘ladi. Do‘stning

rizoligi uchun ham jonini fido qiladi va agar u yana jon so‘rasa, do‘sti uchun bajo

qiladi. U tiriklikni faqat Alloh rizosi uchun tilaydi, agar o‘limda Uning rizoligini topsa,

jon berishni xohlaydi.

Navoiy hazratlari ham so‘nggi tasavvuf bosqichi sifatida o‘ninchi bobni “Ishq

zikrida” deb nomlab, “sevgi, oshiqlik” ma’nolarini ifodalovchi mazkur istiloh –


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

116

2181-3187

maqom haqida adib o‘z asarida shunday fiklarni ifodalaydi: “Ishq axtaredur

duraxshanda va bashariyat ko‘zi nur va ziyosi andin va gavharedur raxshanda,

insoniyat tojining zeb va bahosi andin…”

7

. (Ishq – porloq yulduzdir va bashariyat

ko‘zining nur va ziyosi undan, u – tovlanuvchi gavhardir, unsoniyat tojining zeb va

bahosi undan). Shuningdek, ishq – har to‘lqini yuz aql-hush kemasini g‘arq qila

oladigan keng dengizdir, har tig‘i ming zuhd-u taqvo egasining boshini uchira oladigan

baland tog‘dir, olamni nafasi ila komiga oladigan qonxo‘r ajdarhodir, olam ahlini qirib

tashlaydigan qahrli podshodir. Ishq oldida shoh-u gado ham, fosiq-u porso (pokdil)

ham barobar. Oshiqning ko‘ngliga ma’shuq havasini soluvchi ham, bir jilvasi bilan

uning jonini oluvchi ham shu ishq hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, “Mahbub ul-qulub” asari insoniy fazilatlarni yuksaltirish,

ma'naviy kamolot sari intilishga yo‘naltiruvchi bebaho manba bo‘lib, Navoiy o‘z davri

va undan keyingi avlodlar uchun ham axloqiy-ma'naviy yo‘nalish beruvchi ulkan

siymo ekanligini namoyon etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018.

2.

Joʻzjoniy A.Sh. Tasavvuf va inson. – T.: “Adolat”, 2001.

3.

Komilov N. Tasavvuf. Birinchi kitob. – T., 1996.

4.

Komilov N. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. – T., 1999.

5.

Абдуллаев А. Тасаввуф ва унинг намоёндалари. Илмий-оммабоп рисола.

– Термиз, 2007

6.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. I том. –

Т.,1983.

7.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. II том.

– Т.,1983.

7

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018. 70-b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

117

2181-3187

8.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. III том.

– Т.,1984.

9.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. IV том.

– Т.,1985.

10.

Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб (нашрга тайёрловчи П. Шамсиев) //

Асарлар. 15 томлик. 13-том. – Тошкент: Fафур Fулом номидаги бадиий адабиёт

нашриёти, 1966.

Библиографические ссылки

Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Т.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2018.

Joʻzjoniy A.Sh. Tasavvuf va inson. – T.: “Adolat”, 2001.

Komilov N. Tasavvuf. Birinchi kitob. – T., 1996.

Komilov N. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. – T., 1999.

Абдуллаев А. Тасаввуф ва унинг намоёндалари. Илмий-оммабоп рисола. – Термиз, 2007

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. I том. –

Т.,1983.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. II том. – Т.,1983.8.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. III том. – Т.,1984.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. IV том. – Т.,1985.

Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб (нашрга тайёрловчи П. Шамсиев) //

Асарлар. 15 томлик. 13-том. – Тошкент: Fафур Fулом номидаги бадиий адабиёт

нашриёти, 1966.