Авторы

  • Umarova Farida Saidikramovn
  • Endirboyeva Gulruh Oybek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125195

Ключевые слова:

Kasallik jazo sinov antik falsafa zamonaviy falsafa Gippokrat Ibn Sino ekzistensializm ruh-tana muvozanati hayot mazmuni tibbiyot falsafasi gumanizm Mishel Fuko Martin Xaydegger Jan-Pol Sartr qadimiy tibbiy qarashlar ilohiy iroda.

Аннотация

Insoniyat qadimdan beri kasallik hodisasi bilan yuzma-yuz kelib kelgan. Bu murakkab va ko‘p qirrali holat turli davrlarda turlicha talqin etilgan: ba'zilar uni ilohiy jazo sifatida qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar uni inson ruhiyati, tanasi va hayot mazmuni 
bilan bog‘lagan. Ushbu maqola kasallikka nisbatan qadimgi antik falsafa (ayniqsa, Yunon va Rim mutafakkirlari — Gippokrat, Platon, Arastu) hamda Sharq tafakkuri (Ibn Sino, Forobiy) doirasidagi qarashlarni ko‘rib chiqadi. Ularning nuqtai nazarida 
kasallik ko‘pincha tabiiylik, tana va ruh o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, yoki ilohiy tartibga zid holat sifatida talqin qilingan. Maqolada kasallikning “jazo” yoki “sinov” sifatida talqin qilinishi — bu ikki tushunchaning qanday tarixiy va madaniy 
ildizlarga ega ekani, ularning falsafiy asoslari, shuningdek bugungi jamiyatda qanday ahamiyat kasb etayotgani izlanadi. Maqola kasallikni insoniyatning umumiy tajribasida chuqur ildiz otgan, mazmunli va murakkab hodisa sifatida ko‘rib chiqishga 
da’vat etadi 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

27

2181-3187

KASALLIK-JAZO YOKI SINOV? ANTIK VA ZAMONAVIY

FALSAFANING QARASHLARI

Umarova Farida Saidikramovna

Toshkent tibbiyot universiteti Ijtimoiy

fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Endirboyeva Gulruh Oybek qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son

davolash ishi fakulteti talabasi

Annotatsiya

Insoniyat qadimdan beri kasallik hodisasi bilan yuzma-yuz kelib kelgan. Bu

murakkab va ko‘p qirrali holat turli davrlarda turlicha talqin etilgan: ba'zilar uni ilohiy

jazo sifatida qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar uni inson ruhiyati, tanasi va hayot mazmuni

bilan bog‘lagan. Ushbu maqola kasallikka nisbatan qadimgi antik falsafa (ayniqsa,

Yunon va Rim mutafakkirlari — Gippokrat, Platon, Arastu) hamda Sharq tafakkuri

(Ibn Sino, Forobiy) doirasidagi qarashlarni ko‘rib chiqadi. Ularning nuqtai nazarida

kasallik ko‘pincha tabiiylik, tana va ruh o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, yoki

ilohiy tartibga zid holat sifatida talqin qilingan. Maqolada kasallikning “jazo” yoki

“sinov” sifatida talqin qilinishi — bu ikki tushunchaning qanday tarixiy va madaniy

ildizlarga ega ekani, ularning falsafiy asoslari, shuningdek bugungi jamiyatda qanday

ahamiyat kasb etayotgani izlanadi. Maqola kasallikni insoniyatning umumiy

tajribasida chuqur ildiz otgan, mazmunli va murakkab hodisa sifatida ko‘rib chiqishga

da’vat etadi

Kalit so‘zlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

28

2181-3187

Kasallik, jazo, sinov, antik falsafa, zamonaviy falsafa, Gippokrat, Ibn Sino,

ekzistensializm, , ruh-tana muvozanati, hayot mazmuni, tibbiyot falsafasi, gumanizm,

Mishel Fuko, Martin Xaydegger, Jan-Pol Sartr, qadimiy tibbiy qarashlar, ilohiy iroda.

Аннотация

Человечество сталкивалось с таким явлением, как болезни, еще с древних

времен. Это сложное и многогранное явление в разные эпохи трактовалось по-

разному: одни воспринимали его как божественное наказание, другие связывали

с человеческой психикой, телом и смыслом жизни. В статье рассматриваются

взгляды на болезнь в рамках античной философии (особенно греческих и

римских мыслителей — Гиппократа, Платона, Аристотеля) и восточной мысли

(Авиценны, Аль-Фараби). С их точки зрения болезнь часто трактовалась как

состояние естественности, нарушение равновесия между телом и духом или

состояние конфликта с божественным порядком. В статье рассматривается

трактовка болезни как «наказания» или «испытания» — исторические и

культурные корни этих двух понятий, их философские основы и значение в

современном обществе. В статье предлагается рассматривать болезнь как

значимое и сложное явление, глубоко укорененное в общем опыте человечества.

Ключевые слова

Болезнь, наказание, испытание, античная философия, современная

философия, Гиппократ, Ибн Сина, экзистенциализм, баланс разума и тела, смысл

жизни, философия медицины, гуманизм, Мишель Фуко, Мартин Хайдеггер,

Жан-Поль Сартр, античные медицинские воззрения, божественная воля.

🇬🇧

Annotation


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

29

2181-3187

Humanity has been faced with the phenomenon of illness since ancient times. This

complex and multifaceted condition has been interpreted differently in different eras:

some perceived it as divine punishment, while others associated it with the human

psyche, div, and meaning of life. This article examines the views on illness within

the framework of ancient ancient philosophy (especially Greek and Roman thinkers -

Hippocrates, Plato, Aristotle) and Eastern thought (Avicenna, Al-Farabi). From their

point of view, illness was often interpreted as a violation of naturalness, a disturbance

of the balance between div and soul, or a state contrary to the divine order. The article

explores the historical and cultural roots of these two concepts, their philosophical

foundations, and their significance in today's society. The article calls for considering

illness as a meaningful and complex phenomenon, deeply rooted in the common

experience of humanity.

Keywords

Disease, punishment, test, ancient philosophy, modern philosophy, Hippocrates,

Ibn Sina, existentialism, , mind-div balance, meaning of life, philosophy of medicine,

humanism, Michel Foucault, Martin Heidegger, Jean-Paul Sartre, ancient medical

views, divine will.

Kirish

Kasallik — insoniyat tarixida eng chuqur falsafiy va hayotiy savollarni keltirib

chiqaradigan hodisalardan biridir. U faqat jismoniy og‘riq emas, balki ong va ruhiyatga

ham ta’sir etuvchi murakkab holat bo‘lib, turli davrlar va madaniyatlarda turlicha talqin

qilingan. Qadimiy davrlarda kasallik ko‘pincha ilohiy jazo sifatida tushunilgan —

insonning gunohi yoki axloqiy kamchiliklari uchun berilgan azob sifatida. Ayniqsa

diniy qarashlar bu tushunchani mustahkamlab kelgan. Biroq yunon faylasuflari

Gippokrat va Arastu kasallikni tabiat qonunlariga asoslangan muvozanatning buzilishi

deb qaraganlar. Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlari esa uni tana va ruh uyg‘unligining

buzilishi, hayot tarzi va ruhiy holat bilan bog‘liq murakkab jarayon sifatida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

30

2181-3187

tushuntirganlar. Zamonaviy falsafa vakillari — Xaydegger, Sartr, Fuko kabi

mutafakkirlar esa kasallikni insonning mavjudlik tajribasi, hayot va o‘lim haqidagi

chuqur anglashga olib boruvchi vosita sifatida ko‘radilar. Bu yondashuvda kasallik

jazo emas, balki insoniy o‘sish, anglash va o‘zlikni kashf etish yo‘lidagi sinov sifatida

baholanadi.

Ushbu maqolada kasallikning "jazo" yoki "sinov" sifatida qanday talqin

etilganligi antik va zamonaviy falsafa doirasida tahlil qilinadi. Maqsad — bu hodisani

chuqurroq tushunib, uning inson hayotidagi ma’naviy va falsafiy o‘rnini ochib

berishdir

Asosiy qism

1. Antik falsafada kasallik: tabiatmi yoki jazo?

Antik dunyoda kasallik masalasiga bo‘lgan yondashuv diniy, mifologik va

falsafiy qarashlar uyg‘unligida shakllangan. Ko‘plab qadimiy jamiyatlarda kasallik

ilohiy g‘azab yoki jazo sifatida talqin qilingan. Misol uchun, qadimgi Mesopotamiya

va Misrda kasallik ko‘pincha yovuz ruhlar yoki xudolarning g‘azabi bilan bog‘langan.

Bunday yondashuvlarda davolanish ham ma'naviy poklanish, tavba yoki marosimlar

orqali amalga oshirilgan.

Biroq qadimgi Yunonistonda Gippokrat va uning izdoshlari kasallikni inson

tanasi ichidagi tabiiy jarayon sifatida talqin qilganlar. Gippokratning “to‘rt suyuqlik

nazariyasi”ga ko‘ra, sog‘liq — bu suyuqliklarning (qon, balg‘am, sariq va qora safro)

muvozanatidir, kasallik esa muvozanat buzilishi. Bu ilmiy asoslangan tibbiy

yondashuv, kasallikni tabiat qonunlariga binoan tushunishga yo‘l ochdi.

Arastu ham inson organizmini maqsadli va mantiqiy tartibda ishlovchi tizim deb

bilgan. Uning fikricha, kasallik — bu tabiiy shakl va vazifaning izdan chiqishi, ya'ni

mavjudlik maqsadiga erishishga to‘sqinlik qiluvchi holatdir.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

31

2181-3187

Sharq mutafakkirlari — ayniqsa Ibn Sino — kasallikni ruhiy va jismoniy

uyg‘unlik bilan bevosita bog‘lagan. Ibn Sino tibbiy qarashlarida turmush tarzi,

ovqatlanish, hissiyotlar va muhit salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur tahlil

qilgan. U kasallikni nafaqat davolanadigan holat, balki insonni o‘zini anglashga,

sog‘lom hayot sari intilishga undovchi muhim belgi deb ham ko‘rgan. Bu yondashuvda

kasallik — jazodan ko‘ra ruhiy tarbiya va muvozanatni tiklashga xizmat qiluvchi sinov

sifatida namoyon bo‘ladi.

2. Zamonaviy falsafada kasallik: mavjudlik sinovimi?

Zamonaviy davrda kasallik borasidagi qarashlar sezilarli darajada o‘zgardi. Endi

u ko‘proq insoniy tajriba, psixologik ahvol va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq

holda ko‘rilmoqda. Ekzistensializm falsafasida, masalan, kasallik — bu inson o‘zining

zaifligi, vaqtinchaligi va hayot mazmuni haqida chuqur o‘ylashiga sabab bo‘luvchi

holatdir.

Martin Xaydegger o‘zining “Bo‘lish va vaqt” asarida inson mavjudligini o‘limga

tomon intiluvchi jarayon sifatida tasvirlaydi. Uningcha, kasallik — bu o‘limni

eslatuvchi, hayotni ongli ravishda qadrlashga undovchi zaruriy bosqichdir. Bu falsafiy

yondashuvda kasallik — bu ruhiy uyg‘onish imkoniyati, ya’ni inson uchun hayotiy

burilishdir.

Jan-Pol Sartr kasallikni inson erkinligi bilan bog‘laydi. Har bir inson qanday

holatda bo‘lmasin, bu holatga nisbatan o‘z munosabatini tanlaydi. Sartrga ko‘ra, inson

kasallikdan aziyat cheksa ham, unga qanday yondashishini o‘zi hal qiladi — uni

murosa, qarshilik yoki o‘sishga sabab sifatida qabul qilishi mumkin. Bu nuqtai nazarda

kasallik jazodan emas, ixtiyoriy mavjudlik tajribasidan darak beradi.

Mishel Fuko esa tibbiy hokimiyat va bilim orqali kasallik qanday “norma” va

“chegaralar” bilan belgilanayotganini tahlil qiladi. U jamiyat kasallikni faqat biologik

emas, balki ijtimoiy jihatdan ham tartibga solishini ko‘rsatadi. Kasal inson jamiyatda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

32

2181-3187

qanday qabul qilinadi, unga qanday munosabat bildiriladi — bu masalalar kasallikning

sotsial tafakkurdagi o‘rnini ochib beradi.

Zamonaviy gumanistik va psixologik yondashuvlar esa kasallikka bemor

markazida yondashadi. Insonning hissiy holati, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy

barqarorlik va psixologik farovonlik salomatlikka bevosita ta’sir qiladi. Psixosomatik

tibbiyot kasallik sabablarini faqat virus yoki jarohat bilan emas, balki ruhiy bosimlar,

stress va ichki ziddiyatlar bilan ham bog‘laydi. Bunday qarashlar kasallikni faqat zarar

emas, balki insonning o‘zini anglash, ichki dunyosi bilan ishlash imkoniyati sifatida

ko‘rishga imkon beradi.

Xulosa

Kasallik masalasiga nisbatan qarashlar insoniyat tafakkuri taraqqiyoti bilan birga

shakllanib, takomillashib borgan. Antik davrda kasallik ko‘pincha ilohiy jazo yoki

tabiat bilan uyg‘unlashmaganlik belgisi sifatida qabul qilinsa, yunon va sharq

mutafakkirlari uni organizmdagi tabiiy muvozanatning buzilishi deb tushuntira

boshladi. Gippokrat va Ibn Sino kabi olimlar kasallikni ilmiy asoslangan tahlillar orqali

davolashga uringanlar, bu esa tibbiyot fanining shakllanishiga asos bo‘ldi. Zamonaviy

falsafa va psixologiyada esa kasallikning ma’nosi yanada kengayib, u insoniy

mavjudlik, ichki kechinmalar, erkinlik va o‘zini anglash bilan bog‘liq holat sifatida

talqin qilinmoqda. Ekzistensialist mutafakkirlar — Xaydegger va Sartr — kasallikni

inson hayotining muhim bosqichi, hayot mazmunini anglashda vosita deb ko‘radilar.

Zamonaviy tibbiyot va psixologiyada esa kasallik organizm, ong va ijtimoiy muhit

o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirlar natijasi sifatida tushuniladi. Shunday qilib,

kasallik faqat zararli holat emas, balki insonning o‘z hayoti, qadriyatlari va ma’naviyati

bilan yuzma-yuz kelishiga sabab bo‘ladigan chuqur tajriba hamdir. Unga jazo sifatida

emas, balki taraqqiyot, anglash va ichki o‘sishga sabab bo‘luvchi sinov sifatida

yondashish — falsafiy va gumanistik nuqtai nazardan inson salomatligiga nisbatan

yanada to‘laqonli, kompleks yondashuvni ta’minlaydi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

33

2181-3187

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1. Ibn Sino. Tib qonunlari (Al-Qonun fit-tibb). — Toshkent: Fan, 1996

2 Gippokrat. Aforizmlar va boshqa tibbiy asarlar. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti,

2001

3. Arastu. Metafizika / tarj. I. Qosimov. — Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

4. Gippokrat. Aforizmlar va boshqa tibbiy asarlar. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti,

2001.

Библиографические ссылки

Ibn Sino. Tib qonunlari (Al-Qonun fit-tibb). — Toshkent: Fan, 1996

Gippokrat. Aforizmlar va boshqa tibbiy asarlar. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti,

Arastu. Metafizika / tarj. I. Qosimov. — Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

Gippokrat. Aforizmlar va boshqa tibbiy asarlar. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti,

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)