ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
61
2181-3187
OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA IJOBIY VA SAMIMIY SIFATLARNI
RIVOJLANTIRISHINING MUHIM PSIXOLOGIK USULLARI
Xursanov Samariddin G‘anisher o‘g‘li
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
68-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
:
Bolaning murakkab vaziyatlarda uning o’zi uchun tanlagan
pozitsiyasidan ishonchga loyiq bo’lish mumkin bo’lgan holatlarini tushuntirib o’tish
mumkin bo’ladi. Maktab yoshdagi bolalarga ishonchning asosi har doim halollik
bo'lishi kerakligini tushuntirish muhim hisoblanadi.
Kalit so’zlar
:Ijobiy sifatlar, muloqot, pozitiv, tasodif, kutish, xushkayfiyat,
motivatsiya, shaxsiyat
KIRISH.
O‘z fikr-xayollaringiz og‘ushida bo‘lib, biror joyda o‘tirgan bo‘lsangiz yoki biror
ish bilan band bo‘lganingizda kimningdir qattiq kulishini eshitsangiz, albatta,
diqqatingiz o‘sha tomonga buriladi. Ushbu tovush sizni jalb qiladi va ichingizga
qandaydir iliqlik kirgandek bo‘ladi. Unga qo‘shilib baland ovoz bilan kulmasak-da, biz
emotsional ravishda kuch-g‘ayrat to‘plab olamiz. Boshqacha aytganda, uning
hissiyotlarini qabul qilib, quvonchidan “yuklanamiz”.Nega shunday bo‘lar ekan? Nega
biz ijobiy odam bilan yaxshilanamiz. Qanday qilib pozitiv odamlar bizni baxtli qila
oladi? Buning siri nimada?
Nega bunday odamlarni pozitiv, deb atashadi? Manbalarga murojaat qilsak,
“pozitiv” so‘zi lotincha “positum” so‘zidan kelib chiqqanligini va bu nafaqat ijobiylik,
balki mavjudlik, borliqni anglatar ekan.Yuqorida berilgan savollarga qoniqtiradigan
javoblarni topish biroz vaqt talab qiladi. Javobi esa juda oddiy – inson o‘zida nimaiki
ko‘p ekan, o‘sha narsani boshqalar bilan baham ko‘radi. Bu inson o‘zida tuganmas
manbalarni topa oladi. Barcha manba va imkoniyatlar o‘zimizda, faqat ularni anglab
olishimiz hamda ulardan foydalanishni boshlashimiz kerak.Keling, ijobiy ichki
resurlardan qanday foydalanish to‘g‘risida mulohaza yuritaylik.Hissiy aql-idrok.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
62
2181-3187
Boshqacha aytsak, hissiy yetuklik. Ijobiy fazilatli inson o‘zining his-tuyg‘ularini
namoyish qilish mumkinligi to‘g‘risida ishonch va tushunchaga ega. Shu bilan birga,
o‘zining salbiy hissiyotlarini boshqalarga zarar yetkazmasdan, tuyg‘u va chegaralariga
nisbatan ifodalaydi.Stressga qarshi turmoq. Stress nazariyasi yaratuvchisi Gans Sele
shunday deydi: “Bizni stressning o‘zi emas, balki bizning unga bo‘lgan munosabatimiz
o‘ldiradi”. Ruhiy zarba olgan paytda komil inson hissiy jihatdan barqaror turib, fikrlari
va his-tuyg‘ularini boshqaradi va vahimaga tushmaydi.O‘ziga munosib baho bera
olish. Munosib baho berish haddan tashqari oshirib yubormaslik va pasaytirmaslik
hamdir. Ijobiy xislatli inson o‘zining ham afzalliklari, ham kamchiliklari borligini
biladi. U o‘z imkoniyatlarini ob’yektiv ravishda tushunadi, o‘ziga ishonadi va
boshqalarga biror narsani isbotlashga urinmaydi, hayotni borligicha qabul qiladi. Bu
esa uning shaxsiyati nuqsonlari ustida ishlashini istisno qilmaydi.
Mas’uliyat. O‘zining xatti-harakatlari va uning oqibatlari uchun shaxsan javobgar
bo‘lish qobiliyati. Ijobiy xislatli inson o‘zining fe’l-atvori, muomalasi, yurish-turishi
o‘z qarorlari bilan belgilanishini tushunadi va ular uchun javobgardir.
Oqilona e’tiqod. Pozitiv kishi o‘zining bilim xazinasida o‘zini qadrlash bilan
bog‘liq ehtiyotkorligiga ega. Masalan, men boshqalar bilan bir qatorda o‘zimni ham
hurmat qilishga haqliman, boshqa odamlarning menga baho berishidan ozodman, o‘z
e’tiqodim va qarashlarim asosida harakat qilaman.
Sobitqadamlik. Ongli vositalarga ega bo‘lgan odam nafaqat maqsadini
shakllantirishga, balki unga erishishda o‘z irodasini namoyon etishga qodir. Maqsadga
erishish uchun nafaqat tadbirlarni rejalashtirish, balki ba’zan ichki va tashqi omillar
tufayli yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengishda qat’iylik ko‘rsatish juda muhim.
Salomatlik. Bizning sog‘lig‘imiz jismoniy va ruhiy holatimizga bog‘liq. “Sog‘
tanda sog‘lom aql”, degan mashhur iborani eslang. Ijobiy fazilatli inson o‘zini hurmat
qilgani uchun ham tanasiga g‘amxo‘rlik qiladi va o‘zini yaxshi ko‘radi. Chunki u
sog‘lom ruhga ega.
Yangi ko‘nikmalar. Ijobiy xislatli inson komillikka intiladi, risoladagidek bo‘lishi
uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Ular doim o‘zgarishga tayyor va yangi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
63
2181-3187
narsalarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lishga va
ko‘p qirrali suhbatdosh bo‘lishga yetarli vaqt ajratadi.
Hayotiy tajriba. Ijobiy xislatli inson muvaffaqiyatsizlikka hayot darsi sifatida
qaraydi va tegishli xulosa chiqaradi. Bu nafaqat kelajakda bunday pasayishlarning
oldini olishga yordam beradi, balki o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish va yetuklik
darajasiga yetishda qimmatli tajriba orttiradi.
Xushchaqchaqlik. Hatto qiyin vaziyatda ham pozitiv sabablar topish qobiliyati
ijobiy insonni belgilaydi. Ushbu intellektual qobiliyat (atrofdagi odatiy bo‘lmagan
narsalarni ko‘ra olish) har qanday yoshda ham rivojlanishi mumkin. Osonlik bilan sodir
bo‘layotgan narsalar bilan bog‘liq bu qobiliyat unga atrofdagi odamlar bilan samarali
muloqot qilish imkonini beradi.
Dunyo bilan o‘zaro munosabatimiz va boshqalarning munosabati o‘zimizni
qanday anglashimiz va his qilishimizga bog‘liq. Ijobiy xislatli inson ochiq bo‘lishga,
dunyoni o‘rganishga, yangi yechimlarni topishga intiladi. Bunday odam hayotidagi
ijobiy his-tuyg‘ular va baxtga shaxsiy munosabat ustunlik qilishini sezishi sababli,
o‘zining hissiyotlarini tashqi dunyo bilan bo‘lishadi.
Pozitiv so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib «musbat, ijobiy» ma’nolarini
anglatadi. Bu tushunchaga berilgan ta’riflardagi fikrlarni umumlashtirgan holda
pozitivlik inson his-tuyg’ularining tashqi qiyofadagi aksi va ijtimoiy faoliyatdagi
ko’rinishi deb ta’riflashimiz mumkin. Hozir pozitiv insonlarga taa’lluqli bir qancha
ijobiy xususiyatlarni sanab o’tishimiz mumkin.
1.Pozitiv insonlar ongida “kutish”, “tasodif”, “omadga ishonish” kabi so`zlar
uchramaydi. Ular hayotlarini yo`lga qo`yishda faol harakat qilishadi. Ular tinim
bilmay, mehnat qiladilar, qiyin lahzalarda o`zini yaxshi his qilishi uchun atrofni,
dunyoni o`zgartirishga harakat qilishadi. Hech bekor o`tirmaydilar va tinib-
tinchimaydilar.
2.Pozitiv insonlar yaxshi yashashi uchun xalaqit qilayotgan har qanday
buyumdan, g`oyadan osongina voz kechadi. Aksariyat odamlar umrining oxiriga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
64
2181-3187
qadar, o`zlari sevgan buyumlardan, g`oyalardan voz kechmay, buning uchun kuch-
quvvatlarini ayashmaydi.
3.Pozitiv insonlar yaxshi va yomon voqealar taassuroti aynan qachon, qayerda
ro`y bergan bo`lsa, o`sha yerda qolishi kerak, deb hisoblaydi. Ular kundalik ish bilan
band bo`lib, bugun va kelajakni yaratayotganliklari uchun ham o`tmishni hadeb
xotirlashga vaqt topmaydi. O`tmishda qilgan xatolari uchun afsuslanmaydi, balki
undan saboq olib, kelajakda takrorlamaslikka harakat qiladi.
4. Pozitiv insonlar o’z hayotining faqat yaxshi tomonidan ko`radi. Ularning har
bir kuni qiziqarli voqealarga, yangi taassurotlarga boy bo`ladi.
5.Pozitiv insonlar o’z imkoniyatlarini to’g’ri ba’holay oladilar va imkoniyat
darajasidagi ishlarni amalga oshirish uchun intilishadi. Hatto omadsizlikka
uchraganlarida ham, yangi variantlarni o`ylab topadi.
6.Pozitiv insonlar o`z qo`rquviga asir bo’lmaydi. Ular har qanday sharoitda ham
o’z qo`rquvlarini yengadi.
7.Pozitiv insonlarni eng baxtli inson deb bemalol aytishimiz mumkin. Ammo
bunday insonlar ham hayotlarida omadsizlikka, baxtsizlikka uchraydi, dard chekadi
lekin tushukunlikka tushmay, baxtsizlikdan baxt qidiradi.
8.Pozitiv insonlar o`zlarini hurmat qiladi. Boshlariga tushgan ishda hech qachon
birovni ayblamaydi. Har qanday sharoitda ham boshqalardan yordam kutmaydi, balki
faqat o`z kuchlariga ishonadi.
Yuqorida qayd etib o’tilgan shaxs psixologiyasidagi pozitivlik xususiyatlari
psixologiya faning yangi tarmoqlaridan hisoblangan ijobiy psixologiyaning asosiy
mavzularidan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlarga quydagi o’quv qo’llanmalar D. A. Po’latova, G. M.
Ro’zmatova «G’arb falsafasi tarixi» o’quv qo’llanmasi mavjud bo’lib mazkur
qo’llanmaning oltinchi bo’limida XIX-XX asrlarda G’arb falsafasi tahliliga
bag’ishlangan.Pozitivizmni vujudga kelishi va yo’nalishlari; Bo’limda pozitivizm
falsafasi, uning asosiy yo’nalishlari;fan va falsafa rivojida pozitivizm g’oyalarining
ahamiyati haqida atroflicha va chuqur bilim, tushuncha va tasavvurlar hosil qilish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
65
2181-3187
pozitivizm falsafasi bilan boshqa ta’limotlarni qiyosiy tahlil qilish ko’nikmalarini
shakllantirish masalalariga ba’g’ishlangan.Rustamova G.,Karimova R. «Falsafa tarixi:
Eng yangi davr G’arb falsafasi» nomli o’quv qo’llanma bo’lib 17 sahifadan 38
sahifagacha «Pozitivizmning vujudga kelishi va yo’nalishlari» haqida yoritilgan va
Pozitivizmning shakllanishi va asosiy xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari,
pozitivizmning keyingi taraqqiyoti va uning falsafa tarixidagi ahamiyati masalalari
yoritilgan. O’rganib chiqilgan manbalardan xulosaga kelishimiz mumkinki pozitivlik
xususiyatlari pozitivlikning quydagi sifatlari ko’rinishlarda bolalarda namayon bo’ladi.
Bolalardagi (samimiylik, rostgo’ylik, halollik, ishonchlilik, aniqlilik, ijobiylik, tana
pozitivligi) kabi ijobiy sifatlar yoshlikdan paydo bo’lishi va saqlanib qolishi muhim
hisoblanadi.
Samimiylik eng qimmatli fazilatlarni biridir. Samimiylik sifatining sinonimlari
halollik va rostgo'ylikdir, samimiylik - real his-tuyg'ularini namoyon qilish boshqalar
so'z va amallarini haqqiyligicha yetkazishda namayon bo’ladi. Samimiylik" so'zining
ta'rifi "to'g'ri" va "ochiq" degan ma'noni anglatadi. Samimiylik insonning holatlarida
harakatlarida paydo bo'lishi mumkin. Chin dildan biror narsa qilish - maxfiy fikrlar
holda, sof niyat bilan, harakat qilishda namayon bo'ladi. Har bir inson bolaligida
haqiqiy ma’nodagi samimiylikka va rostgo’ylikka to’la bo’ladi, uning tafakkurida biror
narsaga da’vo yoki yolg’on bo’lmaydi, buni asrab qolish muhim hisoblanadi.
Ishonchlilik so’zi lotin tilidan olingan bo’lib (ishonish mumkin yoki loyiq) kabi
ma’nolarni anglatadi.
Ishonchlilik so’zi sifatga aylanganda hurmatli va ishonchli odam
ta’lqinida namayon bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ishonchga loyiq bo’lish
tushunchasini singdirishda turli xil kognitiv vaziyatlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Aniqlik so'zi lotin tilidan olingan bo’lib aniq, aniq narsa ma’nolarini bildiradi va
sifatni bildiruvchi -tud qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Ilmda aniqlik deganda o'lchov
natijalarining haqiqiy qiymat deb nomlangan mos yozuvlar qiymatiga qanchalik
yaqinligi tushuniladi. Ilmiy uslubga asoslangan har qanday tadqiqot loyihasida
ko'tarilgan gipotezaning to'g'riligini tasdiqlash uchun etarli miqdordagi ma'lumotlar va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
66
2181-3187
natijalar to'planishi kerak. Demak bolalarda aniqlik sifatini shakllantirishda bir qancha
kreativ metodlardan foydalanish mumkin.
XULOSA
Maktab yoshdagi bolalarga tana pozitivligi sifatini shakllantirish juda muhim
sanaladi. Bolalikdan ular o’zlariga va o’z ko’rinishlariga nisbatan ijobiy munasabatda
bo’lishi muhimdir. Bolalarga tana pozitivligi insonning ichki mazmuniga ham mos
bo’lishi kerakligini tushuntirish pozitivlik sifatlarining eng asosiy omili hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.D. A. Po’latova,G. M. Ro’zmatova «G’arb falsafasi tarixi» o’quv qo’llanma «Fan
va texnologiya” T.: 2021-yil.
2.Rustamova G, Karimova R. «Falsafa tarixi: Eng yangi davr G’arb falsafasi» o’quv
qo’llanma «Universitet» T.:2017-yil.
3.B. M. Umarov «Psixologiya» darslik «Voris-nahriyoti» T.: 2012-yil
4. M. Maxmudova «Muloqot psixologiyasi» o’quv qo’llanma «Turon-iqbol» T.:
2006-yil