Ushbu ilmiy maqolada o‘smir yoshidagi bolalarni ruhiy sog‘lomlashtirishda maktab amaliyotchi psixologlarining roli o‘rganilgan. O‘smirlik davri bolaning psixologik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu davrda ruhiy muammolar ko‘proq uchraydi. Maktab psixologlari o‘smirlarning psixologik ehtiyojlarini aniqlash va ularga yordam ko‘rsatish, shuningdek, stressni boshqarish va
ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadilar. Maktab psixologlarining faoliyati faqat individual yordam bilan cheklanmay, o‘smirlarning umumiy psixologik salomatligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar va guruh terapiyalari orqali
ham amalga oshiriladi. Ushbu maqolada, shuningdek, psixologning ota-onalar va o‘qituvchilar bilan hamkorligi va psixologik yordamning samaradorligi masalalari ham yoritilgan.