Авторы

  • Murodxonov Muhammadnur

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125247

Ключевые слова:

Huquq akademik qonun normativ-huquqiy hujjat xalqaro huquq xususiy huquq.

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasining sud-huquq tizimidagi katta ozgarishlarga sabab bo‘lgan, huquqshunos olim Ramonqulov Xoji-Akbar Rahmonqulovich haqida so‘z borar ekan, ularning fanga qo‘shgan hissalarini e’tirof etishimiz lozim. Buning asnosida xususiy huquq(fuqarolik huquqi, xalqaro xususiy huquq) sohasida, ommaviy huquqning (xalqaro ommaviy huquq, ma’muriy huquq), 
fundamental huquq sohasidan konsitutsiyaviy huquq kabi muhim sohalariga o‘zining hissasini qo‘shgan. Hozirgi kundagi zamonaviy huquq sohalarining andozasini aynan ushbu akademik olim tomondan chizib berilganini ko‘rishimiz mumkin. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

308

2181-3187

RAHMONQULOV XOJI-AKBAR RAHMONQULONQULOVICH

HAYOT YO‘LIGA NIGOH

Murodxonov Muhammadnur

Toshkent davlat yuridik universiteti,

Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti, 2-kurs

Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasining sud-huquq tizimidagi katta

ozgarishlarga sabab bo‘lgan, huquqshunos olim Ramonqulov Xoji-Akbar

Rahmonqulovich haqida so‘z borar ekan, ularning fanga qo‘shgan hissalarini e’tirof

etishimiz lozim. Buning asnosida xususiy huquq(fuqarolik huquqi, xalqaro xususiy

huquq) sohasida, ommaviy huquqning (xalqaro ommaviy huquq, ma’muriy huquq),

fundamental huquq sohasidan konsitutsiyaviy huquq kabi muhim sohalariga o‘zining

hissasini qo‘shgan. Hozirgi kundagi zamonaviy huquq sohalarining andozasini aynan

ushbu akademik olim tomondan chizib berilganini ko‘rishimiz mumkin.

Kalit so‘zlar: Huquq, akademik, qonun, normativ-huquqiy hujjat, xalqaro huquq,

xususiy huquq.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimi jamiyatning jo‘shqin

rivojlanayotgan ijtimoiy tizimlaridan biridir. Huquqiy tizimning taraqqiy etganlik

darajasi, mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vaziyat bilan bevosita bog‘liq

bo‘lib, aholining siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatida namoyon bo‘ladi. Nafaqat

huquqshunoslar, balki barcha fuqarolarning huquqiy tizim to‘g‘risida muayyan

tasavvurga ega bo‘lishlari fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadlariga erishish uchun

nihoyatda muhimdir

1

.

Aslida barcha davrlarda huquqiy bilimlarni o’zlashtirishga extiyoj yuqori

darajada bo‘lgan. Shu bilan birga huquq sohasida yetuk olimlarimizni xalqqa tanitish

1

Одилқориев Ҳ.Т., Ўзбекистон давлати ва жамияти инновацион ривожланишининг ҳуқуқий

жиҳатлари. Ўқув қўлланма. – Т.: 2019


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

309

2181-3187

ham yuristlar oldidagi vazifalardan hisoblanadi. Yurist olimlarimizdan o‘z mehtat

faoliyati bilan akademik darajasiga erishgan insonlarni, ularni mehnatlarini ilm-ziyo

axliga tanishtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ilmiy darajada yuristlardan

akademik darajasiga erishgan va tarixda qolganlarni nomlarini yoshlarga tanishtirib

o‘tamiz.

ASOSIY QISM

Shu o‘rinda, O’zbekiston Respublikasida Fanlar akademiyasi 1943 yil 4 noyabrda

tashkil etilgan. 2022 yil holatiga ko'ra, u 40 dan ortiq ilmiy bo‘limlarni o‘z ichiga olgan.

Akademiyaning uchta hududiy filiali — Qoraqalpog‘iston va Navoiy filiallari,

shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi mavjud. O‘zbekistonda huquq sohalari

bo’yicha fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim, akademiklarimizdan biri

Xoji-Akbar Rahmonqulovich Rahmonqulov hisoblanadi. Xoji-akbar Rahmonqulovich

Rahmonqulov 1925 yil 9-fevralda Chimkent viloyati Sayram tumanida tavallud

topgan. Huquqshunos olim, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hisoblanadi. Urushdan

qaytgach, 1950 yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan. 1950 yilda Oʻzbekiston

Adliya vazirligi boshqarmasida katta taftishchi vazifasida faoliyatini boshlagan. Shu

davrdan keyin Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida aspirant,

kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shoʻba, boʻlim mudiri vazifalarida ishlagan.

1985 yildan 1991 yilgacha ushbu muassasada direktor bo‘lib ishlagan. 1970-yilda

Yuridik fanlari doktori, 1990 yilda Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 2000

yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi darajalariga erishgan.

X.Rahmonqulov Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston

Konstitutsiyasi loyihasining “Jamiyat va shaxs” bo‘limini tayyorlovi ishchi guruhiga

rahbarlik qildi. Uning “Insonparvar davlat konstitutsiyasi” asari Konstitutsiyamiz

ikkinchi bo‘limining mazmunini tashkil qiluvchi asosiy qoidalarga bag‘ishlanadi.

Mazkur asarda shaxs va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari bilan bog‘liq

masalalarni yoritishda amaldagi qonunlar va xalqaro hujjatlarga asoslanildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1995-1996 yillarda qabul qilingan Fuqarolik

kodeksining konsepsiyasini va haqli ravishda “Bozor iqtisodiyotining konstitutsiyasi”


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

310

2181-3187

deb nisbat berilgan kodeks loyihasini tayyorlash ishlariga boshchilik qildi. Mazkur

qonun loyihasi ustida ustozlarimiz X.Rahmonqulov, I.Zokirov, B.Ibratov,

R.Muhamedov, I.Anortoyev, Sh.Asyanov singari fidoyi olimlar ishladi. “Bozor

iqtisodiyotining konstitutsiyasi” loyihasining tegishli qismlari va normalarini

muhokama qilish chog‘ida domlalar biz, aspirantlar va yosh o‘qituvchilarni taklif

etgani va bunda dastlabki qonun loyihasini tayyorlash jarayonining ilmiy va amaliy

jihatlaridan bizni bahramand qilganliklari, aslida esa qonun loyihasi ustida bunday

sog‘lom muhokama, munozara o‘tkazilgani biz uchun katta bilim va mahorat maktabi

bo‘lganini faxr bilan eslaymiz. Bunday tashqari, ustoz rahbarligida Oila kodeksi va

iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qator qonunlar loyihalari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda ushbu normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizning iqtisodiy-

ijtimoiy rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir. Ustozning tashabbusi va rahbarligi

ostida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Oila kodekslariga, mulkchilik,

tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarga tayyorlangan sharhlar huquqni qo‘llash

amaliyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi”

2

. Ustoz ilmiy faoliyati, jonbozlik bilan huquq

taraqqiyotiga qo‘shgan xizmatlarini e’tirofini cheksiz yozish mumkin.

Yozishlaricha xayotining so‘nggi davriga qadar huquqiy fanlarni taraqqiy

ettirishni shogirdlarga o‘rgatgan ustoz 2013-yil 17-iyulida vafot etdi.

XULOSA

Maqolada ko‘rib chiqilganidek, akademik faoliyat jamiyat rivojida muhim o‘rin

egallaydi. Ilmiy tadqiqotlar va ta’lim jarayonlari orqali yangi bilimlar yaratilishi va

rivojlanishi, mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshiradi. Biroq, akademik sohada

ham muammolar mavjud bo‘lib, ularning hal etilishi uchun innovatsion yondashuvlar

va hamkorlik zarur. Ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni

moliyalashtirish va akademik erkinlikni ta’minlash, kelajakda yanada yutuqlarga

erishish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu tariqa, akademik faoliyat nafaqat shaxsiy,

balki umuman jamiyatning farovonligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

2

Komil Rashidov. O‘zbekiston huquqshunoslarining sevimli ustozi Hojiakbar Rahmonqulovni xotirlab.

https://zarnews.uz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

311

2181-3187

FOYDALANILGAN MANBALAR

1.

Одилқориев Ҳ.Т., Ўзбекистон давлати ва жамияти инновацион

ривожланишининг ҳуқуқий жиҳатлари. Ўқув қўлланма. – Т.: 2019

2.

Komil Rashidov. O‘zbekiston huquqshunoslarining sevimli ustozi Hojiakbar

Rahmonqulovni xotirlab. https://zarnews.uz

3.

Шавкат Закариевич Уразаев: Материалы к биобиблиографии ученых

Узбекистана. Ташкент, 1987.

4.

История одного поколения. – Тошкент, «Шарк», 2008, 220 стр. Авторы:

Ш.Агзамходжаев, Н.Бокий

Библиографические ссылки

Одилқориев Ҳ.Т., Ўзбекистон давлати ва жамияти инновацион

ривожланишининг ҳуқуқий жиҳатлари. Ўқув қўлланма. – Т.: 2019

Komil Rashidov. O‘zbekiston huquqshunoslarining sevimli ustozi Hojiakbar

Rahmonqulovni xotirlab. https://zarnews.uz

Шавкат Закариевич Уразаев: Материалы к биобиблиографии ученых

Узбекистана. Ташкент, 1987.

История одного поколения. – Тошкент, «Шарк», 2008, 220 стр. Авторы:

Ш.Агзамходжаев, Н.Бокий