Авторы

  • Salaydinova Dilafruzxon Dilshodjon qizi
  • Abduraimova Zarnigorxon Ikromovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125248

Ключевые слова:

millat e’tibor fojia fikr e’tiqod harakat oqibat.

Аннотация

Abulfayzxon  maqolasida Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasi haqida so’z yuritiladi. Xalqimiz tarixidan, millatimiz o’tmishidan so„zlaydigan, bu asar yozuvchining shoh asari ekanligiga amin bo’lasiz. Maqolada asarning bosh g’oyasi yoritib beriladi. Obrazlar xususida so’z boradi. Abdurauf Fitrat ijodi hammamizga ma’lum va mashhurdir. Buyuk ustozning “Abulfayzxon” dramasi buning yorqin dalili.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

303

2181-3187

“ABULFAYZXON” DRAMASIDA ILMSIZLIK OQIBATLARI.

O’zbekiston tuman 2-son politexnikumi

Tarix fani o’qituvchisi

Salaydinova Dilafruzxon Dilshodjon qizi

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Abduraimova Zarnigorxon Ikromovna

Kalit sòzlar

: millat, e’tibor, fojia, fikr, e’tiqod, harakat, oqibat.

Annotatsiya.

Abulfayzxon maqolasida Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasi haqida

so’z yuritiladi. Xalqimiz tarixidan, millatimiz o’tmishidan so„zlaydigan, bu asar

yozuvchining shoh asari ekanligiga amin bo’lasiz. Maqolada asarning bosh g’oyasi

yoritib beriladi. Obrazlar xususida so’z boradi. Abdurauf Fitrat ijodi hammamizga

ma’lum va mashhurdir. Buyuk ustozning “Abulfayzxon” dramasi buning yorqin dalili.

Abstract

This alks about Abdurauf Fitrat’s drama ‘’Abulfayzkhan’’.You will be sure that

the author of this work who talks about the history of our nation the past of our nation

is a king.The main idea of the work of Abdurauf Fitrat is known and famous to all of

us.The great master’s dramaAbulfaykhan is a clear proof of this..

Абстрактный

В данной статъе рассказывается о драме Абдурауфа Фитрата Абулфайзхон

Вы будуте увурены что ето произведенные шедевр писателя. Драма великого

учителыя Абулфайзхон яркое тому подтверждение.

Fitrat bu asarida bir millat egalarining axloqi, ish yuritish yo„llari tartibi,

tarbiyasi haqida chin so’zlarni aytdi, rost so’zlarni qog’ozga tushirdi. Asar yozilishidan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

304

2181-3187

aslida maqsad nima edi? Nega hamma joyda oqni qora deydigan bir paytda Fitrat

domla faqat rost so’zlarni yozdi. Chunki ustoz yurt kuyunchagi, millat ertasi haqida

o’ylar edi. Har bir millatva elatning o’zligini aniqlab beradigan yuzi uning bilimli

yoshlaridur.Ustozga shon-sharaf emas balki, uning yoziqlaridan chiqarilgan xulosalar

va ularning amaliyotlari kerak edi.

Bugun juda ko’p tanqidiy tahliliy yillarda nazm va nasr faol. Biz asl

ma‟nosini ochishga bel bog’lagan dramamiz ham chuqur ma‟noli asardir. Asar

boshlanishida shaxmat o’yinini o’ynayotgan yurt boshqaruvchilarini ko’ramiz. Aslida

nega aynan shaxmat? Boshqa o’yin emas. Yurtni boshqarish o’rniga, xalq manfaatini

o’ylash o’rniga bekorchilar kabi tutib o’zlarini shaxmat o’ynashlari aslida mamlakat

siyosatidan, Abulfayzxon davridan, uning atrofidagi insonlardan xabar beradi. Birinchi

Prezidentimiz aytgan edilar: “Yoshlarimizning bosh vaqti, dushmanlarimizning ish

vaqti” deb. Bu haqiqat vazir- u ayonlar turli o’yinlar bilan band bo’lgan bir paytda

Nodirshoh o’z maqsadlarini amalga oshira boshlagandir. Shaxmat o’yinida ham

ramziylik bor, o’yinda kimdir yutadi kimdir esa yutqazadi, kimdir shoh, yana kimdir

piyoda. Abulfayzxon taxt uchun nimalar qilmadi deysiz o’z akasini o’ldirdi, islomdan

xalovat izlang deganlar nahotki o’sha paytlar yani akasini o’ldirgan paytlar dinni

anglagan sifatlar xonni yonida emasdilar. Kechalari uxlayolmay, qotiliga aylangan

insonlar ruhi xonni bezovta qilishi hammasi tabiiy hol. Gunohlar qachon tug„iladi

bilasizmi? Ular e’tiborsizlikdan tug’iladi deyishadi mashoyihlar. Hayotimizning har

bir jabhasida millatning hamma yoshlari va kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb

ketadi.Dramada chuqur ma’no yashiringan, asarning har bir bandi tahlil qilishga

arzigulik. Keling asarda qay darajada e’tiborsizlik va ilmsizlik ma’naviy qashshoqlik

borligini ochishga urinamiz. Buyuk sohibqiron nomi bilan yetti iqlimga dong taratgan

Amir Timur juda adolatli edi, rostgo’y edi. O’z dushmanlarini ya’ni Nodirshohni

sohibqiron darajasiga olib chiqishlarini o’zi mana shu aslida tubdan qulash, ildizlar

darz ketishi. Nodirshoh biznikilardan ancha aqlli edi va shuning uchun ham g„alabaga

erishdi. Amir Temur “Ko’kda yagona Alloh, yerda yagona xoqon” degan shiorga amal

qilgan buyuk davlat arbobi edi. E’tibor beradigan bo’lsak, buyuklarda maqsadlar ham


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

305

2181-3187

fikrlar ham mustaqil va qa’tiy bo’lgan. Bizning qahramonimiz Abulfayzxon esa

o’zining fikrlarining o’rnini Ulfat va Davlatning fikrlariga berdi, bir so’z bilan

aytganda, kaltabinligi tufayli mag’lubiyatga uchradi. Bu ishlar voqealar adolatsizlikar

ortida juda ko’p sabablar va kimlarningdir g’arazli maqsadlari bor edi. Asarda,

Ibrohimbiy obraziga ko’zimiz tushar ekan, unda adolat kabi kerakli tamoyillarni

ko’ramiz. U davlatning faqat bugunini, balki ertasini o’ylar edi. Chog’ir ichib e’tiborsiz

yashayotgan xonga emas, aslida butun millatga achinar edi. Ibrohimbiy kabi

o’ylaydigan kuyunchaklar afsus juda kam edi, balki shuning uchun ham uning qo’li

baland kelmagandir. O’z vatanini sotish,unga xiyonat qilish hammasi ma’naviyat

bilan, tarbiya bilan uzviy bog’langan. Bugun eng ko’p gapirilgan mavzu tarbiyadir

balki. Dramaning har bir matni mazmuni yozuvchining hayotiy saboqlari va

ko’rganlari asosida bayon etilgan. Bu juda muhim ekanligini anglash jarayonlari hali

hamon davom etmoqda. Abdulla Avloniy ta’biri bilan aytganda “Tarbiya biz uchun yo

hayot, yo momot, yo najot yo falokat yo saodat yo falokat masalasidir”. Kichik

vatanimiz bu oilamiz, o’sha kichik vatan uchun uning ichidagi odamlar uchun qancha

mehnat qilamiz, ular uchun hamma narsaga tayyormiz. Demoqchimizki, vatanimizni

ham huddi shunday sevmog„imiz kerak. Agar e’tibor beradigan bo’lsak xonga qarshi

turgan insonlar o’z o’yida yurt o’yida emas edi. Kecha kunduz chog’ir ichib umr

o’tgazayotgan podshohdan ular qo’rqmay qolishgan to’g’ri o’z vijdonidan

qo’rqmaganlar o’zga biridan qo’rqmaydi. Asarning mazmun ko’lami shu qadar

chuqurki, biz kitobxonlar har bir obrazni soatlab tahlil qilishimiz mumkin. Biz ko’proq

ijobiy obrzalarni yoqlaymiz yoki ular tomon intilamiz, ammo har bir obrazning o’z

o’rni, o’z mavqei mavjud. Badiiy asarlarda to’qima obrazlar ham uchraydi, xususan,

bu asarda ham. To’qima obraz o’zi nima? Mazkur asarda uning ro’li qay darajada?

O’sha davr yoki vaqt taqazosi sabab deyishingiz mumkin, lekin vatanga xizmat qilish,

adolat, sadoqat kabi tuyg’ular hamma zamonlarda ammo hamma odamlarda ham yo’q

edi. Bir insonning yaxshiligi minglab insonlarni baxtli qilsa bir inson befarqligi butun

millat taqdirini qalblarini barbod qiladi. Xayol obrzi orqali Fitrat o’z qalb so’zlarini

aytdi, ayta oldi. Bu kabi xayol obrazi boshqa bir asarlarda ham uchraydi masalan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

306

2181-3187

“Ruhlar isyoni” asarida. Xayol obrazi orqali yozuvchi o’z so’zlarini to’kis yetgazadi

kitobxonga. Bunyod qilguvchi ham, vayron qilguvchi ham insonning o’zi ekanligini

to’la to’kis tushunamiz. Nodirshohning quydagi so’zlariga e’tibor beraylik “Mening

bir tilagim, yurtingiz tinchligi” aynan mana shu so’zlarga ishonishning o’zi bir

mag’lubiyat edi. Qaysi davrda dushman tinchlik tilagan? Ustamon dushmanlar o’z

maqsadlariga yetishdi, ayb yana o’zimizda. Ma’rifat, tarbiya, ilm kabi zarur hislatlar

bizda yo’q edi. Fitrat shunday deydi “Zikr qilingan uchta tarbiyaning eng muhimi

axloqiy tarbiya hisoblanadi”. O‟zingiz xohlaganingizcha bolangizning aqliy va badan

tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin va qo’lingizdan kelguncha uni dono va

baquvvat qiling. Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida bo’lmasa aqli hamda jismoniy

kuchini o’zi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi. Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy

tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy

shug’ullanib ko’p harakat qilish lozim. “Ustoz fikrlari hamma davrlarda birdek aziz

bo’lgan. Axloqni kamolga yetgazish, nafsni tiyish, qalbga ezguliklar joylash, kimgadir

yordam berish ham kimnidir xafa qilish ham axloqdan tarbiyadan. Axloqiy tarbiya:

odam axloqini kamolga yetgazish demakdir, yani odamni shunday tarbiya qilish

kerakki , feli va amali o’ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan

bo’lsin”. Asarda Islom dinining muqaddas kitobi ham tilga olinadi. Bashariyat olami

bu muqaddas kitobdan doim panoh tilagan, buyurilgan ishlarni o’rgangan. Bu

to’g’risida hadis ham mavjud. Mana shu muqaddas kitobni o’qiydilaru ammo chog’ir

ichadilar, ayshu-ishrat qiladilar, odamlar hamma zamonlarda ham bir xil bo’lishgan

mening nazdimda. O’qish bilan bir qatorda uqish ham bor, bizning qahramonlarimiz

faqat o’qiganlar lekin, uqmaganlar va uqish juda muhim aslida. Islom mukammal din

insonni qadrlaydigan ammo unga e‟tiqod qilguvchilarchi? Guruch ko’rmaksiz

bo’lmaydi deganlaridek, anglamaganlar mavjud edi va hali ham bu davom etmoqda.

Fitrat shunday deydi “Islom olami ahvolini isloh etishda bitta yo’l bor. U ham bo’lsa

butun olami axloqini isloh etish”. Bu davr mafkurasi faqat shu davrga tegishli bo’lib

qolmadi, o’zidan keyingi zamonlarga ham ta’sir qildi. “Hind sayyohining qissasi”


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

307

2181-3187

(Abdurauf Fitrat) asar yuqori tanqid ruhida yozilgan, ahvolimizni ko’rmak uchun

yorqin ko’zgudir.

Buxoro Abulfayzxondan keyin dushmanlar qo’lida yashnamadi, buni biz

“Hind sayyohining qissasi” asaridan bilib olamiz. Abulfayzxon taxtni boy berdi, va bu

boy berish boshqa zamonlarga ham ta’sir qildi. Kechaning qusurlari ertani yolg’iz

qoldirmadi, oradan uzoq yillar o’tsada Buxoro yana aziyatga yuz tutdi. Bilim yurti,

bilimlilar yurti ko’plab sinovlardan o’tdi. Qalin ildizlarimizga qurt tushgan edi, va ular

bizni osonlikcha tark qilmadi. Bir podshohning tafakkuri butun millatni yo’qotishi yoki

gullab yashnatishi mumkin. Xulosalar turlicha: lekin inson aql bilan ish ko’rmog’i

kerak, inson insonni qadrlamog’i shart. Ustoz bizga axloq va insoniy tuyg’ulardan

saboq beradi. Har bir obrazdan hayotimiz uchun nimadir olamiz, u xoh yaxshi xoh

yomon bo’lsin. Toj taxt uchun kurashalar nizolar aslida hech biri inson atalmish oliy

mavjudotdan ustun emas. Asarda har bir obrazning badiiy yuki bor. Ibrohimbiy kabi

dono va aqlli bo’lmoq yaxshi albatta. Bugun yoshlarga aytar so’zimiz ko’p, tinch osuda

vatanni sevish unga fidoyi farzand bo’lish muhim. Zero vatanni sevmoq iymondandir.

Asar insonga manaviy ozuqa bilan bir qatorda ma’suliyat, burch, tarbiya kabi

hayotning oltin qoidalarini o’rgatish maqsadida yozilgan. Aka-ukaning bir-biriga

bo’lgan e’tibori, sevgi va sadoqqatdan dars bermoq edi asl maqsad. Uyg’oq va mudroq

qalblar bor asar maqsadi qalblarni uyg’otmoq, Bugun ertaklar uxlatish uchun emas,

uyg„otish uchun aytilmog’i, ruhiyat yani ruh yoshlikdan tarbiyalanmog’i zarur. Badiiy

asar esa mana shunday ruhlarga ozuqa beradi.

Xulosa qilib shuni o’rnida aytish kerakki,har bir millat va elatning kelajagi va

o’tmishini ochib bermoq uchun bilim olishi va uqishi kerak.O’qisayu ammo uqmasa

buni ham millat va jamiyat uchun foydali tarafi yo’q.

Библиографические ссылки

Xulosa qilib shuni o’rnida aytish kerakki,har bir millat va elatning kelajagi va

o’tmishini ochib bermoq uchun bilim olishi va uqishi kerak.O’qisayu ammo uqmasa

buni ham millat va jamiyat uchun foydali tarafi yo’q.