Авторы

  • Mohizarbegim ERGASHEVA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125256

Ключевые слова:

Fitrat najot yo‘li jadidchilik Turkiston ilm ma’rifat dunyo va oxirat.

Аннотация

Mazkur maqolada Fitratning „Rahbari najot“ nomli risolasi va undagi baxtsiz odamlarning ikki toifasi haqidagi qarashlar tahlil qilinadi. Fitratning bu toifalarga bergan bahosi, ularning jamiyatdagi o‘rni va salbiy ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, asarda ilgari surilgan g‘oyalar orqali muallifning ma’rifatparvarlik ruhidagi da’vati, xalqni ilm va taraqqiyotga yetaklash yo‘lidagi urinishlari yoritiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

245

2181-3187

ABDURAUF FITRATNING «RAHBARI NAJOT» RISOLASIDAGI

BAXTSIZ ODAMLARNING IKKI TOIFASIGA OID QARASHLARI

Mohizarbegim ERGASHEVA

TDSHU, arab filologiyasi yo‘nalishi

2-bosqich (kunduzgi) arab guruhi talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Fitratning „Rahbari najot“ nomli risolasi va

undagi baxtsiz odamlarning ikki toifasi haqidagi qarashlar tahlil qilinadi. Fitratning bu

toifalarga bergan bahosi, ularning jamiyatdagi o‘rni va salbiy ta’siri ochib beriladi.

Shuningdek, asarda ilgari surilgan g‘oyalar orqali muallifning ma’rifatparvarlik

ruhidagi da’vati, xalqni ilm va taraqqiyotga yetaklash yo‘lidagi urinishlari yoritiladi.

Abstract:

This article analyzes Fitrat's treatise «The Leader of Salvation» and his

views on two categories of unfortunate people. Fitrat's assessment of these categories,

their role in society, and their negative impact are revealed. The ideas put forward in

the work also shed light on the author's call for enlightenment and his attempts to lead

the people to knowledge and development.

Kalit so‘zlar:

Fitrat, najot yo‘li, jadidchilik, Turkiston, ilm, ma’rifat, dunyo va

oxirat.

Key words:

Fitrat, path to salvation, jadidism, Turkestan, science, enlightenment,

this world and the hereafter.

XX asr boshlarida Movarounnahrda ma’rifatparvarlik g‘oyalari kuchayib, xalqni

jaholat, nodonlik va zulmatdan qutqarishga qaratilgan harakatlar avj oldi. Bu davrda

jadidchilik deb atalgan islohotparvarlik oqimi shakllandi va u xalqni ilmga,

taraqqiyotga chorladi. Ushbu harakatning yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lgan

Abdurauf Fitrat o‘zining “Rahbari Najot” (“Najot yo‘li”) nomli risolasida xalqning


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

246

2181-3187

baxtsizligi sabablarini chuqur tahlil qilib, uni ikki asosiy toifaga ajratadi. Asarda Fitrat

faqat muammolarni ko‘rsatibgina qolmay, balki ularni bartaraf etish yo‘llarini ham

taklif qiladi. Uning bu qarashlari nafaqat o‘z davri uchun, balki bugungi kun yoshlariga

ham ibrat va yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi.

Abdurauf Fitrat (1886–1938) — o‘zbek adabiyoti va ma’rifatparvarlik

harakatining yirik namoyandasi, yozuvchi, olim, pedagog va siyosatchi. U jadidchilik

harakatining faol ishtirokchisi sifatida xalqni o‘zligini anglash, ilm-fan o‘rganish,

zamonaviy tafakkur bilan yashashga undagan va ijtimoiy islohotlar zarurligini targ‘ib

qilgan. Fitrat Xiva shahrida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni mahalliy maktab va

madrasalarda olgan. Keyinchalik Istanbulga borib, u yerda yuqori ma’lumot olgan va

turk madaniyati hamda adabiyotidan katta ta’sirlangan. 1920-yillarda O‘zbekistonga

qaytib, milliy uyg‘onish, mustaqillik va ijtimoiy adolat g‘oyalarini keng targ‘ib etgan.

U o‘zining publitsistik, badiiy va ilmiy asarlari orqali o‘zbek xalqini yangicha tafakkur

va ma’naviy yuksalishga chorlagan. Fitratning eng mashhur asarlaridan — “Rahbari

Najot”, “Oila”, “Hind Sayyohi” va “Qiyomat” kabi asarlarida milliy g‘urur, ozodlik

ruhi, ma’naviyat va madaniyat masalalari chuqur ifodalangan. U zullisonayn adib

sifatida bir nechta tillarni mukammal bilgan, o‘zbek adabiy tilining rivojiga katta hissa

qo‘shgan. 1926-yilda Fitratga O‘zbekistonda birinchi professor unvoni berilgan.

Afsuski, 1938-yilda u qatag‘on qurboni bo‘lgan va nohaq ravishda o‘lim jazosiga hukm

qilingan. Uning merosi keyinchalik tiklanib, bugungi kunda milliy o‘zlikni anglash

yo‘lida muhim manba sifatida qadrlanmoqda.

Asarning nega bunday nomlanganligi haqida Fitrat asar muqaddimasida shunday

deydi: „…Ma’lumkim, bizning ota-bobolarimiz har bobda, ayniqsa, ilm va ma’rifatda

olam ahli uchun ibrat va namuna bo‘lganlar. Borib-borib zamon o‘zgardi, sa’y-u

harakatlar, ilmga bo‘lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, „ijod qilmoq“

(degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

247

2181-3187

Mamlakatimizda bunday tushkunlik davr uzoq muddat davom etdi… Ushbu axloqiya

majmuasini tartib berib, „Rahbari najot“ („Najot yo‘li“) deb nomladim.“

1

„Rahbari najot“ asari orqali Abdurauf Fitrat jamiyatdagi ijtimoiy va ma’naviy

kamchiliklarni tanqid qiladi hamda xalqni o‘zini anglashga, ilm olishga va ma’rifatli

bo‘lishga undaydi. Asarda, ayniqsa, Turkiston o‘lkasida mustaqil, o‘zini hurmat

qiladigan va taraqqiyot sari intiluvchi jamiyat barpo etish zarurati alohida ta’kidlanadi.

Fitrat bu asar orqali xalqni uyg‘onishga, jaholatdan voz kechishga va zamonaviy ilm-

fan yutuqlarini egallashga chorlaydi.

Fitratning fikriga ko’ra, mamlakatimizda baxtsiz odamlarning ikki toifasi bor.

Ulardan birinchi guruh faqat yeyish, ichish va yotishni hayot mazmuni deb biladi. Ular

bir luqma non va yotoq uchun insoniy burchlarini unutadi, foydali ish haqida

o‘ylamaydi. Tunlari qorinning, kunduzlari yotoqning g‘ami bilan band bo‘ladilar. Ular

hayotning chuqur ma’nosidan bexabar, faqat bu dunyo osoyishtaligini o‘ylaydigan

pastkash toifadir. Fitrat ularni jamiyatga zarar keltiruvchi, insoniylik martabasidan

hayvonlik darajasiga tushgan kishilar deb baholaydi. Alloh esa ularni oxirat saodatidan

mahrum etgan. Ba’zi odamlar Allohdan faqat bu dunyoni so‘raydilar. Ularning

oxiratda hech qanday ulushi yo‘q. Chunki Qur’oni karimda shunday oyat bor:

«

Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan

ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba’zilari:„Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin“,

deydi va unga oxiratda nasiba yo‘qdir.

»

2

Ikkinchi guruh shunday bir jamoaki, ular hayotning mazmuni faqat oxirat saodati

deb biladilar. Bu dunyo saodatiga erishish uchun esa hech qanday harakat qilmaydilar,

balki uni kofirlarga xos deb hisoblaydilar. Boshqacha qilib aytganda, bu dunyoni

kofirlar jannati, musulmonlarning esa do‘zaxi deb tushunadilar. Bu toifa ham

insoniylik burchlarini anglamagan, bashariyat yaratilishining asl maqsadini idrok

1

Abdurauf Fitrat.

Najot yo‘li

. Risola. (Ziyo.uz sayti)

2

Baqara surasi. 200-oyat.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

248

2181-3187

etmagan kishilardir. Ularning bu fikri ilohiy hukmlarga zid keladi. Aslida esa, ikki

dunyo saodatini birdek talab qilgan insongina komil musulmon bo‘la oladi.

Alloh taolo ham ikki dunyo saodatini talab qilganlarni madh etib, «Baqara»

surasida shunday degan: «

Va ulardan ba’zilari: «Rabbimiz, bizga dunyoda ham

yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni olov azobidan saqlagin», –

deydilar. Ana o‘shalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob

qiluvchidir.

»

3

„Dunyoni mo‘minlar do‘zaxi, kofirlar jannati deb qanday teran aql bilan aytib, bu

xom xayolni ilohiy farmon deb bilamiz? Hazrati Faxri Koinot alayhissalom muborak

umrlarini sa’y-harakat bilan o‘tkazganlar. Allohning hukmlarini ulardan ham

yaxshiroq bilamizmi? U zot cho‘ponlik qilganlar, tijorat bilan shug‘ullanganlar,

muallimlik qilganlar, va’z aytganlar, imomlik qilganlar, ba’zan askar, ba’zan sartibb

4

,

ba’zan xatib, ba’zan tabib bo‘lganlar. Bular sa’y-harakat bo‘lmay nima edi? Agar ular

harakatda bo‘lgan bo‘lsalar, nega biz tanballik va harakatsizlikni o‘zimizga do‘st qilib

oldik? Dunyoni oxirat uchun, oxiratni esa bu dunyo uchun tark etuvchilarning

fikrlarining noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatish uchun „Al-Jome‘ as-Sag‘ir“dagi quyidagi

hadisi sharif kifoya qiladi: «

ْنُدِل ُهَت َر ِخآ ْك ُرْتَي ْمَل ْنَم ْمُك ُرْيَخ

ُساَّنلا ُلِمْحَي اَم ُهُلِمْحَي َلَ َو ِهِت َر ِخ ِلِ ُهاَيْنُد َلَ َو ُهاَي

«Sizlardan yaxshilaringiz – oxiratni dunyo uchun tark qilmagan, dunyoni esa

oxirat uchun tark qilmagan, va og‘irligini boshqalarning zimmasiga tashlamaydigan

kishilardir.»

5

“, - deydi Fitrat.

„Endi bu ikkala jamoa: biri dunyoparastlar va birlari oxiratparastlarga

da’volarimizni ma’lum qilganimizdan so‘ng yana bir jamoani ham esdan chiqarishimiz

odobdan bo‘lmaydi. Bu jamoa ham millatimiz o‘rtasida katta mavqega ega. Bizning

qoloq va baxtsiz bo‘lishimizda ularning xizmatlari kattadir. Bu jamoa dunyo va oxirat

saodatini talab qiladilar, lekin bu maqsadga erishish uchun harakat ham qilmaydilar

3

Baqara surasi. 201

202-oyatlar.

4

Sartibb

tibbiyot hamshirasi, feldsher.

5

Jaloliddin Suyutiy, Al-

Jome‘ as

-

Sag‘ir, hadis 1234.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

249

2181-3187

Ulardan shu haqida so'rasangiz, noz-karashma bilan „Allohi karim“ deb javob

beradilar. Bu tanballik va harakatsizlikni ular „tavakkal“ deb ataydilar. Kambag‘allik

va balolardan azob cheksalar, darrov biror masjid yoki falon bir avliyoning qabriga

borib qancha kuchlari bo‘lsa, boshlarini yerga urib, duo qiladilar. Biz bunday duoning

ijobat bo‘lmasligini yuqorida bayon qildik“, - deya baxtsiz odamlarning uchinchi turini

ham keltirib o‘tadi. Abdurauf Fitrat risolasida ikki dunyo saodatiga erishish uchun

„najot yo‘li“ deya dinni keltiradi va shunday deydi: „Din – axloqiy hukmlardan iborat

bo‘lib, o‘z tobelarini ikki dunyo saodatuga yetaklaydi. Hayot g‘oyasi, yo‘l shu ikki

dunyo saodatidir. Din esa unga eltuvchi najot yo‘lidir.

Fitrat bugungi kunda boshimizga kelgan falokat va balolarning yagona sababi

insoniyatning hikmatli hukmlardan va Qur’ondan uzoqlashib ketgani deya baholaydi.

Agar inson dunyo va oxirat talabida bo‘lsa, barcha g‘arazli va fasod ishlarni bir tarafga

qo‘yib, samimiy qalb bilan unga mute’ bo‘lib, Qur’on hukmlariga bo‘ysunib, sunnatga

amal qilib, hayotimizni shunga munosib qilib tartiblasak, ikki dunyo saodatiga erishish

mumkinligini ta’kidlaydi.

Bandaning badbaxtligimiz sabablariga bag‘ishlab aytgan shuncha ma’ruzasidan

keyin muhtaram o‘quvchilardan biron fikr chiqishiga shubha qilaman. Lekin bu

xastaliklarimizga qarshi qanday chora ko‘rish kerak? Bu xarobot va jahl-u g‘aflat

girdobidan xalod bo‘lib, taraqqiyot, saodat va tinchlikka erishmoq uchun nima qilmoq

kerak? Bu xususda ham katta-katta ulamolarimizdan ba’zilari „ahli islom bu holatdan

xalos topmaydi, zero bizning zamon – islom zaiflashgan oxir zamondir“ deb aytadilar.

Ulardan gaplariga dalil keltirishlarini so‘rasak, darhol „Kulli yavmin badtar“ iborasini

pesh qiladilar. Lekin biz ularga quloq solmay, masala yechimini Qur’oni karimdan

izlaylik, - deya Fitrat risolasida yuzaga kelgan savollarga Qur’on va hadislardan dallilar

keltirib, o‘z fikrlarini tasdiqlagan.

Risolaning bu qismini tugatar ekan Fitrat bir nechta xulosalar taqdim qiladi:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

250

2181-3187

1.

Alloh bizni barcha maxluqlar kabi boshqa jinslar manfaati uchun

emas, balki ikki dunyo saodatiga yetishish uchun xalq qilgan.

2.

Dunyo saodatini oxirat uchun, oxirat saodatini bu dunyo uchun tark

etish noto‘g‘ridir, bizga ikki jahon saodati darkor.

3.

Ikki jahon saodatini esa sa’y-harakat bilangina topish mumkin.

4.

Sa’y-harakatsiz duodan foyda yo‘qdir.

5.

Avliyolardan maqsad ravo bo‘lishini tilash foydasizligidan tashqari

yana gunoh hamdir.

Asar nafaqat Fitrat yashagan davr uchun, balki bugungi kun uchun ham

dolzarbdir, zarurdir. Komil inson bo‘lish, hayotni munosib va to‘g‘ri yashash uchun

yo‘l ko‘rsatuvchi mayoqdir bu kitob. O‘zining millati, madaniyati, dinini unutib, o‘zga

madaniyat vakillari tomon intilayotgan, yashashdan asl maqsadini o‘zligiga qo‘shib

yo‘q qilganlar uchun „Rahbari najot“ni o‘qish ayni muddaodir.

Asarda dunyo va oxirat o‘rtasida muvozanatni saqlash, insonning har ikki

hayotdagi baxtini sa’y-harakat bilan izlash zarurligi uqtiriladi. Dunyoni faqat

kofirlarga, oxiratni esa faqat mo‘minlarga xos deb bilish xato ekanini muqaddas oyatlar

va hadislarga tayangan holda isbotlaydi. Rasuli Akram (s.a.v.) ham har tomonlama faol

bo‘lganliklari orqali musulmonlar uchun eng go‘zal ibrat bo‘lib qoladilar. Demak,

harakat va mehnat qilmay turib, faqat duo va tilak bilan baxtga erishish mumkin emas.

Ikkala dunyo saodatini istagan kishi harakatli, ongli va mas’uliyatli bo‘lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Rahbari najot. Abdurauf Fitrat. (Ziyo.uz sayti)

2.

Wikipedia.uz sayti

Библиографические ссылки

Rahbari najot. Abdurauf Fitrat. (Ziyo.uz sayti)

Wikipedia.uz sayti