ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
133
2181-3187
MAKTAB DARSLIKLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI
TUSHUNTIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR TAHLILI
Xotamova Mohinur
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada tilshunoslikda alohida o‘ringa ega bo‘lib kelayotgan
frazeologizimlarni umum ta’lim maktablarida o‘qitishga oid mashq va topshiriqlar
metodika orqali sharhlangan.
Kalit so‘zlar:
Ibora, nutq, frazeologiya, ta’lim-tarbiya, xalq ijodi.
АННОТАЦИЯ
Это статья занимает особое место в лингвистике. Упражнения и задания
связанные с преподаванием фразеологии в общеобразовательной школе
интерпретируются посредсвом методики.
Ключевые слова.
Фраза, pечь, Фразеологии, Образование, Народное
творчествою
ABSTRACT
This article has a special place in linguistics exercises and tasks related to teaching
phraseological unis in secondary schools are explained through methodology.
Key words:
Expression, speech phraseology, education, folk creativity.
Barchamizga ma’lumki, til kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi, jamiyat
tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan avlodga ma’daniy-manaviy shu
bilan birga tarixiy an’analarni yetkazuvchi, asosiy fikr almashinish quroli hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
134
2181-3187
Nutq jarayonida fikrimizni faqat so‘zlar yordamida emas balki, ikki yoki undan ortiq
so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan, nutqqa tayyor holda kirib keladigan
birliklardan ham foydalanamiz. Bu birliklar nutqimizni tasvirlabgina qolmasdan balki
uning ma’noli va mazmunli, lo‘nda, bo‘yoqdor tarzda tasvirlaydi.
Umum ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bunday til birliklarini tushunarli va
soda tarzda o‘qitish, nutqiga olib kirish, o‘z nutqida ko‘p foydalanadigan iboralarning
ma’no –mohiyatini tushuntirishga qaratilgan.
Til va jamiyat taʼsirlashuvi haqida soʻz borar ekan, tilning jamiyatga
qanday taʼsir etishini ham tushuntirmoq lozim. Mutaxassislar toʻgʻri
taʼkidlaganidek, tilning jamiyatga taʼsiri jamiyatning tilga taʼsiriga nisbatan kam
oʻrganilgan, hatto bunday taʼsirlashuvga shubha bilan qarash ham bor.
Bizningcha,
tafakkur quroli boʻlgan vositaning jamiyatga taʼsir koʻrsatmasligining oʻzi
shubhali, chunki til jamiyatni muntazam harakatlantirib turadi va bu tarz
taʼsirlashuvning eng ibtidoiy aksi uning axborotni shakllantirish va uzatish
vazifasida koʻrinadi. Jamiyatning tilga taʼsiri naqd lisoniy natijalarda koʻrinadi,
shu
sababli, bu tarz taʼsirlashuv shubha uygʻotmaydi, bir qarashdayoq taʼsirlashuv
natijalarini ilgʻash mumkin boʻladi. Tilning jamiyatga taʼsiri natijalari tilshunos
qayd qila biladigan til materiallarida ifoda topmaydi, balki ijtimoiy hayotning
oʻzida boʻy koʻrsatadi. Aniq lisoniy material orqali dalillay olinmagani tilning
jamiyatga taʼsiri mexanizmlarining ochilmay qolishiga olib kelgan. Masalan,
adabiy tilning jamiyatga taʼsiri, avvalo, milliy birlikni taʼminlashida, qolaversa,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
135
2181-3187
ommaviy savodxonlikni shakllantirish va yaxshilashda, ilm-fanni rivojlantirish va
madaniyatni yuksaltirishida, taʼlim-tarbiyada koʻrinadi. Sanoqni yana davom
ettirish mumkin. Umuman, jamiyatda axborot uzatilar ekan, unda tilning ishtirok
qilmasligi, taʼsiri boʻlmasligi mumkin emas.
Frazeologiya tilning mustaqil birligi sifatida XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab maxsus o ‘rganilib kelinmoqda. Frazeologiya bo‘yicha ilmiy-tadqiqot
ishlarining takomiliga o‘zbek frazeologlaridan SH. Rahmatullayev, M. Umarxo‘jayev,
M. Sodiqova, I. Royzenzon, Y. Avaliani, E. Begmatov, A. Mamatov va B.
Yo‘ldoshevlar o‘z hissalarini qo‘shgan [3;3].
Hech bir so‘z, hech bir ibora bekor aytilmaydi. Og‘izdan og‘izga o‘tib, so‘zlar
almashadi, tushib qoladi. Harflar o‘zgaradi va tanib bo‘lmas holga keladi. Agar biz
ko‘proq izlasak, so‘zning so‘ziga qalb qulog‘imizni tutsak, tilimizda majhul ibora
qolmas. Og‘ayni chalish ham besabab aytilmagan. Maqol aslida; og‘a-ini – bir juft
kalish bo‘lishi kerak. Kalishning ikki poyi bir-birisiz butun emas. Og‘a-ini ham
shundoq.
Og‘a-ini, aslida, ikkita so‘z. Aka-uka degani. Bora-bora bu ikki so‘z qisqarib, bir
so‘zga aylandi. O‘rtoq, oshna ma’nosini bildiruvchi og ‘ayni holiga keldi. Og‘ayni bir
kishini bildirgach, juft so‘zga hojat qolmadi. Endi “Og‘ayni chalish-bir poy kalish”
deyiladigan bo ldi. Hozirda bir poy kalish ham iste’moldan chiqdi, hisob. Og‘ayni
chalishning o‘zi qoldi va iboraga aylandi. [ E. Vohidov]
Ushbu matn asosida berilgan topshiriqlar asosida biz o‘quvchilarda iboraning asl
ma’no jihatlarini tushunish uni nutqi davomida qo‘llay olish, shuningdek iboralarning
odiy so‘zga nisbatan ta’sir doirasi kuchliligini o‘rgatish maqsad qilingan. O‘zbek
xalqining nutqi juda boy bo‘lib, nutqimiz orasida beixtiyor turg‘in birikmalardan
(ibora, maqol, hikmatli so‘zlar, iboralar) foydalanamiz.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
136
2181-3187
Inson o‘z ongli hayoti ibtidosidan nboslab mehnatm bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Mehnat jarayonida esa ular xilma xil ishlarni baharib kelgan. Uning mehnat faoliyatida
bajarilgan u yoki bu xatti-harakatlar lisiniy assosatsiatsiyalarni paydo qiladi. Shu
tufayli biror fikirni obrazli ifodalashga ehtiyoj seziladi. Ayni shu holat kishilarning
milliy xarakter va turmush tarziga aloqador bo‘lgan iboralarning shakillaniahuga
sababchi bo‘lgan . Milliy xarakter bilan bog‘liq iboralar xalqning tabiy yashash
sharoitlari, turmush tarzi va diniy an’analari bilan uzviy bog‘liqdir. Hamma xalqlarda
ham vatan tuyg‘usi, uni sevish, ardoqlash his-tuyg‘usi bor. Bu kabi fiziologik holatlar
emotsional munosabatlarni ijobiy yoki salbiy tilda zuhur etish ixcham va chuqur
ma’noli iboralar orqali ifodalanadi va ular ana shunday ehtiyojlar asosida shakllanadi.
Olimlarning fikricha, har bir inson hayoti davomida o‘z tilidagi 800ga yaqin
maqol, metal, hikmatli so‘z yoki iboralar haqida tushunchaga ega bo‘lar ekan [3;3].
O‘zbek xalqi purma’no so‘zga, o‘git-u naqillarga boy xalq sanaladi.
Ajdodlarimizning azaldan o‘z hayotiy muammolarini-mehnat mashaqqati, g‘am-
anduhi, rohat-farog‘ati, muvaffaqiyat va mag‘lubiyati, rasm-rusimlari, hamma-
hammasini maqol va matallarda, naql va barqaror iboralarda ko‘zgudagidek aks ettirib
keladi. Xalqning til boyligi- uning bo‘yoqdor, serjilo leksikasining frazeologiya
qatlamining boyligi bilan ham o‘lchanadi. O‘zbek tili- ona tilimizning juda boy,
ma’nodor, jozibali, va rang-barangligi Alisher Navoiy zamonidan isbotlangan. [1;29].
Iboralar tilni, uning mazmunini yanada boyituvchi manaviy xazinadir. Ular
lingvokulturologiyaning asosiy obyektlaridan biri sanalgan barqaror birikma bo‘lib
lingvokulturologik obyekt sifatida millatning madaniyatini o‘zida jamlovchi til birligi
sanaladi.
Iboralar yani frazeologizmlar tilshunoslikda kata bir bo‘lim hisoblanadi. U
o‘quvchilarga tushuntirib berish uchun o‘qtuvchiga ma’lum bir metodlar (savol,
topshiriq, metodik o‘yinlar ) yordam beradi. Quyida tuzilgan topshiriqlar ham shunday
bir maqsad asosida yaratilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
137
2181-3187
Topshiriq: 1.
Berilgan iboralarni ko‘chiring. Ularning sinonimi va antonimini
topib yozing. Quruq qo‘l bilan, yoqasini ushlamoq, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan,
kapalagi uchmoq, dunyodan ko‘z yummoq, yumshoq supurgi.
Masalan;
Iboralarga
misollar
Antonim
Sinonim
Bir so‘zga teng
kelishi
Tilidan bol tommoq, tili shirin- tilidan zahar tommoq.
Og‘zi qulog‘ida, kapalagi uchmoq, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan
Yuqoridagi topshiriq gramatik bilimlarga tayangan holda bajariladigan topshiriq
hisoblanadi. O‘quvchilardan iboralar va ularning antonim va sinonimlari haqidagi
nazariy ma’lumotni talab qiladi. Shuning uchun o‘qtuvchi bu topshiriqni bajartirishdan
oldin ularga oid nazariy ma’lumotni berib o‘tishi kerak bo‘ladi.
2.
Tarozining bir pallasiga oddiy so‘zlarni, ikkinchi pallasiga iboralarni qo‘ying.
Qaysi tomonning qanday “yuk bosishi” ga e’tibor qarating.
Iboralar ishtirokida gaplar tuzing, o‘rniga so‘zlarni qo‘yib ko‘ring.
Hang-mang bo‘lmoq, ko‘zi o‘ynoqi, o‘zidan ketmoq, musichaday beozor, usti
yaltiroq, ichi qaltiroq.
Iboralar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
138
2181-3187
Bu topshirig‘imiz o‘quvchilarda so‘z va iboraning farqiga borishni o‘rgatadi. Shu
bilan birgalikda qay birining ta’sir doirasi kuchliroq ekanligini tushunishiga yordam
beradi.
Frazeologik iboralarni qo‘llashning yana bir afzalligi shundaki, ular bizga tilda
yanada ravon va tabiiyroq ovoz berishimizga yordam beradi. Agar biz ushbu iboralarni
to‘g‘ri va o‘rinli ishlatsak, biz tilni yaxshi bilishimizni va muloqot qobilyatlarimizda
qulay va ishonchli ekanligimizni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu bizga boshqalar bilan
o‘zaro munosabatlarimizda ishonchlilik va obro‘-e’tiborni oshirishga yordam beradi.
Bu iboralarning aksariyati ma’lum bir madaniyatning tarixi, an’analari va
qadriyatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, ulardan foydalanish orqali o‘sha tilda
so‘zlashuvchi xalqning tafakkuri, dunyoqarashi haqida tushunchaga ega bo‘lishimiz
mumkin.
Frazeologik iboralarni o‘rganish ham til ko‘nikmalarimizni yaxshilashga va so‘z
boyligimizni kengaytirishga yordam beradi. Ushbu iboralarni o‘rganish va ishlatish
orqali biz yangi so‘z va iboralarni o‘rganish va ishlatish orqali biz yangi so‘z va
iboralarni o‘rganishimiz, shuningdek, so‘zlarning kontekstda qanday ishlatilishini
chuqurroq tushunishimiz mumkin. Bu bizning til qobiliyatimizni boyitadi va bizni
yanada samarali muloqotchilarga aylantiradi.
3.
Quyidagi iboralarni ko‘chiring, qanday vaziyatda qo‘llanishini sharhlang.
So‘zlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
139
2181-3187
Qush uyasida ko‘rganini qiladi; sichqonning ini ming tanga; sen bog‘dan kelsang,
u tog‘dan keladi; og‘zi qulog‘ida.
Namuna; Qush uyasida ko‘rganini qiladi.
Odob- eng katta boylik. Odobni oilada o‘rganadilar, chunki qush uyasida
ko‘rganini qiladi.
Bu topshiriq o‘quvchilarda iboraning tag ma’nosini anglaganligini tekshiruvchi
mashq hisoblanadi. Iboraning ma’nosini anglagan o‘quvchigina uni o‘z nutqida
bemalol qo‘llay olishi mumkin. Iboralar yillar davomida shakillanib shu ko‘rinishga
kelib qolgan va qotgan birikmalar hisoblanadi. Nutq jarayonida bu birliklardan ko‘p
foydalanadigan insonlarning nutqi boshqalarnikiga nisbatan boy hisoblanadi.
4.
Uyga vazifa. Inson tana a’zolari ishtirok etgan iboralarni toping. Ular
ishtirokida 6 ta gap yozing.
Uyga beriladigan topshiriq dars davomida o‘qtuvchi o‘quvchilarga iboralar
haqida bergan bilimlarga tayangan holda mustaqil bajarilishi kerak. Bunda iboralarda
ko‘p qo‘llaniladigan inson tana azolari ishtirok etgan iboralarni iboralar lug‘atidan
topib chiqishlari kerak bo‘ladi. Bu topshiriqni bajarish davomida o‘quvchilar “O‘zbek
tili frazeologik lug‘ati” bilan ham tanishishadi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, xalqimizda yosh avlodni odob –axloqqa,
yaxshilikka undovchi iboralar ko’plab uchraydi. Bunday iboralardan hayotda
foydalanish kishilarning milliy xarakterini ochib beradi. Xalqimiz bu kabi til
birliklarida ham farzandlarni tarbiyaga va kamolotga undaydi. O‘zbek millatining
madaniyatini tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi tilimizda yanada so‘z
boyligining oshishiga va rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Quyida yaratilgan topshiriqlar ham shu maqsadni ko’zlab yaratilgan bo‘lib,
iboralarni o‘quvchilarga o‘rgatish yo‘lida yaratilgan hisoblanadi. Bu topshiriqlar
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 281-maktabdagi 5-6-sinflar kesimida sinovdan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
140
2181-3187
o’tkazildi. 5-sinf o‘quvchilaridan 26 ta o‘quvchi qatnashni ulardan topshiriqni
to’laqonli bajargan va mavzuni yaxshi o’zlashtirgan o‘quvchilar soni 19 tani tashkil
etadi. O‘zlashtrish darajasi past o‘quvchilar soni 7 tani tashkil etadi. Bu o‘quvchilar
bilan alohida shug‘ullanildi, mavzu va topshiriqlar birgalikda bajarildi. 6- sinflar
orasida bajarilganida o‘zlashtirish darajasi 5- sinf o‘quvchilariga nisbatan yaxshi
yakunlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Rahmatullayev. Sh “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”. - O‘qituvchi, 1978.
2. Qosimova A. “O‘zbek va ingliz frazeologiyasi”. - Scientific progress, 2021. (“Uzbek
and English phraseology”).
3. Urokov Sh, Isayeva M. “Linvokulturologik iboralar va ularning semantik
ma’nolari”. -”Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-
amaliy konferensiya, 2022. (“Linvocultural expressions and their semantic
meanings”).
4. Kaxarov, Q., & Dehqonova, D. (2024). O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA
IBORALARNING QO‘LLANISHI. Farg‘ona Davlat Universiteti, 30(1), 71. Retrieved
from
https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/35565.Qahramonova
D.
“O‘zbek va ingliz EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY
AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF =
8.165
tillari idiomalarini taqqoslashning lingual tahlili”. -
Ustozlar uchun, 2023. (“Lingual analysis of the comparison of Uzbek and English
idioms”).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
141
2181-3187
5. M. Sherbo‘tayeva, O‘zbek tilida “ Lingvokulturemalar” va ularning
lingvokulturologik tadqiqi. - A.: Andijon, 2014. - B. 29.
6. Sh. Rahmatullayev, O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. - T.: O‘qtuvchi, 1978.
- B.28.