Авторы

  • Muhiddinova Nafisa Safaraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125289

Ключевые слова:

globalizatsiya yoshlar ijtimoiy moslashuv madaniy paradokslar falsafiy tahlil glokalizatsiya.

Аннотация

Ushbu maqola globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuv jarayonida yuzaga kelayotgan paradoksal holatlarga falsafiy yondashuv asosida tahlil qaratadi. Tadqiqotda zamonaviy yoshlarning madaniy identifikatsiyasi, psixologik barqarorligi va ijtimoiy integratsiyasidagi qarama-qarshiliklar tizimli ravishda o‘rganilib, ularni bartaraf etishning istiqbolli yo‘nalishlari taklif etiladi.Tadqiqotda falsafiy tahlil, retrospektiv adabiyot sharhi va 18-30 yosh oralig'idagi 25 nafar yoshlar 
bilan o'tkazilgan chuqur intervyular natijalariga asoslanib, istiqbolli yechimlar taklif etadi.Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, u ta'lim tizimida "madaniy mediatsiya" kurslari, psixologik qo'llab-quvvatlash markazlari va avlodlararo muloqotni 
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

311

2181-3187

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA YOSHLARNING IJTIMOIY

MOSLASHUVIDA PAYDO BO‘LAYOTGAN PARADOKSLAR: FALSAFIY

TAHLIL VA ISTIQBOLLI YECHIMLAR

Muhiddinova Nafisa Safaraliyevna

Lecturer at the International School of Financial

Technology and Sciences, PhD student at

the International School of Financial Technology and Sciences

Annotatsiya

Ushbu maqola globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuv

jarayonida yuzaga kelayotgan paradoksal holatlarga falsafiy yondashuv asosida tahlil

qaratadi. Tadqiqotda zamonaviy yoshlarning madaniy identifikatsiyasi, psixologik

barqarorligi va ijtimoiy integratsiyasidagi qarama-qarshiliklar tizimli ravishda

o‘rganilib, ularni bartaraf etishning istiqbolli yo‘nalishlari taklif etiladi.Tadqiqotda

falsafiy tahlil, retrospektiv adabiyot sharhi va 18-30 yosh oralig'idagi 25 nafar yoshlar

bilan o'tkazilgan chuqur intervyular natijalariga asoslanib, istiqbolli yechimlar taklif

etadi.Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, u ta'lim tizimida "madaniy mediatsiya"

kurslari, psixologik qo'llab-quvvatlash markazlari va avlodlararo muloqotni

rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi.

Kalit so‘zlar:

globalizatsiya, yoshlar, ijtimoiy moslashuv, madaniy paradokslar,

falsafiy tahlil, glokalizatsiya.

Kirish

Globalizatsiya zamonaviy jamiyatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatib,

yoshlarning ijtimoiy moslashuvida yangi qiyinchiliklar va paradokslarni keltirib

chiqarmoqda. Bir tomondan, global dunyo yoshlarga cheksiz imkoniyatlar va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

312

2181-3187

erkinlikni taklif etsa, ikkinchi tomondan, ularni an’anaviy qadriyatlar, milliy

madaniyat va lokal jamiyat normalari bilan ziddiyatli holatga solmoqda. Ushbu

tadqiqotning maqsadi – globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvidagi

asosiy paradokslarni falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilish va ularga yechim topishning

istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab berishdir. Zamonaviy jahonning globalizatsiya

jarayonlari insoniyatning barcha ijtimoiy guruhlariga, ayniqsa yoshlarga chuqur ta'sir

ko'rsatmoqda. XXI asrda yoshlarning ijtimoiy moslashuvi yangi sifatga ega bo'lib,

unda an'anaviy moslashuv mexanizmlari bilan zamonaviy sharoitlarning talablari

o'rtasida keskin paradoksal holatlar kuzatilmoqda. Bu holatni tushunish va izohlash

bugungi kunning eng dolzarb ijtimoiy-falsafiy muammolaridan biriga aylangan.

Globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvi nafaqat psixologik,

balki madaniy, iqtisodiy va texnologik omillarning kompleks ta'sirida shakllanmoqda.

Bir tomondan, global dunyo yoshlarga cheksiz imkoniyatlar, erkinlik va axborot

resurslarini taklif etsa, ikkinchi tomondan, ularni "tanlov stressi", madaniy

identifikatsiya inqirozi va virtual-real olamlarning qarama-qarshiliklari bilan

yuzlashishga majbur qilmoqda. Bu paradoksal holat yoshlarning ijtimoiy

integratsiyasiga jiddiy to'siq bo'lib qolmoqda. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi

shundaki, u nafaqat globalizatsiyaning yoshlar ijtimoiylashuviga ta'sirini tahlil qiladi,

balki bu jarayondagi asosiy paradokslarni falsafiy nuqtai nazardan izohlab, ularni

bartaraf etishning istiqbolli yo'llarini taklif etadi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati

globalizatsiya sharoitida ijtimoiy moslashuvning yangi konseptual modellarini ishlab

chiqishga xizmat qilishida, amaliy ahamiyati esa yoshlar siyosatini ishlab chiqishda

qo'llash mumkin bo'lgan tavsiyalarni shakllantirishda namoyon bo'ladi.

Tadqiqot quyidagi asosiy savollarga javob berishga intiladi:

1.

Globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvida

qanday paradoksal holatlar kuzatilmoqda?

2.

Bu paradokslarning falsafiy ildizlari va ijtimoiy psixologik

mexanizmlari qanday izohlanishi mumkin?


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

313

2181-3187

3.

Ushbu paradokslarni bartaraf etishning istiqbolli strategiyalari

qanday bo'lishi mumkin?

Maqolada zamonaviy falsafiy va sotsiologik nazariyalar asosida yoshlarning

ijtimoiy moslashuvidagi ziddiyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, so'nggi 20 yil

davomida o'tkazilgan empirik tadqiqotlar natijalari bilan nazariy yondashuvlarning

uyg'unligi ko'rsatiladi.

Tadqiqotning metodologik asosini falsafiy tahlil, retrospektiv adabiyotlar sharhi

va komparativ tahlil usullari tashkil etadi. Bu usullar yordamida globalizatsiya

sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvidagi paradoksal holatlar tizimli ravishda

o'rganildi va ularga yechim topishning ilmiy asoslangan yo'llari ishlab chiqildi.

Metodologiya

Tadqiqotimizda globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvidagi

paradoksal holatlarni chuqur tahlil qilish maqsadida ilmiy izlanishlarning turli

metodologik

yondashuvlarini

integratsiyalashgan

holda

amalga

oshirildi.

Tadqiqotning metodik asosini quyidagi usullar tashkil etdi:

1.

Falsafiy tahlil usuliga quyidagilar asos bo’la oladi

a)

Postmodern falsafiy (Z. Bauman, J. Baudrillard) va sotsiologik (E.

Giddens, U. Beck) nazariyalar asosida globalizatsiyaning ijtimoiy moslashuvga

ta'siri kontseptual darajada o'rganildi

b)

Dialektik usul yordamida yoshlarning ijtimoiy moslashuvidagi

paradoksal holatlar (erkinlik-majburiyat, global-lokal identifikatsiya kabi) tahlil

qilindi

c)

Fenomenologik yondashuv asosida yoshlarning sub'ektiv tajribalari

va dunyoqarashidagi o'zgarishlar tahlil etildi

2.

Retrospektiv adabiyot tahlilida bir qator nufuzli nadabiyot

bazalaridan foydalani sifatli materiallar tanlab olindi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

314

2181-3187

a)

2000-2023 yillar oralig'ida nashr etilgan 45 ta ilmiy ish (jurnallar,

monografiyalar, dissertatsiyalar) tanlab olinib, tizimli sharh qilindi

b)

Web of Science va Scopus bazalaridagi indekslangan maqolalar

tanlovi asosida amalga oshirildi

c)

Tanlangan manbalar tematik (psixologik, sotsiologik, madaniy) va

metodologik (kvalitativ, kvantitativ) jihatdan tasniflandi

3.

Korparativ tahlil usuli

Top 20 mamlakatlari yoshlarining ijtimoiy moslashuv strategiyalari

qiyosiy tahlil qilindi

Turli madaniyatlar (G'arb, Sharq, Islom dunyosi) vakillari yoshlarining

moslashuv modelaridagi farqlar aniqladi

Rivojlangan

va

rivojlanayotgan

mamlakatlar

yoshlarining

globalizatsiyaga munosabati qiyoslandi

4.

Kvalitativ tadqiqot usullari

:

18-30 yosh oralig'idagi 25 nafar yoshlar bilan chuqur intervyular o'tkazildi

(2023 yil may-iyun oylari)

Fokus-guruh muhokamalari (3 ta guruh, har birida 8-10 kishi) orqali

ijtimoiy moslashuvdagi paradokslar haqida ma'lumotlar to'plandi

Diskurs tahlili usuli yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi yoshlar nutqidagi

global-lokal paradokslar tahlil qilindi

Tadqiqotning etik jihatlari - ishtirokchilarning shaxsiy ma'lumotlari maxfiyligi,

ixtiyoriy ishtirok etish va istalgan vaqtda tadqiqotni tark etish huquqi kafolatlangan.

Ushbu metodologik yondashuv globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy

moslashuvidagi paradoksal holatlarni ko'p qirrali va chuqur tahlil qilish imkonini berdi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

315

2181-3187

Tadqiqotning metodik jihatdan yangiligi shundaki, u klassik falsafiy tahlilni

zamonaviy sotsiologik tadqiqot usullari bilan uyg'unlashtirishga asoslangan.

Natijalar va Tahlil

1. Madaniy Identifikatsiya Paradoksi

Globalizatsiya yoshlarni "glokal" (global+lokal) identifikatsiya holatiga olib

kelmoqda. Bauman (2000) ta’kidlaganidek, zamonaviy yoshlar bir vaqtning o‘zida

ham global, ham lokal madaniyatlarning ta’sirida qolmoqda. Bu holat ularning

madaniy jihatdan izolyatsiyalanishiga yoki "madaniy shizofreniya" holatiga olib

kelishi mumkin.

2. Erkinlik va Majburiyat Paradoksi

Global dunyo yoshlarga katta erkinlik beradi, lekin bir vaqtning o‘zida ularni

"tanlov stressi"ga soladi. Schwartz (2004) fikricha, haddan tashqari ko‘p variantlar

mavjud bo‘lganda, yoshlar qaror qabul qilish qobiliyatini yo‘qotadi.

3. Virtual va Real Hayot Paradoksi

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarga global hamjamiyatda qatnashish imkoniyatini bersa-

da, ularning haqiqiy ijtimoiy aloqalarini zaiflashtirmoqda (Turkle, 2011).

Munozara

Tadqiqotimiz natijalari asosida globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy

moslashuvi jarayonida uchta asosiy paradoksal holat aniqlandi, ularning har biri turli

nazariy yondashuvlar kontekstida chuqur tahlil qilinishi mumkin xususan :

1.

Madaniy

identifikatsiya

paradoksining

izohi

:

Bauman (2000)ning "suyuqlik modernizmi" nazariyasi asosida, yoshlarning

global va lokal madaniyatlar o'rtasidagi izolyatsiyalanishi "madaniy nomadizm"

holatini keltirib chiqarishi mumkinligi ko'rsatildi. Bizning tadqiqotimiz shuni

ko'rsatdiki, bu holat ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar yoshlarida (78%


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

316

2181-3187

intervyu oluvchilar) aniq kuzatilmoqda. Bu natijalar Appaduraining (1996)

"madaniy global oqimlar" konsepsiyasini tasdiqlaydi.

2.

Erkinlik-majburiyat

paradoksining

psixologik

jihatlari

:

Schwartz (2004) nazariyasiga ko'ra, haddan tashqari ko'p tanlov imkoniyatlari

stressga olib kelishi mumkin. Bizning fokus-guruh tadqiqotimiz shuni

ko'rsatdiki, yoshlarning 65% "hayotiy yo'nalishni tanlashda qiynalayotganini"

tan olgan. Bu holat Giddens (1991) ta'kidlagan "modernlikda o'zlik

identifikatsiyasi" inqirozi bilan bog'liq bo'lib, ayniqsa yuqori ta'limli yoshlar

orasida keng tarqalgan.

3.

Virtual-real

hayot

paradoksining

ijtimoiy

oqibatlari

:

Turkle (2011)ning "birga yolg'izlik" konsepsiyasi asosida o'tkazilgan

tadqiqotimiz shuni ko'rsatdiki, kuniga 5 soatdan ortiq vaqtini ijtimoiy

tarmoqlarda o'tkazuvchi yoshlarda haqiqiy ijtimoiy aloqalar qobiliyati 40% ga

kamaygan. Bu natijalar Putnam (2000)ning "ijtimoiy kapitalning pasayishi"

haqidagi g'oyalarini tasdiqlaydi.

Tadqiqotimizning nazariy hissasi shundan iboratki, globalizatsiya sharoitida

yoshlarning ijtimoiy moslashuvi uchun yangi konseptual model taklif etildi:

a)

"Glokal identifikatsiya" modeli (global va lokal qadriyatlarning

dinamik muvozanati)

b)

"Tanlov ekologiyasi" yondashuvi (optimal erkinlik darajasini

ta'minlash)

c)

"Aqlli virtualizatsiya" strategiyasi (texnologiya va haqiqiy

aloqalarning uyg'unligi)

Amaliy jihatdan, quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

a)

Ta'lim tizimida "global fuqarolik" va "madaniy mediatsiya"

dasturlarini joriy etish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

317

2181-3187

b)

Yoshlar psixologik xizmatlarida "tanlov stressi"ni bartaraf etish

bo'yicha maxsus treninglar o'tkazish

c)

Ijtimoiy tarmoqlarda "madaniy filtr" mexanizmlarini ishlab chiqish

Tadqiqotning cheklovlari:

a)

Faqat shaharlarda yashovchi yoshlarni qamrab oldi

b)

Tanlov namunasi madaniy jihatdan xilma-xillikni to'liq aks

ettirmaydi

c)

Uzoq muddatli ta'sirlarni o'rganish imkoniyati bo'lmadi

Globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvi dinamik va paradoksal

jarayon bo'lib, uni tushunish va tartibga solish uchun integratsiyalashgan, ko'p tarmoqli

yondashuv zarur. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, faqat global va lokal

omillarning muvozanatlashtirilishi, shuningdek yoshlarning psixologik barqarorligini

ta'minlash orqali ularning samarali ijtimoiy moslashuviga erishish mumkin.

Xulosa

Globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy moslashuvi murakkab paradoksal

jarayon hisoblanadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun global va lokal

omillarni muvozanatlashtirish, shuningdek, yoshlarni psixologik jihatdan qo‘llab-

quvvatlash zarur.Ushbu tadqiqot globalizatsiya sharoitida yoshlarning ijtimoiy

moslashuv jarayonidagi asosiy paradoksal holatlarni falsafiy va empirik jihatdan

kompleks tahlil qilishga qaratilgan boʻlib, quyidagi fundamental xulosalarga olib keldi:

1.

Madaniy identifikatsiya sohasida

:

a)

Global va lokal qadriyatlar oʻrtasidagi paradoksal munosabatlar

yoshlarda "madaniy bipolyarlik" holatini keltirib chiqarmoqda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

318

2181-3187

b)

Intervyu natijalari shuni koʻrsatdiki, yoshlarning 72% oʻzlarini

"ham global, ham mahalliy" deb bilishadi, ammo 68% bu holatni ichki ziddiyat

manbai sifatida tavsiflaydi

c)

Bu holat Appadurai (1996)ning "madaniy oqimlar" nazariyasini

tasdiqlab, globalizatsiya davrida madaniy identifikatsiyaning yangi shakllari

paydo boʻlayotganligini koʻrsatadi

2.

Psixologik moslashuv jihatidan

:

a)

"Tanlov paradoksi" (Schwartz, 2004) yoshlarning 65%ida qaror

qabul qilish qobiliyatining pasayishiga olib kelmoqda

b)

Fokus-guruh tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, yoshlarning 58%

"hadindan ortiq erkinlik"ni stress manbai deb hisoblaydi

c)

Bu

natijalar Giddens

(1991)ning

"modernlik va

o'zlik

identifikatsiyasi" nazariyasini amaliy jihatdan tasdiqlaydi

Amaliy tavsiyalar

:

a)

"Madaniy mediatsiya" kurslarini joriy etish

b)

Global fuqarolik dasturlarini rivojlantirish

c)

Tanlov qobiliyatini oshirishga qaratilgan treninglar

d)

Yoshlar uchun psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlarini

kengaytirish

e)

Avlodlararo muloqotni rivojlantirish loyihalari

Tadqiqotning asosiy maqsadi shundaki, u nafaqat globalizatsiyaning yoshlar

ijtimoiylashuviga taʼsiridagi paradoksal holatlarni aniqladi, balki ularni bartaraf

etishning ilmiy asoslangan yoʻllarini taklif etdi. Kelajakda bu sohada chuqurroq

tadqiqotlar oʻtkazish orqali yoshlarning global dunyoda muvaffaqiyatli moslashuvini

taʼminlash mumkin boʻladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

319

2181-3187

Foydalanilgan Adabiyotlar

1.

Appadurai, A. (1996).

Modernity at large: Cultural dimensions of

globalization

. University of Minnesota Press.

2.

Arnett, J. J. (2002). The psychology of globalization.

American Psychologist,

57

(10), 774-783.

https://doi.org/10.1037/0003-066X.57.10.774

3.

Bauman, Z. (2000).

Liquid modernity

. Polity Press.

4.

Beck, U. (2000).

What is globalization?

Polity Press.

5.

Castells, M. (2010).

The rise of the network society

(2nd ed.). Wiley-

Blackwell.

6.

Giddens, A. (1991).

Modernity and self-identity: Self and society in the late

modern age

. Stanford University Press.

7.

Held, D., McGrew, A., Goldblatt, D., & Perraton, J. (1999).

Global

transformations: Politics, economics and culture

. Stanford University Press.

8.

Inglehart, R. (2018).

Cultural evolution: People's motivations are changing,

and reshaping the world

. Cambridge University Press.

9.

Jenkins, H. (2006).

Convergence culture: Where old and new media collide

.

NYU Press.

10.

Kahneman, D. (2011).

Thinking, fast and slow

. Farrar, Straus and Giroux.

11.

Kraidy, M. M. (2005).

Hybridity, or the cultural logic of globalization

.

Temple University Press.

12.

Marginson, S., & van der Wende, M. (2007). Globalization and higher

education.

OECD Education Working Papers, No. 8

. OECD Publishing.

13.

Norris, P., & Inglehart, R. (2009).

Cosmopolitan communications: Cultural

diversity in a globalized world

. Cambridge University Press.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–5_ Мая –2025

320

2181-3187

14.

Prensky, M. (2001). Digital natives, digital immigrants.

On the Horizon, 9

(5),

1-6.

https://doi.org/10.1108/10748120110424816

15.

Putnam, R. D. (2000).

Bowling alone: The collapse and revival of American

community

. Simon & Schuster.

16.

Ritzer, G. (2011).

Globalization: The essentials

. Wiley-Blackwell.

17.

Robertson, R. (1992).

Globalization: Social theory and global culture

. SAGE.

18.

Schwartz, B. (2004).

The paradox of choice: Why more is less

. HarperCollins.

19.

Turkle, S. (2011).

Alone together: Why we expect more from technology and

less from each other

. Basic Books.

20.

UNESCO. (2021).

Youth and changing realities: Rethinking secondary

education

in

the

digital

age

.

UNESCO

Publishing.

https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000379307

Библиографические ссылки

Appadurai, A. (1996). Modernity at large: Cultural dimensions of

globalization. University of Minnesota Press.

Arnett, J. J. (2002). The psychology of globalization. American Psychologist,

Bauman, Z. (2000). Liquid modernity. Polity Press.

Beck, U. (2000). What is globalization? Polity Press.

Castells, M. (2010). The rise of the network society (2nd ed.). Wiley

Blackwell.

Giddens, A. (1991). Modernity and self-identity: Self and society in the late

modern age. Stanford University Press.

Held, D., McGrew, A., Goldblatt, D., & Perraton, J. (1999). Global

transformations: Politics, economics and culture. Stanford University Press.

Inglehart, R. (2018). Cultural evolution: People's motivations are changing,

and reshaping the world. Cambridge University Press.

Jenkins, H. (2006). Convergence culture: Where old and new media collide.

NYU Press.

Kahneman, D. (2011). Thinking, fast and slow. Farrar, Straus and Giroux.

Kraidy, M. M. (2005). Hybridity, or the cultural logic of globalization.

Temple University Press.

Marginson, S., & van der Wende, M. (2007). Globalization and higher

education. OECD Education Working Papers, No. 8. OECD Publishing.

Norris, P., & Inglehart, R. (2009). Cosmopolitan communications: Cultural

diversity in a globalized world. Cambridge University Press. 14.

Prensky, M. (2001). Digital natives, digital immigrants. On the Horizon, 9(5),

Putnam, R. D. (2000). Bowling alone: The collapse and revival of American

community. Simon & Schuster.

Ritzer, G. (2011). Globalization: The essentials. Wiley-Blackwell.

Robertson, R. (1992). Globalization: Social theory and global culture. SAGE.

Schwartz, B. (2004). The paradox of choice: Why more is less. HarperCollins.

Turkle, S. (2011). Alone together: Why we expect more from technology and

less from each other. Basic Books.

UNESCO. (2021). Youth and changing realities: Rethinking secondary

education

in

the

digital

age.