ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
183
2181-3187
O'QUVCHILARNI TARBIYALASHDA MAKTAB VA OILANING
HAMKORLIGI
Ashurova Yulduz Zoirovna
Buxoro viloyati Romitan tumani MMTBga qarashli
22 -umumiy o'rta ta'lim maktab psixologi
Annotatsiya:
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish,
madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan
biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan
mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi.
Kalit so’zlar:
oila, bola, mahalla, vatanparvarlik, maktab, hamkorlik, ota-ona,
mardlik, mehr-muhabbat
Mamlakatimizda bolalar va onalarga bo‘lgan e’tibor tobora ortib, bu
yo‘nalishdagi ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
“Jamiki ezgulik – bolalar uchun” degan g‘oya jamiyatda yanada keng jarang topmoqda.
So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qaror va farmonlar bu fikrni yaqqol
tasdiqlaydi. Ma’lumki, bola maktabga qadam qo‘yishidan avval, shuningdek, o‘quv
davrida ham, asosan oilaviy muhitda tarbiyalanadi. Oila esa davlatning ijtimoiy negizi
sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulq-atvori va estetik qarashlariga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Ayniqsa, oila a’zolari o‘rtasidagi ma’naviy uyg‘unlik yosh avlodni har
tomonlama barkamol etib tarbiyalashning boshlang‘ich va asosiy omillaridan biri
sanaladi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish jarayoni,
avvalo, maktab bilan oilaning uzviy hamkorligiga bog‘liq. Tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish uchun ta’lim muassasalari ota-onalar bilan mustahkam
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
184
2181-3187
aloqada bo‘lishi lozim. Shu bois, ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarini
kengaytirish, ularni maktabning faol hamkoriga aylantirish, bolalarning darsdan
tashqari faoliyatini mazmunli tashkil etishda ularning ishtirokini ta’minlash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy jamiyatning tezkor rivojlanishi va kasb-hunar faoliyatining tobora
murakkablashuvi natijasida shaxs ongiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi omillar
kuchaymoqda. Shunday sharoitda insonning faqat bilim va malakasi emas, balki uning
axloqiy, estetik, emotsional va intellektual madaniyati ham dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Bu kabi fazilatlarning shakllanishi, eng avvalo, oilaviy tarbiya orqali
boshlanadi. Garchi ijtimoiy muhit va ta’lim tizimi bu jarayonda muhim rol o‘ynasa-da,
inson kamolotining poydevori aynan oilada qo‘yiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
oilaviy tarbiya pedagogika fanining murakkab va ko‘p qirrali muammolaridan biri
hisoblanadi. Har bir oila o‘ziga xos ijtimoiy guruh bo‘lib, undagi tarbiyaviy faoliyat bu
guruhning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Shu sababli, maktab va oilaning
tarbiyaviy hamkorligi har bir bola shaxsining to‘laqonli shakllanishida hal qiluvchi
o‘rin tutadi.
Buyuk mutafakkir bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek “Oilada, ayniqsa, o‘qimishli
ota-onalar farzandlarining chinakam inson bo‘lib kamol topishiga alohida e’tibor
berishlari zarur” deb ta’kidlaganlar. Ushbu fikr zamirida tarbiyaning boshlang‘ich
manbai va poydevori sifatida oilaning hal qiluvchi roli mujassam. Har bir ota-ona
farzandining odob-axloq, insoniylik, ma’naviy va axloqiy kamolotiga mas’ul bo‘lib,
bu jarayonda ularga shaxsiy vaqt ajratishi, yuksak qadriyatlar asosida yo‘l ko‘rsata
olishi lozim. Ajdodlarimiz tomonidan yaratib qoldirilgan tarbiyaviy meros bugungi
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Insonparvarlik, vatanparvarlik, oqibatlilik,
mehr-muhabbat, yuksak axloqiy fazilatlar xalqimizning uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lida
shakllangan bebaho boyliklaridandir. Bugungi kunda bolalarning ta’lim-tarbiyasiga,
ularning kasb-hunar egallab, jahon miqyosidagi raqobatbardosh shaxs sifatida kamol
topishlariga asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Har bir inson dunyoga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
185
2181-3187
kelganidan so‘ng, uning xulq-atvori, axloqiy qarashlari va insoniy fazilatlari avvalo
oilaviy muhitda shakllanadi. Shu bois, ota-onalar tarbiya jarayonining asosiy
tamoyillarini, pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilib, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay
olishlari talab etiladi. Chunki oilaviy tarbiya – bu faqatgina ma’lum qoidalarga
asoslangan emas, balki shaxsiy mas’uliyat, madaniy daraja va tarbiyaviy mahoratni
talab qiluvchi murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir.
Bola atrofidagi ijtimoiy muhit — ya’ni odamlar, voqealar va kundalik hayot
hodisalari — uning ongida, dunyoqarashida va xulq-atvorida iz qoldirib, shaxs sifatida
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila tarbiyasining samaradorligi esa, ota-onaning
bilimdonligi, madaniyati, farzandiga bo‘lgan e’tibori, uning kelajagini chuqur anglab
yetishi, shuningdek, milliy urf-odat va an’analardan samarali foydalanishga bog‘liq.
Tarbiyada talabchanlik, oiladagi o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, tinchlik va halol
mehnat muhiti muhim pedagogik omillar sirasiga kiradi. Har bir oilada farzand
tarbiyasi uchun aniq maqsad belgilanmog‘i lozim. Bu nafaqat ularning oilaviy rollarini
bajarishga, balki jamiyatning faol, vatanparvar, fidoyi va ongli a’zosi sifatida
shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Shunday qilib, barkamol avlodni tarbiyalashda ota-
onalarning roli faqat nazoratchi emas, balki yo‘l ko‘rsatuvchi, tarbiyachi va hayotiy
yo‘lning yo‘lboshchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at
maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat
qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada
hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli,
sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish
muhim o’rin egallaydi. Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda ko’p yillar davomida
birga yashagan, bir birini bilgan, sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular har
bir oiladagi muhitni va har bir bola tarbiyasini, ota-onasini mahallada tutgan o’rni,
mavqei hamda imkoniyatlarni yaxshi biladilar.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
186
2181-3187
➢
Tarbiyaviy ishlar o’tkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada yashovchi
har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish.
➢
Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shug’ullanishlariga
imkoniyat yaratib berish.
➢
Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish.
Kabi ko’plab ishlarni olib borish, o’quvchilarni har tomonlama axloqli tarbiya
topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim va tarbiya sohasiga etiborni
kuchaytirish bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va hujjatlarni,
maʼmuriy koʻrsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi
faoliyatini oʻziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllariga ega boʻlishilari zarur.
Utkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashganlarning yoshlariga
mos pedagogik va psixologik mujassamlashtirgan, mantiqan teran, qiziqarli va
koʻrgazmali, amaliy jihatdan qisqa va loʻnda estetik jihatdan keng koʻlamli boʻlishi
kerak. Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlarni
qamrab olgan holda, ularning yoshlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib ularni foydali
ishlarga yoʻnaltiriladi.
Bola tarbiyasida maktab o’rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab
ostonasiga qadam qo’yar ekan, o’zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida
tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga
oshishida albatta o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab
hamkorligida quyidagi tamoyillarga afnal qilinganida samaradorlik yanada yuqoriroq
bo’ladi:
➢
ta’lim tarbiya jarayonida hamkorlik harakatlarining ish birligi
➢
tarbiyalanuvchiga xurmat va talabning uyg’unligi.
➢
hamkorlik jarayoni sub’ektlarning teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
187
2181-3187
➢
ota-ona farzandining maktabgacha bo’lgan davrdagi jismoniy, aqliy va
ma’naviy rivojlanishini ta’minlash.
Bularning barchasi bolaning yetuk inson bo’lib voyaga yetishida muhim
ahamiyatlardan biri hisoblanadi. Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq
etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab oʻzining shart-sharoiti, atrof-muhitni
taxlil qilib:
➢
oʻquvchi, oʻqituvchi, ota-ona;
➢
maktab, oila, mahalla, jamoatchilik;
➢
oila, mahalla, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab; yoʻnalishlariga
amaliy tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib va shu kun talabi darajasida targʻibot
ishlarini olib borilsa, natijada tarbiya masalalari boʻyicha ijobiy yutuqlarga erishish
mumkin..!
Xulosa o’rnida shuni ma’lum qilamizki Yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga
sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, harakteriga ahamiyat berish
lozim. Chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Mahalla,
maktab, oila hamkorligining ijobiy tomonlari shundaki - bolaning dunyoviy bilimga
ega bo’lish, fikrlarning keng bo’lishi, noto’g’ri ta’sirlarga berilmasligi, uyda, maktabda
bo’sh vaqtini unumli utkazishni taminlashga va xalqiga, jamiyatga foyda keltiradigan
shaxs bo’lib ulg’ayishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.Karimov. Barkomol avlod -O’zbekiston taraqqiyetining poydevori. T-1997y.
2. I.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayet-pirovard maqsadimiz.T-
2000y.
3. A.K.Munavvarov.Pedagogika.T-1996y.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
188
2181-3187
4. A.K.Munavvarov.Oila pedagogikasi.T-1994y.
5. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq
pedagogikasini manbalarining o’rganishning o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
Science and Education, 3(12), 590-592.