ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
362
2181-3187
O‘ZBEK HUQUQSHUNOSLIK FANI TARAQQIYOTIDA G‘AFUR
ABDUMAJIDOVNING O‘RNI
Vapayev Karimboy Muzaffar o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakultetining 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi huquqshunoslik fanining yetuk vakili,
yuridik fanlar doktori, professor Gʻafur Abdumajidovning hayoti va ilmiy merosiga
bagʻishlangan. Unda olimning yoshlik yillari, taʼlim olgan davrlari, prokuratura va
yuridik oliy taʼlim muassasalaridagi ko‘p yillik faoliyati yoritiladi. Gʻafur
Abdumajidovning
ayniqsa
jinoyat-protsessual
huquq,
kriminalistika
va
konstitutsiyaviy huquq sohalaridagi ilmiy ishlari chuqur tahlil qilinadi. Muallif
tomonidan yozilgan “Kriminalistika” darsligi va boshqa metodik qoʻllanmalar
Oʻzbekistonda yuridik taʼlim tizimining shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaganligi
asoslab beriladi.
Shuningdek, maqolada Abdumajidovning ilmiy unvonlari, davlat mukofotlari,
konstitutsiyaviy islohotlardagi ishtiroki va huquqiy davlat asoslarini shakllantirishdagi
hissasi yoritilgan. Uning ilmiy maktabi va pedagogik faoliyati orqali yurtimizda
huquqshunos kadrlar tayyorlashga qoʻshgan ulkan hissasi ham alohida tahlil etiladi.
Maqola huquqshunoslik tarixini oʻrganayotgan tadqiqotchilar, talabalar va huquqni
muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Huquqshunos olim, huquqiy ta’lim, ilmiy meros, kriminalistika,
tergov metodikasi, faxriy unvonlar, ilmiy sharh, yuridik ta’lim.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
363
2181-3187
THE ROLE OF GAFUR ABDUMAJIDOV IN THE DEVELOPMENT OF
UZBEK JURISPRUDENCE
Vapayev Karimboy Muzaffar ugli
3
rd
year student of the Faculty of Criminal Justice
of Tashkent State Univercity of Law
ABSTRACT
This article is dedicated to the life and scientific heritage of the outstanding
representative of the jurisprudence of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Laws,
Professor Gafur Abdumajidov. It covers the years of the scientist’s youth, his
education, his many years of work in the prosecutor’s office and higher legal
educational institutions. Gafur Abdumajidov’s scientific work, especially in the fields
of criminal procedure law, criminology and constitutional law, is analyzed in depth. It
is argued that the textbook “Criminology” written by the author and other
methodological guides played an important role in the formation of the legal education
system in Uzbekistan.
The article also covers Abdumajidov’s academic titles, state awards, participation
in constitutional reforms and his contribution to the formation of the foundations of a
legal state. His great contribution to the training of legal personnel in our country
through his scientific school and pedagogical activities is also analyzed separately. The
article is of theoretical and practical importance for researchers studying the history of
jurisprudence, students and employees of law enforcement agencies.
Keywords:
Legal scholar, legal education, scientific heritage, criminalistics,
investigative methodology, honorary titles, scientific review, legal education.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
364
2181-3187
РОЛЬ ГАФУРА АБДУМАДЖИДОВА В РАЗВИТИИ УЗБЕКСКОЙ
ЮРИСПРУДЕНЦИИ
Вапаев Каримбой Музаффар угли
Студент 3 курса факультета уголовного правосудия Ташкентского
государственного юридического университета
E-mail:
АННОТАЦИЯ
Статья посвящена жизни и научному наследию видного представителя
юридической науки Республики Узбекистан, доктора юридических наук,
профессора Гафура Абдумажидова. Охвачены молодость ученого, его
образование, многолетняя работа в органах прокуратуры и высших юридических
учебных заведениях. Будут глубоко проанализированы научные работы Гафура
Абдумаджидова, особенно в области уголовно-процессуального права,
криминологии и конституционного права. Утверждается, что учебник
“Криминалистика” и другие методические пособия, написанные автором,
сыграли важную роль в становлении системы юридического образования в
Узбекистане.
В
статье
также
освещаются
ученые
звания
Абдумаджидова,
государственные награды, участие в конституционных реформах, вклад в
формирование основ правового государства. Отдельно будет проанализирован
его значительный вклад в подготовку юридических кадров в нашей стране
посредством его научной школы и педагогической деятельности. Статья
представляет теоретическую и практическую значимость для научных
работников, студентов и сотрудников правоохранительных органов, изучающих
историю юриспруденции.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
365
2181-3187
Ключевые слова:
Ученый-юрист, юридическое образование, научное
наследие, криминалистика, методика расследования, почетные звания, научный
обзор, юридическое образование.
MUHOKAMA VA TAHLILLAR
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyati tamoyillarini qaror toptirish jarayonida milliy huquqshunoslik fanining rivoji
alohida ahamiyat kasb etdi. Bu yo‘nalishda yetuk olimlar, yuridik fan arboblari
tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar va tajribalar huquqiy islohotlarning ilmiy
asoslanishini ta’minladi.
Shunday salmoqli olimlardan biri - yuridik fanlar doktori, professor Gʻafur
Abdumajidov boʻlib, u oʻzining ko‘p yillik ilmiy-amaliy faoliyati, darsliklari va ilmiy
tadqiqotlari orqali Oʻzbekistonda kriminalistika, jinoyat-protsessual huquqi va jinoyat
huquqi yo‘nalishlarining rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich 1928-yil 28-iyunda Samarqandda
tug‘ilgan. Bu shaxs buyuk o‘zbek huquqshunos olimi hisoblangan. 1945-yilda
O‘zbekiston SSR Adliya Xalq Komissarligining Respublika yuridik bilim yurtini
tamomlagan. O‘qish davrida tuman sudi kotibi va sud ijrochisi lavozimlarida ishlagan.
1948-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan .1960-yilda Leningrad davlat
universitetining yuridik fakultetining aspiranturasini tamomlagan.
1987-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga sazovor
bo‘lgan. Yuridik fanlari doktori (1983), professor (1985) ilmiy darajalariga ega. 1948-
yildan Oʻzbekiston SSR prokuraturasida prokuror yordamchisi (1948-yildan),
Oʻzbekiston SSR prokurori huzuridagi oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchi (1951-
1957) lavozimlarida ishlagan. O‘zbekiston SSRda taniqli shaxslarga nisbatan 100 dan
ortiq jinoiy ishlarni tergov qilgan. Shuningdek Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Falsafa
va huquq institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri (1961-66) sifatida faoliyat olib
brogan. 1974-1991-yillarda SSSR IIV Toshkent Oliy maktabining kriminalistika
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
366
2181-3187
kafedrasi mudiri, 1991-1995 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari, 1995-2000 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimlarida ishlagan. So‘ngra – Toshkent davlat
yuridik instituti yuridik fakulteti “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori
sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.
Abdumajidovning ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va
amaliyotining muammolariga bagʻishlangan. 1961-yilda “Paxtachilik bilan bog‘liq
jinoyatlar va ularni tekshirish” mavzusida yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish
uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1983-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutida
“Jinoyatlarni tergov qilishning qonunchilikni tartibga solish nazariyasi va amaliyoti
muammolari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)” mavzusida yuridik fanlar doktori
ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi tarkibida Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan.
„Oʻzbekiston davlat va huquq tarixi“, „Jinoyat huquqi“ va boshqa darsliklar
hammuallifi hisoblanadi.
Gʻafur Abdumajidov oʻzbek huquqshunosligining yetuk namoyondalaridan biri
boʻlib, uning ilmiy faoliyati jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquq va kriminalistika
sohalarini qamrab olgan.
Asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri Jinoyat-protsessual huquqi hisoblanib,
Abdumajidov jinoyat-protsessual huquq sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U
jinoyat ishlarini tergov qilish, sud jarayonlarining samaradorligini oshirish va jinoyat-
protsessual
qonunchilikni
takomillashtirish
masalalariga e’tibor qaratgan.
Shuningdek Kriminalistika sohasida ham tadqiqotlar olib borgan. U kriminalistika
fanining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Kriminalistika darsligi asosan jinoyatlarni
ochish, dalillarni toʻplash va tahlil qilish metodikalarini ishlab chiqqan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
367
2181-3187
Ushbu huquqshunos olib nafaqat jinoyat huquqi, jinoyat protsessi bilangina
shug‘ullanibgina qolmasdan, konstitutsiyaviy huquq sohasida ham ilmiy izlanishlar
olib borgan. G‘afur Abdumajidov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab
chiqishda faol ishtirok etgan.
G‘afur Abdumajidovning “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksiga sharhlar” kitobi ham jinoyat protsessual huquqida muhim va ahamiyatli
manba sanalgan. Ushbu ishda jinoyat-protsessual kodeksning moddalariga izohlar
berilgan, ularning amaliy qoʻllanilishi yoritilgan.
Gʻafur Abdumajidovning ilmiy ishlarining ahamiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak,
uning kitoblari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. U
tomonidan yozilgan darsliklar va qoʻllanmalar Oʻzbekistonning yuridik oliy oʻquv
yurtlarida keng qoʻllaniladi. Shuningdek, u koʻplab yuridik kadrlarga ustozlik qilgan,
ularning ilmiy yetuklashuviga hissa qoʻshgan.
Jumladan uning birgina kriminalistika kitobining ahamiyati uni o‘zbek
huquqshunosligida o‘chmas iz qoldirganligidan darak beradi. Ushbu kitobning
mazmuni va asosiy gʻoyalari quyidagilardan iborat. Bu darslik jinoyatlarni ochish va
tergov qilish metodikasiga bagʻishlangan boʻlib, kriminalistika fanining nazariy
asoslari va amaliy qoidalarini yoritadi. Darslikda quyidagi muhim yoʻnalishlar ko‘rib
chiqiladi:
Kriminalistikaning predmeti va vazifalari:
Muallif kriminalistikaning jinoyatlarni ochish, oldini olish, tergov qilishda
qanday ilmiy asoslar va uslublarga tayanishini tushuntiradi. Uning fikricha,
kriminalistika nafaqat jinoyatni fosh etish, balki tergov faoliyatining samaradorligini
oshirish vositasidir.
Kriminalistik texnika:
Abdumajidov tergovda qo‘llaniladigan texnik vositalar va uslublarni, jumladan,
izlarni aniqlash, rasmga olish, daktiloskopiya, ballistika, biologik dalillar bilan ishlash
tartibini tahlil qiladi.
Kriminalistik taktika:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
368
2181-3187
Bu bobda jinoyatchini so‘roq qilish, ko‘rsatmalarni tekshirish, tergov
eksperimentlari o‘tkazish kabi harakatlarning psixologik va taktikasini yoritadi.
Metodika:
Muallif turli xil jinoyat turlarini (o‘g‘irlik, qotillik, firibgarlik va boshqalar)
tergov qilish metodikasini batafsil tahlil qiladi. Har bir tur uchun o‘ziga xos tergov
harakatlari va strategiyalarini bayon etadi.
Bu asar Oʻzbekiston huquq tizimida tergov faoliyati uchun muhim qoʻllanma
boʻlib xizmat qilgan. Abdumajidovning yondashuvi shundan iboratki, u
kriminalistikani faqat nazariy fan sifatida emas, balki huquqni muhofaza qilish
amaliyotining ajralmas qismi sifatida ko‘radi. Bu darslik orqali minglab tergovchilar
va yuridik talabalar jinoyatlarni ilmiy asosda tergov qilish ko‘nikmalarini
shakllantirgan.
“Jinoyatlarni tergov qilish. Protsessual va huquqiy tadqiqotlar" ilmiy ishi (1986)
ommaga taqdim qilingan. Shuningdek G‘afur Abdumajidov “O‘zbekiston SSR davlat
tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSR Qonuniga sharh ishlab chiqqan.
G‘afur Abdumajidov o‘zbek huquqshunosligiga qo‘shgan hissasi uchun bir qator
unvon va mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, Yuridik fanlari doktori (1983-yil),
Professor (1985-yil) darajalariga erishgan. Faxriy unvonlardan, Oʻzbekistonda xizmat
koʻrsatgan fan arbobi (1987-yil) unvoniga ega bo‘lgan. Bu unvon unga huquqshunoslik
fanining rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun berilgan.
Shuningdek huquqshunos olim “Shuhrat” medali (1995-yil) sazovor bo‘lgan. Bu
mukofot Abdumajidovga Oʻzbekiston Respublikasining yuridik tizimini
rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va ko‘p yillik samarali mehnati uchun berilgan.
Gʻafur Abdumajidov oʻzbek huquqshunosligining peshqadamlaridan biri boʻlib, uning
ilmiy va amaliy faoliyati huquq tizimining bir necha asosiy yoʻnalishlariga chuqur
ta’sir koʻrsatgan.
Abdumajidov G‘afur Abdumajidovichning o‘zbek huquqshunosligidagi o‘rni va
huquqiy ta’lim va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi ham beqiyos sanaladi.
Abdumajidov uzoq yillar davomida yuridik oliy o‘quv yurtlarida dars bergan,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
369
2181-3187
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida professor va rahbar
lavozimlarida ishlagan ushbu faoliyati orqali ko‘plab yosh yurist va tergovchilarning
ustoziga aylangan.
G‘afur Abdumajidov Kriminalistika va jinoyat protsessi sohalaridagi yetakchi
olim hisoblanadi. Abdumajidov kriminalistika fanini Oʻzbekistonda chuqurlashtirgan
olimlardan biridir. U jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish va dalillarni to‘plash sohasida
ilmiy asoslangan metodlar ishlab chiqqan va Jinoyatlarni tergov qilishda
qo‘llaniladigan texnik va taktik uslublarni tizimlashtirgan. “Kriminalistika”, “Jinoyat
protsessi” kabi darsliklarni yaratgan.
G‘afur Abdumajidov Konstitutsiyaviy islohotlardagi faolligi bilan ham davlat va
jamiyat hayotida o'zining faolligi bilan ajralib turgan. 1990-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan, Konstitutsiyaviy sud
sudyasi sifatida faoliyat yuritib, huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashga hissa
qoʻshgan.
XULOSA
Professor Gʻafur Abdumajidovning huquqshunoslik faniga qoʻshgan hissasi
Oʻzbekistonda jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquq va ayniqsa kriminalistika
fanlarining ilmiy va amaliy jihatdan shakllanishida alohida oʻrin tutadi. U nafaqat ilmiy
izlanishlar olib borgan, balki yurtimizda huquqiy tafakkur va huquqiy madaniyatni
shakllantirishga, yuridik taʼlim tizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U
tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalar bugungi kunda ham O‘zbekiston oliy
yuridik taʼlim muassasalarida asosiy o‘quv manbalaridan biri sifatida qo‘llanilmoqda.
Abdumajidovning faoliyati va ilmiy merosi O‘zbekiston huquqshunoslik tarixining
muhim sahifalaridan birini tashkil etadi. Uning hayoti, mehnati va merosi yosh avlod
huquqshunoslari uchun ibrat maktabidir. Professor Gʻafur Abdumajidov o‘zining
fidokorona mehnati bilan nafaqat o‘zbek yuridik faniga, balki umuman
mamlakatimizning huquqiy taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olim sifatida
doimo yodda qoladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
370
2181-3187
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.
https://crimcongress.com/abdumadzhidov-gafur-abdumadzhidovich/
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBafur_Abdumajidov