ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
327
2181-3187
MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA EKSPORT SALOHIYATINING
TUTGAN O’RNI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Toshpo’latova Mohichehra Yuldosh qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Iqtisodiyot mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Mamadjanova Tuyg’unoy Ahmadjanovna
Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakat eksport salohiyatini oshirishning
asosiy vosialari ko'rib chiqiladi. Maqolada mamlakatning eksport salohiyatining
iqtisosdiyotni rivojlantirishda tutgan o’rni va uning o’ziga xos xususiyatlari tahlil
qilinadi. Shuningdek, eksport salohiyati, eksportni rag’batlantirish va innovatsion
texnologiyalarni joriy etish kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Eksport, eksport salohiyati, iqtisodiy salohiyat, eksportbop
mahsulotlar, aktiv va passiv eksport,
eksportni rag’batlantirish.
Kirish
Bugungi kunning ilmiy sohasida keng qo’llanilayotgan atamalardan yana biri
"eksport salohiyati"dir. Uning milliy iqtisodiyotimiz uchun bir qator yangi
tushunchaligi boisidan uni yanada chuqurroq o’rganishga undaydi. "Salohiyat"
tushunchasi ma’lum makon va zamon doirasida resurslarni umumlashtirish, jamlash
ma’nosini bildiradi. "Iqtisodiy salohiyat" tushunchasi esa jamiyatni moddiy va inson
resurslari
bilan
ta’minlanganlik darajasini, ulardan foydalanish bo’yicha
imkoniyatlarning xali mavjudligini anglatadi xamda ana shu imkoniyatlar miqyosi
bilan baholanadi. Iqtisodiy salohiyatni baholashni tabiiy va inson resurslarini
baholashdan boshlash lozim. Chunki, iqtisodning asosini cheklangan resurslar orqali
insoniyatning cheksiz extiyojlarini optimal qondirish hisoblanadi. Bunda ishlab
chiqarishning asosini xom-ashyo resurslari hamda inson mehnati tashkil qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
328
2181-3187
Eksport salohiyatiga faqat rivojlanish imkoniyati sifatida qarash mazkur
tushunchani belgilashga juda tor va bir taraflama yondashuv bo’ladi, chunki, uning
haqiqiy (real) shaklini hisobga olmaydi. Shu bilan birga, "salohiyat" (inglizcha
potential - imkoniyat, qudrat, kuch) so’zining etimologiyasida ham uni muayyan
tizimning imkoniyatlarini baholash uchun foydalanish nazarda tutiladi. "Salohiyat"
atamasi "imkoniyat" tushunchasidan ancha keng ma’noni bildiradi. "Imkoniyat"ni
harakat va rivojlanish jarayonidagi tarkibiy element yoxud hatto uning funktsional
"salohiyati" sifatida qabul qilish mumkin.
1
Eksport salohiyatini amalga oshirish darajasi eksport ishlab chiqarishi bo’lib, u
jahon xo’jalik aloqalari tizimida qay darajada amal qilsa, shunday darajada mehnat
taqsimotining asosini tashkil qiladi. Tadqiqot jarayonida kelingan xulosalar shuni
ko’rsatadiki, eksport salohiyati ko’p jixatdan faqat makrodarajada ko’rib chiqilgan
xamda uni hisoblash yoki aniqlash bo’yicha aniq ko’rsatmalar, formulalar berilmagan.
Mazkur tushunchaga yanada takomillashgan ta’rif berishga xarakat qiladigan bo’lsak
"eksport salohiyati"ga D. Baxromovaning “Mamlakatimizda ijtimoiy sohalar
faoliyatini yanada takomillashtirishning iqtisodiy-statistik tahlili” nomli maolasida
muallif tomonidan taklif qilinayotgan ta’rif quyidagicha: "Eksport salohiyati - bu
milliy iqtisodiyot, mintaqalar, aloxida olingan tarmoqlar yoki korxonalarning
eksportga kerakli miqdorda raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish
va yetarli xajmda yetkazib berish qobiliyati".
Bizning fikrimizcha, eksport salohiyatidan foydalanilganlik darajasiga qarab u 2
qismga: aktiv va passiv eksport salohiyatlariga bo’linadi.
Aktiv eksport salohiyati - bu yalpi eksport salohiyatidan faqatgina
foydalanilayotgan qismi. Ya’ni, jahon bozorlariga yoki chet davlatlarga eksport
qilinayotgan raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi
imkoniyatlar yig’indisi.
1
Baxromova D. Mamlakatimizda ijtimoiy sohalar faoliyatini yanada takomillashtirishning iqtisodiy-statistik tahlili. //
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, 2022-yil
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
329
2181-3187
1-rasm. Eksport salohiyatidan foydalanish darajasi
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, eksport salohiyati tushunchasiga berilgan ta’riflar,
yondashuvlarning asosiy qismi faqat nazariy ahamiyatga ega bo’lib, uni qanday
uslublar yoki matematik formulalar vositasida hisoblash, baholash mumkinligini ochib
bermaydi. Biz ushbu tadqiqot ishida eksport salohiyati tushunchasiga nafaqat nazariy-
tahliliy yondashuv bilan balki, uni hisoblash yoki baholash metodikasi ustida ham
to’xtalib o’tamiz va shu bilan birga olib borilgan tadqiqotlar natijasida eksport
salohiyatini reytingli baholash uslubini ishlab chiqamiz.
Mintaqa eksport salohiyatini reytinglashdan maqsad eksport salohiyatiga
miqdoriy baho berish hamda ularning boshqa mintaqalar orasidagi o’rnini aniqlashdan
iborat. Ko’rsatkichlarni quyidalar yordamida yagona bir tizimli, taqqoslash imkonini
beradigan holatga keltirib olindi. Ular:
- jon boshiga to’g’ri kelgan mintaqa tashqi savdo aylanmasi, investitsiyalar,
sanoat mahsuloti, qishloq xo’jaligi mahsuloti, xizmatlar, qo’shma korxonalar tashqi
savdo aylanmasi;
- individual tadbirkorlar soni;
Passiv
eksport
salohiyati
Aktiv eksport
salohiyati
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
330
2181-3187
- barpo etilgan korxonalar soni (yil boshiga nisbatan %da);
- qo’shma korxonalarda band bo’lganlik darajasi;
- har bir kichik biznesni korxonasiga to’gri kelgan kichik biznes korxonalari
mahsuloti;
- jami investitsiyalarda korxonalar va aholining ulushi;
- kichik biznesda bandlar soni;
- mintaqa iqtisodiyotining ochiqlik darajasi;
- yalpi investitsiyalarda xorijiy investitsiya ulushi;
- kapital importi koeffitsienti (xorijiy investitsiya)lardir.
Baholash mintaqalarni ko’rsatkichlar va yig’gan natijalari bo’yicha reytinglashni
ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi hamda YaIM hajmi ko’p
jihatdan mamlakat eksport salohiyati va undan naqadar oqilona foydalanishga bog’liq
bo’ladi.
Boshqa tomondan esa, bir qator boshqa davlatlar (Malayziya, Singapur, Tailand,
Tayvan)ning tajribasi asosan bozor mexanizmlariga tayanishni o’zida aks ettiradi.
Sanoati rivojlangan davlatlar sirasiga mansub eksportga yo’naltirilgan davlatlar
(Tailand, Tayvan, Malayziya)ning ko’pchiligida hukumat eksport masalalariga deyarli
aralashmagan. Boshqa davlatlar esa, aksincha, eksportchilar uchun qulay
makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda eksportni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning maxsus shakllaridan ham foydalanishgan.
O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, eksportni rag’batlantirishning asosiy
vositalari quyidagilardir: qulay makroiqtisodiy muhit va ishlab chiqaruvchilar uchun
eksportga rag’bat yaratish.
Eksportni rag’batlantirishning asosiy vositalari
soliq va boj
imtiyozlari
grandlar va
imtiyozli
kreditlar
berish
valyuta
kursini
belgilash va
nazorat
qilish
eksportni
jadallashtirish uchun
mamlakatda va
xorijda maxsus
davlat
jamg’armalari,
tashkilotlari va
markazlarini tuzish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
331
2181-3187
Eksport subsidiyalari ko’p mablag’ sarflanadigan tovarlar bilan bir qatorda ayrim
tayyor mahsulotlar eksportiga, ayniqsa, qishloq xo’jalik mahsulotlariga nisbatan keng
tarzda ishlatiladi. Masalan, Janubiy Koreya hukumati 2021-yilda qishloq xo’jalik
mahsulotlarini eksport qilishga 25.95 milliard vonni tashkil qiluvchi subsidiya ajratdi.
Ushbu subsidiyalar mevalar, gullar, sabzavotlar, kimchi, jenshen va qora mol
mahsulotlariga tegishli edi.
Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarning xalqaro savdo faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish va nazorat qilish eksport-import operasiyalarini
litsenziyalash vositasida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi
davlat organlarining maxsus (asosiy va individual) ruxsatnomalar berishi nazarda
tutiladi. A.A.Ilyosov aytganidek asosiy litsenziya- bu bozor sub’yektiga ma’lum
muddatga muayyan tovarlarni cheklanmagan miqdorda, mamlakati ko’rsatilgan holda
eksport yoki import qilish uchun beriluvchi maxsus ruxsatnomadir.
2
2
Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital technologies in industry in the context of
increasing the export potential of the country. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 113-117. Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS
Mazkur tovar yoki xizmatlar xalqaro bozori kon’yunkturasini o’rganish,
mazkur tovar bozoridagi potensial hamkor yoki raqobatchi firmalarni
aniqlash hamda ularning ish usullarini tahlil qilish
Xalqaro bozorning maqsadli qismini aniqlash
Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasida faoliyat yuritishning ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bojxona shartlarini aniqlash
Mazkur tovar mahsulotining potensial iste’molchilarini segmentlash
Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini qo’llash imkoniyatlarini izlab
topish
Xalqaro bozorda mazkur tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini aniqlash
Eksport
tovar
siyosatini
amalga
oshirishda
xalqaro
xarakterga
ega
bo’lgan
marketing
tadqiqotlar
i
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
332
2181-3187
Individual Litsenziya esa bozor sub’yektiga cheklangan muddatga muayyan
tovarni cheklangan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan holda eksport yoki import qilish
uchun beriluvchi bir martalik maxsus ruxsatnoma hisoblanadi.
Litsenziyalash tashqi savdo munosabatlarini xalqaro tartibga solishning amaliy
vositasi bo’lib, ichki iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulot eksportini cheklash,
mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazilishining oldini olish
maqsadida importni cheklash, mamlakatning savdo va to’lov balansini tartibga solish,
fors-major holatlar sababli iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni
bartaraf qilish, xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish kabi maqsadlarda keng
qo’llanadi.
Eksport tovar siyosatida tovarning iste’mol qiymati o’z ko’rsatkichlari bo’yicha
chet ellik iste’molchining talablariga javob bergan taqdirda yuqori bo’ladi. Tovarni
import qiluvchi mamlakatdagi avvaldan belgilangan, kutilayotgan maqsadli xaridorlar
guruhiga aniq yo’naltirgan holda loyihalashtirish, ya’ni «o’rtacha statistik xaridor»ga
emas, balki muayyan xaridorlarga yo’naltirish lozim. Jahon tajribalarining
ko’rsatishicha, turli xildagi raqobatbardosh eksport tovarlarining etarli bo’lishi tijorat
olamining javob tariqasidagi harakatlarini – yuqori sifatli tovarlar importi va chet el
investisiyalari oqimining o’sishiga sabab bo’ladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, eksport tovar siyosati natijalarini ko’p
jihatdan xalqaro savdo marketingi belgilab beradi. Xalqaro savdoda eksportchi bozorni
tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi turli omillar: bozorning o’ziga xosligi va salohiyati,
barqarorligi, tovar mahsulotlari kiritishning murkkablik darajasi kabi omillarga duch
keladi. Bozorni tartibga soluvchi bir qator qoida va munosabatlarga, shuningdek,
importchi mamlakat jamoatchiligining ichki muammolari, jumladan, an’analar va
ramziy belgilar dunyosi, turli xil udumlar xarakteri bilan ham hisoblashish zarur. Bu
muammolar muayyan tashqi bozorga mo’ljallangan eksport tovarida loyihalashtiriladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
333
2181-3187
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Baxromova D. Mamlakatimizda ijtimoiy sohalar faoliyatini yanada
takomillashtirishning iqtisodiy-statistik tahlili. // “iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, 2022-yil
2. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital
technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country.
ISJ
Theoretical
&
Applied
Science,
10
(90),
113-117.
Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS
3. Kurpayanidi, K. et al. (2020). The issue of a competitive national innovative system
formation in Uzbekistan. E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2020. – Т. 159. –
С. 04024. DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904024