ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
91
2181-3187
TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON TIJORAT KORXONALARINING
XALQARO BOZORGA CHIQISH STRATEGIYASI TAHLILI: ALIBABA
GROUP MISOLIDA
Parizod Maxmudova
Toshkent axborot texnologiyalari
Universtiteti 2-bosqich magistri
Kalit so’zlar:
Alibaba group, Globalizatsiya, diversifikatsiya, strategiya,
transchegaraviy elektron tijorat, ekotizim.
Annotatsiya.
So‘nggi yillarda Xitoyda elektron tijorat sohasi jadal
sur’atlarda rivojlanib, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Ushbu maqolada yetakchi elektron tijorat kompaniyalaridan biri — Alibaba Group
misolida xalqaro bozorga chiqish strategiyasining asosiy jihatlari tahlil qilinadi.
Dastlab kompaniyaning shakllanishi va rivojlanish bosqichlariga to‘xtalinadi, so‘ng
uning xalqaro faoliyati o‘rganiladi.
АНАЛИЗ СТРАТЕГИИ ВЫХОДА НА МЕЖДУНАРОДНЫЙ РЫНОК
ПРЕДПРИЯТИЙ ТРАНСГРАНИЧНОЙ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ:
ПРИМЕР ГРУППЫ ALIBABA
Паризод Махмудова
Ташкент информационные технологии
Университет, 2-й цикл, степень магистра
Ключевые слова:
Alibaba group, глобализация, диверсификация, стратегия,
трансграничная электронная коммерция, экосистема.
Аннотация.
В последние годы сектор электронной коммерции в Китае
стремительно развивается, внося значительный вклад в экономическое развитие
страны. В данной статье анализируются ключевые аспекты стратегии
интернационализации на примере одной из ведущих компаний в сфере
электронной коммерции — Alibaba Group. Сначала рассматриваются этапы
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
92
2181-3187
формирования и развития компании, а затем изучается её деятельность на
международном уровне.
ANALYSIS OF THE STRATEGY OF CROSS-BORDER E-COMMERCE
ENTERPRISES TO THE INTERNATIONAL MARKET: ON THE EXAMPLE
OF ALIBABA GROUP
Parizod Makhmudova
2nd cycle Master's degree,
Tashkent University of Information Technologies
Keywords:
Alibaba group, Globalization, diversification, strategy, cross-border
e-commerce, ecosystem.
Annotatsion.
In recent years, the e-commerce sector in China has been
developing rapidly, making a significant contribution to the country’s economic
growth. This article analyzes the key aspects of internationalization strategy using the
example of Alibaba Group, one of the leading e-commerce companies. The study first
examines the formation and development stages of the company, and then explores its
international operations.
Kirish
So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi global miqyosda
savdo munosabatlarining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, elektron
tijorat sohasi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi ish
o‘rinlarini yaratish va eksport-import jarayonlarini soddalashtirishda muhim vositaga
aylangan. Xitoyda bu jarayonlar juda katta sur’atlarda kechmoqda. Mamlakatda
elektron tijoratning tez sur’atlarda o‘sishi, ayniqsa transchegaraviy e-tijorat sohasi,
Xitoyning global iqtisodiy tizimdagi rolini mustahkamlab, xalqaro bozorlardagi
pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
1999-yilda tashkil etilgan Alibaba Group kompaniyasi elektron tijorat
ekotizimining poydevorini yaratgan holda, Xitoyning xalqaro maydondagi iqtisodiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
93
2181-3187
faolligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Kompaniyaning xalqaro kengayish
strategiyasi, bozorlarga kirish modellari, marketing yondashuvlari va tashkiliy
transformatsiyalari boshqa elektron tijorat kompaniyalari uchun ilg‘or tajriba sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada Alibaba Group kompaniyasining xalqaro
bozorga chiqishdagi strategiyalari o‘rganilib, bu tajriba asosida boshqa Xitoy e-tijorat
subyektlariga taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Elektron tijorat sohasidagi ilmiy manbalar Alibaba Group’ning xalqaro
kengayish strategiyasini yoritishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Kompaniyaning
yillik hisobotlari (Alibaba Group Annual Report 2016–2021) kompaniyaning
moliyaviy natijalari, bozor strategiyalari va investitsiyaviy faoliyati haqida batafsil
ma’lumot beradi. Bu manbalar kompaniyaning o‘sish dinamikasi va biznes modeli
evolyutsiyasini tahlil qilish imkonini beradi.
Ma va Wang (2014) tomonidan olib borilgan tadqiqotda Xitoyda mobil
internet rivoji va uning elektron tijoratga ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, Alibaba kabi
kompaniyalarning muvaffaqiyati uchun texnologik infratuzilma naqadar muhim ekani
ko‘rsatib berilgan. Micheli va Carrillo (2016) esa Huawei kompaniyasi misolida Xitoy
korporatsiyalarining xalqaro strategiyasini tahlil qilgan. Bu yondashuv Alibaba
strategiyasini chuqurroq tushunish uchun qo‘llaniladi.
Yu (2012) tomonidan ilgari surilgan “Going Abroad” nazariyasi Alibaba kabi
kompaniyalar xalqaro maydonda qanday strategik qarorlar asosida harakat
qilayotganini tahlil qilishga imkon yaratadi. Bu manba orqali kompaniyaning
eksportga yo‘naltirilgan strategiyasi va tashqi bozorlarga moslashish yondashuvlari
tahlil qilinadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu tadqiqotda Alibaba Group kompaniyasining xalqaro bozorga chiqish
tajribasi sifatli tahlil asosida o‘rganiladi. Asosiy metod sifatida hujjatlar tahlilidan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
94
2181-3187
foydalanilgan bo‘lib, kompaniyaning yillik hisobotlari, ilmiy maqolalar va sohaviy
tahlillar asosiy axborot manbalari sifatida tanlangan. Tadqiqotda “Going Abroad”
konsepsiyasiga tayangan holda Alibaba’ning global strategiyasi nazariy jihatdan
asoslanadi. Shuningdek, kompaniyaning xalqaro kengayishdagi marketing,
investitsiya va tashkiliy yondashuvlari boshqa elektron tijorat kompaniyalari bilan
taqqoslab tahlil qilinadi. Bu metodologik yondashuvlar orqali Alibaba’ning
muvaffaqiyat omillari aniqlanib, boshqa kompaniyalar uchun amaliy tavsiyalar
shakllantiriladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
So‘nggi yillarda Xitoyda elektron tijorat bozori jadal sur’atlar bilan
rivojlanib, ayniqsa transchegaraviy elektron tijorat sohasi mamlakat iqtisodiy o‘sishiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. 1999-yilda tashkil etilgan Alibaba Group ushbu
jarayonda yetakchi rol o‘ynab kelmoqda. Globalizatsiya to‘lqini bilan bir vaqtda
xalqaro bozorlarga chiqishni boshlagan kompaniya 2014-yilda AQShning Nyu-York
fond birjasida ro‘yxatga olinib, o‘zining xalqaro kengayish strategiyasini yanada
jadallashtirdi.
Kompaniyaning xalqaro strategiyasi uch asosiy yo‘nalish — xalqaro bozorni
tanlash, unga kirish va marketing yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan. Alibaba
xalqaro maydonga chiqishda diversifikatsiyalashgan yondashuvni qo‘llab, “ikki
yo‘nalishli” model asosida geografik joylashuv va kirish shakllarini belgilagan. Asosiy
e’tibor elektron tijoratga qaratilgan bo‘lib, xorijiy bozorlarga chiqishda ham
investitsiyalar, ham xorijdagi kompaniyalarni sotib olish amaliyotidan keng
foydalanilgan. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi, inson resurslari siyosati va biznes
modeli global rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda qayta tashkil etilgan.
Alibaba Group xalqaro maydonda faoliyat olib borar ekan, o‘z ekotizimini
shakllantirish, biznes guruhlarni moslashuvchan tarzda boshqarish va innovatsion
yondashuvni joriy etish orqali faoliyatini kengaytirdi. Ushbu tajribaga asoslanib,
Xitoydagi boshqa elektron tijorat kompaniyalariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
95
2181-3187
tavsiyalar berish mumkin: brend yaratish va uni mustahkamlash, tashkiliy tuzilmani
zamonaviylashtirish, iqtidorli kadrlarni jalb etish va ularni ushlab qolish, shuningdek,
raqobatbardoshlikni oshirish orqali xalqaro bozorda muvaffaqiyatga erishish
imkoniyatlarini kengaytirish.
Alibaba Group xalqaro bozorga chiqishda diversifikatsiyalashgan
strategiyaga tayanadi. U biznes turlari, mahsulotlar, bozorlar va investitsiya hududlari
bo‘yicha kengayishni amalga oshiradi. Kompaniya xalqaro bozorga chiqishda birinchi
navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga e’tibor qaratgan, bu orqali arzon xarajatlar va
qulay texnologik moslashuv imkoniyatlaridan foydalangan. Keyinchalik esa, o‘z
brendi va texnologik ustunliklarini rivojlantirgach, rivojlangan mamlakat bozorlariga
kirishni boshlagan. Shu tariqa, Alibaba xalqaro kengayishda ikki yo‘nalishli –
rivojlanayotgan va rivojlangan bozorlarni parallel tarzda qamrab oluvchi strategiyani
tanlagan.
Alibaba xalqaro bozorga kirishda uch asosiy usuldan foydalanadi: to‘liq
nazoratli qo‘shilish, aksiyalar orqali investitsiyalar va strategik hamkorlik. Kompaniya
AQSh, Hindiston, Isroil va Janubi-Sharqiy Osiyo kabi texnologik jihatdan tez
rivojlanayotgan hududlarda ko‘plab kompaniyalarni sotib olgan yoki ularga sarmoya
kiritgan. Bu investitsiyalar asosan elektron tijorat, to‘lov tizimlari, logistika, ijtimoiy
platformalar va texnologik xizmatlar sohalarini qamrab olgan.
Alibaba xalqaro marketingda ham mahsulot, ham bozor jihatdan
diversifikatsiyaga urg‘u bergan. Kompaniya elektron tijorat ekotizimini – texnologiya,
platforma, logistika, to‘lov va xavfsizlik yo‘nalishlarida to‘liq rivojlantirishga intiladi.
Mahsulotlar va xizmatlarni turli tillar va madaniyatlarga mos ravishda lokalizatsiya
qilish orqali ko‘plab mamlakatlarda o‘z faoliyatini kengaytirgan.
Alibaba xalqaro muvaffaqiyatining asosiy omillari – kompaniyaning kuchli
moliyaviy salohiyati, kengayishga moslashtirilgan tashkilot tuzilmasi, innovatsion
yondashuvi va xalqaro bozorlarga kirishda moslashuvchan strategiyalaridir. Xalqaro
miqyosda yetakchi o‘rinni egallashda kompaniya nafaqat mavjud bozorlarni egallagan,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
96
2181-3187
balki yangi imkoniyatlarni aniqlab, texnologik va servis jihatdan ustunlikni qo‘lga
kiritgan.
Alibaba tajribasiga asoslanib, boshqa Xitoy e-tijorat kompaniyalariga ham
quyidagi tavsiyalar beriladi: brend yaratish va targ‘ibotini kuchaytirish, tashkilot
tuzilmasini zamon talablariga moslashtirish, iste’dodli kadrlarni jalb qilish va saqlab
qolish, shuningdek, o‘ziga xos ustunliklarga tayanib, raqobatbardoshlikni oshirishga
alohida e’tibor qaratish. Shu orqali xalqaro bozorda barqaror o‘sishni ta’minlash
mumkin bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alibaba Group Annual Report 2016-2021.https://www.alibabagroup.com
2. Ma, M., & Wang, Q., (2014). Analysis of the Current Situation and Development
Trend of Mobile Internet in China. Internet World, No. 2, 29-32.
3. Micheli, J., & Carrillo, J. (2016). The Globalization Strategy of a Chinese
Multinational: Huawei in Mexico. Frontera Norte, 28, 35-58.
4. Yu, Y. F. (2012). “Going Abroad” Theory of Practice. IT Manager World, No. 7,
24.