Авторы

  • Xolliyev Diyor Navruz o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125354

Ключевые слова:

ta’lim sifat porshen silindrik mol ideal temperatura tip Mendeleyev Klapeyron.

Аннотация

Ushbu ishda klassik mexanika va molekulyar fizika qonunlariga asoslangan maxsus masalalarni yechish usullari yoritilgan. Asosiy e’tibor Nyuton qonunlari, impuls va energiyaning saqlanish qonunlari, shuningdek, ideal va real gazlarning holat 
tenglamalari hamda termodinamik qonunlar asosida masalalarni tahlil qilish va yechish metodikasiga qaratilgan. Har xil murakkablikdagi masalalarni bosqichma-bosqich tahlil qilish, fizikaviy modellar tuzish va matematik ifodalar bilan tasvirlash bo‘yicha amaliy usullar ko‘rib chiqilgan. Bu usullar o‘quvchilarning fizik tafakkurini shakllantirishda, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

18

2181-3187

MEXANIKA VA MOLEKULYAR FIZIKA QONUNLARIDAN

FOYDALANILADIGAN MAXSUS MASALARNI YECHISH USULLARI

Xolliyev Diyor Navruz o'g'li

Termiz davlat universiteti

Fizika ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya

Ushbu ishda klassik mexanika va molekulyar fizika qonunlariga asoslangan

maxsus masalalarni yechish usullari yoritilgan. Asosiy e’tibor Nyuton qonunlari,

impuls va energiyaning saqlanish qonunlari, shuningdek, ideal va real gazlarning holat

tenglamalari hamda termodinamik qonunlar asosida masalalarni tahlil qilish va yechish

metodikasiga qaratilgan. Har xil murakkablikdagi masalalarni bosqichma-bosqich

tahlil qilish, fizikaviy modellar tuzish va matematik ifodalar bilan tasvirlash bo‘yicha

amaliy usullar ko‘rib chiqilgan. Bu usullar o‘quvchilarning fizik tafakkurini

shakllantirishda, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakalarini rivojlantirishda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar:

ta’lim, sifat , porshen, silindrik, mol, ideal, temperatura, tip,

Mendeleyev, Klapeyron.

Fizika — tabiatning asosiy qonuniyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, u real dunyo

hodisalarini chuqur tushunish va ularga ilmiy asosda yondashish imkonini beradi.

Fizikaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan mexanika, jism harakati va unga ta’sir

qiluvchi kuchlarni tahlil qilish orqali harakat qonuniyatlarini ochib beradi. Molekulyar

fizika esa moddaning ichki tuzilishi, molekulalar harakati va ularning o‘zaro ta’siri

asosida moddiy tizimlarning xossalarini tushuntiradi. Ushbu ikki bo‘limda shakllangan

nazariy qonunlar amaliyotda keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, turli xil fizik masalalarni

yechishda Nyuton qonunlari, energiya va impulsning saqlanish qonunlari, ideal gaz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

19

2181-3187

holat tenglamasi, ichki energiya va issiqlik almashinuvi kabi asosiy tushunchalar

muhim rol o‘ynaydi. Mazkur mavzuda biz mexanika va molekulyar fizika qonunlari

asosida tuzilgan masalalarni qanday yechish mumkinligini, bu jarayonda qanday

algoritmik yondashuvlar va uslublardan foydalanilishini ko‘rib chiqamiz. Bu orqali

talabalar va o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularni

amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, bunday

masalalarni yechish tafakkurni rivojlantirib, fizik hodisalarga chuqur ilmiy

yondashuvni shakllantiradi.

Masala:

m massali porshen germetik berk gorizontal silindir idish o‘rtasida

muvozanatda turibdi. Idishning har qaysi yarmida µ mol miqdorda T temperaturali

ideal gaz bor. Porshenning kichik tebranishlarining davri t ni toping. [T=const.

Ishqalanish yo‘q.]

1-rasm. Masala chizmasi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

20

2181-3187

Bu tipdagi masalalarni ishlashda, sistemani muvozanat holatidan kichik x

masofaga chiqarib olamiz va hosil bo‘lgan muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi natijaviy

kuchni “ma” ga tenglaymiz.

F

1

= P

1

S

F

2

=P

2

S

F

2

-F

1

=ma

a=w

2

x

=> P

2

S- P

1

S= mw

2

x

(1)

Har bir qism uchun Mendeleyev-Klapeyron tenglamasini yozib olsak:

P

2

V

2

= µRT => V

2

=S(l-x) l

2

-x

2

P

1

V

1

= µRT

=> V

1

=S(l+x)

Endi yuqoridagi sistemani (1) tenglamaning chap tomoni shakliga olib

kelamiz va tenglamaning o‘ng tomonidagi

mw

2

x

ga tenglaymiz:

µ𝑅𝑇 [

2𝑥

(𝑙 − 𝑥)(𝑙 + 𝑥)

] = 𝑚𝑤

2

𝑥

bu yerda

𝑙 ≫ 𝑥

=>

bo‘lganligi uchun

𝑙

2

− 𝑥

2

≈ 𝑙

2

kabi ifodalash mumkin.

Tenglikning ikkala tomonidan

x

ni qisqartirib yuborib,

w=2πt

ifodani qo‘yib

t

ni topamiz:

𝑡 = 𝜋𝑙√

2𝑚

µ𝑅𝑇

Xulosa o'rnida shuni ta’kidlash mumkinki, tebranishlarga oid masalalarni bu

usulda yechilsa hisoblashga oid chalkashliklar kamayadi, ishlash vaqti qisqaradi,

jarayon haqidagi tasavvur ham to‘liqroq bo’ladi. O'quvchi va talabalar bu kabi

masalalarni ishlashi orqali o‘zlarida tebranma harakatlar bilan ishlash ko‘nikmasini

rivojlantirib boradi, bu esa o'quvchi va talabalarda turli qiyinlikdagi masalalarni tez va

oson ishlashda yordam beradi. O‘quvchilar va talabalar ushbu qonunlarni chuqur


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

21

2181-3187

o‘zlashtirib, ularga tayanib masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Natijada, nafaqat nazariy bilimlar mustahkamlanadi, balki ularni real hayotiy

vaziyatlarda qo‘llash malakasi ham shakllanadi. Bu esa fizik tafakkurni rivojlantirish,

mantiqiy fikrlashni kuchaytirish va ilmiy yondashuvni shakllantirishda muhim omil

hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

G‘ulomov J.G‘., Muxitdinov M.M., Axmedov A.A. Fizika. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2005.

2.

Abdullayev A.A., Isroilov M. Fizikadan masalalar yechish metodikasi. –

Toshkent: TDPU, 2017.

3.

Савельев И.В. Курс общей физики. Том 1: Механика, молекулярная

физика. – Москва: Наука, 2010.

4.

Демидович Б.П. Сборник задач по физике. – Москва: Наука, 2008.

Библиографические ссылки

G‘ulomov J.G‘., Muxitdinov M.M., Axmedov A.A. Fizika. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2005.

Abdullayev A.A., Isroilov M. Fizikadan masalalar yechish metodikasi. –

Toshkent: TDPU, 2017.

Савельев И.В. Курс общей физики. Том 1: Механика, молекулярная

физика. – Москва: Наука, 2010.

Демидович Б.П. Сборник задач по физике. – Москва: Наука, 2008.