ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
168
2181-3187
KLIMAKS DAVRI PSIXOLOGIYASI VA GINEKOLOGIK
BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BO‘LISH PSIXOLOGIYASI
Abdurazakova Umida Ravshan qizi
Do‘stlik Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatligi
saqlash texnikumi Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
Do‘stlik Abu Ali Abu Ali ibn Sino Jamoat
salomatligini saqlash texnikumi Tibbiy
psixologiya va shaxslararo muloqot fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ayollarda klimaks davrida yuzaga keladigan
psixologik o‘zgarishlar, ularning ruhiy salomatligiga ta’siri hamda ginekologik
bemorlar bilan muloqot qilishda tibbiy xodimlarning psixologik yondashuvi tahlil
qilinadi. Klimaks davri ayol hayotining muhim bosqichi bo‘lib, jismoniy va psixologik
noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shu davrda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shifokor va
bemor o‘rtasida samimiy, tushunishga asoslangan munosabatni yo‘lga qo‘yish muhim
ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, bemorlar bilan psixologik jihatdan to‘g‘ri
muloqot qilish tamoyillari ham yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
klimaks, ayollar salomatligi, psixologik o‘zgarishlar, ginekologik
bemor, shifokor-bemor munosabatlari, psixologik yondashuv, ruhiy salomatlik.
So‘nggi yillarda dunyo miqyosida, shu jumladan, yurtimizda ham ayollarning
jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya
qilish, shuningdek, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda. Bu boradagi islohotlarning yaqqol namunasini O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli “Xotin-qizlar
muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarorida ko‘rish mumkin. Mazkur qaror xotin-qizlarga nisbatan ijtimoiy yondashuvni
chuqurlashtirish, ularning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ayollar salomatligi, ayniqsa, psixologik holatini o‘rganish va
unga yetarlicha e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki turli yosh
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
169
2181-3187
davrlarida ayollarda o‘ziga xos psixoemotsional holatlar yuzaga keladi. Ayol
organizmi o‘z hayoti davomida muhim fiziologik bosqich — klimaks (yoki
klimakteriya) davridan o‘tadi. Bu davr jinsiy faoliyatning susayishi va organizmning
qarilik bosqichiga o‘tishi bilan tavsiflanadi. Klimaks nafaqat ayollarda, balki
erkaklarda ham kuzatiladigan tabiiy jarayon bo‘lib, asosan jinsiy gormonlar ishlab
chiqarilishining kamayishi bilan bog‘liq.
Mazkur davrda yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatida muayyan o‘zgarishlar
yuz beradi. Ba’zi ayollarda issiq bosish, yuzning qizarishi, terlash, sovuq ter bosishi,
junjikish, yurak urishining tezlashuvi, eshitishdagi shovqin, emotsional beqarorlik,
xotiraning susayishi, sabrsizlik, tushkunlik kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Ayrim
hollarda yurak sohasida og‘riqlar sezilishi ham mumkin. Klimaks davrining og‘ir yoki
yengil kechishi ayol organizmining umumiy salomatligi, turmush tarzi, mehnat
sharoiti, iqlim, irsiy omillar, shuningdek, reproduktiv davrdagi faoliyat —
homiladorlik, abortlar, tug‘ruqlar va jinsiy hayot sifati bilan bevosita bog‘liq.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim ayollarda klimaks davri deyarli
sezilmasdan o‘tadi, bu esa ularning jismoniy va ruhiy holatiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmaydi. Biroq, bu davrni og‘ir o‘tkazayotgan ayollarda qalqonsimon bez
faoliyatida buzilishlar, moddalar almashinuvining izdan chiqishi (masalan, keskin
semirish yoki ozib ketish), psixologik tushkunlik, bezovtalik, nevroz, psixopatik
holatlar kuzatiladi. Umumiy holatda klimakterik davr 45-50 yosh oralig‘ida
boshlanadi, biroq bu davr ba’zan erta (40 yoshgacha) yoki kech (55 yoshdan keyin)
boshlanishi ham mumkin. Noyob holat sifatida, bu davrda ham ayolda homiladorlik
yuz berib, u farzand dunyoga keltirishi ehtimoli mavjud.
Ayol organizmida yuz beradigan gormonal o‘zgarishlar hayotining turli
bosqichlarida salomatlikka, ijtimoiy hayotga va psixologik holatga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ayniqsa, klimaks davri (menopauza) bu borada muhim davr hisoblanadi.
Bu jarayon nafaqat fiziologik, balki chuqur psixologik o‘zgarishlar bilan ham kechadi.
Ayollar bu davrda depressiya, xavotir, o‘z-o‘zidan norozilik kabi holatlarga ko‘proq
duch keladilar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
170
2181-3187
Klimaks davrida ayollarda estrogen gormonining kamayishi natijasida
yallig‘lanish holatlari, issiqlik bosishi, uyqusizlik, xotiraning zaiflashuvi, jizzakilik,
tushkunlik kabi simptomlar yuzaga keladi. Bu esa ularning psixologik holatiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi.
Bu davrda ayollarga yaqinlarining, jamiyatning ijobiy munosabati muhim
bo‘ladi. Tibbiyot xodimlarining bemor bilan muloqoti esa eng asosiy ruhiy
tayanchlardan biridir. Ayollar bu davrda o‘zlarini keraksiz, keksaygan, jozibasini
yo‘qotgan deb hisoblashlari mumkin. Shuning uchun, ularga ishonch berish, mehr va
hurmat bilan yondashish zarur.
Ginekologik muammolar shaxsiy va nozik masala bo‘lgani sababli, bemor bilan
muloqotda maxfiylik, samimiylik va etika tamoyillariga qat’iy rioya qilish kerak.
Shifokor bemorning hissiy holatini tushunishi, uni qo‘llab-quvvatlashi va sabr-toqat
bilan muomala qilishi muhimdir.
Shuni ham aytish joizki, hissiy holatlar natijasida inson organizmida turli
fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bu jarayon insonning ovoz tembrining
o‘zgarishi, yuz ifodalari (mimika), harakatlar va imo-ishoralarda ham yaqqol namoyon
bo‘ladi. Ayniqsa, klimaks davrida ayollar organizmida sodir bo‘ladigan gormonal
o‘zgarishlar ularning emotsional holatida sezilarli darajada aks etadi. Shuni unutmaslik
kerakki, klimaks – bu kasallik emas, balki har bir ayol organizmida ma’lum yoshda
sodir bo‘ladigan tabiiy va fiziologik bosqichdir.
Ko‘pchilik hollarda klimaksga xos alomatlar vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan
kamayib boradi, chunki organizm yangi holatga moslasha boshlaydi. Bu davrni engil
va sog‘lom o‘tkazish uchun shifokorlar tomonidan sog‘lom turmush tarzi va
balanslangan ovqatlanish tartibiga amal qilish tavsiya etiladi. Jumladan, jismoniy
faollikni oshirish, toza havoda sayr qilish, spirtli ichimliklardan voz kechish, ichak
faoliyatini me’yorda ushlab turish muhim ahamiyatga ega.
Klimaks davrida ayollarga yiliga kamida ikki marta ginekologik profilaktik
ko‘rikdan o‘tish, bir marotaba onkologik tekshiruvdan o‘tib turish, shaxsiy gigiyena
qoidalariga qat’iy amal qilish maslahat beriladi. Ushbu bosqichda faqatgina jismoniy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
171
2181-3187
emas, balki psixo-emotsional o‘zgarishlar ham yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida
ayollarda ruhiy qo‘llab-quvvatlash va psixologik xizmatlarga ehtiyojning ortishiga
sabab bo‘ladi.
1
Xulosa qilib aytganda, klimaks davri va ginekologik muammolarga duch kelgan
ayollar bilan ishlashda psixologik yondashuv juda muhimdir. Shifokorlar nafaqat
bemorning jismoniy holatini, balki uning ruhiy ehtiyojlarini ham hisobga olishlari
kerak. Bu orqali ayollar salomatligini saqlash va ularni jamiyatda faol saqlab qolish
imkoniyati yaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
G‘ulomova M.M. “Ayollar salomatligi psixologiyasi”, Toshkent, 2020.
2.
Rasulova D.R. “Klimaks davrining psixologik jihatlari”, Tibbiyot va psixologiya
jurnali, 2022.
3.
Sadikova L.M. Tibbiyot psixologiyasi asoslari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. –
164-b.
4.
Mirzayeva D.T. Klimakterik sindrom va ayollarning psixologik holati //
O‘zbekiston tibbiyot jurnali. – 2021. – №4. 61–66.
5.
Kaplan, H.I., Sadock, B.J. Synopsis of Psychiatry. – 11th ed. – Philadelphia:
Lippincott Williams & Wilkins, 2015. – 1470 p.
6.
Xudoyberganova S. “Ginekologik amaliyotda bemorlar bilan muloqot”, TTA
nashriyoti, 2021.
1
Xudoyberganova S. “Ginekologik amaliyotda bemorlar bilan muloqot”, TTA nashriyoti, 2021.