Ushbu maqolada O‘zbekistonda mukovistsidoz bilan kasallangan bemorlarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash masalasi yoritilgan. Tadqiqot davomida mavjud muammolar tahlil qilinib, amaliy va real yechimlar ishlab chiqildi. Jumladan, psixososial markazlar tashkil etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni kuchaytirish, davlat tomonidan ijtimoiy yordam mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligi asoslangan. Maqola so‘ngida ushbu bemorlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladigan takliflar berilgan.