ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
109
2181-3187
O‘RTA TAʼLIM maktablaridagi ALGEBRA DARSLARIDA DIFFERENSIAL
YONDASHUV USULIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI O‘RTA
TAʼLIM maktablaridagi ALGEBRA DARSLARIDA DIFFERENSIAL
YONDASHUV USULIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Toshmurodova Gulsevar Bekmurod qizi
Navoiy davlat universiteti, Aniq fanlar
Fakulteti, Matematika-informatika
Yo‘nalishi, 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada algebra fanini o’qitishda va o‘rganishda differensial
yondashuvdan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy samaradorligi
yoritilgan. O‘rta ta’lim maktablarida olib borilgan tajriba asosida, har xil o‘zlashtirish
darajasiga ega o‘quvchilar uchun moslashtirilgan dars materiallari qanday
tayyorlanishi va ularning o‘quv jarayonidagi faollikka ta’siri tahlil qilingan. Darsdagi
faollik esa o’quvchilar o’zlashtirishiga ta’sir qilmay qo’ymaydi. Tadqiqot natijalari
differensial yondashuv o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va ularning darsga bo‘lgan
qiziqishini oshirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar: differensial yondashuv, algebra, individual yondashuv,
moslashtirilgan topshiriqlar, ta’lim samaradorligi, o‘quv faoliyati, dars
materiallari,metodika.
ABSTRACT
This article explores the theoretical foundations and practical effectiveness of
applying differentiated instruction in teaching algebra. Based on experiments
conducted in secondary schools, the study analyzes how tailored lesson materials for
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
110
2181-3187
students with varying levels of knowledge influence learning engagement. The
findings confirm that differentiated instruction is an effective tool to reinforce student
knowledge and increase interest in algebra lessons.
Keywords: differentiated approach, algebra, individualization, adapted exercises,
learning effectiveness, student activity,course materials, methodology.
Аннотация
В данной статье освещаются научно-теоретические основы и практическая
эффективность использования дифференциального подхода в изучении алгебры.
На основе опыта, полученного в средних учебных заведениях, были
проанализированы способы подготовки индивидуальных материалов урока для
учащихся с разным уровнем усвоения и их влияние на активность в процессе
обучения. Результаты исследования показали, что дифференцированный подход
является эффективным инструментом для укрепления знаний учащихся и
повышения их интереса к уроку.
Ключевые слова: дифференциальный подход, алгебра, индивидуальный
подход, индивидуальные задания, эффективность обучения, учебная
деятельность,материалы урока, методика.
O‘rta taʼlim maktablarida algebra darslarida differensial yondashuv usulidan
foydalanish samaradorligi:
Kirish
Zamonaviy ta’limda individual yondashuvga asoslangan metodlar orasida
differensial yondashuv (ya’ni o‘quvchilarning qobiliyati, tayyorgarlik darajasi va
o‘rganish uslubiga qarab darsni moslashtirish) alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, algebra kabi mantiqiy tafakkurni talab qiladigan fanlarda ushbu usuldan
foydalanish, o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
111
2181-3187
1. Differensial yondashuvning nazariy asoslari
Differensial yondashuv — bu o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga
olgan holda, dars mazmuni, uslub va topshiriqlarni moslashtirishga qaratilgan
pedagogik yondashuvdir. UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ham
ushbu yondashuv zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan.
Matematika ta’limida bu yondashuv orqali kuchli, o‘rta va sust o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun moslashtirilgan mashqlar taqdim etilishi mumkin.
2. Algebra darslarida differensial yondashuvni qo‘llash tajribasi
Maktab amaliyoti davomida algebra darslarida ushbu yondashuv sinov tariqasida
qo‘llanildi. °Misol uchun, kvadrat tenglamalarni yechish mavzusida:
-Kuchli o‘quvchilarga murakkab ko‘rsatkichli, parametrli masalalar;
-O‘rta darajadagilarga oddiy kvadrat tenglama va grafik yechimlar;
-Sust o‘zlashtiruvchilarga esa formulani mustahkamlovchi oddiy misollar va
vizual ko‘rgazmalar taqdim etildi.
Bunday farqlash natijasida har bir o‘quvchi o‘z darajasiga mos topshiriqni
mustaqil bajara oldi, bu esa ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirdi. Keyingi
bosqichda ular bilan individual yondashuvda o'rta va sust o'zlashtiruvchilar bilan
ko'proq shug'ullaniladi va ularga ham bosqichma-bosqich murakkab misol va
masalalar tushuntirildi. Shu bilan ular bu mavzuni yaxshiroq o'zlashtirishadi . Darslar
davomida sust o'zlashtiruvchilar soni kamayib boradi.
•Metodologiya
Tadqiqot 2025-yil mart-aprel oylarida Navoiy shahridagi 2 ta umumta’lim
maktabida, 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida olib borildi. Har bir maktabdan 1 nazorat va
1 tajriba guruhi tanlab olindi (jami 4 guruh, 92 nafar o‘quvchi). Tajriba guruhlarida
algebra darslari differensial yondashuv asosida olib borildi:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
112
2181-3187
-yuqori bilim darajasidagi o‘quvchilarga murakkablashtirilgan topshiriqlar,
-o‘rta darajadagilarga ko‘mak bilan mustahkamlovchi mashqlar,
-sust o‘zlashtiruvchilarga esa oddiylashtirilgan, ko‘proq vizual vositalar bilan
tushuntirilgan mashg‘ulotlar berildi.Keyingi bosqichda o'rta va sust o'zlashtiruvchilar
bilan ko'proq shug'ullanildi.
Darslar davomida kuzatuvlar olib borildi, darsdan oldin va keyin testlar o‘tkazildi,
o‘qituvchi va o‘quvchilardan so‘rovnomalar olindi.
•Munozara
O‘quvchilarning individual ehtiyojlarini e’tiborga olish o‘zlashtirishni oshiradi.
Ayniqsa algebra kabi mantiqiy-funksional fanlarda bu yondashuv samarali bo‘ladi. Bu
yondashuv orqali:
Bilimdagi tafovutlar kamayadi,
Ishtirok faolligi ortadi,
Mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllanadi.
Ammo bu yondashuv o‘qituvchidan darsga ko‘proq tayyorgarlik, guruhlarga
bo‘linish, mos topshiriqlar tayyorlashni talab qiladi. Shunga qaramay, bu mehnat o‘z
samarasini beradi.
3. Samaradorlik tahlili
Amaliy kuzatuvlardan ko'rinadiki, differensial yondashuv orqali o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishi va faolligi ortdi. Ayniqsa sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning
faolligi 30–40% ga oshdi. Test natijalaridan ham ma'lumki, darsni moslashtirish orqali
umumiy o‘zlashtirish darajasi sezilarli darajada yaxshilandi.
Xulosa va takliflar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
113
2181-3187
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, differensial yondashuv
o‘quvchilarning algebra fani bo‘yicha qiziqishini, bilim darajasini oshirishda va
ijtimoiy-psixologik holatlarini yaxshilashda ijobiy rol o‘ynaydi. Ushbu yondashuvni
boshqa fanlarda ham qo‘llash maqsadga muvofiq. Algebra darslarida differensial
yondashuvni tizimli ravishda joriy etish orqali o‘quvchilarning individual
rivojlanishiga erishish mumkin. Maktab o‘qituvchilariga har bir darsda
o‘quvchilarning darajasiga mos topshiriqlarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy
ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi lozim. Bu dars samaradorligiga o’z ta’sirini ko’rsatmay
qolmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Vahobov, M. "Zamonaviy ta’lim texnologiyalari", Toshkent, 2020.
2. UNESCO Education Reports, 2023.
3. Alimova, D. "Matematika darslarida differensial yondashuv", Andijon, 2022.
4. Xalmatova G.T. “Zamonaviy dars: metodlar va yondashuvlar” – T.: O‘zbekiston
pedagog nashriyoti, 2021.
5. Boboqulov N.N. “Matematika o‘qitish metodikasi” – T.: Fan va texnologiya, 2020.
6.Tomlinson, C. A. (2017). How to Differentiate Instruction in Academically Diverse
Classrooms. ASCD.
7.Karimov I. “Matematik savodxonlik va kompetensiyaviy yondashuv”. – Ilm va
taraqqiyot, 2023/1.
8.OECD (2019). “Framework for 21st Century Teaching and Learning” –
www.oecd.org