ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
260
2181-3187
PEDAGOGIK KONSTRUKTIVIZM – O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL
FIKRLASHGA O‘RGATISH OMILI
Abduraxmonova Nilufar Husniddin qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat ona tili va adabiyoti universiteti 3- bosqish talabasi
Annotatsiya:
Bugungi axborot asrida mustaqil fikrlash har qachongidan ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda konstruktivizm pedagogikasidan foydalanishning ahamiyati xususida fikr
yuritildi, pedagogik konstruktivizmning asosiy tamoyillari, uning o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashiga ta’siri va amaliyotdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Konstruktivizm
– bu o‘quvchilarning bilimlarni o‘z tajribasi va faoliyati orqali shakllantirishiga
asoslangan pedagogik yondashuvdir. Ushbu nazariya kognitiv psixologiya va ta’lim
metodikasiga tayanib, bilimlarning tayyor shaklda berilishidan ko‘ra, ularni
o‘zlashtirish jarayonining o‘zini muhim deb hisoblaydi.
Kalit so‘zlar:
o‘qitish nazariyalari, konstruktivizm, mustaqil fikrlash,
modellashtirish bosqichi, dialog bosqichi, amaliyot bosqichi, tasdiqlash bosqichi,
feedback, muammoli ta’lim, jamoaviy ta’lim.
Annotation:
In today's information age, independent thinking is more important
than ever. This article discusses the importance of using constructivist pedagogy in
teaching students to think independently, analyzes the main principles of pedagogical
constructivism, its impact on students' independent thinking, and its application in
practice. Constructivism is a pedagogical approach based on students' formation of
knowledge through their own experience and activities. This theory, based on cognitive
psychology and educational methodology, considers the process of acquiring
knowledge to be more important than the provision of ready-made knowledge.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
261
2181-3187
Key words:
teaching theories, constructivism, independent thinking, modeling
stage, dialogue stage, practice stage, validation stage, feedback, problem-based
learning, team learning.
Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish muhim
vazifalardan biridir. Pedagogik konstruktivizm ushbu maqsadga erishishda samarali
yondashuv hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat
qozonish uchun iqtidorning o‘zi yetarli bo‘lmay qoldi. Ya’ni bugungi davr
mutaxassisdan qobiliyat va mehnatdan tashqari mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlashni,
masalaning mohiyatini chuqur va teran anglashni, vaziyatni xolisona baholash kabi bir
qancha zaruriy ko‘nikmalarni talab etmoqda. Shu boisdan ham uzluksiz ta’lim tizimida
o‘quvchilarning erkin va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish hamda shu orqali ularni
mustaqil fikrlovchi irodali insonlar, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi etib
tarbiyalash pedagog kadrlar oldida turgan muhim masalalardan biridir. Bu vazifani
bajarishda o‘zbek tili va adabiyot darslarining ham o‘rni beqiyos. Ma’lumki, o‘zbek
tili va adabiyot darslarida mustaqil va ijodiy fikrlash, mulohaza yuritish uchun
imkoniyat kengroq bo‘ladi. O‘quvchilar badiiy asar tahlili jarayonida mustaqil,
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirib boradilar. XX asrning birinchi yarmida
Amerikada paydo bo‘lgan hamda hozirda Yevropa o‘qitish tizimida keng
qo‘llanayotgan konstruktivizm pedagogikasi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda muhim nazariyalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konstruktivizm pedagogik falsafadir, uning asosiy g'oyasi shundaki, bilimlarni
o'quvchiga tayyor shaklda yetkazish mumkin emas, har bir o‘quvchi bilimlarni o‘zi
yaratadi. Konstruktiv o'qituvchining pedagogik faoliyati ham o'ziga xos xususiyatlarga
ega. U nafaqat o'qituvchi, balki maslahatchi, tashkilotchi va o'qituvchilarning
muammoli,
ilmiy-tadqiqot
va
kognitiv
faoliyatining
koordinatori bo‘lib,
o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati uchun sharoit yaratadi va ularning
tashabbuslarini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Darsga tayyorgarlik ko‘rish va
darsni rejalashtirish jarayonida konstruktivist o‘qituvchi o‘quvchilarning real
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
262
2181-3187
hayotidan misollarni qo'llashni afzal ko'radi, amaliy vaziyatlardan, asosiy manbalardan
va original materiallardan ma'lumotlarni oladi. Konstruktivizm sun’iy materiallar bilan
emas, balki original material bilan ishlashni maqsad qilib qo‘yadi, shu bilan
o'quvchilarni mustaqil o‘rganishga, farazlarni shakllantirishga va qonunlarni kashf
qilishga undaydi. O‘quvchilar bir-birlariga murojaat qilishlari, boshqalarning fikrlarini
va savollarini eshitishlari, o‘z nuqtayi nazarlarini himoya qilishlari, sinfdoshlarning
fikrlarini tinglashlari mumkin – boshqacha qilib aytganda, o‘quvchi yangi bilimlarni
o‘qituvchining og‘zidan tayyor holda olishi emas, uni ishlab chiqishda o’zi to‘liq
ishtirok etishi va bilimlarni o’zi kashf qilishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarga nimani
o‘rganish kerakligini tushunishlariga yordam beradi. O‘quvchilar yangi materialni
tushunishda o‘z tajribasiga tayanishi, o‘rganilayotgan hodisani mavjud bilimlari bilan
taqqoslashi, yangi materialning mazmuniga qarab, o‘qituvchi ma’lumot berishidan
oldin ma’lum tarzda o‘z nazariyalarini ilgari surishlari kerak. Agar o‘quvchi qoidani
yodlamasdan, tushunib o‘rgansa, har qanday vaziyatda hayoti davomida bu qoidalarni
qo‘llay oladi. Filologik ta’lim jarayonida o‘quvchi qoidani faqat yodlash bilan
cheklansa, mohiyatini tushunmasa, ularni amaliyotda qo‘llay olmasligi mumkin.
Natijada ko‘nikma hosil qilinmaydi. O‘quvchida mavzuga oid ko‘nikmaning
mavjudligi aktual rivojlanish zonasini tashkil etadi. Aktual rivojlanish zonasi bolaning
o‘zi bajara oladigan harakatlari va malakalaridir. Agar bola harakat va malakalarni
mustaqil bajara olmasdan, kimningdir yordamiga tayansa, bu holat yaqin rivojlanish
zonasi deb yuritiladi. O‘qituvchi yaqin rivojlanish zonasini aktual rivojlanish zonasiga
aylantirish uchun bir qadamgina oldinda turishi kerak, undan ko’p emas.
1
Rus
psixologi L.S.Vigotskiyning fikriga ko‘ra, yaqin rivojlanish zonasini aktual rivojlanish
zonasiga aylantirish to‘rt bosqichdan iborat:
1.
Modellashtirish bosqichi – o‘rganilayotgan obyektning aynan o‘zini
ko‘rsatish.
1
Vigotskiy L.S. «Thought and language”, 1962.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
263
2181-3187
2.
Dialog bosqichi – o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning mavjud bilimini
tekshirish. O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berishi
asnosida o‘qituvchi va o‘quvchi dialogi yuzaga keladi. Vigotskiy bunday dialog
shakli ta’limda samarali natijaga erishish imkonini berishini ta’kidlaydi.
3.
Amaliyot bosqichi – o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash. Ushbu
bosqichda mavjud nazariy bilimlar amaliyot bilan bevosita bog‘lanadi.
4.
Tasdiqlash bosqichi – Bunda feedback (qayta aloqa) jarayoni amalga
oshiriladi. Feedback jarayoni natijaning yutuq va kamchiliklarini izohlash hamda
sabablarini keltirishdir.
Vigotskiy: “Biz o‘rganishni ‘‘o‘rgatishimiz kerak”, – degan g‘oyani ilgari
suradi. Shunga o‘xshash fikrni shvetsariyalik psixolog Piaje ham keltiradi:
“Konstruktivist o‘qituvchi dars beruvchi o‘qituvchi emas, u ta’lim oluvchilarning
muammoli yo‘naltirilgan faoliyatiga konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi
hisoblanadi. U o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati uchun sharoitlar yaratadi va
ularni har tomonlama quvvatlaydi”.
2
Pedagogik konstruktivizm quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
O‘quvchi faolligi – bilimni o‘quvchining o‘zi izlab topishi va anglab yetishi
kerak.
Ilgari olingan bilimlarga tayanish – yangi bilimlar avvalgi bilimlar asosida
shakllanadi.
Muammoli vaziyatlar yaratish – o‘quvchilarga mustaqil fikrlash va
muammolarni hal qilish imkoniyati beriladi.
Interaktiv o‘qitish – ta’lim jarayonida muhokama, bahs-munozara, jamoaviy
ishlash usullaridan foydalaniladi.
O‘quv jarayonini shaxsiylashtirish – har bir o‘quvchining individual
xususiyatlari va ehtiyojlari inobatga olinadi.
Pedagogik konstruktivizmning mustaqil fikrlashga ta’siri:
2
J.Piaje
“Theory of cognitive development”; http://www.simplypsychology.org/piaget.html.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
264
2181-3187
Konstruktivistik ta’lim muhitida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega
bo‘ladilar:
1.
Tanqidiy va analitik fikrlash;
2.
Muammolarni mustaqil hal qilish;
3.
O‘z fikrini aniq ifodalash va himoya qilish;
4.
Mustaqil axborot izlash va tahlil qilish;
5.
Yangi bilimlarni hayotiy tajriba bilan bog‘lash.
Masalan, an’anaviy darslarda o‘qituvchi tayyor bilimlarni yetkazsa,
konstruktivistik yondashuvda o‘quvchilarga muammoli savollar beriladi, tajriba
o‘tkaziladi yoki guruhlarda ishlash orqali bilimlarni o‘zlari kashf etishlariga sharoit
yaratiladi.
Amerikalik faylasuf va pedagog John Dewey: “Ta’lim jarayoni faqat bilim
berish emas, balki tajribaviy o‘rganish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini
rivojlantirishdan iboratdir’’
3
. Hozirgi kunda konstruktivizm tamoyillarini maktab
ta’limida turli usullar orqali tatbiq etish mumkin:
Loyiha metodidan foydalanish – o‘quvchilar o‘zlari mustaqil izlanish olib
boradilar va loyihalar tayyorlaydilar.
Muammoli ta’lim – o‘qituvchi dars davomida muammoli vaziyatlarni yuzaga
keltirib, o‘quvchilardan yechim topishni talab qiladi.
Rol o‘yinlari va simulyatsiyalar – o‘quvchilar hayotiy vaziyatlarni
sahnalashtirib, tahlil qiladilar.
Jamoaviy ta’lim – o‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda bilimlarni mustaqil
o‘rganadilar va baham ko‘radilar.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash – interaktiv ta’lim platformalari orqali
o‘quvchilarning mustaqil bilim olish imkoniyati kengaytiriladi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarda sog‘lom, mustaqil dunyoqarash, erkin va
tanqidiy fikrlashning qaror topishiga erishish ularning vayronkor g‘oyalar obyektiga
3
John Dewey https://cyc-net.org/cyc-online/cyconline-apr2010-dewey.html
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
265
2181-3187
aylanishining oldini olish hamda mafkuraviy immunitetning shakllanishida muhim
ahamiyatga ega. Bu nazariyaning zamonaviy ta’lim tizimi uchun dolzarb ekani, uning
o‘z-o‘zini o‘rganish va yangicha fikrlash uchun muhim asoslarga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Konstruktivizm ta’lim jarayonida chuqur va barqaror o‘zgarishlar kiritishi
mumkinligi sababli, uni ta’lim dasturlariga integratsiya keraklidir. Shu boisdan ham
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘z chegaralaridan tashqarida fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun jahon tajribalarini o‘rganib, afzalliklarini milliy metodikamizga
tatbiq etish o‘qitish tizimini yangilashga bevosita hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Shernazarova R.H. Ona tili va adabiyot ta’limida pedagogik texnologiyalar.
Guliston, 2013.
2.
Adabiyot o‘qitish metodikasi. To‘xliyev B. Toshkent, 2011.
3.
Bruner J. “The act of discovery”, 1961.
4.
Vigotskiy L.S. “Thought and language”, 1962.