ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
133
2181-3187
XORAZM SHEVALARI LEKSIKASIDAGI ARXAIZMLARNING
LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Allaberganova Sevinchoy
UrDU 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilning jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarning tilga, xususan, uning leksik qatlamiga ta’siri
yoritilgan. Ayniqsa, shevalar tizimidagi arxaizmlar va istorizmlar til tarixini, xalqning
turmush tarzini, madaniyatini o‘rganishda muhim manba ekanligi ta’kidlanadi.
Xorazm o‘g‘uz lahjasida uchraydigan ayrim eskirgan so‘zlar misolida ularning
semantik mazmuni, leksik va funksional xususiyatlari tahlil etiladi. Ushbu maqola
shevalardagi arxaik birliklarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish zaruratini asoslaydi va bu
borada olib borilayotgan davlat siyosati yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Til va jamiyat, arxaizm, istorizm, Xorazm shevalari, o‘zbek tili, dialektologiya,
leksik qatlam, tildagi o‘zgarishlar, madaniy meros, lahja tadqiqoti.
Til - ijtimoiy hodisa. Shu sababdan ham, ayni bir til oʻzining isteʼmolchilari
boʻlgan jamiyat bilan mavjud va jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy,
umuman, har qanday oʻzgarish tilda oʻz aksini topadi. Ayniqsa, bunday oʻzgarishlar
tilning leksik qatlamida eng koʻp namoyon boʻladi: yangi soʻzlar isteʼmolga kiradi va
ayrim soʻzlar eskirib, muomaladan chiqa boshlaydi. Bu holat nafaqat adabiy til uchun,
balki shevalar uchun ham xos. Shu sababdan tilni o`rganish jarayonidagi asosiy
bosqich shevalarni tadqiq qilishdir. Bugungi kunda Prezidentimiz SH. Mirziyoyev
tomonidan yurtimizda til siyosatini takomillashtirishda va shevalarni o`rganishni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator hujjatlar imzolangan.
Jumladan, yurtboshimizning “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi va “Mamlakatimizda o`zbek tilini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
134
2181-3187
yanada rivojlantirish va til siyoysatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi
Farmonlari dialektologik tadqiqotlar salmog`ini yanada kengaytirishda, bu borada
qilinayotgan ishlar sur’atini oshirishda asos vazifasini bajarmoqda. Shevalarni tadqiq
qilish jarayonida har bir shevaning o`ziga xos jihatlari: leksik, semantik, fonetik va
morfologik xususiyatlari namoyon bo`ladi.
Shevalarni o`rganishda har bir qatlam alohida ahamiyatga ega. Biroq arxaizm va
istorizmlar (qoʻllanilish davriga koʻra, eskirgan soʻzlar) bu jarayonda o`ta darajada
sezilarli o`rin tutadi. Negaki ular tildagi so`zlarning qanday paydo bo`lganligi, kelib
chiqishi, qanday ma’no anglatishidan tortib, xalqning madaniyati, moddiy holati, diniy
va siyosiy jarayonlar haqida ma’lumot beruvchi eng muhim manbadir. Bu borada
Xorazm shevalari O‘zbekistonning boy dialektal tizimlaridan biri bo`lib, o`ziga xos
lug`aviy tarkib va semantik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Xorazm
shevalaridagi ayrim eskirgan soʻzlarni tahlilga tortamiz.
Arxaizmlar – tilda faol foydalanilmaydigan, tarixiy jarayonlar natijasida eskirgan
yoki biror so`z bilan almashtirilgan leksik birliklardir. Maʼlumki, tildagi yangi soʻzlar
hamisha ham yangi tushunchalarni anglatmaydi, aksincha, tilda mavjud biror
tushunchaning yangi nomi sifatida muomalaga kirishi mumkin. Shundan soʻng, bu
tildan foydalanuvchi jamiyat ayni tushuncha uchun qaysi soʻzni koʻproq maʼqul deb
bilsa, yaʼni muloqotda koʻp foydalansa, shu soʻz tilda qoladi, boshqasi esa sekin-asta
isteʼmoldan chiqib ketadi. Xorazm oʻgʻuz lahjalariga taalluqli arxaizmlar voha tarixi,
tili, madaniyati, xalq hayoti, iqtisodiy, siyosiy, diniy vaziyatlar haqida to`liq ma’lumot
olishga yordam beradi. Bu jihatdan ularni ham lingvistika, ham etnografiya, ham
etimologiya sohasining muhim manbasi deb atay olamiz. Quyida Xorazm o`g`uz
lahjalariga taalluqli bir nechta so`zlar izohini e’tiboringizga havola qilamiz.
⎯
Axtïxanā
– molxona. Bu so`z Xorazmda qishda chorva mollari
saqlanadigan, paxsadan yoki xom (pishgan) g`ishtdan qurilgan, bir yoki ikki
xonali imoratga nisbatan qo`llangan. Ma’lumki, Xorazm ob-havosi juda quruq va
yog`ingarchilik kam. Shu boisdan qishda havo qattiq sovuq, yozda esa juda issiq
bo`ladi. Bunday paytlarda chorva mollarini ochiq havoda qoldirish xavfli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
135
2181-3187
bo`lganligi sababli aholi ularni maxsus molxonalarda boqishgan. Ba’zan bunday
joylarda kuzgi hosil: sabzavotlar, poliz ekinlari va hatto mevalar ham saqlangan
(
Güzäkdä kärtişkänï ziyadïnï axtïxanāğa gïrïzvädik, baharäçä heç özgärmäyän
axïr
).
⎯
Liku
– likopcha. Ovqat tortiladigan idishlar qadimda ham hozirgi kabi
katta-kichikligiga qarab turlicha nomlangan. “Liku” – bu hajm jihatdan
badyä
(adabiy tilda “lagan”) dan kichik bo`lgan, cheti biroz ko`tarilgan, tubi keng, yassi
oshxona idishiga nisbatan ishlatilgan. Bu so`z Xorazmning ayrim hududlarida
keksa avlod nutqida hali ham uchrab turadi, biroq juda kam. (
Anavï boş likunï
uzat maňa, etini saljaqman
).
⎯
Käşkat
– oʻroq. Dehqonlar va hunarmand ustalar nutqida qo`llangan bu
so`z turli boshoqli ekinlar, beda, pichan va o`tlarni o`rish uchun ishlatiladigan,
beli bukik, o`tkir tig`li temirdan yasalgan dehqonchilik mehnat quroli ma’nosini
anglatadi. Bu ish quroli aynan qaysi ekin uchun moslashganligiga qarab ham bir
qancha turlarga ajratiladi va nomlari ham turlichadir. Masalan, mayda ekinlarni
begona o`tlardan tozalashda
“käşkat”
ishlatilgan bo`lsa, sholi, bug`doy kabi donli
ekinlarni yig`ishtirib olishda
“çalğï”
dan
foydalanishgan. (
Atïzdäkï sämïzotlanï
oraman däb käşkat älimä otib getdï
).
⎯
Sülyi
– sochiq. Bu leksik birlik yuz-qo`llarni yoki idish-tovoqlarni uchun
ishlatiladigan buyum. (
Äkäň älïnï yuvğannan keyin sülyinï appar
).
⎯
Röpäk
I
– roʻmolcha. Kichkina ro`mol, dastro`mol. (
Änäm taza röpäk
tikib bärdï).
⎯
Röpäk
II
– etak. Matodan paxta terish uchun maxsus tikilgan, bir tomoni
bo`yinga osib, bir tomoni belga bog`lab olinadigan buyum. (
Bi kartanï paxtasï zor
äkän, därröm ikki röpäk doldïrdïm
).
⎯
Duvaq
– qopqoq. Bu so`z Xorazm shevasida “qozon qopqog`i” ma’nosini
anglatgan, biroq bugungi kunda “idish, sandiq, yashik va shu kabi narsalar
og`zining ochilib-yopilib turadigan, bekituvchi qismi” ma’nosini anglatuvchi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
136
2181-3187
qopqoq
so`zi uning iste’moldan chiqishiga sabab bo`lgan.
Polonï däminä
qoyğanda duvaqinï sïrqizib dur
).
⎯
Durkat
– qaychi. Yupqa narsalarni, mato, qog`oz va shu kabilarni kesish
uchun ishlatiladigan, o`rta yeridan bir-biriga vint bilan biriktirilgan ikki tig`dan
iborat dastali asbob. (
Bar, äppiyiňnän mäni durkatïmnï äkkäl
).
⎯
Susaq
– choʻmich. Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun
ishlatiladigan, uzun dastali ro`zg`or asbobi. (
Şorvanï kop salma, biy susaqdan sal,
yetmin otrmasïn
).
⎯
Äväräk –
sirgʻa. Quloqqa taqiladigan bezak buyum, isirg`a, zirak.
Xorazm shevalarida bu so`z dumaloq shakldagi, oltin yoki kumushdan quyma
sharchalari bo`lgan zirakka nisbatan ishlatilgan. (
Eşitdïňmï, dayim biyimä äväräk
äppäribdï
).
Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, jamiyat bilan bogʻliq oʻzgarishlarning
barchasi tilda oʻz aksini topadi. Buning natijasida til sathida yangi va eskirgan soʻzlar
qatlami vujudga keladi. Yangilik va eskilik boʻyogʻi nafaqat adabiy tilga, balki
shevalarga ham xosdir. Shevalardagi arxaizmlarni o`rganish xalqning tarixi,
madaniyati, moddiy holati va shu kabilarni aniqlashga yordam beradi. Tilni va
xalqning o`tmishini o`rganishda shevalarning o`rni beqiyos, shuning uchun bu
boradagi tadqiqotlarni kengaytirish juda muhim sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyoyev, Sh.
(2017).
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Farmon. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
2.
Mirziyoyev, Sh.
(2018).
Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va
til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Farmon. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
3.
Xalilov, A.
(2010).
O‘zbek shevalarining leksik xususiyatlari
. Toshkent: Fan
va texnologiya.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
137
2181-3187
4.
Ziyodov, M.
(2015).
O‘zbek tilining dialektologiyasi: Nazariy asoslar va
amaliy yondashuvlar
. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
5.
Juraev, K.
(2002).
Shevalar va tildagi o‘zgarishlar
. Toshkent: Sharq.
6.
Abdullaeva, T.
(2016).
Tilda eskirgan so‘zlar va ularning etimologiyasi
.
Toshkent: O‘qituvchi.
7.
Ismoilov, N.
(2013).
Xorazm shevalari: Leksik, semantik va fonetik
xususiyatlar
. Xorazm: Xorazm Universiteti.
8.
Asimov, S.
(1986).
O‘zbek tilining tarixiy leksikasi
. Toshkent: O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasi.
