ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
17
2181-3187
OʻZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO
BOʻLISH YOʻLIDAGI IQTISODIYOTNING ROLI
Mamajonov Lochinbek
JIDU “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”
fakulteti 2-bosqich talabasi.
Annotatsiya: Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a‘zo boʻlishi –
mamlakatning iqtisodiy oʻsishi uchun muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Jahon
Savdo Tashkiloti – xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo va siyosiy munosabatlarni
tartibga solish bilan shugʻullanadigan hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Ushbu
maqolada Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga aʻzo boʻlishi va mamlakat
iqtisodiyotiga ta’siri haqida soʻz boradi. Maqolada Jahon Savdo Tashkilotiga aʻzo
boʻlishning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, savdo siyosati va qoʻshilish jarayonida
yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Bundan tashqari Oʻzbekistonning Jahon
Savdo Tashkilotiga a’zo boʻlishi mamlakatni global savdo tizimiga yanada
yaqinlashtiradi. Bu esa Oʻzbekistonning boshqa davlatlar bilan savdo qilishni
osonlashtiradi va shu bilan birgalikda eksport bilan importni ham erkinlashtiradi.
Maqolaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo
boʻlish Oʻzbekiston uchun qanday imkoniyatlar yaratilishi haqida alohida toʻxtalib
oʻtiladi va kerakli ma’lumotlar beriladi. Maqola shuningdek, Jahon Savdo
Tashkilotiga a’zo boʻlish Oʻzbekiston uchun iqtisodiy oʻsish imkoniyatini yaratishi
mumkinligi haqida ham ma’lumot ta’kidlab oʻtiladi.
Kalit so’zlar: Jahon Savdo Tashkiloti, global integratsiya, eksport, import, iqtisodiy
imkoniyatlar, raqobatbardoshlik, iqtisodiy hamkorlik, GATT.
Abstract: Uzbekistan's membership in the World Trade Organization (WTO) is
one of the important steps for the country's economic growth. The World Trade
Organization is an intergovernmental organization that is engaged in the liberalization
of international trade, regulation of trade and political relations. This article discusses
Uzbekistan's membership in the World Trade Organization and its impact on the
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
18
2181-3187
country's economy. The article analyzes the impact of membership in the World Trade
Organization on the economy of Uzbekistan, trade policy and problems arising during
the accession process. In addition, Uzbekistan's membership in the World Trade
Organization will bring the country closer to the global trading system. This will
facilitate Uzbekistan's trade with other countries and, at the same time, liberalize
exports and imports. Another important aspect of the article is that it specifically
discusses the opportunities that membership in the World Trade Organization will
create for Uzbekistan and provides the necessary information. The article also
highlights the fact that membership in the World Trade Organization could create
opportunities for economic growth for Uzbekistan.
Keywords: World Trade Organization, global integration, export, import,
economic opportunities, competitiveness, economic cooperation, GATT.
Аннотация: Членство Узбекистана во Всемирной торговой организации
(ВТО) является одним из важных шагов для экономического роста страны.
Всемирная торговая организация — межправительственная организация,
занимающаяся либерализацией международной торговли, регулированием
торговых и политических отношений. В данной статье говорится о членстве
Узбекистана во Всемирной торговой организации и его влиянии на экономику
страны. В статье анализируется влияние членства во Всемирной торговой
организации на экономику Узбекистана, торговую политику и проблемы,
возникающие в процессе вступления. Кроме того, членство Узбекистана во
Всемирной торговой организации приближает страну к мировой торговой
системе. Это облегчает Узбекистану торговлю с другими странами и в то же
время освобождает экспорт и импорт. Еще одним важным аспектом статьи
является то, что обсуждаются возможности Узбекистана стать членом
Всемирной торговой организации и предоставляется необходимая информация.
В статье также подчеркивается тот факт, что членство во Всемирной
торговой организации может создать возможности для экономического роста
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
19
2181-3187
Узбекистана. Ключевые
слова: Всемирная торговая организация, глобальная интеграция, экспорт,
импорт, экономические возможности, конкурентоспособность, экономическое
сотрудничество, GATT.
Kirish:
2024-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti barqaror oʻsishni namoyish etdi. Yalpi ichki
mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarni tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar
hajmi 1,6 barobarga oshib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Mamlakatda 10 milliard
dollarlik 242 ta yirik va oʻrta loyihalar amalga oshirildi, eksport hajmi esa birinchi
marta 27 milliard dollardan oshdi. Tashqi savdo aylanmasi va eksport-import
tendensiyalarida 2024-yilda barqaror rivojlanish kuzatildi. Yil yakuniga ko‘ra, tashqi
savdo aylanmasi 3,8%ga oshib, 66 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport hajmi 8,4%ga
o‘sdi, import esa 0,8%ga ko‘paydi. Shunday bo`lsada, importning 0,8% ga oshishi
mamlakat ichki ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan choralar yetarli darajada
bo‘lmasligi mumkin. Importning oshishi valyuta balansini yomonlashtirishi yoki chet
elga qaramlikni kuchaytirishi mumkin. Agar iqtisodiyot faqatgina eksport va xorijiy
investitsiyalarga tayanadigan bo‘lsa, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirishda
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
1-jadval. 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishi.
1
1
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
20
2181-3187
Umuman olganda, 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdosi barqaror rivojlanishni
namoyish etdi. Ushbu natijalar mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy
islohotlarning samaradorligi va iqtisodiy salohiyatining kuchayib borayotganidan
darak beradi.
2
Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo boʻlishi iqtisodiy
oʻsishni ragʻbatlantiradi. Bundan tashqari eksport va import hajmini oshiradi.
Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo`lishi xorijiy investorlarni jalb
qilishni osonlashtiradi. Shu bilan birga texnologiyalarning rivojlanishiga ham yordam
beradi. Bu esa Oʻzbekistonning iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va yangi-yangi
texnologiyalarni yaratish imkonini beradi.
2-jadval. O`zbekistonning JSTga a‘zo bo‘lishining iqtisodiyotga ta‘siri
3
2
O
ʻ
zbekiston iqtisodiyotining o
ʻ
sishi
https://uz24.uz/uz/articles/iqtisodiyot-25-1-23
3
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
21
2181-3187
Tahlil natijalariga koʻra Jahon Savdo Tashkilotiga qoʻshilish mamlakatimizning
savdo va iqtisodiy oʻsishiga (85%) hamda investitsiyalarni jalb qilishga (80%) katta
ta’sir koʻrsatadi. Bu esa mamlakatimizning eksportini oshiradi. Raqobatbardoshlik
(75%) hamda sanoat diversifikatsiyasi (75%) ham oshadi. Bu koʻtarilish ishlab
chiqaruvchilarni xalqaro talab va standartlarga moslashishiga undaydi. Tijorat
sektorning modernizatsiyasi (70%) ham Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo boʻlishning
muhim matijalaridan biri hisoblanadi. Bu transport va elektron tijoratni rivojlantiradi.
Mehnat bozori rivojlanishi (68%) va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-
quvvatlash (65%) orqali yangi ish oʻrinlari paydo boʻladi. Bu natijalarning hammasi
shuni koʻrsatadiki, Jahon Savdo Tashkilotiga qoʻshilish Oʻzbekiston iqtisodiyotining
barqaror rivojlanishiga yordam beradi.
SWOT
tahliliga ko‘ra, jahon savdo tashkiloti dunyo iqtisodiyotida juda ham
muhim rol oʻynaydi. Bu tashkilotning uchta asosiy tamoyili mavjud. Bular: xalqaro
savdoni erkinlashtirish, savdo bitimlarini oshkora qilish, mamlakatlararo raqobatni
qo`llab-quvvatlash. Bu tashkilot 1947- yildagi GATT
4
bitimi asosida tashkil topgan
hisoblanadi. Jahon Savdo Tashkiloti hozirda 164 ta mamlakatni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari dunyo yalpi ichki mahsulotining 95%ini tashkil etadi.
5
S:
Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga aʻzo boʻlishining kuchli ya’ni ijobiy
tomonlari shundan iboratki
, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilaydi,
tovarlar almashishini koʻpaytiradi va tashqi raqobatni kuchaytiradi. Bu tashkilot
shuningdek, Oʻzbekistonning bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini tezlashtiradi.
6
W:
Bu tashkilotga a’zo boʻlishning kuchli tomonlari bilan birga kuchsiz ya’ni salbiy
tomonlari ham bor.
Bular: Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo boʻlish, O‘zbekistonni
dunyo miqyosidagi iqtisodiy o‘zgarishlar va savdo zarbalariga yanada ko‘proq ta’sir
4
https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/gatt47_e.htm
5
Jahon Savdo Tashkiloti
https://daryo.uz/2023/12/18/jahon-savdo-tashkilotiga-azo-bolsak-monopolistlarni-yoq-
qilishimiz-mumkin-iqtisodiy-tahlilchi
6
O
ʻ
zbekistonning bozor iqtisodiyoti
https://aniq.uz/uz/yangiliklar/jahon-savdo-tashkiloti-jst-ga-azo-bulish-uzbekiston-
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
22
2181-3187
qiladigan holatga keltirishi mumkin. Bu iqtisodiyotimizni beqarorlashtirishi va tashqi
omillarga sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Jahon Savdo Tashkilotining asosiy maqsadi shuki,
savdo va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Ammo bu resurslardan ko‘proq
foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazishi va ish joylarining kamayishiga olib kelishi
mumkin. Shu bilan birga, daromadlar tengsizlikni oshirishi mumkin.
7
O:
Jahon Savdo
Tashkilotiga a’zolik Oʻzbekiston uchun bir necha imkoniyatlar yaratadi.
Ya’ni
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlarini xorijdan import qilingan mahsulotlar
bilan raqobatlashishini yaxshilaydi. Bundan tashqari eksportning oshishi tufayli yangi
ishlab chiqarish tarmoqlari va kompaniyalar paydo boʻladi. Bu esa yangi ish oʻrinlarini
yaratdi va ishsizlikni kamayishiga olib keladi.
T:
Bu tashkilotga qoʻshilishning oʻziga
xos muammolari ham bor
. Bular: kadrlar va resurslar yetishmasligi, raqobat va
majburiyatlar, iqtisodiy muammolar. Iqtisodiy muammolar qoʻshilish jarayoni,
hukumat va xususiy sektor uchun yangi muammolarni yuzaga keltiradi. Masalan:
ishlab chiqarish jarayonlari va savdo bilan bogʻliq yangi talablarga javob berish kerak
boʻladi. Bu muammolarning hammasi Jahon Savdo Tashkilotiga qoʻshilish
jarayonining murakkab va katta talablar bilan bogʻliq ekanligini ta’kidlab oʻtadi.
8
PESTEL
tahliliga ko‘ra,
Oʻzbekistonning jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish
yoʻlidagi iqtisodiyot rolining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, ekologik va
huquqiy jihatdan koʻrib chiqib, tahlil qilsak.
Siyosiy:
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo`lish Oʻzbekistonning xalqaro savdo tizimiga
integratsiyasini kuchaytiradi. Bu esa mamlakatning xalqaro maydondagi siyosiy
nufuzini oshiradi. Ammo bu jarayon milliy qonunchilik va siyosatning Jahon Savdo
Tashkiloti talablariga moslashtirilishini talab qiladi.
Iqtisodiy:
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik savdo xarajatlarini kamaytiradi va iqtisodiy oʻsishni
ragʻbatlantirishi mumkin. Bu jarayon Oʻzbekiston iqtisodiyotining 0,5%ga oʻsishiga
olib kelishi mumkin. Biroq ta’riflarning pasaytirilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga
7
https://ojs.nordicun.uz/index.php/nordic/article/view/457/243
8
Jahon Savdo Tashkilotiga qo
ʻ
shilishi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
23
2181-3187
raqobat bosimini oshirishi mumkin.
9
Ijtimoiy:
Jahon Savdo
Tashkilotiga qoʻshilish orqali iqtisodiy oʻsish va bandlik darajasining oshishi
kutilmoqda. Bu esa aholi farovonligiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Ammo ba’zi
tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qisqa muddatli yoʻqotishlar ishsizlikning
oshishiga olib keladi. Bu jarayon esa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin.
10
Texnologik:
Jahon Savdo
Tashkilotiga a’zolik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali texnologik rivojlanishni
tezlashtiradi. Bu esa mahalliy korxonalarning texnologik yangilanishiga va
innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.
Ekologik:
Jahon Savdo Tashqi
standartlariga moslashish ekologik me’yorlarga rioya qilishni talab qiladi. Bu esa
O‘zbekistonda
ekologik
barqarorlikni
ta’minlashga
yordam
beradi.
Huquqiy:
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish milliy qonunchilikning xalqaro savdo
qoidalariga
moslashtirilishi
talab
etiladi.
Bu
esa
huquqiy
tizimning
takomillashtirilishiga olib keladi. Ammo bu jarayon murakkab va vaqt talab qiladi.
O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi iqtisodiyotga ko‘p qirrali
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
11
3-jadval. SWOT va PESTEL tahlili
12
9
Siyosiy tahlil
https://uz24.uz/uz/articles/jst-10-19?utm_
10
Ijtimoiy muammolar
https://www.spot.uz/oz/2023/12/06/wto-perspectives/?utm_
11
Huquqiy tomonlama
https://uz24.uz/uz/articles/jst-10-19?utm_
12
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
24
2181-3187
Izoh:
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi ijobiy jihatlari ya’ni kuchli tomonlar
va imkoniyatlar 80-85% ni tashkil etsa, salbiy tomonlari ya’ni zaiflik va tahdidlar 65-
75% deb baholanishi mumkin. JSTga a’zo bo‘lishning eng katta ta’siri iqtisodiy
jihatdan bo‘ladi (85%), chunki savdo hajmi, investitsiyalar va raqobatga ta’siri katta.
Siyosiy va huquqiy omillar ham sezilarli rol o‘ynaydi (65-75% dan). Ijtimoiy, ekologik
va texnologik jihatlar esa o‘rtacha ta’sirga ega.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, O‘zbekistonning Jahon Savdo
Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga kasb
etadi. Yaʻni uning global savdo tizimiga integratsiyasini ta’minlaydi. Bu jarayon esa
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi ya’ni iqtisodiyotimiz 85% oʻsadi, eksport hajmini
oshiradi, yangi bozorlarga kirish imkoniyatini yaratadi, raqobatni kuchaytiradi va
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni osonlashtiradi. Maqolada aytilganidek, bu haqida
tadqiqotchilar ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan. Shu bilan birga, Jahon Savdo
Tashkilotiga a’zo boʻlishga tayyorlashda bir qator muhim omillar borligini ham
ta’kidlab oʻtadi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu jarayon savdoni erkinlashtiradi.
Bunday imkoniyatlar O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratishga, ish
o‘rinlarini oshirishga yordam beradi. Buning natijasida esa ishsizlik boʻlish ehtimoli
kamayadi. Biroq maqolada aytilganidek, bu jarayonning ham oʻziga yarasha salbiy
tomonlari ham mavjud. Ya’ni raqobatlar kuchayadi va iqtisodiy beqarorliklar vujudga
keladi. Lekin bunday qiyinchiliklarni va salbiy ta’sirlarni minimallashtirish uchun
zarur choralarni ko‘rish lozim. Bulardan tashqari Oʻzbekistonning jahon savdo
tashkilotiga a’zo boʻlish yoʻlidagi iqtisodiyot rolining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
texnologik, ekologik va huquqiy jihatlari ham koʻrib chiqilgan va alohida toʻxtalib
tahlil qilingan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
25
2181-3187
Foydalanilgan adabiyotlar:
Elektron manbalar:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
https://www.wto.org
8.
9.
10.
11.
https://uzbwto.uz
12.
13.
14.
15.
