ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
123
2181-3187
“O‘TKAN KUNLAR” ROMANINING MORFOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Sadullayeva Sevara Ortiqboy qizi,
Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi magistranti,
Qoraqalpoq davlat universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Abdulla
Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tilidagi morfologik xususiyatlar atroflicha
tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar:
kelishiklar tizimi, yasama so‘z, sifatdosh, ravishdosh
qo‘shimchalari.
Bugungi kunda Abdulla Qodiriy hayoti va uning boy ilmiy merosini
o‘rganib, uni tahlil qilayotgan ilm ahllari juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan,
M.Qo‘shjonov “Qodiriy - erksizlik qurboni”, U.Normatov “Qodiriy bog‘i”,
S.Mirvaliyev “Abdulla Qodiriy” kabi maqolalari bugungi kunimiz uchun juda
qimmatli manba hisoblanadi. Undan tashqari, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid
ayrim maqolalarda, Qodiriyshunos olimlar yozgan maxsus risola va monografiyalarda
birinchi marta “O‘tkan kunlar” romanidan parchalar 1922- yil “Inqilob” jurnalida
bosilgani qayd etiladi. Shu o‘rinda tarixiy roman yonidagi bitta so‘z uch xilda
akslangani aytilgan: “O‘zbeklar hayotidan tarixiy ro‘mon”, “O‘zbeklar tirikchiligidan
tarixiy ro‘mon”, “O‘zbeklar turmushidan tarixiy ro‘mon”.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tilshunoslikda ham ma’lum
darajada o‘rganilgan. Biz mazkur maqolada roman tilidagi morfologik vositalarni
tadqiq qilishga harakat qilamiz.
“O‘tkan kunlar” romanida kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va boshqa
grammatik qo‘shimchalarning qisqarishi yoki boshqacha ko‘rinishda ifodalanishlari
mavjud. Misol tariqasida asarning boshlanishidagi “Otabek Yusufbek Hoji O‘g‘li”
bobida 1264-yil hijriy dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh
botkan
, tevarakdan shom azoni
eshitiladir
. Boshlanmasida ham botkan so‘zida -
gan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
124
2181-3187
sifatdoshining -
kan
shakilda ifodalangani, eshtiladir so‘zida -
di
zamon qo‘shimchasini
-
dir
shaklida uchratamiz.Yana ayrim so‘zlarda sifatdoshning -
g‘an
shaklini
ifodalanishini ko‘ramiz.
Roman matnida kelishik shakllarining qo‘llanishida muallif idiostiliga xos jihatlar
ko‘zga tashlanadi. Jumladan, adib ko‘p hollarda tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish
kelishigi qo‘shimchasini qo‘llaganligi kuzatiladi. Masalan: Toshkand aholisi kimdan
ko‘mak
so‘rashg‘a
ham bilmaydir. Shuningdek, romanlar matnida jo‘nalish kelishigi
qo‘shimchasi o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida qo‘llangan holatlar kuzatiladi.
Adib ba’zan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini egalik qo‘shimchasi o‘rnida qo‘llaydi:
Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la... yigit.
Shuningdek, roman matnida jo‘nalish, tushum kelishiklarining belgisiz
qo‘llangan holatlari uchraydi:
– Men sizning Marg‘ilon kelganingizni bu kun otamdan
eshitdim. Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin?
A.Qodiriy romanlari matnida qaratqich kelishigining -
im
shaklida qo‘llanishi
ham adib uslubining o‘ziga xosligini ko‘rsatib turadi:
Agarda xon ko‘tarish manim
qo‘limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim. Manim bo‘lsa bir tiyin pulim
yo‘q. A.Qodiriy o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini jo‘nalish kelishigi o‘rnida
qo‘llashi orqali ham o‘ziga xos uslub yarata olganligi kuzatiladi: So‘zingizning
to‘g‘rilig‘ida shubha yo‘q, – dedi, – ammo shuni ham qo‘shmoq kerakki, oladirg‘on
xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida er ham xoting‘a muvofiquttab bo‘lsin.
Bundan tashqari, asarda -
ga
jo‘nalish kelishigi -
g‘a, -qa
shakllarida ham qo‘llanilgan.
Misollar tahlilidan anglashiladiki, yozuvchi badiiy matn yaratishda o‘zbek tili
kelishiklaridan foydalanar ekan, o‘ziga xos uslubni yarata olgan.
O‘rganilayotgan roman matnidan so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi
qo‘shmchalardagi o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq misolarni ham ko‘plab keltirish
mumkin. Masalan:
Kunduzgiga qaraganda saroy jonliq.
Misoldagi
jonliq
sozida esa -
li so‘z yasovchi qo‘shimchaning eskicha ko‘rinishi -liq qo‘llanilgan. Bundan tashqari,
roman qahramonlarining portretini tasvirlayotgan paytda yozuvchi -
li
qo‘shimchasini
yuqoridagi holatda ifodalaydi.
Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
125
2181-3187
kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit.
Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik
edi kabi.
Romanning ayrim o‘rinlarida –
gan
sifatdosh
qoshimchasining –
kan, - g‘an
shakllarida fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanishini kuzatamiz:
Bu ikki kishining bittasi
gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol- murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq
bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otliq
o‘g‘lidir, ikkinchisi: uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol,
o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand
bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «Homid xotinboz»
deb shuhratlangan, kishilar Homid orqasidan so‘zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an
laqabni qo‘shib aytmasalar, yolg‘iz «Homidboy» deyish ila uni tanita olmaydirlar.
Qandog‘dir bir xayol ichida o‘lturg‘uchi bu yigit Toshkandning mashhur
a’yonlaridan bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li - Otabek.
Bu o‘rinda -
gan
ravishdoshi
-
g‘an
shaklida ishlatilgan.
Roman tilida
-moq
harakat nomi shaklining -
mak
shaklida qo‘llanilishi ham
kuzatiladi:
Toshkand ahvolotini so‘zlashmakka mushtoqdirlar. Bu saroydan
sizlarnikiga ko‘chishim og‘ir, - dedi Otabek, ammo otangizning ziyoratlariga
borishg‘a har qachon hozirman.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”
romani - bu tuganmas bir xazina. Uni lisoniy jihatdan, xususan, morfologik
xususiyatlarini tahlil qilish orqali biz yozuvchi yashagan davr tili haqida ma’lum
tasavvurga ega bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Normatov U. Qodiriy - erksizlik qurboni. – Toshkent, 1992.
2.
Жалалова Л. Абдулла Қодирийнинг “Ўткан кунлар” романининг
лингвистик тадқиқи. – Т., 2010.
3.
Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Т.: Фан. 2008.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
126
2181-3187
4.
Содиқова М. Сифат. Ўзбек тили грамматикаси // 2-жилдлик, 1-жилд. – Т.:
Фан, 1976.
5.
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили.
3- қайта ишланган ва тўлдирилган нашри ‒ Т.: Ўзбекистон, 1992.
6.
Қодирий А. Ўткан кунлар. – Т.: Navro‘z, 2019.
