Авторы

  • X.O.Qosimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125471

Ключевые слова:

O`zbekiston Prezident qarori qishloq xo`jaligi issiqxona zararli omillar.

Аннотация

O’zbekiston Respublikasi aholisini yil davomida ho’l mevalar bilan ta’minlash, bozorlarning mo’l-ko’lligini ta’minlash va mamlakatimizning eksport salohiyatini kuchaytirish maqsadida issiqxona sharoitida sabzavotlar etishtirish avj oldirilmoqda. Bunday agrotexnik usulda sabzavotlar etishtirish shaxsan Respublikamiz Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ 2903 qarori asosida tubdan yaxshilandi [7,8,9]. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

161

2181-3187

УДК 613.2.614.31:833

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARNI YOPIQ USULDA (

ISSIQXONALARDA )

YETISHTIRISHNING GIGIYENIK ASOSLARI

X.O.Qosimov

Buxoro davlat tibbiyot institute

kasimov.xayriddin@bsmi.uz

Rezyumi:O

’zbekiston Respublikasi aholisini yil davomida ho’l mevalar bilan

ta’minlash, bozorlarning mo’l-ko’lligini ta’minlash va mamlakatimizning eksport

salohiyatini kuchaytirish maqsadida issiqxona sharoitida sabzavotlar etishtirish avj

oldirilmoqda. Bunday agrotexnik usulda sabzavotlar etishtirish shaxsan Respublikamiz

Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ 2903 qarori asosida tubdan yaxshilandi [7,8,9].

Ushbu ilmiy maqolada issiqxona sharoitida ishlaydigan ishchi xizmatchilarning

mehnat sharoitiga gigienik jihatdan baho berish, zararli omillarni aniqlash va ishchilar

mehnat sharoitini sog`lomlashtirish ifodalangan.

Kalit so`zlar:

O`zbekiston, Prezident qarori, qishloq xo`jaligi, issiqxona, zararli

omillar.

Tekshirish usullari:

Gigienik, kimyoviy, fizikaviy, statistik.

Ilmiy ishning maqsadi: Issiqxona sharoitida ishlaydigan mehnatkashlarning ish

sharoitini gigienik baholash va ulardan ishchi xizmatchilarning sog`ligini muhofaza

qilishdan iborat.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

162

2181-3187

Issiqxona sharoitida sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo’jaliklar,

shaxsiy tomorqa egalarining soni kundan kunga ko’paymoqda. Issiqxonalar

qurilayotgan maydonlarning kengayishi o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi

va katta gigiyenik ahamiyatga ega. Respublikamizda katta maydonlarda issiqxona

sharoitida sabzavotlar etishtiradigan fermer xo’jaliklar va ularda 200dan ortiq kishi

mehnat qiladigan fermer xo’jaliklar soni 500 dan ortib ketdi va bu jarayon hanuz

davom etmoqda. Meva, sabzavotlar va ularning ko’chatlari maxsus qurilgan

kultivastion inshoatlarda – issiqxonalarda etishtiriladi [1,2,3]. Ishlatish muddatiga

qarab issiqxonalar bahor-yozgi va qishki, yil davomida faoliyat ko’rsatadiganlari

farqlanadi. Issiqxonalarni yopish uchun shisha, sintetik plenka, yorug’lik o’tkazuvchi

polimyer materiallar qo’llaniladi. Yirik issiqxona xo’jaliklarida ko’proq shisha bilan

o’ralgan markazlashgan holda suv bilan isitish texnologiyasi kirib kelmoqda [7].

Issiqxona sharoitida sabzovotlar (tomat, bodring, karam va h.k) yetishtirish

agrotexnikasi quyidagi ketma-ket bajariluvchi bosqichlardan iborat: kultivastion

inshootlarni tayyorlash, hosildor tuproq kiritish, yerni ekishga tayyorlash, o’g’it

kiritish, ko’chatlarni ekish yoki o’tqazish, ko’chatlarni ishkomlarga bog’lash,

ko’chatlarni oziqlantirish, sug’orish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kimyoviy

yoki biologik ishlov berish, tayyor mahsulotlarni yig’ib olish, o’simliklar qoldiqlarini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

163

2181-3187

yig’ishtirish, tuproqni zararsizlantirish. Issiqxonalarda barcha agrotexnik tadbirlar

qo’lda bajariladi (tuproqni yoyish, tekislash, yerni tayyorlash, ko’chat ekish yoki

o’tkazish, ko’chatlarni oziqlantirish, hosilni yig’ish). Ammo, ayrim issiqxonalarda

sabzavot etishtirishda mexanizastiyalashgan va avtomatlashgan texnologiyalar kirib

kelmoqda. Issiqxonalarda agrotexnik texnologiyalar qanchalik avtomatlashmasin va

mexanizastiyalashmasin (mikroiqlimni boshqarish, bargidan va ildizidan oziqlantirish,

sug’orish va h.k) bu inshootlarda ishlaydigan ishchilar mehnati og’irligicha qolmoqda

[4,5]. Issiqxonalarda 1 gektar yerga ishlov berish uchun 12-18 odam 1 kun sarf etilsa,

dala sharoitida 126 odam 1 kun sarflanadi [6]. Keyingi yillarda issiqxonalarda

sabzavotlar etishtirishning gidroponik usuli keng avj olmoqda.Ushbu usulning

mazmuni shundan iboratki, ko’chatlar yerda emas, bevosita oziqa muhitiga (tuproq,

shag’al, kyeramzit to’ldirilgan tuvak) o’tkaziladi. Mazkur usulda ham sabzavot

etishtirish agrotexnikasi barcha bosqichlari bajariladi. Bundan tashqari, har yili ko’chat

ekish uchun tuproqni tayyorlashga ehtiyoj qolmaydi.

Issiqxonalarda sabzovot etishtirish agrotexnikasi inshootning tuprog’ini

almashtirishdan boshlanadi. Ushbu jarayon butkul qo’lda bajariladi (5 ta issiqxonada

kuzatuv olib borildi). Bunda ishchilarning bel, oyoq, elkalarning mushaklariga katta

jismoniy bosim ta’sir etadi. Shuningdek, agrotexnik jarayonning keyingi bosqichi

ko’chatlarni ekish yoki o’tkazishdan iborat.Bunda ishchilarning gavdasi majburiy

holatda bo’lib, bel, elka, bo’yin, oyoq, qo’l mushaklari og’ir bosim sharoitida faoliyat

ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, issiqxonalarni isitish va boshqa

texnologiyalari hamda tashqi havoning harorati (yoz oylarida) bilan bog’liq (1-jadval).

1-jadval

Issiqxonalarning mikroiqlim sharoitining tasnifi (X. O. Qosimov 2020)


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

164

2181-3187

Yilning mavsumi

Harorat, gradus

Namlik, %

Yoz (iyun-avgust)

Qish (dekabr-fevral)

45-48

35-37

60-70

70-90

Yuqoridagi jadvaldagi raqamlardan ko’rinib turibdiki,issiqxonalarda ishchilar

organizmiga ta’sir etuvchi omillar yuqori temperatura va namlik hisoblanadi.

Markazlashgan holda havo byeruvchi va so’rib oluvchi ventilyastiya uskunasi o’rnatish

maqsadga muvofiqdir. Dyerazalar orqali havo almashinuvi yozning issiq kunlarida

samara byermaydi. Issiqxonalarni isitish uchun gaz yoki ko’mir yoqilg’isi ishlatilishi

ishchi o’rinlarida ayrim kimyoviy moddalar darajasini ko’payishiga olib keldi (2-

jadval).

2-jadval

Issiqxonalar havosida ayrim kimyoviy moddalarning tasnifi

(X. O. Qosimov 2020)

Tekshirilgan

vaqt, soat

Kimyoviy moddalar, mg/m3

Uglyerod

oksidi

Azot oksidi

formaldegid

8. 00

24,2-35,9

10,9-29,3

0,8-0,9

12.00

24,1-28,8

9,7-22,4

0,7-0,8

19.00

25,6-38,4

14,1-31,0

0,7-0,9

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, uglyerod oksidi, azotoksidi,

formaldegidning konstentrastiyasi yertalab 8.00 va kechqurun 19.00da soat 12.00ga

qaraganda yuqoriligi qayd etildi. Chunki, yertalab va kechqurun havo haroratining

nisbatan pastligi natijasida isitish tizimi ishlaydi. Issiqxonalarda sabzavot mahsulotlari

etishtirish agrotexnikasi va texnologiyasining jadalligi, inshoatdagi mikroiqlim


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

165

2181-3187

sharoiti, o’simliklarning zararkunandalari va kasalliklarining paydo bo’lishiga

imkoniyat yaratadi [1,2].

Bunday zararkunandalarga qarshi kurashishda turli xildagi pestistidlar ishlatiladi

(Bi-58, Stineb, treflan, neoran, xlor – IFKva h.k). O’simliklarga kimyoviy ishlov berish

zararkunanda va kasallikning paydo bo’lishidan boshlanib, har 7-10 kunda takrorlanadi

[6].

O’simliklarni himoya qilish vositalarini issiqxonalar sharoitida ishlatishning

o’ziga xos xususiyatlari mavjud[3,4]:

a) pestistidlarning yopiq va issiq temperatura sharoitida 3-5 oy davomida bahor-

yoz oylarida, 6-7 oy qish faslida ishlatilishi;

b) kimyoviy ishlov berishda bir necha turdagi insektistidlar va fungistidlar

ishlatilishi;

v)

issiqxonaning

har

tomonlama

yopiqligi,

havo

almashinuvining

chegaralanganligi sababli kimyoviy preparatlarning havoda aylanib yurishi va

inshoatlar devorlarida saqlanib qolishi;

g) ishchilar kiyim boshlari va tanasining pestistidlar bilan ifloslanish darajasining

yuqoriligi.

Issiqxona sharoitida ishlatiladigan pestistidlarning miqdori va ishlatish karrasi

dala sharoitida ishlatishdan yuqoridir.Shu sababli issiqxonalar havosi va sabzavot

mahsulotlarining pestistidlar bilan ifloslanish xavfi yuqoridir. Tkach A.I va

hammualliflarning tekshirishlari shuni ko’rsatdiki, pestistidlar bilan bevosita

sabzavotlar ishlov byerilganda 1,5-2,0 soatdan keyin issiqxona havosida ularning

konstentrastiyasining ruxsat etilgan me’yordan 2,1-18 barobar yuqoriligi qayd etilgan.

Viloyatning 5ta issiqxonasidan 125 ta namuna havo tekshirildi. Aniqlandiki,

kimyoviy ishlov berishdan 1,5 soat keyin havoning 125 namunasida pestistidlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

166

2181-3187

me’yordan 1,1-1,5 barobar yuqoriligi aniqlandi. Oradan 4 soatdan keyin 72 namunada,

6 soadan keyin 18 namunada pestistidlar aniqlandi, 8 soatdan keyin tekshirilgan 125ta

havoda pestistidlar aniqlanmadi. Demak, issiqxonalarda pestistidlar bilan ishlov

byerilgandan keyin 8 soatdan so’ng ishchilarni inshoatlarga kirishi va agrotexnik

tadbirlarni bajarishiga ruxsat byeriladi. Shuni xulosa qilish mumkinki, yopiq usulda

sabzavot etishtirish jarayonida pestistidlar bilan zaxarlanish xavfi ortadi (ayniqsa nafas

va tyeri orqali). Shuning uchun issiqxona sharoitida ishlatish mumkin bo’lgan

pestistidlarni tanlash,ularni maxsus sharoitida (issiqxona sharoitida) ishlatishda

xavfsizlik choralariga rioya qilish,hamda ayniqsa issiqxona sharoitida kam uchuvchan

va tez parchalanadigan ximikatlarni sintez qilish maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida qayd etganimizdek, polietilen plyonka bilan isitiladigan issiqxonalar

havosida uglyerod oksidining miqdori belgilangan me’yordan juda yuqoridir(6-

jadval). Bu holat butun isitish mavsumida (bahor, kuz,kish mavsumlarida) davom

etadi. Issiqxonalar ishchilari bilan olib borilgan suxbatda (38 ishchi) ularning barchasi

ish oxirida o’zini charchagandek, bo’shashgandek his etishi,bosh og’rig’i,bosh

aylanishi, mushaklarda engil og’rik,hattoki engil ko’ngil aynishidan shikoyat

qildilar.Tiunov L.A., Kustov V.V. (1998) olib borilgan tekshirishlari issiqxonada

ishlaydigan ishchilarning kuz analizatorlar funkstiyasining pasayganligi va ularda

uglyerodoksidi bilan zaharlanish belgilari paydo bo’lganini aniqladi. Zolotnikov

G.P.va hammualliflar(2002) tekshirishlarida issiqxona sharoitida ishlaydigan

ishchilarga shamollash, allyergik kasalliklar – bronxial astma, revmatizm, radiqo’lit,

miozit, nevrit kasalliklari xos ekanligini isbotladi. Hozirgi zamon issiqxonalarida

tuproq aralashmalari, organiko’g’itlar va bioisitgichlar keng miqyosda ishlatilmokda.

Bu

o’z

navbatida

ishlovchilarning

qo’llari,

kiyimlari

bakteriyalar

ayniqsa,gelmentlarning tuxumlari (ko’proq askarida, vlasoglav) bilan ifloslanishi

mumkin. Ostrofest G.V. (1998)ning olib borgan izlanishlari shuni ko’rsatdiki,84%

tekshirilgan ishchilarning qo’lidan olingan surtmalarda ichak tayoqchasi, 16%da

gelment tashuvchanlik aniqlangan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

167

2181-3187

Issiqxonalarda ishlaydigan ishchilar mehnat jarayonlarini (ko’chat o’tqazish,

ko’chatlarni ishkomlarga bog’lash, o’simliklarni parvarishlash) xronometraj qilish

natijasida kuyidagilar aniqlandi: issiqxonalarda ko’chat o’tqazish ish vaqtining 49,8-

51,9%, ko’chatlarni ishkomlarga bog’lash 10-15%ni, ko’chatlarni parvarishlash 45-

49%ni tashkil etdi. Yuqorida izoh etilgan fikrlar, organizmda qayd etilgan fiziologik

o’zgarishlar ish jarayonining og’irlik va jadallik darajasiga,ayniqsa issiqxonada

sabzavot etishtiruvchi ishchilarning ko’chat o’tqazish, ko’chatlarni ishkomlarga

bog’lash, ko’chatlarni ozuqalash, minyeral o’g’itlar berish, tuproq aralashmalarini

tayyorlash, hosilni yigib olish bilan bog’liq ko’tarish-tushirishdagi faoliyatini og’ir va

jadal ishlarning turiga kiritish mumkin.

Yuqorida keltirilgan ilmiy taxlillar asosida xulosa qilish mumkinki, issiqxona

sharoitida sabzavot etishtiruvchi ishchilar organizmiga ishlab chiqarishning kopleks

noqo’lay omillari va mehnat jarayonlari ta’sir etadi(noqo’lay temperatura,namlik,

kimyoviy moddalar uglyerod oksidi, azot oksidi, formaldegid, pestistidlar, minyeral

o’g’itlar) organik va bioo’g’itlardan, bakteriyalar,gelmentlar,shuningdek mehnat

jarayoni organizmda qayd etiladigan fiziologik uzgarishlar asosida yopiq usulda

sabzavot etishtiruvchilar mehnati og’ir va jadal mehnat turiga kiritiladi [2,3]. Issiqxona

sharoitida sabzavot etishtiruvchilar mehnat sharoitini yaxshilash va soglomlashtirish,

tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

- hozirgi zamon talabi asosida issiqxonalar qurilishini takomillashtirish,

inshootlarda barcha agrotexnik va texnologik jarayonlarni avtomatlashgan,

mexanizastiyalashgan usulda boshqarish;

- issiqxonalarda temperatura, namlik darajalarini muvofiqlashtirish maqsadida

ularni avtomatik tarzda shamollatish, shiftini qoraytirilgan matyerial bilan byerkitish

(yoz oylarida);

- ko’chatlarni sug’orish va oziqlantirishni batamom markazlashgan,

mexanizastiyalashgan holda tashkil etish;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

168

2181-3187

-

Zararkunandalar

va

kasalliklarga

qarshi

ishlatiladigan

pestistidlar

avtomatlashgan va markazlashgan holda tashkil etish. Kimyoviy ishlov berishdan 8

kun keyin ishchilarni issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishiga ruxsat

berish;

- Issiqxonalar havosini va etishtirilgan mahsulotlarni ximikatlar(pestistidlar) bilan

ifloslanishining oldini olish maqsadida pestistidlardan voz kechish, zararkunanda va

kasalliklarga qarshi kurashishda biologik usulni keng joriy qilish;

- Ishchilarni maxsus kiyim bosh va himoya vositalari bilan ta’minlash;

-Yopiq usulda (issiqxona ) sabzavot etishtirishda ish va dam olishning ilg’or

usulini joriy etish;

Issiqxona ishchilarini yiliga bir maratoba bepul chuqurlashtirilgan tibbiy

ko’rikdan o’tkazish lozim.

Yuqorida nomlari keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish issiqxona ishchilarining

sog’ligini muxofaza qilish va ekologik toza mahsulotlar etishtirishning asosiy omili

hisoblanadi.

ADABIYOTLAR

1.Белоножко Г.А., Зорьева Т.Д., Гигиенические аспекты применения пестицидов

в закрытом грунте,-Гиг и сан .2000, №1 с 74-76

2. Бегляров Г.А Биологичкийметод борьби с вредительями овощных культур в

защищенном грунте._ В кн.: Защита овощных и бахчевых кулътур и картофеля

от вредителей, болезней и сорняков.М., 1978, с.52-64.

3.Балсунова И.Я.Особенности некоторых реакций сердечно-сосудистой системы

при различной труде в условиях сельскохозяйственного производства -Гиг.

труда, 1998, вып 14, с 68-74

4.Гвоздова Н.М. Функциональное состояние сердечно-сосудистой системы у

механизаторов сельского хозяйства. -В кн.: Вопросы гигиены села. Саратов,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

169

2181-3187

2000, с 154-158

5.Гигиениеские

нормативы.Предельно-допустимые

концентрации(ПДК)

вредных веществ в воздухе рабочей зоны,’’СанПиН Руз№0294-11-125с

6.Гигиена труда в современном сельском хозяйстве под ред. Я.Б.Резника,

Кишенев, Шитинца 2008,105с

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 sentyabrdagi “Meva -

sabzavot, uzum va poliz maxsulotlari ekspotr qilishni rag‘batlantirishga doir

qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risi” dagi PQ 2603 -sonli qarori.

8.Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi sabzavot yetishtirishni

jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ 2903 qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi «Buxoro viloyatini

AGRO-ERKIN iqtisodiy zona deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi PK 38401sonli qarori.

Библиографические ссылки

Белоножко Г.А., Зорьева Т.Д., Гигиенические аспекты применения пестицидов

в закрытом грунте,-Гиг и сан .2000, №1 с 74-76

Бегляров Г.А Биологичкийметод борьби с вредительями овощных культур в

защищенном грунте._ В кн.: Защита овощных и бахчевых кулътур и картофеля

от вредителей, болезней и сорняков.М., 1978, с.52-64.

Балсунова И.Я.Особенности некоторых реакций сердечно-сосудистой системы

при различной труде в условиях сельскохозяйственного производства -Гиг.

труда, 1998, вып 14, с 68-74

Гвоздова Н.М. Функциональное состояние сердечно-сосудистой системы у

механизаторов сельского хозяйства. -В кн.: Вопросы гигиены села. Саратов, 2000, с 154-158

Гигиениеские

нормативы.Предельно-допустимые

концентрации(ПДК)

вредных веществ в воздухе рабочей зоны,’’СанПиН Руз№0294-11-125с

Гигиена труда в современном сельском хозяйстве под ред. Я.Б.Резника,

Кишенев, Шитинца 2008,105с

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 sentyabrdagi “Meva -

sabzavot, uzum va poliz maxsulotlari ekspotr qilishni rag‘batlantirishga doir

qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risi” dagi PQ 2603 -sonli qarori.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi sabzavot yetishtirishni

jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ 2903 qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi «Buxoro viloyatini

AGRO-ERKIN iqtisodiy zona deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi PK 38401sonli qarori.