ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
127
2181-3187
ANVAR OBIDJON SHE’RIYATIDA ANTONIMLARNING O‘RNI
Ozodbayeva Ruxsora
Urganch davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
: Ushbu maqolada Anvar Obidjon she’riyatida antonimlarning
qo‘llanish xususiyati o‘rganilgan. Badiiy asar tilida poetik individuallikni ta’minlash
uchun ijodkorlar barcha til birliklaridan unumli foydalanishadi. Xususan, antonimlar
shoir maqsadini ochib berishda asosiy vosita sanalishi ushbu maqolada o‘z aksini
topgan.
KALIT SO‘ZLAR
: antonimiya, antiteza, kontrast, konteksual antonimlar
.
Tilshunoslikda antonimlar nazariy jihatdan yetarlicha tadqiq qilingan.
Antonimiya – so‘z juftligida muayyan leksik ma’noning o‘zaro qarama-qarshi
bo‘lishidir. Ya’ni o‘zaro qarama-qarshi ma’noga ega so‘z juftligidagi antonim
deyiladi”¹.
Tilda antonim so‘zlarning mavjudligi, badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi,
ta’sirchanligini taminlashda qulay vositalardan biridir. Mumtoz she’riyatda ham bu
ko‘p qo‘llaniladigan vositalardan biri bo‘lib, u tazod deb yuritiladi. Yevropa
tilshunosligida bu san’at “antiteza’’deyiladi. Antiteza – badiiy asrda bir-biriga zid
ma’noli so‘zlarni yonma-yon qo‘llash, qarshilantirish san’atidir².
Shoir va yozuvchilar voqelikni, narsa va hodisalarning farqli tomonlarini
ko‘rsatishda, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib tasvirlashda kuchli stilistik vosita -
antonimlardan o‘rinli foydalanishadi. Bolalar shoiri Anvar Obidjon she’rlarida ham
antonimlar ko‘p qo‘llangan bo‘lib, ular xilma-xil ma’nolarni ifodalashga xizmat
qilgan. Shoir antonimlarni turli voqea-hodisa, shaxs yoki predmetlarning
xarakteristikasini berishda, lirik qahramonning ichki his-tuyg‘ularini, ziddiyatlarini
ifodalashda keng qo‘llagan.
Shoir
antonimlarni
turli
voqea-hodisa,
shaxs
yoki
predmetlarning
xarakteristikasini berishda, lirik qahramonning ichki his-tuyg‘ularini, ziddiyatlarini
ifodalashda keng qo‘llagan. So‘z turkumlari bo‘yicha antonimlar belgi bildirgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
128
2181-3187
so‘zlar doirasida, ayniqsa, sifat va ravishlar orasida ko‘p uchraydi: yaxshi-yomon ,
baland-past, tor-keng, qattiq-yumshoq, tez-sekin, oz-ko‘p kabilarni sanab o‘tadigan
bo‘lsak Anvar Obidjon she’rlarida ham aynan shunga o‘xshash misollarga duch
kelishimiz mumkin. Masalan, yangi-eski, rost-yolg‘on, katta-kichik, keng-tor va
hokazo...
U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”
darsligida antonimiyaning ikki xil turi ko‘rsatilgan:
1.Lug‘aviy antonimiya – lug‘aviy birliklarning o‘zaro antonim bo‘lishi: saxiy-
baxil, og‘ir-yengil kabi. 2.Grammatik antonimiya – grammatik birliklarning o‘zaro
antonim bo‘lishi. Bu juda kam uchraydi: -dan,-ga (uydan-uyga) kabi. Morfemalar
antonimiyasi, asosan, leksema yasovchilarga to‘g‘ri keladi: -li, -ba (-bo), -siz, -be, -no
kabi.
Lug‘aviy antonimlar o‘z ichida yana turlarga ajratiladi: leksik antonimiya,
frazeologik antonimiya, leksik-frazeologik antonimiya kabi.
Anvar Obidjon she’riyatida leksik antonimiya eng ko‘p qo‘llanilib, ijodkor
tun-
erta, boy-kambag‘al, tiriksiz-yo‘qsiz, jannat-do‘zax
kabi antonimlardan o‘z fikr va
g‘oyalarini ochishda unumli foydalana olgan:
Anvar Obidjon she’riyatida juda yorqin antonimlarni qo‘llaydi, bular tinglovchi
va kitobxonlarni o‘ziga jalb qilishga xizmat qiladi. Bunga misol qilib
“Qodiriyni
eslab
” she’rida berilgan parchaga nazar soladigan bo‘lsak:
Ruhingizga sig‘inganim choq,
His qilaman o‘zimni
ruhsiz
.
Do‘st
qalbida
tiriksiz
,
Biroq —
G‘anim
uchun olamda yo‘qsiz. Parchasidagi “tiriksiz-yo‘qsiz” so‘zlari va “do‘st-
g‘anim” so‘zlari o‘zaro antonimlikni hosil qilib kelgan.
“Men xudo emasman” she’rida ham aynan shu holat ko‘zga tashlanadi.
Men xudo emasman,
Menga baribir,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
129
2181-3187
Shart emas qarshimda bermog’ing javob.
O‘zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do‘zaxda chekyapman azob. Ushbu parchada “ jannat va do‘zax”
so‘zlari o‘zaro antonimlikni yuzaga keltirgan.
Shoir she’rlarida bunday antonimlar ko‘plab uchraydi. Masalan: “Xabar
sotuvchi” she’rida:
Yangi
gaplar sotaman,
Eski
gaplar ham.
Bolajonlar, keloqoling,
Qoldi juda kam .
Ushbu parchada “yangi va eski” so‘zlarida o‘zaro antonimlik ko‘zga tashlansa,
Surishtirmang narxini,
Arzondan arzon.
Xo‘rozqandga-
rost
xabar,
Pishloqqa-
yolg‘on
parchasida “rost va yolg‘on” so‘zlari o‘zaro antonimlikni yuzaga keltirgan.
“O‘rmonda ziyofat”
she’rida:
Sher oshxona ochibdi
O‘rmonda bugun,
Yovvoyi va xonaki
Hayvonlar uchun parchasida “yovvoyi va xonaki” so‘zi o‘zaro antonimiyani
hosil qilgan.
“G‘alamis qo‘shni” she’rida:
Katta-kichik
qo‘shnilar
Qilardi hurmat:
Qovog‘ari-eng
qari
,
Buzoqboshi-eng
yosh
.
Ushbu parchada
“katta-kichik”
va
“qari va yosh”
so‘zlari o‘zaro antonim bo‘lsa,
“Parvarda” she’rining
“Bilmasa ham yosh Bo‘ri
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
130
2181-3187
Dunyoning
keng-torligin,
Eshitgandi dunyoda-
Shirinliklar borligin.” parchasida esa “keng va tor” so‘zlari o‘zaro juftlashgan
holda antonimlikni hosil qilib kelganligini,
“Pista”
she‘rida berilgan ushbu parchada:
Jilmayganim
Jilmaygan
,
Kimga yoqar
Tumtaygan
? Ushbu misrada
“Jilmaygan va tumtaygan”
so‘zladi o‘zaro
antonimlikni yuzaga keltirilgan bo‘lib,
“Karam”
she’rida berilgan parchada ham
shoirning antonimlar qo‘llash mahorati yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu she‘rda
keltirilgan parchada
Ekilganman
Kech
kuzda.
Bahor
ham
Keldi tezda.
“kuz va bahor”
so‘zlari o‘zaro antonimlik hosil qilgan.
Shoir qalamiga mansub
“Yong‘oq”
she’rida berilgan parchada ham aynan
“
bahor va kuz”
so‘zlarini ham antonim sifatida olish mumkin.
Bahorda
To‘n bichaman,
Uni
Kuzda
yechaman
“
Abdulhamid Cho‘lponning tushimda o‘qigan she’ri”
she’rida berilgan
“Bu yurt – onam va u
tun-u ertalab
Qotilimga o‘chkor nigoh tashlaydi” parchasida ham
tun
va
erta
so‘zlari o‘zaro
antonim sifatida keltiradi.
Anvar Obidjon lirikasida she’rlari bilan bir qatorda muxammaslari ham mavjud
bo‘lib ularda ham antonimlardan foydalanish mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi.
“
Yovvoyi muxammaslar”
muxammasida ham antonimlardan samarali foydalangan.
Bunga misol tariqasida:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
131
2181-3187
“
Boyi
sotur shoxi ro‘mol, ishton-u ko‘ylak
Attorida surma, zira, sirg‘a-yu oynak,
Kambag‘ali
munda turur sotgali to‘ngak,
To‘ngak osha o‘tdi kuchuk- og‘zida so‘ngak,
Qassob oni keldi quvib, ushladi shavvoz” parchasini oladigan bo‘lsak, bunda
“
boy va kambag‘al”
so‘zlari antonim bo‘lib kelgan.
Shoir voqelikni bir- biriga qarama-qarshi qo‘yib tasvirlashda leksik
antonimlardan unumli foydalanib o‘ziga xos individual obrazlar yaratgan. Ba’zan
inson xarakterini, intim tuyg‘ularini ifodalashda ham antonimlardan foydalangan:
Ruhingizga sig‘inganim choq,
His qilaman o‘zimni ruhsiz.
Do‘st
qalbida tiriksiz,
Biroq —
G‘anim
uchun olamda yo‘qsiz.
Parchada
“do‘st va g‘anim”
so‘zlari antonim sifatida gavdalangan
.
Anvar Obidjon she’riyatida konteksual antonimlar ham keng qo‘llangan.
U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”
darsligida kontekstual antonimlar haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Leksik ma’no
bilan leksik qo‘llash orasidagi antonimlik munosabat konteksual antonimiya deb
nomlanadi. Bunday antonimiya har gal nutqning o‘zida voqe bo‘ladi, nutqdan
tashqarida yo‘qqa chiqadi, ko‘pincha individual nutqqa xos bo‘ladi”.
Shoir she’riyatida ham bolalarga xos o‘yinqaroqlik, shiddat va shijoat kontekstual
antonimlar orqali ochib berilgan. Bu turdagi antonimlar shoir qalami ostida bolalarga
xos sho‘xlik qanchalar totli saodat ekanligini haqqoniy aks ettirishga xizmat qiladi.
Bunga misol tariqasida “
Mosh”
she’rini oladigan bo‘lsak:
Men haqiqiy
Moshdirman.
Gohi
toshman
,
Gohi
osh
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–3_ Мая –2025
132
2181-3187
“Panada turib”
she’rida berilgan parchaga nazar soladigan bo‘lsak
Musht do‘layib
Chigirtka
,
Do‘q urardi
Burgutga
:
Berilgan parchalarda
“tosh va osh”, “chigirtka-burgut”
so‘zlari kontekstual
antonimlikning yaqqol namunasi qilib keltirgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, shoir o‘z maqsadlarini ochib berishda, his-
tuyg‘ularini ifodalashda antonimlardan mohirona foydalana olgan. Bolalar uchun
qiziqarli va tushunarli qilish maqsadida shoir o‘z she’rlarini sodda va ravon tilda, aniq,
qisqa va lo‘nda shaklda yaratibgina qolmasdan, qiziqarli tarzda yosh kitobxonga
yetkazishga ham harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Mirtojiyev M . Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2004.
2. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning linvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent: Fan,
2006.
3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy til. – Toshkent: Universitet, 2006.
4. Anvar Obidjon. O‘g‘irlangan pahlavon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2015.
5.Anvar Obidjon. Qorinbotir. – Toshkent: Cho‘lpon, 2011.
Web-saytlar:
1.
https://www.ziyouz.com/kutubxona
2.
https://tafakkur.net/
