Авторы

  • Axadbek MAMATOV
  • Ayman Othman Abdel Alim Mohamed

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125484

Ключевые слова:

Movarounnahr IX–XII asrlar ilm-fan madaniyat islom tsivilizatsiyasi allomalar kutubxona madrasalar.

Аннотация

IX–XII asrlar davomida Movarounnahr mintaqasi islom dunyosining ilm-fan, madaniyat va maʼrifat markaziga aylangan. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Marv kabi shaharlarda ilmiy maktablar, kutubxonalar va madrasalar faoliyat yuritib, koʻplab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Ularning asarlari nafaqat musulmon olami, balki butun jahon ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Ushbu 
maqolada Movarounnahrning ushbu davrdagi ilmiy-madaniy yuksalishi tahlil qilinadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

57

2181-3187

IX–XII

ASRLAR

DAVOMIDA

MOVAROUNNAHR

BUTUN

MUSULMON OLAMIDA ILMIY-MADANIY JIHATDAN ENG RIVOJ

TOPGAN O‘LKA

Dr. Ayman Othman Abdel Alim Mohamed

Professor of the Department of Islamic History

and Source Studies, Philosophy of the Bukhara

State University, Doctorate in Arabic Language, Egypt.

E-mail

aymanshoraey@gmail.com

fatfoot. 2005@yahoo.com - https://orcid.org/0009-0005-4734-4884

Axadbek MAMATOV,

Buxoro davlat universiteti Tarix va

yuridik fakulteti, Islom tarixi va manbashunosligi

, yo’nalishi 5.1 – ITM 21 guruhi talabasi

Annotatsiya:

IX–XII asrlar davomida Movarounnahr mintaqasi islom

dunyosining ilm-fan, madaniyat va maʼrifat markaziga aylangan. Bu davrda Buxoro,

Samarqand, Marv kabi shaharlarda ilmiy maktablar, kutubxonalar va madrasalar

faoliyat yuritib, koʻplab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Ularning asarlari nafaqat

musulmon olami, balki butun jahon ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Ushbu

maqolada Movarounnahrning ushbu davrdagi ilmiy-madaniy yuksalishi tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Movarounnahr, IX–XII asrlar, ilm-fan, madaniyat, islom

tsivilizatsiyasi, allomalar, kutubxona, madrasalar.

НА ПРОТЯЖЕНИИ IX–XII ВЕКОВ МАВЕРАННАХР БЫЛ САМОЙ

НАУЧНО-КУЛЬТУРНО

РАЗВИТОЙ

СТРАНОЙ

ВО

ВСЕМ

МУСУЛЬМАНСКОМ МИРЕ

Аннотация:

В период IX–XII веков регион Мавераннахр стал центром

науки, культуры и просвещения исламского мира. В такие города, как Бухара,

Самарканд и Мерв, были сосредоточены научные школы, библиотеки и медресе,

где трудились выдающиеся учёные. Их труды оказали влияние не только на


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

58

2181-3187

исламскую цивилизацию, но и на развитие мировой науки. В статье

рассматривается научно-культурный расцвет Мавераннахра в указанный период.

Ключевые слова:

Мавераннахр, IX–XII века, наука, культура, исламская

цивилизация, учёные, библиотека, медресе.

DURING THE 9TH–12TH CENTURIES, MOVAROUNNAHR WAS THE

MOST SCIENTIFICALLY-CULTURALLY DEVELOPED COUNTRY IN THE

ENTIRE MUSLIM WORLD

Annotation:

During the 9th to 12th centuries, the region of Mawarannahr

emerged as a leading center of science, culture, and enlightenment in the Islamic world.

Cities such as Bukhara, Samarkand, and Merv became hubs of intellectual activity,

with flourishing schools, libraries, and madrasahs. Many prominent scholars produced

works that significantly influenced not only the Muslim world but also global scientific

development. This article explores the intellectual and cultural flourishing of

Mawarannahr during this golden era.

Key words:

Mawarannahr, 9th–12th centuries, science, culture, Islamic

civilization, scholars, library, madrasah.

Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari

hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan ulus-elatlar

o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki,

buning orqasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha

tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o'sdi, aholi

farovonligi ko'tarila bordi. Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan

Buyuk ipak yo'lining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda

ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik

mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida

o'lkaning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi.

Buyuk ipak yo'liga tutash aholi manzilgohlarida obod va ko'rkam shaharlar

vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin

shaharlar mavjud bo'lsa, XI asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

59

2181-3187

Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari to'xtovsiz

kengayib borgan, ko'plab irrigasiya inshootlari, sug'orish kanallari, suv ayirgichlar

qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o'sadi. Somoniylar poytaxti

Buxoroga har tomondan olimudonishmandlar, sayyohutijoratchilar, me'moru-

hunarmandlar oqib kela boshlagan. Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar,

Xorazmshohlar sulolasiga mansub ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va

madaniyatga doimiy rag'bat berishlari orqasida ko'plab, iste'dod sohiblarining

salohiyati, ijodi o'sib, yuksalib borgan. O'sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan

bunyod etilgan va faoliyat ko'rsatgan kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob,

qimmatbaho kitoblar, qo'lyozmalar to'planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham

bahramand bo'lmoqdalar. IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi

zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi.

Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug'rofiya,

falsafa singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi.

Olloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso

al-Xorazmiy, Ahmad alFarg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr

Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud az-

Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning

turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma'naviy meroslari to'la ma'noda dunyoviy

ahamiyatga molikdir. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso

al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o'rin tutadi. Olim o'zining «Hisob al-

Jabr va alMuqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola»,

«Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning

arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz

foydalanayotgan o'nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi.

Allomaning «alXorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi.

Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar

fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko'plab georafik asarlarning yaratilishiga

zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

60

2181-3187

Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro'pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining

rivojlanish yo'llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix

kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalklarining VIII-IX asrlarga

oid tarixini to'laqonli yoritishda muhim qo'llanmadir. AlXorazmiyning arab ilmiy

dunyosining yirik markazi Bag'doddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari

uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida

ilm ahliga ibrat bo'ldi.

O'rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg'oniy (797-865) nomi

alohida ko'zga tashlanib turadi. Olimning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn

Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy bo'lib aslida Farg'onaning Quva shahrida tavallud

topgan. Ilm yo'lida zahmat chekib ko'p yurtlarni kezgan. Umrining ko'p qismini xorijiy

ellarda, xalifalik markazlari o'tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yo'liga

bag'ishlangan. Ahmad al-Farg'oniy yetuk astronom, matematik va geograf olim sifatida

shuhrat topgan. Juda ko'plab fundamental asarlarning muallifi Bag'doddagi Baytul

Hikma (akademiya) ning nomdor namoyondalaridan biridir.

U xalifalik poytaxti Bag'dodda yoki Suriya, Misrda bo'lmasin o'sha joydagi ilm

ahli bilan bahamjihat bo'lib o'sha davr fanining turli yetilgan dolzarb muamolarini hal

etishda faol ishtirok etdi. Jumladan, uning Yer shari xaritasini tuzishdagi Suriya

shimolida, Sinjor sahrosida yer meridiani bir darajasining uzunligini o'lchashdagi

yohud Misrning qon tomiri-Nil daryosi suvi sathini o'lchashdagi ulkan xizmatlari

benazirdir. Al-Farg'oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo'lgan «Astronomiya asoslari

haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «al-Farg'oniy jadvallari», «Oyning Yer

ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni hisoblash

haqida», «Al-Xorazmiy», «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash nomli kitoblari

haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. AlFarg'oniyning

fandagi ulkan shuhrati, Sharqu G'arbda ham birdek ulug'lanib kelinadi. U g'arb olimlari

orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.

Mustaqil O'zbekiston zaminida bu alloma nomini e'zozlab, 1998 yilda bu zoti

sharif tavalludining 1200 yilligini shodiyona sifatida nishonlaganimiz tarixiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

61

2181-3187

haqiqatning tiklanganligi bo'ldi. «Ahmad alFarg'oniy,-deb ta'kidlagandi I.A.Karimov

alloma yubileyi tantanalarida so'zlagan nutqida,-kishilik tarixidagi ilk uyg'onish

davrining eng zabardast va yorqin namoyondalaridan biri o'z zamonasi fundamental

fani asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho'qqilariga

ko'tarilishiga sababchi bo'ldi butun ma'rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo'lib

xizmat qildi». Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo'shgan uyg'onish fani davri daholari

orasida buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Farobiy (873-950) siymosi yorug' yulduzdek fan

osmonida charaqlab turadi. O'zining qomusiy bilimlari, ayniqsa, falsafa sohasidagi

betimsol xizmatlari bilan «Muallim us-soniy» («Ikkinchi Muallim» Aristoteldan

keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir. Ilmu urfonga oshuftalik, insoniyat

baxtu saodati yo'liga o'zini baxshida etishlik Forobiy o'z tug'ilgan ona yurti-Farob

(O'tror)ni o'smirlik chog'idanoq tark etib, o'sha davrning eng mashhur ilm maskanlari

hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga borib bir umr ilm-fan bilan mashg'ul

bo'lishga undaydi. U tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ziyod asarlar yaratgan.

O'rta asrlar davri sharoitida vatanimiz sharafini o'zining beqiyos dunyoviy

asarlarida ulug'lagan, astronomiya, fizika, matematika, geologiya, geodeziya,

geografiya, mineralogiya, tarix singari fanlar yo'nalishida mislsiz kashfiyotlar qilgan

qomusiy bilim sohiblaridan yana biri Abu Rayxon Beruniy (973-1048)dir. Asli

Xorazm yurtida bo'lgan allomaning butun hayoti to'laligicha ilm-fanga bag'ishlangan.

Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar ichida bizning davrimizgacha saqlanib

o'z bebaho ahamiyatini yo'qotmay, bugungi avlod kishilari uchun o'rganish manbai

bo'lib, kelayotganlari ham talaygina. Bular jumlasiga «Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Hindiston», «Ma'sud qonuni»,

«Mineralogiya», «Saydona», «Astrologiyaga kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni

davolovchi quyosh kitobi», «Foydali savollar va to'g'ri javoblar», «Ibn Sino bilan

yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiritish mumkin.

Beruniy asarlari asrlardan buyon Sharqu G'arbda keng tarqalgan bo'lib ular

yuksak qadr topgan. «Hindiston» asari to'g'risida so'z yuritgan olim V.R.Rozin «Sharq

va G'arbning qadimgi va o'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

62

2181-3187

keladigan asar yo'q» deb baho beradi. Beruniyning «Mineralogiya» asari ham o'z

zamonasi uchun O'rta Osiyo Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya

sohasidagi tengi yo'q asar sifatida e'tirof topgan. Alloma merosi uning bugungi

mustaqil yurtida minnatdor avlodlari nigohida, doimiy e'tiborida, e'zozidadir. Abu

Rayxon Beruniyning zamondoshi va safdoshi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ham o'z

davrining yetuk allomasi fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi sharifning Afshona

qishlog'ida tug'ilib voyaga yetgan ibn Sino 18 yoshlik chog'idanoq el orasida yetuk

tabib, olim sifatida tan olingan, uning dovrug'i Somoniylar saroyida ham ma'lum va

mashhur bo'lgan. Taqdir hukmi uni qayerlarda yashashga umr guzaronlik qilishga

maxkum etmasin, u dunyoviy ilmlarni o'rganishdan, ularni chuqur tadqiq etishdan

charchamadi. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga guvohdir.

Biroq bulardan 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini dunyoga

tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab

tilida yaratgan 5 jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir dasturul amaldir.

Besh mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko'zdan kechirar ekanmiz, allomaning

yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasida

maxoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tip qonunlari» ning ikkinchi

kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir.

Olimning tibbiyotga doir 22 jildan tashkil topgan «Kitob ush-shifo» («shfo

kitobi») asari ham mavjud. Abu Ali Ibn Sino faoliyatining ko'p qirraligi yana shundaki

u ilm fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning "Donishnoma ",

«Insof kitobi», «Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol», «Xayy ibn yaqzon»

kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning yorqin ifodasidir. Tarix ilmida

benazir bo'lgan Muhammad Narshahiy (899-959) o'zining «Buxoro tarixi» («Tarixi

Narshahiy») asari orqali o'z davrining katta, ko'lamli masalalarini o'rtaga ko'yib, ularni

xaqqoniy tarzda yoritib berdi. Kitobda arablarning O'rta Osiyoni zabt etib kirib kelishi

mashhur Muqanna qo'zg'oloni, shuningdek Somoniylar davridagi davlat boshqaruvi

tizimi pul munosabatlari, soliq tizimi, Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy

hayotiga oid ko'plab qiziqarli ma'lumotlar aks etgan. Buxoro vohasida sug'orish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

63

2181-3187

tarmoqlari to'g'risida, shaharsozlik, obodonchilik ishlari haqida noyob materiallar

berilganligi «Buxoro tarixi»ning qimmatli manba ekanligidan dalolat beradi.

O'z zamonasi olimlari orasida peshqadam sanalgan tilshunoslik, qonunshunoslik,

hadisshunoslik, mantiq kabi kabi sohalarda nodir asarlar yaratgan. Kaffol ash-Shoshiy

(903-976) ijodi ham ko'p qirralidir. Allomaning «Odob al-qozi» («Qozining fe'l-

atvori»), «Odob al-bahs», («Bahs odobi»), «Xusni jadal», («Dialektika go'zalligi»)

kabi asarlari unga katta shuhrat keltirgan. U she'riyat sohasida ham o'z uslubi va yo'liga

ega yetuk ijodkor bo'lgan. Ko'hna Xorazm diyoridan chiqib, o'zining betakror ilmiy

ijodiyoti bilan O'rta Osiyo Uyg'onish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsata olgan nuqtadon

olim Mahmud az-Zamahshariy (1075- 1144) nomi ham fan osmonidagi yorqin

yulduzlardan biridir. Buyuk mutafakkir arab grammatikasi, lug'atshunoslik, adabiyot,

aruz ilmi, jug'rofiya, tavsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob

asarlar muallifidir. Uning «Al Mufassal», «Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog'a»,

(«Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va'zlar bayonida oltin shodalar», «Ezguliklar bahori

va yaxshilar bayoni», «Aruzda o'lchov (mezon)», «Nihoyasiga yetgan masalalar»,

«Nozik iboralar», «Qur'on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so'zlar ko'zlarini osish»

kabi asarlari butun Sharq va Arab dunyosida e'tirof topgan. Ismoil Jurjoniy, Mahmud

Chag'miniy, Burxoniddin al-Marg'inoniy kabi allomalarimiz yaratgan ilmiy-ma'naviy

meros ham vatanimiz shuhratini olamga taratdi. Shunday qilib, O'rta Osiyo hududida

yuz bergan uyg'onish davrida ko'plab favqulodda iste'dod sohiblari yetishib chiqdiki,

ular jahon fanining turli yo'nalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mo'jizalar

yaratdilar. Bu bilan ular Vatanimiz shonu-sharafini yuksaklarga ko'tardilar. Hamda

kelgusi minnatdor avlodlar uchun bitmas tuganmas boy meros qoldirdilar. Shu boisdan

ham ulug' ajdodlarimizning ruhi munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu-

jonimizda, mehrimizda namoyon bo'lib turadi.

IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, shu bilan

birga islomiy madaniyat va ma'naviyatining shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu

sohada talay yetuk olimu ulomolarining yetishib chiqib, Vatanimiz nomi va sha'nini

olam aro ulug'langanligi bilan ham tavsiflanadi. Gap shundaki arablar istilosi va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

64

2181-3187

hukmronligi O'rta Osiyo xalklari uchun avvalda qanchalik haloqatli oqibatlar, mislsiz

vayronagarchiliklar olib kelgan bo'lsa-da, biroq shu bilan birga bu yurtga islom dini

ham kirib keldi. Yerli aholining asta-sekin islom diniga kirishi, odamzod ahli uchun

yakkayu yagona Ollohni tanishi, unga, uning rasuli (elchisi ) janobu Muhammad

Alayxu Vassalomga e'tiqod bog'lashi, itoat etishi, muqaddas kitob-«Quroni Karim»ni

qabul qilishi, uning ilohiy so'zlari, oyatlariga, tamoyillariga amal qilishi, bular

pirovardida islom madaniyatining diyorimizda shakllanishiga asos bo'ldi.

O'sha davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga yoyilgan islom va uning

ta'limoti tufayli O'rta Osiyo xalqlari o'zlarining tor, biqiq holatidan chiqib, keng

musulmon dunyosi bilan tutashdilar. O'lka aholisi arab fani, madaniyati, ma'naviyati

bilan yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo'lish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bu hol,

shubhasiz, o'lkaning jahonga yuz tutishiga imkoniyat yaratdi. Buning orqasida

mahalliy xalq orasidan juda ko'p ilm-fanga ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam

mamalakatlariga borib diniy va dunyoviy bilimlarni egallashi, zamonaning har

tomonlama yetuk, bilimdon, ma'rifatli olimuulamolari bo'lib yetishishlariga keng

yo'llar ochildi.

Xuddi mana shunday keng ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois ham ulug'

ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Ahmad Al Farg'oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy,

Abu Abdulloh Muhammad ibn-Ismoil alBuxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Mahmud az-

Zamahshariy singari allomalar jahon kezib, mashaqqatlar ila ilm o'rganganlar, yetuk

komil insonlar bo'lib sharaf topganlar. Shu bilan birgalikda o'lkaga islomning kirib

kelishi va u bilan bog'liq xolda yakka xudolik g'oyasining g'alaba qozonishi, yagona

Olloh nomini e'tirof etilishi o'z navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi va

jipsligiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek yuksak insonparvarlik, do'stlik,

birodarlik, o'zaro mehr oqibatlik, muruvvatlik, ma'naviy poklik, rostgo'ylik, bir-birini

qo'llabquvvatlash tuyg'ulari bilan sug'orilgan «Quroni Karim» oyatlari, g'oyalari ruhi

yurt odamlarining ma'naviy kamolotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazdi. Yurtimizda islomiy

madaniyatning qaror topib, ildiz otib borishi barobarida uning ulug'vor g'oyalari, asl

maqsadlarini keng tashviq, targ'ib qilish, ayniqsa, hadis ilmini asosli tadqiq etish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

65

2181-3187

kuchayib bordiki, bu borda zamonamizdan chiqqan bir qator buyuk muhaddis

olimlarning xizmati katta bo'ldi.

Hazrati payg'ambarimiz Muhammad Alayxu Vassalom nomi va u zoti sharifning

muborak so'zlari bilan bog'liq «Quroni Karim» oyatlari mazmuni moxiyatini teran

tushinish va anglab yetishga muhim kalit bo'lib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi

IX-asrda jiddiy rivoj topdi. Bugun musulmon olamida eng ishonchli manbalar tan

olingan 6 ta ishonchli hadislar to'plami (as-saxih as-sitta) xuddi shu davrda yaratildi.

Ular orasida «Hadis ilmida amir almo'miniyn» degan sharafli nomga sazovor bo'lgan

Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870) nomi yorqin ko'zga tashlanib turadi. Yuksak aql

zakovat sohibi Al Buxoriy Sharqning yirik ilmiy va ma'rifiy markazlaridan biri-

Buxoroi sharifda tug'ilib juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chuqur egallaydi. 16

yoshlik davridan boshlab u musulmon dunyosining ko'plab shaharlarini kezib, hadis

ilmining siri asrorlarini bilish, ularni to'plash va tadqiq qilish uchun tinimsiz sa'y

harakatlarda bo'ladi. Bu xaqda uning o'zi: «Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki

martadan, Basriyaga to'rt marta borganman.

Xijozda 6 yil yashaganman, Bag'dod va Kufa shaharlariga necha bor borganim

hisobini bilmayman», degan ekan. Imom Buxoriy o'z safarlari davomida turli

shaharlardagi 90 yaqin ustozlardan ta'lim olgan. Ayni chog'da uning o'zi ham son-

sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan. Imom Buxoriy shogirdlari orasida Isxoq ibn-

Muhammad ar-Ramodiy, Muhammad al-Masnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso

atTermiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marg'oziy, Imom Ahmad ibn Xambal singari

zukko olimlar nomi alohida ajralib turadi. Imom Buxoriy go'zal insoniylik sifatlariga

ega bo'lishi bilan birga uning Quvai hofizasi, xotirasi nihoyatda o'tkir bo'lgan.

Manbalarda uning 600 mingga yaqin hadisni yod bilganligi qayd etilgan. Al Buxoriy

keyingi nasllar uchun o'zidan katta, boy ilmiy meros qoldirgan. Uning qalamiga

mansub noyob asarlar ruyxati 20 dan oshadi. Bu asarlar orasida "Al-Jome' as-Sahix"

asari («Sahix Al Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi). O'zining mukammalligi,

ahamiyatining benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn Salohning ta'kidlashicha,

al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

66

2181-3187

bilan birga 7275ta, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Eng muhimi

shundaki, bu sharafli ishni birinchi bo'lib al-Buxoriy boshlab bergan bo'lsa, keyinchalik

boshqa olimlar unga ergashib, hadislar to'plamini yaratganlar.

Allomaning «Al-jome' as-sahih» asari asrlar davomida butun musulmon

dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer yuzi musulmonlari uchun

dasturilamal qo'llanma bo'lib kelmoqda. Uning 1325 yilda ko'chirilgan 8 jildddan

iborat mukammal nusxasi hozirda Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning asarida

ifodalangan mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko'ngillik, kattalarga hurmat, yetim

yesirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik,

pokizalikka da'vat etuvchi yuksak insoniy fazilatlar, olijanob tuyg'ular, hamisha

insonlarga ma'naviy kuch-qudrat bag'ishlab kelgan. Mustaqillik yillarida ulug'

bobomizning boy ilmiy merosi xalqimizga yangidan to'la nasb eta boshladi. Uning

asarlari shu jumladan, «Al-jome' as sahih» asari (4 jildda) ona tilimizda ilk bor nashr

etildi. 1998 yil oktabrida esa alloma tavalludining 1225 yilligi keng nishonlandi.

AlBuxoriy hoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog'ida esa

unga bag'ishlab yodgorlik majmua barpo etildi. Imom Buxoriy yubileyi marosimidagi

nutqida Prezidentimiz I.A.Karimov alloma siymosini ta'riflab shunday degandi:

«Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma'naviy meros qoldirib ketdi. Bu

merosning gultoji-eng ishonchli hadislar to'plami-«Al-Jome' as-sahix» islom dinida

Quroni Karimdan keyin e'zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo

musulmonlarining e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng

ulug'idir. Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan

munavvar etib, xaq va ezgulik yo'liga chorlab kelmoqda». Imom al-Buxoriyning

zamondoshi va shogirdi, o'z davrining mashhur allomasi-Abu Iso Muhammad at-

Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga ko'targan yorqin

siymolardandir.

O'rta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz shahri

atrofida (Bug'qishlog'ida-Hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan bo'lg'usi alloma

o'z ona yurtida daslabki ma'lumotni olganidan so'ng O'rta Osiyoning Urganch, Buxoro,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

67

2181-3187

Samarqand kabi shaharlarida bilimini takomillashtiradi. Bundan ham yetarli qanoat

hosil qilmagan, hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy Sharq mamlakatlariga sayohatga

chiqadi. Shu tariqa, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka, Madina singari

shaharlarda yashab, ilm-fanning turli sohalaridanilm al-Qiroat, ilm al-Bayon, Fikh,

tarix va ayniqsa, hadis ilmidan o'sha zamonning yirik ustozi buzruklaridan ta'lim oladi.

Ayni aytda atTermiziyning o'zi ham yuzlab shogirdlarga mehribon ustoz bo'lib,

ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida shuhrat topishlariga katta homiylik

ko'rsatgan. AtTermiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib kelgan. Uning asosiy

asarlari sirasiga «Al-Jomi'» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-xadiys»(«Hadislardagi

og'ishmalar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida

risola»), «At-tarix» («Tarix») qabilarni nisbat berish mumkin. At-Termiziyning sara

asarlaridan «Al-jami'» asari hadis ilmi bobida 6 ta ishonchli to'plamlardan biri sifatida

nihoyatda noyob asar hisoblanadi. Uning yana bir mashhur asari «Ash-shamoil an-

nabaviya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari») bo'lib, bu asar payg'ambarimiz

Muhammad Alayhu vassalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari,

ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 ta hadisu sharifni o'z ichiga qamragan. Mazkur

asar mustaqilligimiz sharofati bilan 1991 yilda «Shamoiliy Muhammadiyya» nomi

bilan Toshkentda o'zbek tilida birinchi bor ko'p nusxada chop etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Абдуллаев Қ. Ўрта асрлар Шарқ оламида илм-фан тараққиёти. – Тошкент:

Фан, 2010.

2.

Аҳмедов Л. Ўрта асрлар Марказий Осиё илмий марказ сифатида. –

Тошкент: Маънавият, 2007.

3.

Ислом энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон ислом энциклопедияси

давлат илмий нашриёти, 2017.

4.

Марказий Осиё мутафаккирлари – Тошкент: Янги Нашр, 2011.

5.

Наршахий Абу Бакр. Бухоро тарихи. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1993.

6.

Уватов.У Юртимиз алломалари – Тошкент: Ниҳол, 2014.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–3_ Мая –2025

68

2181-3187

7.

Усмонхон Ҳайдаров. Мусулмон шарқи тамаддуни ва Мовароуннаҳр. –

Тошкент: Фан, 1999.

8.

Ҳожи Муҳаммад. Самарқанд ва илм. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2006.

Библиографические ссылки

Абдуллаев Қ. Ўрта асрлар Шарқ оламида илм-фан тараққиёти. – Тошкент:

Фан, 2010.

Аҳмедов Л. Ўрта асрлар Марказий Осиё илмий марказ сифатида. –

Тошкент: Маънавият, 2007.

Ислом энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбекистон ислом энциклопедияси

давлат илмий нашриёти, 2017.

Марказий Осиё мутафаккирлари – Тошкент: Янги Нашр, 2011.

Наршахий Абу Бакр. Бухоро тарихи. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1993.

Уватов.У Юртимиз алломалари – Тошкент: Ниҳол, 2014.7.

Усмонхон Ҳайдаров. Мусулмон шарқи тамаддуни ва Мовароуннаҳр. –

Тошкент: Фан, 1999.

Ҳожи Муҳаммад. Самарқанд ва илм. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2006.