ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
153
2181-3187
TA'LIM MAZMUNI
Andijon davlat chet tillari instituti talabalari
Adxamova Ruxshona Kamoldin qizi
Baxtiyorova Moxlaroy
Ilmiy rahbar:Maxliyoxon Mirzakarimova
Annotatsiya
. Ushbu maqolada yozuvchi ta'limning mazmun-mohiyati, o'sish-
rivojlanish hamda kamol topishdagi o'rni, bundan tashqari mavjud ta'lim bajaradigan
ko'plab funksiyalar, shu bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonlari haqida so'z
yuritadi.
Kalit so'zlar:
ta'lim mazmuni, funksiyalari, metodikalar, bilim olish usullari,
nazariy va amaliy bilim-ko'nikmalar.
KIRISH
Har qanday davlatning qaror topishi, ravnaqi va rivojlanishi unda tashkil
etilgan ta'lim tizimiga uzviy bog'liqligini hech kim inkor etolmasligi bejiz emas.
Vaholangki, xoh u ijtimoiy-siyosiy, xoh moliyaviy-iqtisodiy, yokida diplomatik
jarayon bo'lsin, ta'lim aralashuvisiz hech bir soha o'sish bosqichiga yetib bora olmaydi.
Buning sababi shundan iboratki, hayotimizda mavjud har bir soha rivoji uchun ana shu
sohaga doir ham nazariy, ham amaliy bilimlar eng zarur vositalar hisoblanadi. Shuni
anglab yetgan har qanday millat, avvalo, ta'limga e'tibor beradi, investitsiya kiritadi.
Shunday ekan, ta'lim mazmuni o'zi nimadan iborat. Ushbu termin ishlatilishi
bilan ko'pchilikning ko'z oldida, ta'limning maqsadi, ta'lim jarayoni, uni tashkil etish
metodika va strategiyalari, o'qitiladigan fanlar, ularning asosiy g'oyalari kelishi bejiz
emas. Nafaqat ta'limda, balki har bir ishni amalga oshirishning undan ko'zlangan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
154
2181-3187
maqsadi va usullari mavjud. Quyida ta'lim mazmunini chuqurroq anglash uchun
ta'limning funksiyalari hamda bilimlarni o'zlashtirish jarayoni haqida so'z boradi.
ASOSIY QISM
Ta’lim
funksiyalari.
“Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari”
tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi,
vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko`rsatadi:
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funksiyasi
ta’lim jarayonining o`quvchilarda bilim, ko`nikma va
malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to`laligi,
chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi
muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to`g`ri tashkil
etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o`quvchilarda ular tomonidan o`zlashtirilgan nazariy bilimlar
asosida hosil qilingan amaliy ko`nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida
ahamiyatga ega.
Ko`nikma – olingan bilimlarga asoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan
bajariladigan harakatlar yig`indisi.
Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Umumiy
ko`nikma va malakalarga og`zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan
foydalana olish, o`qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil
etish kabilar kiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida, bilimlarni o`zlashtirish
jarayonida o`quvchining rivojlanishi sodir bo`lishini ko`rsatadi. Rivojlanish quyidagi
yo`nalishlarda sodir bo`ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va
harakatlanish sohalari, emosional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
155
2181-3187
To`g`ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o`qituvchi va
o`quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o`zaro
munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.
Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas,
o`quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy
faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish,
xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va
usullarini aniqlashni bilishga o`rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini
rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o`rtasidagi
bog`liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash
tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.
Tarbiyalash funksiyasi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy
tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo`ladi. Tarbiyalash funksiyasi ta’lim
mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o`qituvchi hamda
o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi o`rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori
va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi.
Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o`quv fanlari ham birdek
tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi
imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o`qituvchi va o`quvchilarning
munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o`qish jarayoni ishtirokchilarining o`zaro
munosabatlari, o`quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o`qituvchining rahbarligi
hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi
munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
156
2181-3187
jarayonida o`quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini
inobatga olinishini anglatadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi.
O‘quvchilar o‘quv idrok etish
faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni
tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash
bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab etish, mustahkamlash,
amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash.
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish
aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega.
SHuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani
o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o‘quv
materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy
predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘tkazishdan iborat
bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish
haqida etarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib etganda
yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy
jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish,
tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini
xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini o‘rganib
chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega.
Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi
elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini echish usulini tushunsa,
bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o‘zlashtirilgan
bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati
ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
157
2181-3187
Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak.
Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va
tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida
o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani
echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va
ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashdan
iborat bo‘ladi. Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni
xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer
maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha
qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra
yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra
faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb
ataladi.
I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib
ko‘rsatadi:
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va
darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va
maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi
imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
158
2181-3187
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material
xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda
o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda
bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi,
ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil
etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta
aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki
rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga
quyidagilar kiradi:
1.Didaktik qonuniyatlar.
2.Gnoseologik qonuniyatlar.
3.Psixologik qonuniyatlar.
4.Kibernetik qonuniyatlar.
5.Sotsiologik qonuniyatlar.
6.Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy
maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini
belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
159
2181-3187
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy
boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
XULOSA
Ta'lim mazmuni mavzusi ta'lim jarayonining asosiy jihatlaridan biri bo'lib, u
o'quvchilarni tarbiyalash va ularga zarur bilimlarni berish uchun muhim ahamiyatga
ega. Ta'lim mazmuni, avvalo, o'qitiladigan fanlar, metodikalar va pedagogik
yondashuvlar to'g'risida batafsil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Maqolada ta'lim mazmunining asosiy komponentlari, ya'ni bilimlar,
ko'nikmalar va kompetensiyalar shuningdek, ularning talabalarning rivojlanishiga
qanday ta'sir ko'rsatishi haqida so'z yuritildi. Ta’kidlash joizki, zamonaviy ta’lim
mazmuni nafaqat akademik bilimlarni qamrab oladi, balki hayotiy ko’nikmalarni ham
rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, ta’lim mazmunini yangilanishi va innovatsion metodlar bilan
boyitilishi zarurligi qayd etildi. Bu esa o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini
oshirishda va ularni zamonaviy jamiyat talablariga tayyorlashda muhim rol o’ynaydi.
Umuman olganda, ta'lim mazmuni muvozanatli ravishda shakllantirilishi
lozim va bu jarayonda jamiyatning ehtiyojlari hamda global tendentsiyalarni hisobga
olish kerak. O'qituvchilar va ta'lim tashkilotlari ushbu yo'nalishda izlanish olib
borishlari zarur bo'ladi. Natijada sifatli ta'lim tizimi yaratilib, kelajak avlodning
muvaffaqiyatli rivojlanishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2. Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N.
“Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
160
2181-3187
3. D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz”
2018 y. Darslik.
4. Takomillashtirilgan ”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2022 y.
5. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш
тараққиёти вахалқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”
6. Азизова Зироат. “CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING
CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION” Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410,
2022
7. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the
preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI
RESEARCH ISSN 2022
8. З.Азизова , Экологическое воспитание дошкольников с помощью форм и
методов обучения.Педогогика и психология в современном мире.теоритические
и практические 2022