ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
361
2181-3187
BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA BEMORLARGA TAVSIYALAR
VA HAMSHIRALIK PARVARISHI.
Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari malakasini oshirish va ularni
ixtisoslashtirish markazi Termiz filiali o‘qituvchilari.
Qulmurodova Farog‘at Axatovna
Ishmuratova Munavvar Qorjovovna
Annotatsiya:
Mazkur maqolada hozirgi vaqtda butun dunyoda ko‘p uchrayotgan
bronxial astma kasalligi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
surunkali obstruktiv bronxit, bronxial astma, Krushman spirallari,
SHarko-Leyden kristallari, cho‘ntak ingalyatori, pikfloumetr.
Bronxial astma kasalligida bemorlarga tavsiyalar va hamshiralik
parvarishi.
Nafas olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklar unchalik xavfli ko‘rinmasada,
aslida o‘lim xavfi juda yuqori kasalliklar guruhiga kiradi.
Hozirgi paytda aholi orasida uchraydigan nafas a‘zolari kasalliklarining
asosiy qismini bronxial astma, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va pnevmoniya
tashkil kiladi.
Masalan, dunyo statistikasi bo‘yicha bronxial astma kasalligi aholi orasida
o‘rtacha 5 foiz hollarda uchraydi, bu ko‘rsatgich bolalar orasida yanada ko‘proq
uchrab, o‘rtacha 10 foizni tashkil qiladi. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi dunyo
bo‘yicha kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining asosiy sabablaridan biriga aylanib
bormoqda.
Bu o‘z o‘rnida iqtisodiy va ijtimoiy muoammolarni yuzaga keltiradi. Infeksion
kasalliklar orasida o‘lim sabablari ko‘rsatkichi bo‘yicha pnevmoniya birinchi o‘rinni
va umumiy o‘lim ko‘rsatkichi sabablari bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
362
2181-3187
O‘zbekiston keskin kontinental iqlim mintaqasiga kiradi. Ayniqsa, Orol fojiasi,
so‘nggi yillardagi iqlimiy o‘zgarishlar mintaqa aholisining nafas olish organlari
kasallanishlari darajasini oshirib yubordi.
Yurtimizda aholi orasida kasallanishlar ko‘rsatkichi bo‘yicha nafas a‘zolari
kasalliklari yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Nafas a‘zolari kasalliklari o‘lim sababi
ko‘rsatkichi buyicha beshinchi o‘rinni, bolalar orasida esa ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Nafas a’zolari kasalliklari orasida katta muammolarga sabab bo‘luvchi yana bir
nechta kasalliklar bor. Bularga o‘pkaning interstitsial kasalliklari, mukovissidoz, nafas
yetishmovchiligi, uyqu apnoe sindromi, o‘pka sili va yuqori nafas a‘zolari kasalliklari
kiradi.
Bronxial astma.
Bronxial astma infektsion - allergik kasallik bo‘lib, bronxlar spazmi natijasida
odamning nafasi qisib, bo’g’ilib qolishi, yo’tal, yopishqoq balg‘am ajralishi bilan
xarakterlanadi.
Sog’lom nafas yo’llari Bronxial astma
Sabablari:
1.Noinfektsion omillar: uy changlari, hayvon va o‘simlik allergenlari,
ovqat mahsulotlari, ba ‘zi dori-darmonlar, kimyoviy va toksik moddalar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
363
2181-3187
2.Infektsion omillar: turli xil bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, gelmintlar,
sodda hayvonlar kiradi. Juda ko‘p xollarda yuqori nafas yo ‘llari, bronx, o‘pka
kasalliklari, irsiy omillar sabab bo‘ladi.
Bronxial astma kelib chiqishida markaziy nerv sistemasining ahamiyati ham
katta. Jismoniy va ruxiy zo‘riqish, sovuq havoda nafas olish, klimaks davri kasallik
xurujiga olib keladi.
Klinikasi.
Kasallikni asosiy klinik belgisi nafas qisishi, yo‘tal,nafas olishning
qiyinlashuvi,xansirash,tunda axvolning yomonlashishi,bo‘g‘ilish xurujidir.
Bemorlar nafas chiqarishga qiynaladilar. Nafas olish shovqinli, xushtaksimon,
masofadan ham eshitiladi. Kasallik xuruji tutib qolgan mahalda bemor qo‘llari bilan
tizzalariga tayangan, yelkalari ko‘tarilgan, biroz oldinga chiqqan holda o‘tirib
majburiy nafas ola boshlaydilar.O‘pka auskul‘tatsiyasida nafas chiqarishning
cho‘zilganligi, juda ko‘p quruq hirillashlar eshitiladi. Perkussiya qilinganda quticha
tovushi eshitiladi, o‘pka xarakatlari chegaralangan, pastki chegaralari kengayganligi
aniqlanadi.
Bu o‘pka emfizemasi deyiladi va yurak faoliyatini qiyinlashtiradi, pulsni
tezlashishiga sabab bo’ladi. Xurujning avvalida balg‘am ajralmaydi, keyinchalik yo‘tal
tutib shilimshiq yopishqoq balg‘am ko‘chadi. Balg‘am o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lib, unda ko‘p miqdorda eozinofillar, Krushman spirallari, SHarko-Leyden
kristallari aniqlanadi.
Umumiy qon taxlilida eozinofillar ortadi. EKG da 2- va 3 - standart ulashda R-
tishcha yuqori bo’ladi. Bronxial astmaning uzoq vaqt tutib turishi astmatik holat yoki
astmatik status deb ataladi. Xuruj oralig’ida bemorlar o’zlarini yaxshi his qiladilar,
xirillashlar eshitilmaydi.
Nafas olish a
‘
zolari kasalliklarida zamonaviy tekshiruv usullari:
1.
Pikfloumetriya
2.
Pulsoksimetriya
3. Spirometriya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
364
2181-3187
4.Rentgenografiya
5. Kompyuterli tomografiya
6. Bronxoskopiya
7. Bronxografiya
8. MRT
9. MSKT
Pikfloumetriyani qo‘llash texnikasi
▪
O‘pka faoliyatini baholash, bronx va nafas yo‘llarining obstruksiyasini aniqlab,
kasallik kechishini monitoring qilishga yordam beradi.
▪
Bronxlar obstruksiyasi darajasini aniqlash uchun ikkita usuldan foydalaniladi.
Pikfloumetriya yordamida nafas chiqarishning eng yuqori tezligi (NChEYuT)
aniqlansa, spirometriya yordamida bir soniyada chiqariluvchi havo hajmi (1 soniyada
jadal chiqarilgan havo hajmi JChHH1) va bu bilan bog‘liq o‘pkaning jadal tiriklik
sig‘imi (O‘JTS) aniqlanadi. O‘pka faoliyatini o‘lchash aniqligi patsientning kuchi va
qo‘llash texnikasini to‘g‘ri bajarishiga bog‘liq. .
▪
Pikfloumetriyani qo‘llash qoidalari quyidagicha:
1.
Patsient turgan yoki o‘tirgan holatda tekshiruvni olib borish mumkin,
tekshirayotgan xodim pikfloumetr ko‘rsatkichini boshlang‘ich darajaga («0» ga)
keltirishi hamda steril nasadka qo‘yishi kerak.
2.
Patsientdan pikfloumetrni tanasiga gorizontal ravishda tutish va iloji
boricha chuqur nafas olish so‘raladi. So‘ng u mundshtukni lablari bilan mahkam qisib
oladi, kuchli va tez, iloji boricha mundshtukni til bilan berkitib qolmagan holda birdan
nafas chiqaradi.
3.
Sinamani uch marotaba qaytarish lozim. Agar lozim bo‘lsa, ular orasida
bemor dam olishi mumkin.
4.
Eng yuqori ko‘rsatkich hisobga olinadi va yozib qo‘yiladi.
5.
Pikfloumetr nasadkasini dezinfeksiya qilinadi.
6.
NChEYuTning lozim bo‘lgan kattaligini aniqlash uchun, patsientning
jinsi, yoshi va bo‘yi hisobga olingan holda foydalaniladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
365
2181-3187
Pulsoksimetrdan foydalanish .
Pulsoksimetriya orqali qondagi kislorod darajasini (yoki kislorod bilan
to'yinganlik darajasini) o'lchash maqsadida bajariladi
.
Pulsoksimetiryani yurak kasalliklari, yurak etishmovchiligi, surunkali
obstruktiv o'pka kasalligi (KOAH), anemiya, o'pka saratoni va bronxial astma va h.k.
o’tkaziladi.
-Pulsoksimetrni ishlatishdan oldin qo'lingizni yuving. Agar qo'llaringiz etarlicha
issiq bo'lmasa,qo'llaringizni ko'kragingizga bir necha daqiqa qo'yishingiz mumkin.
-Pulsoksimetrni
ishga
tushiring.
-Pulsoksimetrni kiyim qisqichi kabi ko'tarib va barmoq uchiga qisib qo'yiladi.
(Barmoqni ichki qizil chiroq bilan yoritilgan joyga qo'yish kerak.) Moslamani
barmoqqa ortiqcha bosimsiz o‘rnatish kerak va moslama lak bilan bo‘yalgan tirnoqqa
qo‘llanilmaydi;
-Ba'zi modellar barmoq fiksatorga kiritilgandan so'ng avtomatik ravishda yoqiladi
va o'lchashni boshlaydi, biroq ba'zi modellar barmoq qo'yilgandan keyin o'lchashni
boshlash uchun tugmani bosishi kerak.
-20~30 soniyadan so'ng, displeyda aniqlangan qon kislorod bilan to'yinganlik
qiymatini tasdiqlanadi.Moslamadan bir kunda 2-3 mahal, zarurat bo‘lsa undan ko‘proq
foydalaniladi;
Natijani baholash:
- Qondagi kislorod darajasi 95% dan ortiq kislorod bilan to'yinganligi normal
hisoblanadi
-Agar ikkala ko'rsatkich 94 foiz yoki undan past bo'lsa (bir necha nafas olishdan
keyin va boshqa barmoqlarda aniqlanadi), imkon qadar tezroq tibbiy yordamga
murojaat
qilishingiz
kerak.
-Agar SpO2 doimiy ravishda 92 foiz yoki undan past bo'lsa, tez yordamga murojaat
qilinadi .
-Qo’l yuviladi va quritiladi. Natija tibbiy hujjatga qayt qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
366
2181-3187
Hamshira quyidagi holatlarda bemorni vrachga murojaat qilishini
tushuntirishi kerak:
•
BA belgilarining yomonlashuvida
•
Bo‘g‘iq nafas, ko‘krak qafasining siqilishi yoki bo‘g‘ilishni
kuchayishida
•
Ingalyator oldingidek yordam bermaganda
•
Nafas chiqarishning yuqori tezligini kamayganda
•
Xurujlar og‘ir kechganda
BA xurujining quyidagi hollarida hamshira bemorga shoshilinch yordam
ko‘rsata olishi kerak:
➢
Bir nafasda jumlani tugata olmasa.
➢
Nafas chiqarishni yuqori tezligi 50% va undan past bo‘lsa.
➢
Nafas soni daqiqasiga 25ta va undan ko‘p bo‘lsa.
➢
Puls daqiqasiga 110 va undan ko‘p bo‘lsa.
Hamshira bemorlardan anamnez yig‘ganda quyidagilarni so‘rashi kerak:
Belgilar qachon paydo bo‘lganini
Qanchalik tez-tez qaytarilishini
Nimalar xurujga sabab bo‘lganini
Bemorlar va ularning oila a’zolariga maslahatlar:
Ob-havodan xabardor bo‘lish
Tamaki tutuni va astmani qo‘zg‘atuvchi boshqa omillardan
saqlanish;
Tutun va chang bor xonalardan saqlanish;
Kasbiy astmani keltirib chiqaruvchi moddalardan saqlanish
Bemorlar va ularning oila a’zolariga tavsiyalar:
Mebel buyumlaridan changni artish uchun nam matodan
foydalanish, supurishda changlardan saqlanish, supurishdan oldin polga
shakarob qilib suv sepish, ventilyatorlarning parraklarini muntazam ravishda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
367
2181-3187
changdan tozalab turish va uyqu uchun mo‘ljallangan joylarda yumshoq
o‘yinchoqlar sonini kamaytirish;
Suvaraklar bilan kurashish chora –tadbirlarini bemor yo‘q bo‘lgan
paytlarda amalga oshirish,par va hayvon junlaridan qilingan ko‘rpa-
to‘shaklardan foydalanmaslik, sintifon va paxtali ko‘rpa-to‘shaklardan
foydalanish tavsiya qilinadi.
BA xurujida qo‘yidagi qadamlar tavsiya etiladi:
Zudlik bilan tez yordam ingalyatoridan bir yoki ikki marta nafas
olish (odatda ko‘k rang).
2. O‘tirib, tinch va bir maromda nafas olishga harakat qilish.
3. Agar ahvol yaxshilanmasa, har ikki daqiqada ikki marta tez
yordam ingalyatoridan nafas olish va o‘ntagacha nafas olishi mumkin.
Bronxial astma xurujida tez tibbiy yordam.
1.Bemorga nafas olish uchun qulay xolat yaratish, yelkasiga 2-3ta yostiq qo‘yish.
2.Toza xavo bilan ta‘minlash, allergenlarni ta‘sirini to’xtatish.
3.Bemorni sovuqotmasligi uchun ko’raga o‘rash, yelvizaklardan asrash.
4.Ortiqcha jismoniy va ruxiy zo’riqishdan asrash.
5.Qisib turgan kiyimlarini yechish.
6.Issiqchoy, yoki 4/1choy qoshiq ichimlik sodasi qo’shilgan iliq sut berish.
7.Chalg‘ituvchi terapiya, oyoqlarga vanna, ko‘krak qafasiga xantalma qo‘yish.
8.Cho‘ntak ingalyatorlaridan foydalanish (astmopent, sal‘butamol, berotek,
berodual va h.k.).
Xuruj vaqtida 1-yordam maqsadida eufillin 2,4%-5,0-10,0ml t/i qilinadi. Eufillin
yordam bermaganda gormonlar tavsiya etiladi. Teofillin, eufillin tabletkalarini ichib
turish xam mumkin.
Bronxial astma surunkali kasal bo‘lgani uchun kasallik xurujlarini oldini olish
maqsadida bemorlar vaqti - vaqti bilan shifoxonada davolanishlari shart. Antibakterial
davo, antigistamin, antiallergik dorilar, bronxolitiklar, yo‘tal dori, balg‘am
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
368
2181-3187
ko‘chiruvchi va simptomatik davo qiladilar. Fizioterapevtik davo, sanatoriya sharoitida
davolanish tavsiya etiladi. Bronxial astmaning oxir xurujlarida kislorod beriladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1.
A.Gadoyev,M.Ziyayeva ,R.Turaquliv “Terapiya ”Toshkent -2022 yil
2.
V.N.Turaqulov,L.X.Musadjonova ,X.A.Raxmatova “Terapiyada hamshiralik
parvarishi ”o’quv qo’llanma -2019 yil
3.
A.G.Gadaev,R.K.Solixodjaeva,M.X.Alimova,X.S.Axmedov,S.Q.Nazarova,L.X
.Musajonova ” Umumiy amaliyot hamshiralari uchun amaliy ko’nikmalar to’plami ”
Toshkent – 2011 yil
4.
R.K.Solixodjaeva,G.SH.Omonova,N.A.Nurmuhammedova,Z.I.Ro’ziyeva
“Asosiy yuqumsiz kasalliklar bo’yicha klinik protokollar ”Toshkent-2017
Elektron ta’lim resurslari:
www. minzdrav.uz–O’z.Res. Sog’liqni Saqlash tizimigaoid me’yoriy hujjatla
http://www.ziyonet.uz