Авторы

  • Hayitov Abrorbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125541

Ключевые слова:

globallashuv xalq o‘yinlari milliy qadriyatlar tarbiya darslari madaniy meros.

Аннотация

ushbu maqolada globallashuv sharoitida an’anaviy xalq o‘yinlarining ahamiyati, o‘quvchilar orasida ularga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish yo‘llari, tarbiya darslarida xalq o‘yinlaridan foydalanish, hamda bu jarayonning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

342

2181-3187

GLOBALLASHUV JARAYONIDA O‘QUVCHILARINING XALQ

O‘YINLARIGA QADRIYATLI MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISH

(TARBIYA DARSLARI MISOLIDA)

Hayitov Abrorbek

JDPU Pedagogika va psixologiya

fakulteti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

ushbu maqolada globallashuv sharoitida an’anaviy xalq

o‘yinlarining ahamiyati, o‘quvchilar orasida ularga nisbatan qadriyatli munosabatni

shakllantirish yo‘llari, tarbiya darslarida xalq o‘yinlaridan foydalanish, hamda bu

jarayonning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, xalq o‘yinlari, milliy qadriyatlar, tarbiya darslari,

madaniy meros.

KIRISH

Globallashuv jarayonlari milliy madaniyatlar va qadriyatlar tizimiga kuchli ta’sir

ko‘rsatayotgan hozirgi davrda, yoshlarning milliy qadriyatlarga, jumladan xalq

o‘yinlariga munosabati dolzarb ilmiy-pedagogik muammo hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”gi Farmonida

ham yoshlarda milliy-madaniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirish muhim

vazifa sifatida belgilangan.

Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod ongiga singdirish masalasi

tobora dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Zamon talablariga javob beradigan raqamli

texnologiyalar, ommaviy madaniyat ta’sirining kuchayishi natijasida yoshlar orasida

an’anaviy madaniyat namunalariga, jumladan, xalq o‘yinlariga qiziqish susayib

bormoqda. Bu esa milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni

shakllantirishda muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

343

2181-3187

Xalq o‘yinlari har bir millatning ko‘p asrlik tarixiy tajribasi, dunyoqarashi,

ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, tarbiya an’analarini o‘zida mujassam etgan madaniy

meros hisoblanadi. O‘zbek xalq o‘yinlari bolalarning nafaqat jismoniy, balki

intellektual, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Biroq, zamonaviy dunyoda gadjetlar, kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqlar kabi

omillar ta’sirida xalq o‘yinlari amaliyotdan siqib chiqarilmoqda. Bu holat 5-6 sinf

o‘quvchilari orasida, ya’ni shaxs sifatida shakllanish davri boshlanayotgan yoshda

alohida ahamiyatga ega.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga

oshirilayotgan islohotlar doirasida tarbiya fanining joriy etilishi, milliy qadriyatlarni

o‘qitishga e’tiborning kuchayishida muhim qadam bo‘ldi. Mamlakatimizda 2021-2022

yillarda joriy etilgan tarbiya darsliklari o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy

tarbiyasini takomillashtirish, milliy qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash

masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq o‘yinlaridan

foydalanish orqali biz o‘quvchilarda nafaqat jismoniy, balki intellektual, axloqiy,

estetik va ijtimoiy sifatlarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqar xalq

o‘yinlari orqali bolalarda jamoaviylik, mas’uliyat, mardlik, sabr-toqat, halollik kabi

ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanadi. Milliy o‘yinlar vositasida bolalarda milliy

o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg’usi, ajdodlar merosiga hurmat hissi rivojlanadi.

Xalq o‘yinlarining yana bir muhim jihati shundaki, ular bolalarni tabiat bilan

uyg’unlikda yashashga, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga ham

o‘rgatadi.

ASOSIY QISM

Xalq o‘yinlari – bu avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, ma’lum qoidalar asosida

tashkil etiladigan va belgilangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat turi

bo‘lib, bu milliy madaniyat va ma’naviyat, pedagogik–psixologik, ijtimoiy va jismoniy

taraqqiyotning shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarni jamoatchilik va

mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalq o‘yinlarining o‘rni beqiyosdir. Yoshlikdan

mehnatga muhabbat uyg’otish, sabrli-chidamli, boshlagan ishni oxiriga yetkazadigan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

344

2181-3187

qilb tarbiyalash bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda tarbiyaning barcha

bosqichlarida bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish yoshlarda, turli

qobiliyatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Xalq o‘yinlari qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

“Oq terakmi–ko‘k terak”

– bu o‘yin bolalarda chaqqonlikni, tezlik va kuchni

rivojlantiradi. Jamoaviy bo‘lgani uchun o‘zaro hamkorlik va jamoada ishlash

ko‘nikmalaraini va diqqatni shakllantiradi.

“Besh

tosh” –

bu intellektual va chaqqonlikni talab qiladigan o‘yin bo‘lib, o‘yin

davomida ishtrokchilar bir vaqtning o‘zida toshni havoga otish, yerdan boshqa

toshlarni olish va tushayotgan toshni ham olishi kerak. Bu o‘quvchilarda diqqatni

jamlash, ko‘z va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

“Chillik” –

o‘yin davomida bolalar chillakni (kichkina tayoqcha) kattaroq tayoq

bilan urib, uzoqqa otishi kerak bo‘ladi. Bu o‘yin bolalarda strategik fikrlashni,

chaqqonlik, tezkorlik, mo‘ljalga olish, guruh va jamoada do‘stona munosabatlarni

shakllantiradi.

“Arqon tortish”

– bu o‘yin yoshlarda kuch va chidamlilikni oshiradi.

Hamjihatlik, hamkorlik, sog’lom raqobat, hamma bir vaqtda bir yo‘nalishda harakat

qilishi jamoaviy muhitni, jamoaviy ruh, kuch va bardoshni rivojlantiradi.

“So‘z o‘yini”

bu o‘yin nafaqat yoshlar uchun balki kattalar uchun ham foydali

va qiziqarli mashg’ulot hisoblanadi. So‘z o‘yini nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga,

mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashni, so‘zlarni eslab qolishni, imlo va grammatik

ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega o‘yin hisoblanadi.

“Durra”

– o‘yinda ishtrokchilardan faol jismoniy harakatlar talab etiladi. Bu

o‘yin yoshlarda tezkor fikrlashni, topqir bo‘lish qobiliyatlarini rivojlantiradi

shuningdek o‘yin ishtirokchilarining harakatlarini kuzatib turish orqali ularda strategik

fikrlash g’oyalarini shakllantiradi.

“Quvlashmachoq”

– bolalarning rivojlanishi uchun muhim o‘yin bo‘lib,

jismoniy faollikni rag’batlantirishi, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishi va

ko‘ngilochar vaqt o‘tkazishda muhim hisoblanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

345

2181-3187

“Bekinmachoq”

– an’anaviy o‘yinlardan biri bo‘lib yoshlarda sog’lom turmush

tarzini shakllantirishga, aqliy rivojlanish, mantiqiy fikrlash va o‘zaro hamkorlik

ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Albatta, xalq o‘yinlari turli xalqlarning madaniyati, tarixi va hayot tarzini aks

ettiruvchi qadriyatlar hisoblanadi. O‘zbek xalq o‘yinlari madaniy merosimizning

ajralmas qismi hisoblanib asrlar davomida shakllanib kelgan. Milliy o‘yinlar vositasida

bolalarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg’usi, ajdodlar merosiga hurmat

hissi rivojlanadi. Xalq o‘yinlarining yana bir muhim jihati shundaki, ular bolalarni

tabiat bilan uyg’unlikda yashashga, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda

bo‘lishga ham o‘rgatadi.

Xalq o‘yinlari nafaqat ko‘ngilochar, balki jismoniy, aqliy

rivojlanishga xizmat qiluvchi o‘yinlardir. Shuningdek, xalqimizning milliy an’analari

va qadriyatlari aks etgan bo‘lib, ularni yosh avlodga yetkazishda xalq o‘yinlari muhim

vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari yoshlarda quyidagi sifatlarning

shakllanishiga xizmat qiladi:

– jamoa bo‘lib harakat qilish ko‘nikmasi;

– mas'uliyatni his qilish;

– o‘zaro hurmat va hamkorlik;

– milliy o‘zlikni anglash;

– jismoniy rivojlanish;

– intellektual qobiliyatlarni o‘stirish.

Xalq o‘yinlarining yana bir muhim jihati shundaki, ular avloddan-avlodga o‘tib,

bugungi kunda xalq pedagogikasining ham ajralmas qismi hisoblanadi. Ular orqali

milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va madaniy an’analar avloddan-avlodga o‘tib,

millatning madaniy merosini saqlab qolish va uni davom ettirishga yordam beradi.

Pedagogik nuqtai nazardan olib qaraganda xalq o‘yinlari o‘quvchilarning quyidagi

rivojlanish yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatadi:

Jismoniy rivojlanish.

Xalq o‘yinlari bolalarning jismoniy faolligini oshiradi,

koordinatsiyani yaxshilaydi, chaqqonlik, chidamlilik, epchillik kabi sifatlarni

rivojlantiradi. Masalan, “Oq terakmi ko‘k terak”, “Durra”, “Quvlashmachoq” kabi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

346

2181-3187

o‘yinlar yoshlarda tezlik va chaqqonlikni sakllantirsa, “Kurash”, “Arqon tortish” kabi

o‘yinlar kuch va chidamlikni rivojlantiradi.

Intellektual rivojlanish.

Ko‘plab xalq o‘yinlari mantiqiy fikrlash, ijodiy

yondashish, strategik rejalashtirish kabi intellektual qobiliyatlarni talab qiladi. O‘zbek

xalq o‘yinlaridan “Beshtosh”, “Oshiq”, “So‘z o‘yini” kabilar o‘quvchilarda diqqatni

jamlash, xotirani mustahkamlash, shuningdek, tez qaror qabul qilish ko‘nikmalarini

shakllantiradi.

Ijtimoiy rivojlanish.

Xalq o‘yinlari jamoa bo‘lib harakat qilish, qoidalarga rioya

qilish, g'alaba va mag'lubiyatni to‘g'ri qabul qilish, hamkorlik qilish kabi muhim

ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Ma’naviy-axloqiy rivojlanish.

Xalq o‘yinlarida milliy qadriyatlar, axloqiy

me'yorlar, urf-odatlar o‘z aksini topgan. “Oq terakmi-ko‘k terak”, “Arqon tortish”,

“Chillak” kabi o‘yinlarda adolat, halollik, mardlik, jasorat kabi axloqiy tushunchalar

o‘z ifodasini topgan.

Xulosa qilb aytganda, xalq o‘yinlari globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni

saqlash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish, milliy

qadriyatlarni asrab-avaylash va avloddan-avlodga yetkazishning muhim vositasi

sifatida e'tirof etiladi. Tarbiya darslarida xalq o‘yinlaridan tizimli, maqsadli va

zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida foydalanish o‘quvchilarining xalq

o‘yinlariga qadriyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda globallashuv jarayonida milliy o‘zlikni saqlash va uni yangi

avlodga yetkazish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda

milliy o‘zlikni saqlash har bir xalq uchun eng muhim vazifalardan biridir. Xalq

o‘yinlari esa bu borada eng samarali vositalardan hisoblanadi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib yoshlarda milliy xalq o’yinlarini singdirish uchun

quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

1.

O‘quvchilarning xalq o‘yinlariga qiziqishini oshirish uchun innovatsion

pedagogik texnologiyalardan foydalanish;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

347

2181-3187

2.

2.Raqamli

texnologiyalardan

foydalangan

holda

xalq

o‘yinlarini

zamonaviylashtirishga harakat qilish (masalan, xalq o‘yinlari haqida videoroliklar,

animatsiyalar, mobil ilovalar yaratish);

3.

Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash, oilada xalq o‘yinlarini targ'ib qilish;

4.

Maktablarda xalq o‘yinlari festivallari, tanlovlar o‘tkazish;

5.

O‘qituvchilar uchun xalq o‘yinlaridan tarbiya jarayonida foydalanish bo‘yicha

metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

6.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida xalq o‘yinlari to‘garaklarini tashkil

etish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

“2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to'g'risida”gi Farmoni.

2.

Qodirov. A. “O’zbek xalq bolalar o’yinlari”. Toshkent Fan 2009.

3.

Usmonxo’jayev T.S, Meliyev X. “Milliy harakatli o’yinlar” 2000.

4.

Axmedov F.Q. Milliy an’analar asosida sport bayramlarini tashkil qilish va

o‘tkazish usullari. Jizzax-2005.

5.

Normurodov A.N. “O’zbek milliy o’yinlari” T. 1999.

6.

Usmonxo’jayev T.S, Xo’jayev F. “1001 o’yin” 1990.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

“2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to'g'risida”gi Farmoni.

Qodirov. A. “O’zbek xalq bolalar o’yinlari”. Toshkent Fan 2009.

Usmonxo’jayev T.S, Meliyev X. “Milliy harakatli o’yinlar” 2000.

Axmedov F.Q. Milliy an’analar asosida sport bayramlarini tashkil qilish va

o‘tkazish usullari. Jizzax-2005.

Normurodov A.N. “O’zbek milliy o’yinlari” T. 1999.

Usmonxo’jayev T.S, Xo’jayev F. “1001 o’yin” 1990.