Авторы

  • Ravshanova Raʼno Roʻzimurodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125544

Ключевые слова:

Metodlar innavatsion mustaqil ta’lim tizimi ilmiy izlanish

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda matematika fanining, xususan, matematik 
masalalarning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Mustaqil fikrlash zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida qaralib, bu ko‘nikmani shakllantirishda matematik masalalarning tahliliy va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni alohida 
yoritilgan. Maqolada turli xil masala turlari (arifmetik, mantiqiy, hayotiy, ochiq tipdagi) o‘quvchilarning tafakkuriga turlicha ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rag‘batlantirishga xizmat 
qiluvchi metodik yondashuvlar — muammoli vaziyatlar yaratish, masala tuzish, guruhda ishlash, fikr almashish, mantiqiy xulosa chiqarish kabi faol ta’lim shakllari yoritilgan. Maqolada keltirilgan amaliy misollar orqali matematik masalalarning 
nafaqat nazariy bilim, balki hayotiy ko‘nikma shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Mazkur tadqiqot natijalari matematika darslarini yanada samarali tashkil qilish, o‘quvchilarda chuqur fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirishda muhim metodik 
asos bo‘lib xizmat qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

327

2181-3187

O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISHDA MATEMATIK MASALALARNING ROLI

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani

38-umumiy oʻrta taʼlim maktabi matematika fani oʻqituvchisi

Ravshanova Raʼno Roʻzimurodovna

email.

ravshanovarano581@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash

ko‘nikmalarini shakllantirishda matematika fanining, xususan, matematik

masalalarning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Mustaqil fikrlash zamonaviy ta’limning

asosiy maqsadlaridan biri sifatida qaralib, bu ko‘nikmani shakllantirishda matematik

masalalarning tahliliy va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni alohida

yoritilgan. Maqolada turli xil masala turlari (arifmetik, mantiqiy, hayotiy, ochiq

tipdagi) o‘quvchilarning tafakkuriga turlicha ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rag‘batlantirishga xizmat

qiluvchi metodik yondashuvlar — muammoli vaziyatlar yaratish, masala tuzish,

guruhda ishlash, fikr almashish, mantiqiy xulosa chiqarish kabi faol ta’lim shakllari

yoritilgan. Maqolada keltirilgan amaliy misollar orqali matematik masalalarning

nafaqat nazariy bilim, balki hayotiy ko‘nikma shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan.

Mazkur tadqiqot natijalari matematika darslarini yanada samarali tashkil qilish,

o‘quvchilarda chuqur fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirishda muhim metodik

asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Metodlar, innavatsion, mustaqil, ta’lim tizimi, ilmiy, izlanish;

Annotation.

This article analyzes the role and significance of mathematics, in

particular, mathematical problems, in the formation of students ' independent thinking

skills. Independent thinking is considered as one of the main goals of modern

education, and the role of mathematical issues in the development of analytical and


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

328

2181-3187

logical thinking is highlighted in the formation of this skill. The article is based on the

fact that different types of issues (arithmetic, logical, vital, open type) have different

effects on the thinking of readers. Also covered are methodological approaches that

serve to stimulate the creative and critical thinking of students — such forms of active

education as creating problem situations, creating issues, working in a group,

exchanging ideas, drawing logical conclusions. Through the practical examples

presented in the article, the role of mathematical problems in the formation of not only

theoretical knowledge, but also vital skills is shown. Results of this study mathematics

textbook

Key words.

Methods, innovative, independent, educational system, scientific,

research;

KIRISH

Bugungi kunda butun dunyo ta’lim tizimlarida sodir bo‘layotgan

o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning kirib kelishi, bilimlar oqimining tezligi

o‘quvchilardan nafaqat tayyor bilimlarni egallashni, balki ulardan mustaqil ravishda

foydalanish, tahlil qilish, xulosa chiqarish va yangi bilimlar yaratish qobiliyatini talab

qilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘quvchilarda

mustaqil fikrlash

ko‘nikmasini shakllantirish

zamonaviy ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida

maydonga chiqmoqda. Mustaqil fikrlash — bu o‘quvchining muammoni mustaqil

ravishda tushunishi, uni tahlil qilishi, mantiqiy yo‘l bilan yechim topishi va o‘z fikrini

asoslay olishi demakdir. Bu ko‘nikma o‘quvchining intellektual rivojlanishida, hayotiy

qarorlar qabul qilishda, ijodiy yondashuvda, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishda

beqiyos ahamiyat kasb etadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

329

2181-3187

Matematika fani bu maqsadga erishishda eng qulay vositalardan biridir. Chunki

matematika — bu nafaqat sonlar va formulalar, balki tafakkur, mantiq, izchillik va

tizimli fikrlashdir. Ayniqsa, matematik

masalalar

o‘quvchining mustaqil fikrlashini

faollashtirish, turli alternativ yechimlarni izlash, muqobil fikrlar orqali mantiqiy

xulosalarga kelish imkonini beradi.

Ko‘plab metodistlar va zamonaviy pedagoglar ta’kidlaganidek, matematik

masalalarni o‘qitish jarayonida to‘g‘ri tashkil etilgan yondashuv o‘quvchilarning

nafaqat fanga qiziqishini oshiradi, balki ularni mantiqan fikrlash, izchil tahlil qilish,

o‘z fikrini mustaqil ravishda bayon etishga o‘rgatadi. Xususan, Polya (G. Polya)

o‘zining “How to Solve It” asarida masalalarni yechish — bu o‘qituvchining

o‘quvchini fikrlashga, izlanishga, sinab ko‘rishga yo‘naltiruvchi eng samarali vositasi

ekanligini ta’kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga

mo‘ljallangan Ta’lim sohasidagi strategik dasturida ham o‘quvchilarning tanqidiy va

mustaqil fikrlashini rivojlantirish eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

330

2181-3187

qo‘yilgan. Demak, bu boradagi izlanishlar nafaqat amaliy, balki davlat miqyosida ham

dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada matematika fanida o‘quvchilarning mustaqil

fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda matematik masalalarning tutgan o‘rni,

ularning turlari, metodik yondashuvlar va amaliy misollar orqali bu ko‘nikmani

rivojlantirish yo‘llari atroflicha tahlil qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA NATIJALARI

Mustaqil fikrlash va uning ta’limdagi ahamiyati

Mustaqil fikrlash — bu shunchaki fikr yuritish emas, balki mavjud bilimlarni

tahlil qilish, yangi bilimlarni mustaqil izlab topish, ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni

ko‘ra olish va asosli qarorlar qabul qilish qobiliyatidir. Bu ko‘nikma XXI asrda zarur

bo‘lgan “yumshoq ko‘nikmalar” (soft skills) tarkibiga kiradi. Ta’lim jarayonida

mustaqil fikrlashga ega o‘quvchi:

savollarga yuzaki emas, asosli javob beradi, muammolarni o‘zi hal qilishga

harakat qiladi, o‘z fikrini isbotlashga harakat qiladi, tanqidiy yondashuvga ega bo‘ladi.

Shu bois mustaqil fikrlashni shakllantirish har qanday fan uchun dolzarb vazifa

hisoblanadi. Ayniqsa, matematika bu borada alohida ahamiyatga ega, chunki har bir

matematik masala o‘quvchini mulohaza qilishga, dalil-topishga va o‘z qarorini

asoslashga undaydi. Matematik masalalar va ularning fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni

Matematika darslarida masalalar asosiy o‘quv vositasi sifatida foydalaniladi.

Masala — bu nafaqat hisob-kitob topshirig‘i, balki o‘quvchining tafakkurini harakatga

keltiruvchi, o‘ziga xos tahliliy ishni talab qiluvchi mantiqiy vazifadir. Masalaning

asosiy komponentlari (shart, izlanayotgan miqdor, yechim usuli va natija) o‘quvchini

har bir bosqichda fikrlashga majbur qiladi. Matematik masalalar orqali tafakkur

izchilligi shakllanadi, sabr-toqat, diqqat, aniqlik va mantiqiylik rivojlanadi, o‘quvchi

bilgan formulalarni real muammolarga tadbiq qilishni o‘rganadi, bir muammoning bir

nechta yechimi borligini anglaydi va tanqidiy fikrlashga o‘rganadi. Shuningdek,

masalalar orqali o‘quvchilarda refleksiya qilish, ya’ni o‘z fikrini tahlil qilish, xatolarini

anglash va ularni tuzatish qobiliyati ham shakllanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

331

2181-3187

Matematik masalalarning turlari va ularning tarbiyaviy-metodik roli

Matematik masalalarni pedagogik nuqtai nazardan quyidagi guruhlarga ajratish

mumkin:

An’anaviy

arifmetik

va

algebraik

masalalar

Bunday masalalar o‘quvchilarning hisoblash malakasini rivojlantiradi. Biroq ular

faqatgina algoritmik fikrlashni emas, balki usul tanlash, matematik model yaratish

ko‘nikmasini ham talab qiladi.

Masalan:

"Bir ishchini yollash uchun 5 ishchi 4 kunda

ishni tugatadi. Agar 3 ishchi ishlasa, ish necha kunda tugaydi?"Mantiqiy masalalar

Bu masalalar mantiqiy tahlil, mulohaza yuritish, sabab–natijani tahlil qilish kabi yuqori

tafakkur darajalarini rivojlantiradi.

Masalan:

"Qishloqda 5 ta uy bor, har bir uyda 3 ta

bola, har bir bola 2 ta mushuk boqadi. Jami nechta mushuk bor?" Hayotiy (amaliy)

masalalar O‘quvchilarning real hayotga bog‘liq vaziyatlar orqali fikrlash ko‘nikmasini

shakllantiradi. Bu orqali o‘quvchi matematikani kundalik hayotda qo‘llashni

o‘rganadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

332

2181-3187

Masalan:

"Magazin narxlarni 20% ko‘tardi, so‘ngra 20% chegirma berdi. Narx asl

holatga

qaytdimi?"

Ijodiy

va

ochiq

tipdagi

masalalar

Bu masalalar bir nechta yechimga ega bo‘lib, o‘quvchining erkin fikrlashini

rag‘batlantiradi. O‘quvchi o‘zi izlanadi, o‘zi masala tuzadi va uni hal etishga urinadi.

Masalan:

“Shunday ikki xonali son topingki, uning raqamlari o‘rin almashganda, hosil

bo‘lgan son oldingisidan 36 birlikka katta bo‘lsin.”

Mustaqil fikrlashni shakllantirishda metodik yondashuvlar

O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga undovchi, savol berishga,

bahs qilishga, alternativ echimlar topishga rag‘batlantiruvchi metodlardan foydalanishi

lozim. Quyidagilar eng samarali metodlardan hisoblanadi:

Muammoli o‘qitish metodi: Darsda yechimi darhol ayon bo‘lmagan masala

beriladi. O‘quvchilar mustaqil izlanadi, bahs qiladi, fikr almashadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

333

2181-3187

Tahliliy usul: Masala bosqichma-bosqich tahlil qilinadi, har bir bosqichda

savollar beriladi. “Fikr xaritasi” usuli: Masala bilan bog‘liq g‘oyalar vizual tarzda

chizmalar orqali ko‘rsatiladi. Guruhli ishlash: Masala yechimi guruhda muhokama

qilinadi, bunda har bir o‘quvchi o‘z fikrini himoya qilishga harakat qiladi. Masala

yaratish topshirig‘i: O‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda masala tuzib ko‘rishlari

— eng kuchli ijodiy yondashuvlardan biridir.

Amaliy dars namunasi

Masalan,

7-sinfda

quyidagi

muammoli

masala

berilishi

mumkin:

"O‘quvchi kitob do‘konida 20% chegirma bilan 48 000 so‘mga kitob sotib oldi. Asl

narxi qancha edi?"

Bu masala orqali:

foiz tushunchasi mustahkamlanadi, teskari masala tuzish ko‘nikmasi rivojlanadi,

real hayotiy vaziyatlar tahlil qilinadi; o‘quvchi mustaqil yechim strategiyasini ishlab

chiqadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki

O‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish — zamonaviy

ta’limning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday fikrlash o‘quvchiga nafaqat

darsda, balki kundalik hayotda, kelajakdagi kasbiy faoliyatida ham mustaqil qarorlar

qabul qilish, muammolarga turli rakurslardan yondashish, yangilikka ochiq bo‘lish va

izlanishlarga moyil bo‘lish imkonini beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, matematika

fanining o‘quv jarayonidagi o‘rni mustaqil fikrlashni shakllantirishda juda muhim.

Ayniqsa,

matematik masalalar

o‘quvchining tahliliy, mantiqiy, ijodiy va tanqidiy

fikrlash qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiruvchi eng samarali vositadir. Masala

yechish jarayonida o‘quvchi o‘z bilimi, tajribasi va kuzatuvlari asosida muammoni

tushunishga, yechim yo‘llarini izlashga va o‘z fikrini asoslashga o‘rganadi. Maqolada

tahlil qilingan masala turlari — arifmetik, mantiqiy, hayotiy va ochiq tipdagi masalalar

— o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ochiq

tipdagi, real hayotga asoslangan va bir nechta yechimga ega bo‘lgan masalalar

o‘quvchining ijodiy va erkin fikrlashini shakllantirishda samarali hisoblanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

334

2181-3187

O‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish uchun o‘qituvchining roli beqiyos.

O‘qituvchi masalalarni shunchaki beribgina qolmasdan, ularni tahlil qilish, bahs-

munozaraga sabab bo‘lish, muqobil yechimlar ishlab chiqish, masala asosida yangi

savollar qo‘yish orqali o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida jalb qilishi lozim.

Masalalarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan, muammoli ta’lim, guruhlarda

ishlash, masala tuzish va izlanish topshiriqlaridan keng foydalanish kerak.

Bundan tashqari, matematik masalalarni tanlashda ularning o‘quvchilarning yosh

xususiyatlari, tafakkur darajasi, qiziqishlari va zamonaviy hayot bilan bog‘liqligiga

e’tibor qaratish zarur. Faqat shu holda masalalar mustaqil fikrlashni rag‘batlantiruvchi

vositaga aylanadi. Agar matematik masalalar to‘g‘ri tanlansa va metodik jihatdan puxta

ishlansa, ular o‘quvchilarda nafaqat bilimni, balki eng asosiysi — mustaqil, izchil va

tizimli fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat matematika

fani, balki butun ta’lim tizimining rivojiga, jamiyatda faol, tafakkurga ega bo‘lgan

shaxsni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Azlarov Т., Monsurov X . Matematik analiz. – Т.: O‘qituvchi, 1986.

2. Alixonov S. Matematika o‘qitish metodikasi. – Т., O‘qituvchi, 1992.

3. Колмогоров А.Н. Математика – наука и профессия. – М., 1998.

4. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. – М., 1998

5. Akhmedov, E. R. (2020). Interactive methods for improving students'motivation to

study the basis of electrical engineering and electronics. Scientific Bulletin of

Namangan State University, 2(8), 309-313.

6. Mamatkulov, B. X. (2022). Development of electronic learning materials in the

course of general physics. Экономика и социум, (5-1 (96)), 101-104.

7. Faxriddin B., No‘monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN M1

TOIFALI

AVTOMOBILLARNING

TORMOZ

SAMARADORLIGINI

MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific researchers

(IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 333-337.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

335

2181-3187

8. Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN AVTOMOBILNI

TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY TEBRANISHLARINI

TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 4. – С. 81-

87.

9. Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLAНГАН M1 TOIFALI

AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI //Academic

research in educational sciences. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 787-791.

10.Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF

MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD

SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of Science

and Technology. – 2024. – Т. 4. – №. 8. – С. 45-50

11.Каршиев

Фахридин

Умарович,

Н.Абдуқаҳоров

ИЗУЧЕНИЕ

МИКРОСТРУКТУРЫ СТАЛИ В МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//https://www.iupr.ru/6-

121-2024

12. Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI

TURLI

MUHITLARDA

TORMOZLANISHINI

TAHLIL

QILISH

VA

PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

13. Jo‘Rayev, Muzaffarjon Mansurjonovich. "KIBER PEDAGOGIKA–XXI ASRDA

RAQAMLI TA’LIM MUHITI PEDAGOGIKASI." Academic research in educational

sciences 4.KSPI Conference 1 (2023): 103-110.

14. Mansurjonovich, Juraev Muzaffarjon, and Muzaffar Mansurovich Botirov.

"Characteristics Of Teaching Programming Based On Different Principles." Eurasian

Journal of Engineering and Technology 17 (2023): 85-90.

15. Mansurjonovich, J. M. "Methodological foundations for improving the content of

training future ict teachers in the conditions of digital transformation of education."

Актуальные вопросы современной науки и образования 9 (2022).

16. Juraev, Muzaffarjon Mansurjonovich. "Pedagogical conditions for the

development of vocational education through interdisciplinary integration into the


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

336

2181-3187

vocational

education

system."

НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО:

АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. 2021

Библиографические ссылки

Azlarov Т., Monsurov X . Matematik analiz. – Т.: O‘qituvchi, 1986.

Alixonov S. Matematika o‘qitish metodikasi. – Т., O‘qituvchi, 1992.

Колмогоров А.Н. Математика – наука и профессия. – М., 1998.

Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. – М., 1998

Akhmedov, E. R. (2020). Interactive methods for improving students'motivation to

study the basis of electrical engineering and electronics. Scientific Bulletin of

Namangan State University, 2(8), 309-313.

Mamatkulov, B. X. (2022). Development of electronic learning materials in the

course of general physics. Экономика и социум, (5-1 (96)), 101-104.

Faxriddin B., No‘monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN M1

TOIFALI

AVTOMOBILLARNING

TORMOZ

SAMARADORLIGINI

MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific researchers

(IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 333-337.8. Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN AVTOMOBILNI

TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY TEBRANISHLARINI

TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 4. – С. 81

Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLAНГАН M1 TOIFALI

AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI //Academic

research in educational sciences. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 787-791.

Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF

MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD

SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of Science

and Technology. – 2024. – Т. 4. – №. 8. – С. 45-50

Каршиев

Фахридин

Умарович,

Н.Абдуқаҳоров

ИЗУЧЕНИЕ

МИКРОСТРУКТУРЫ СТАЛИ В МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//https://www.iupr.ru/6

-2024

Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI

TURLI MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA

PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

Jo‘Rayev, Muzaffarjon Mansurjonovich. "KIBER PEDAGOGIKA–XXI ASRDA

RAQAMLI TA’LIM MUHITI PEDAGOGIKASI." Academic research in educational

sciences 4.KSPI Conference 1 (2023): 103-110.

Mansurjonovich, Juraev Muzaffarjon, and Muzaffar Mansurovich Botirov.

"Characteristics Of Teaching Programming Based On Different Principles." Eurasian

Journal of Engineering and Technology 17 (2023): 85-90.

Mansurjonovich, J. M. "Methodological foundations for improving the content of

training future ict teachers in the conditions of digital transformation of education."

Актуальные вопросы современной науки и образования 9 (2022).

Juraev, Muzaffarjon Mansurjonovich. "Pedagogical conditions for the

development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system." НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО:

АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. 2021