ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
181
2181-3187
O’SMIRLARDA XAVOTIRLANISH HOLATLARINING PSIXOLOGIK
PROFILAKTIKASI.
Xabibullayeva Faridaxon Axmadjon qizi
Andijon Davlat Universiteti
Psixologiya ta’lim yoʻnalishi 2-kurs magistranti
O’smirlik davri ontogeneztik rivojlanishda psixoemotsional o’zgarishlar
davri xisoblanadi. Bu vaqtda, ularning shaxsi xususiyatlari shakllana boshlaydi,
hayotiy qadriyatlari almashinishini his qiladilar. Bu jarayonlar, ularda o’z shaxslarini,
ijtimoiy rollarini, oilaviy va maktabdagi munosabatlarni qayta ko’rib chiqadilar, bu esa
ularning psixoemotsional holatlarini turli darajada ta’sir etishiga olib keladi O’smirlik
davrida nerv tizimi va psixikasi oliy jarayonlar va xulq-atvorning o’zgarishlari bilan
moslashishi talab qilinadi.
O’smirlarda xavotirlanish holatlarining psixologik profilaktikasi — bu ularning
psixologik sog’lomligini saqlash va yaxshilashga yo’naltirilgan turli chora-tadbirlarni
o’z ichiga oladi.
Profilaktika
— xavotirlanishni oldini olish, xavf faktorlarini bartaraf etish va
ehtiyojmand bolalarga psixologik yordam ko’rsatishga qaratilgan psixologik-
pedagogik
faoliyatning
maxsus
shaklidir.
Psixoprofilaktik
ish-amaliyotchi
psixologning
eng
kam
ishlangan
faoliyat
turlaridan
biri
hisoblanadi.
Psixoprofilaktikada uch bosqichda olib boriladi:
Birinchi bosqich
dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog
sog’ o’smirlar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o’quvchilarni qamrab oladi.
Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik sog’liq profilaktikasi uchun
qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o’tkazadigan
mutaxassislar deb tan oladilar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
182
2181-3187
Ikkinchi bosqich
profilaktika muammolari mavjud o’smirlarga qaratiladi.
Uning maqsadi – o’qishdagi va xulq – atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta
aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqichda ota-onalar va
o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi /o’smirning o’qishi o’zgarishi uchun
ta’lim uslubini o’zgartirish/.
Uchinchi bosqich
Psixolog o’qishdagi va xulq – atvordagi yaqqol ko’rinib
turadigan muammolari bor o’smirlarga o’z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning
dastlabki maqsadi – jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va
tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan o’smir bilan alohida ishlaydi. Maktab
psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «xavotirlanish darajasi
yuqori»bo’lag o’smirlarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog
e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Psixoprofilaktik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- o’smirlar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga,
jumladan ma’muriyat (direktor, rektor, mudir) o’qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar,
ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga o’smirlik davri psixologik ijtimoiy
xususiyatlari borasida aniq, yaqqol maslahatlar berish.
-. O’smirlar bilan ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish,
o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar bilan munosabati,
masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy,
jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
- . Ota onalarga o’smirning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida
shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi,
individualtipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
-. Yangi tipdagi maktab o’quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning
imkoniyati, istiqbollari to’g’risida ilmiy – amaliy xususiyatga molik konsultativ
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
183
2181-3187
maslaxat ishlari olib borish: o’smirlarda xavotirlanish darajasini aniqlash, psixologik
maslaxat va korrektsion tadbirlar rejasini tuzish va amalga oshirish .
Xavotirni boshqarish va stressga qarshi vositalar
O’smirlar uchun stressning sabablarini aniqlash va ular bilan kurashish uchun turli
texnikalarni o’rgatish:
Relaksatsiya texnikasi: To’g’ri nafas olish, musiqa, oromlanish mashqlari
(meditatsiya, yoga) xavotirni kamaytiradi.
Vizualizatsiya: Har qanday xavotirli vaziyatda o’yinchili, hali amalga oshmagan
xavflardan qochish orqali ruhiy holatni yaxshilash.
Psixologik axborot va bilim berish: O’smirlarga stress va xavotirning tabiiy holat
ekanini tushuntirish, ularni yengishga qaror qabul qilishga yordam berish.
2. Ta’lim va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
Sog’lom kommunikatsiya ko’nikmalarini rivojlantirish: O’smirlarga oila a’zolari
va do’stlar bilan ochiq, samarali va tinch muloqot qilishni o’rgatish. Bu ularni turli
ijtimoiy vaziyatlarda stressdan qochishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida yordam berish: Maktabdagi o’qish va boshqa tashvishlardan
kelib chiqqan xavotirni bosish uchun o’z vaqtida yordam berish. Psixologik salomatlik
bo’yicha treninglar: Maktablarda psixologlar tomonidan turli treninglar, suhbatlar
o’tkazish.
3. Oilaviy yordam
Emotsional qo’llab-quvvatlash: Oiladagi ishonchli va ishonchli munosabatlar
o’smirning ruhiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Har qanday muammoga yechim
izlashda oila a’zolarining yagona pozitsiyasi muhimdir. O’zaro hurmat va ishonchni
shakllantirish: Oiladagi muhitda har bir o’zgarishga munosabatlar, o’z-o’zini baholash,
xulq-atvorni tushunish va mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati rivojlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
184
2181-3187
4. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish
Mediasavodxonlik: Internet va ijtimoiy tarmoqlardan, xususan, yoshlarning
psixologik holatini ta’sir qilishda yetarlicha to’g’ri foydalanish masalasi muhimdir. Bu
sohaga oid savodxonlikni oshirish yoshlarning salbiy ta’sirga duch kelishini
kamaytiradi. O’smirlar uchun psixologik profilaktika faqatgina aniq o’qitish yoki
o’zgarishlar emas, balki ularning ichki dunyosiga kirish va hayotga bog’liq ijobiy
ko’nikmalarni rivojlantirishni talab qiladi. Xavotir va stressga qarshi profilaktika, har
tomonlama yondashuvni talab etadi va oila, maktab, jamiyat hamkorligini o’z ichiga
olishi
Xulosa
O’smirlarda xavotirlanish holatlarining psixologik profilaktikasi — bu ularning
psixologik sog’lomligini saqlash va yaxshilashga yo’naltirilgan turli chora-tadbirlarni
o’z ichiga oladi. Psixoprofilaktik ish-amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan
faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktikada uch bosqichda olib boriladi:
Psixokorrektsion faoliyat kompleks xarakterga ega bo’lib o’zaro bog’liq bo’lgan 3ta
soxada –kognitiv emotsional va ijtimoiy soxalarda individual va guruxiy shakllarda
olib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ahmadova F O‘smirlik — ulg‘ayish davri” O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Toshkent 2013
2.
Baratova Dilafro’z O’smirlarga psixologik xizmat ko’rsatish uslubi: o’quv
uslubiy qo’llanma/ Baratova D.SH.: Ma’sul muxarrir: G.Q.To’lagonova. Buxoro 2015.
3.
Baratov SH R Psixologik xizmat Buxoro 2012
4.
Internet manbalari.