Авторы

  • Mavlyanova Surayo Sultanaliyevna
  • Saidaxmedova Dilnoza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125580

Ключевые слова:

Balog’at davr erta turmush oila kasallik nikoh turmush yoshi Homila qonun.

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar orasida erta turmush qurishnig salbiy oqibatlari va uning oldini olish masalalari yoritib berilgan. Maqola davomida qizlarni oilaga tayyorlashning psixologik omillariga va ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tilgan.  18-25 yosh o‘sish va rivojlanish, o‘z-o‘zini kashf qilish, o‘qish va o‘rganish uchun eng munosib yosh hisoblanadi. Ammo ba’zi erta turmush qurgan qizlar 20 yoshda bolachaqa, ro‘zg‘or tashvishlari bilan bo‘lib qolib, hayotlarining eng go‘zal davrini boy berishadi. Yoshlar uchun oila qurishning eng ideal davri 23-24 yosh hisoblanadi. Qizlar bu yoshda nima xohlashini yaxshi bilishadi, o‘zlarini xafa qildirib qo‘yishmaydi, qo‘llarida kasblari bo‘ladi va bu bilan o‘zlarini ta’minlay oladilar va eng asosiysi, ham ma’nan, ham jismonan tayyor bo‘ladilar.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

428

2181-3187

“ERTA TURMUSH QURISHNING SALBIY OQIBATLARI”

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

Mavlyanova Surayo Sultanaliyevna

Toshkent Amaliy Fanlar

Universiteti 3-bosqich talabasi:

Saidaxmedova Dilnoza

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yoshlar orasida erta turmush qurishnig salbiy

oqibatlari va uning oldini olish masalalari yoritib berilgan. Maqola davomida qizlarni

oilaga tayyorlashning psixologik omillariga va ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tilgan.

18-25 yosh o‘sish va rivojlanish, o‘z-o‘zini kashf qilish, o‘qish va o‘rganish uchun eng

munosib yosh hisoblanadi. Ammo ba’zi erta turmush qurgan qizlar 20 yoshda bola-

chaqa, ro‘zg‘or tashvishlari bilan bo‘lib qolib, hayotlarining eng go‘zal davrini boy

berishadi. Yoshlar uchun oila qurishning eng ideal davri 23-24 yosh hisoblanadi. Qizlar

bu yoshda nima xohlashini yaxshi bilishadi, o‘zlarini xafa qildirib qo‘yishmaydi,

qo‘llarida kasblari bo‘ladi va bu bilan o‘zlarini ta’minlay oladilar va eng asosiysi, ham

ma’nan, ham jismonan tayyor bo‘ladilar.

Kalit so’zlari:

Balog’at davr, erta turmush, oila, kasallik, nikoh, turmush yoshi,

Homila, qonun.

Erta turmush qurgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari erta turmush

qurishning asosiy sabablari ota-onaning maslahati yoki talabi (49,1%),

qarindoshlarning maslahati yoki talabi hisoblanadi. Erta nikohlar ko‘p hollarda ota-

onalarning xohishi va talabi bilan tuzilayotganligiga oid fikrni 49,8 foiz respondent

qo‘llab-quvvatlagan. Ularning 17,2 foizi mazkur fikrga qarshi ovoz

bergan. Respondentlarning 42,3 foiz ota-onalar farzandlarini turli nojo‘ya ta’sirlardan

himoya qilish maqsadida ularni erta turmushga beradilar degan fikrga to‘liq qo‘shilgan,

33,7 foiz qisman qo‘shilgan va 16,3 foizi bu fikrga qo‘shilmasligini birdirgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

429

2181-3187

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi

KQ-105-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari

hamda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020-2021-

yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar

dasturida

belgilangan vazifalarni ijro

etish holati o‘rganildi. O‘rganish natijalari mazkur sohada muayyan ishlar amalga

oshirilganini ko‘rsatdi.

JSSTning 2012-yil 65 sessiyasida „Oʻsmir yoshdagi homiladorlik va ularning

salbiy oqibatlari“ toʻgʻrisida seminar oʻtkazildi. Erta turmush qurish muammolari

koʻrib chiqildi. Unga koʻra jahonning rivojlangan va rivojlanib borayotgan davlatlar

aholisining turmush darajasi, ularda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam,

turmush qurishning yosh chegarasi belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur tashkilot

tomonidan erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlari haqidagi maʼlumotlar asosida

ish olib borishadi.

.

Sh.Mirziyayevning 2023-yil, Namanganda bo’lib o’tgan seminarida qizlarni erta

turmush qurush masalasini ham olib chiqqan. Ularning fikricha “Qizlarning maktabni

tugatgach yana 3 yil tahsilni davom ettirishlari maqsadga muvofiqdir. U kasb-hunar

kollejlarida o‘qib, kasb-hunar egallashlarini, shunda ular boshqa oilaga boshlarini

baland ko‘tarib kirib borishlarini, 19-20 yoshda erta turmushga bermasliklarini “ aytib

o’tganlar.

Yangi qurilayotgan oilaning kelajagi ota-onalarning, shuningdek yoshlarning

o'zini ham qiziqtiradi. Bunday ma'suliyatli damda yuzaga kelayotgan oila kelajagi

qanday bo'lishini bilish uchun ota-onalar, bo'lg'usi kelin-kuyovlar quyidagi nikoh oldi

omillariga e'tibor berishi lozim. Nikoh oldi omillari: oilaviy hayotga yetukligi, ularning

oila qurish sabablari, ularning oila qurishgunga qadar bir-birini tanishlik muddati shart-

sharoitlari, ularning bo'lg'usi hayot haqida tasavvurlarini kiritish mumkin.

Mutaxassislar tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo‘lishi jiddiy

muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Ko‘p hollarda bunday

yoshdagi qizlarning sog‘lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib

chiqadi. Qizlarning jismonan va ruhan onalikka tayyor bo‘lmasdan oila qurishi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

430

2181-3187

ko‘pincha tug‘ruq jarayonida o‘lim xavfi ortishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, erta

homiladorlik yosh ona hamda bo‘lajak farzand uchun har tomonlama xavflidir.

Ba'zi insonlar Islom dini qizlarni barvaqt uzatishga chaqiradi, degan noto'g'ri

tushunchada yuradilar. Bu – asossiz gap. Islomda hali balog'atga yetmagan, turmushga

tayyor bo'lmagan o'smir qizlarni uzatish yoki nikohlash lozim, degan gap yo'q. Hatto

balog'atga yetgan, jismoniy tarafdan turmushga tayyor yigit, agar oilani boqa olmasa,

uning uylanishi shart emasligi aytiladi.

Erta turmushning salbiy oqibatlari

Psixologik rivojlanishning to‘xtashi: Yoshlarning o‘zini anglash va shaxsiy

rivojlanish jarayoni kechikishi mumkin.

Ta'lim va kasbga tayyorgarlikning cheklanishi: Erta turmush yoshlarning ta'lim

olish va kasb egallash imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

Sog‘liq muammolari: Erta tug‘ruq va reproduktiv salomatlikka ta'siri tufayli

sog‘liq muammolari yuzaga kelishi mumkin.

Oilaviy zo‘ravonlik xavfi: Erta turmushda oilaviy zo‘ravonlik holatlarining

ko‘payishi mumkin.

Ijtimoiy izolyatsiya: Yoshlarning ijtimoiy faoliyatdan chetlanishi va izolyatsiya

qilinishi mumkin.

Payg'ambarimiz (alayhissalom): “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir”,

deb ta'kidlaganlar (Bayhaqiy rivoyati). Zaruriy ko'nikmalarni egallamay, bilim olmay

turib turmushga chiqqan qiz ayol, rafiqa, ona, beka, jamiyat a'zosi sifatidagi

vazifalarini to'kis ado etishga qiynaladi. Yoshlar 9 yil o'rta umumta'lim maktabi, undan

so'ng litsey va kollej ta'limini olishlari shart. Zero, dinimiz ta'limotlariga ko'ra ilm

olish, ma'rifatli bo'lish, hayot uchun zarur bo'lgan barcha ko'nikmalarni o'rganish har

bir qiz bola uchun ham farzdir. Bordi-yu, shundan oldin turmush qursalar, o'qish ham

chala, oila yumushlari ham, uy bekaligi va boshqa ishlar ham chala bajarilishiga yo'l

ochilgan bo'ladi. Muhimi, ilmli va kasb-hunarli ayolgina farzandining komil inson

bo'lishiga intiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

431

2181-3187

-milliy udumga ko'ra, ko'pincha kelinlarning oiladagi mavqei past darajaga ega

bo'ladi va ular ko'proq har xil oilaviy ishlarni bajaradilar. Tabiiyki 16-17 yoshli qizning

jismi hali bunday og'ir ishlarni bajarishga tayyor bo'lmaydi..

-qizlar bu yoshda ma'naviy jihatdan ham oila munosabatlariga tayyor bo'lmaydi.

-yosh turmushga chiqqan kelinlarning shu yoshda homilador bo'lishi tos suyaklari

kichkina bo'lganligi uchun xavflidir.

Respublikamizda qizlarning erta turmushga chiqishi aholining tez o'sishiga ta'sir

qilibgina qolmay, halq xo'jaligining jadal rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Chunki 18-25 yosh qizlarning bilim olishi, kasb egasi bo'lishi va mehnat qilish uchun

qulay yosh hisoblanadi.

-o'z qadri, huquqlari va o’zini-o'zi himoya qilish tushunchalarini anglab etgan,

jinsiy va reproduktiv madaniyati to'la shakllanmagan yosh qizlarning biron kasb-hunar

egallamasdan, bilim olmasdan, mutaxassislikka ega bo’lmasdan oila qurishi ularning

qaynota, qaynona va erlariga iqtisodiy jihatdan qaram holda yashashlariga sabab

bo'lmoqda. Ayrim oilalarda aynan iqtisodiy qaramlik tufayli kelinlar yosh bolasi bilan

kamsitilmoqda, tazyiqqa uchramoqda. Shuning uchun qizlarning biron hunar yoki

mutaxassislikka ega bo'lgandan keyingina turmushga chiqishlari maqsadga

muvoflqdir.

- bundan tashqari o'smirlik davrida organizmda turli morfologik, fiziologik, ruhiy

o'zgarishlar boshlanadi va balog'atga yaqinlashgan sari ular mujassamlashib boradi.

Yosh onalarning sog'ligi ko'proq mana shu yoshda o'zgarishlarning mo'tadil ketishiga

bog'liq. Aks holda bu holat keyinchalik kasalliklarninig og'ir kechishiga sabab bo'ladi.

O'smir qizlarni ham jismoniy, ham jinsiy balog'atga yetishida anchagina salbiy

nuqsonlar bor, bu esa ularda o'tayotgan ko'pgina kasalliklar fiziologik jihatdan nimjon

bo'lgan organizmda yuzaga kelayotganligini bildiradi.

Yuqondagilarni hisobga olib,

bizning sharoitda yosh qizlarning to'liq balog'atga yetishi 19-20 yoshlarga to'g'ri keladi

deyish mumkin.

Xulosa va takliflar:

Nikoh yoshi mamlakatga bog'liq va qizlar va o'g'il bolalar

uchun farq qilishi mumkin. Yaqin vaqtgacha koʻplab mamlakatlarda qizlarning


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

432

2181-3187

turmush qurish yoshi oʻgʻil bolalarnikiga qaraganda pastroq boʻlgan boʻlsa, hozir koʻp

joylarda gender tengligini saqlash maqsadida qiz bolalar yoshiga koʻtarildi. Nikoh

uchun talab qilinadigan yosh va boshqa shartlar har bir mamlakatda bir-biridan farq

qiladi, lekin qoida tariqasida, yosh o'n sakkiz yoshdan boshlab belgilanadi. Aksariyat

mamlakatlar ota-onalarning roziligi yoki sud ruxsati bilan oldindan belgilangan yoshda

turmush qurishga ruxsat beradi, ba'zi mamlakatlar esa, agar qiz homilador bo'lsa,

yoshlarga turmushga chiqishga ruxsat beradi.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1.„ERTA TURMUSHGA CHIQISHNING OQIBATLARI.“. www.naqshband.uz.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Бухоро вилояти вакиллиги (13 ноябр 2017

йил). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.

2.Supplementary Convention on the Abolition of Slavery, Article 2

3.SIXTY-FIFTH WORLD HEALTH ASSEMBLY. „Early marriages, adolescent and

young pregnancies“. apps.who.int. World Hearth Organization (16-mart 2012-yil).

Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.

4.„OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI“. www.lex.uz.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ (1998-yil 1-

sentyabr). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.

5. „Ранние браки, разводы, конфликты и насилие. Социологи провели

исследование основных проблем семейной жизни в Узбекистане“.

/www.podrobno.uz. Центр изучения общественного мнения "Ижтимоий фикр"

провел исследование основных проблем семейной жизни в Узбекистане. (18 мая

2021). 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.

6. „НИКОҲЛАНУВЧИ ШАХСЛАРНИ ТИББИЙ КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ

ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМНИ ТАСДИҚЛАШ ҲАҚИДА“. lex.uz. ЎЗБЕКИСТОН

РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ (2003-yil 25-avgust). Qaraldi: 15-

avgust 2022-yil.

7. Materinskaya smertnost // 1. Malaya meditsinskaya ensiklopediya. —

Meditsinskaya ensiklopediya. 1991—96 gg. 2. Pervaya meditsinskaya pomoщ. —


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–2_ Мая –2025

433

2181-3187

Bolshaya Rossiyskaya Ensiklopediya. 1994 g. 3. Ensiklopedicheskiy slovar

meditsinskix terminov. — Sovetskaya ensiklopediya. — 1982—1984 gg. — M.

Библиографические ссылки

„ERTA TURMUSHGA CHIQISHNING OQIBATLARI.“. www.naqshband.uz.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Бухоро вилояти вакиллиги (13 ноябр 2017

йил). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.

Supplementary Convention on the Abolition of Slavery, Article 2

SIXTY-FIFTH WORLD HEALTH ASSEMBLY. „Early marriages, adolescent and

young pregnancies“. apps.who.int. World Hearth Organization (16-mart 2012-yil).

Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.

„OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI“. www.lex.uz.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ (1998-yil 1

sentyabr). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.

„Ранние браки, разводы, конфликты и насилие. Социологи провели

исследование основных проблем семейной жизни в Узбекистане“.

/www.podrobno.uz. Центр изучения общественного мнения "Ижтимоий фикр"

провел исследование основных проблем семейной жизни в Узбекистане. (18 мая

. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.

„НИКОҲЛАНУВЧИ ШАХСЛАРНИ ТИББИЙ КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ

ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМНИ ТАСДИҚЛАШ ҲАҚИДА“. lex.uz. ЎЗБЕКИСТОН

РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ (2003-yil 25-avgust). Qaraldi: 15

avgust 2022-yil.

Materinskaya smertnost // 1. Malaya meditsinskaya ensiklopediya. —

Meditsinskaya ensiklopediya. 1991—96 gg. 2. Pervaya meditsinskaya pomoщ. — Bolshaya Rossiyskaya Ensiklopediya. 1994 g. 3. Ensiklopedicheskiy slovar

meditsinskix terminov. — Sovetskaya ensiklopediya. — 1982—1984 gg. — M.