Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida mustaqil fikrlash
ko’nikmalarini shakllantirishda savollar berishning ahamiyati yoritilgan. O’quv
jarayonida to’g’ri tanlangan savol turlari o’quvchilarning fikrlash darajasini oshirish,
mustaqil xulosa chiqarish va mantiqiy mushohada yuritishga undaydi. Maqolada ochiq,
yopiq, yetaklovchi, tanlovli, tahliliy va ijodiy savollar turlari hamda ularni dars
jarayonida qo’llash usullari haqida misollar bilan izoh berilgan. Shuningdek, savollar
orqali o’quvchilarning nutqiy faolligini oshirish, o’rganilayotgan mavzuni chuqurroq
tushunishga xizmat qilishi amaliy tavsiyalar asosida yoritilgan.