Авторы

  • Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.126216

Ключевые слова:

Ijtimoiy norma qadriyatlar ijtimoiy muhit xulq-atvor psixologik rivojlanish madaniyat ijtimoiy guruh strategiya

Аннотация

 Ushbu maqolada ijtimoiy norma va qadriyatlarning shaxs 
psixologik rivojlanishiga, xulq-atvoriga va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro 
munosabatlariga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turli madaniyat va 
ijtimoiy guruhlar misolida qadriyatlarning farqlanishi va ular asosida shakllanadigan 
psixologik moslashuv strategiyalari ham ko‘rib chiqilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–1_ июл–2025

241

2181-

3187

IJTIMOIY NORMA VA QADRIYATLARNING SHAXS PSIXOLOGIYASIGA

TA’SIRI

Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi

Alfraganus Universiteti, Pedagogika

fakulteti, Psixologiya (faoliyat turlari )

yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Annotasiya:

Ushbu maqolada ijtimoiy norma va qadriyatlarning shaxs

psixologik rivojlanishiga, xulq-atvoriga va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro

munosabatlariga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turli madaniyat va

ijtimoiy guruhlar misolida qadriyatlarning farqlanishi va ular asosida shakllanadigan

psixologik moslashuv strategiyalari ham ko‘rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

Ijtimoiy norma, qadriyatlar, ijtimoiy muhit, xulq-atvor, psixologik

rivojlanish, madaniyat, ijtimoiy guruh, strategiya,

Insonning psixologik rivojlanib kamol topishi, xulq-atvori va ijtimoiy muhit

bilan aloqasi uning faqat biologik omillarigagina bogʻliq boʻlibgina qolmay, balki

ijtimoiy-madaniy omillarga ham bevosita bog‘liq hisoblanadi. Ayniqsa, ijtimoiy norma

va qadriyatlar tizimi — shaxs ongini shakllantiruvchi, uning jamiyatdagi rolini

belgilovchi asosiy vositalardan hisoblanadi. Har bir jamiyatda mavjud bo‘lgan

me’yorlar va qadriyatlar inson ruhiyatini, axloqiy qarashlarini hamda ijtimoiy

faoliyatini boshqaradi.

Ijtimoiy norma

— bu jamiyat tomonidan ma’qullangan, odatiy, qabul qilingan

xulq-atvor qoidalaridir. Ular shaxsning qanday harakat qilish kerakligini belgilab

beradi va shaxsga ijtimoiy nazorat o‘rnatadi. Bu qoidalar yozma holda yaʼni unga

qonunlarni misol qilib keltirish mumkin yoki og‘zaki tarzdagilarga esa urf-odatlar,

an’analar kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Qadriyatlar

esa — insonlar uchun muhim bo‘lgan e’tiqodlar, axloqiy mezonlar

hisoblanadi. Ular hayotga bo‘lgan munosabatni belgilaydi, shaxsiyatning ichki

dunyosini shakllantiradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–1_ июл–2025

242

2181-

3187

Shaxsning rivojlanishida ijtimoiy norma va qadriyatlarning o‘rni quyidagicha

namoyon bo‘ladi:

1.

Axloqiy mezonlarning shakllanishi – Qadriyatlar bolalikdan boshlab ongga

singdirilib,

yaxshilik-yomonlik,

to‘g‘ri-noto‘g‘ri

kabi

xulosalarni

shakllantiradi.

2.

Ijtimoiy identifikatsiya – Shaxs o‘zini jamiyat bilan tenglashtirib, kimligi va

rolini anglaydi.

3.

Ichki nazorat tizimi – Normativ qadriyatlar shaxsda o‘zini nazorat qilish,

ijtimoiy qabul qilingan me’yorlarga amal qilish ko‘nikmasini hosil qiladi.

4.

Motivatsiya tizimi – bunda qadriyatlar shaxs harakatlariga turtki bo‘lib

xizmat qiladi masalan, ma’suliyat, erkinlik, vatanparvarlik kabi xislatlarni

shakllantirishga koʻmaklashadi.

Ijtimoiy norma va qadriyatlar xulq-atvorning moslashuvchanligini, oʻzgaruvchanligini

taminlaydi va odamlar oʻrtasida muvozanatni saqlashni oʻrgatadi

Moslashuvchanligi

yani – jamiyat qoidalariga muvofiq yashashni oʻrgatadi

Xulq atvor o‘zgaruvchanligini belgilaydi – zamonaviy qadriyatlar ta’sirida shaxs

xulqida yangiliklar yuzaga keladi.

Masalan, bolalar orasida do‘stlik, hurmat, tartibga amal qilish kabi qadriyatlar ijobiy

xulq-atvorni rivojlantiradi. Aksincha, bu qadriyatlar zaif bo‘lgan muhitda

tajovuzkorlik, befarqlik va ijtimoiy begonalashuv hollari ko‘payadi.

Ijtimoiy norma va qadriyatlar shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni

uyg‘unlashtiradi.

Shaxsga itimoiy rollarni aniqlashga yordam beradi yani– ota-ona, o‘qituvchi, rahbar

kabi rollar qoidalar asosida bajariladi.

Konfliktlarning oldini oladi yoki ularni boshqarishga yordam beradi.

Bunda, ijtimoiy muhit (oila, maktab, ommaviy axborot vositalari, do‘stlar guruhi)

asosiy vositachilar hisoblanadi. Ular orqali ijtimoiy norma va qadriyatlar avloddan-

avlodga o‘tadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–1_ июл–2025

243

2181-

3187

Har bir jamiyat va ijtimoiy guruh o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ega. Ushbu qadriyatlar

insonning xulq-atvori, ijtimoiy rollari, dunyoqarashi, va psixologik moslashuv

uslublarini belgilaydi. Ayniqsa, globalizatsiya, migratsiya va ko‘p madaniyatli

jamiyatlarda yashovchi shaxslar uchun psixologik moslashuv — dolzarb masalalardan

biridir.

Ijtimoiy guruhlar (yoshlar, diniy guruhlar, etnik guruhlar, gender guruhlari) o‘z

qadriyatlarini jamiyat umumiy qadriyatlaridan farqli ravishda shakllantirishi mumkin.

Masalan:

Yoshlar

— yangilikka ochiqlik, o‘zligini izlash qadriyatlariga etibor

qaratadilar.

Diniy guruhlar

— muqaddaslik, itoat, poklik kabi qadriyatlarga sodiq boʻladilar, va

shunga daʼvat etadilar.

Gender guruhlari

— ijtimoiy rolda farqlar: erkaklar ko‘proq dominantlik, ayollar esa

g‘amxo‘rlik qadriyatlarini afzal ko‘radilar

John Berry'ning

madaniyatlararo moslashuv modeli:

Berry

shaxsning yangi madaniyatga moslashuvi uchun

to‘rtta asosiy strategiyani

taklif

qiladi:

Bular:

1. Integratsiya Asl madaniyatni saqlagan holda yangi madaniyatga moslashish

2. Assimilyatsiya O‘z madaniyatidan voz kechib, yangi madaniyatni to‘liq qabul qilish

3. Separatsiya Yangi madaniyatdan yiroq yurish, asl qadriyatlarni saqlash

4. Marginalizatsiya Hech bir madaniyat bilan bog‘lanmaganlik

Bugungi globallashuv davrida:

Madaniy pluralizm qadriyatlar xilma-xilligini kuchaytirib yubordi.

Internet va ommaviy axborot vositalari orqali an’anaviy qadriyatlar siljimoqda.

Individualizm va iste’molchilik qadriyatlari ijtimoiy birdamlikni zaiflashtirmoqda.

Shu sababli, ijtimoiy psixologiyada qadriyatlar tizimining zamonaviy yangilanishi va

shaxsga uyg‘un ravishda rivojlantirilishi dolzarb masalaga aylangan.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy norma va qadriyatlarni inson

shakllanib rivoj topib yetuk komil shaxs boʻlishida ahamiyati katta hisoblanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–1_ июл–2025

244

2181-

3187

Ijtimoiy va ruhiy tomondan sogʻlom rivojlanishi uchun taʼsiri kattadir. Shaxsiy

rivojlanishda ham qadriyatlar tizimining oʻrni beqiyos hisoblanadi. Ijtimoiy norma va

qadriyatlarga doim nazar solib oʻrganmoq juda muhim sanaladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

2.

Vygotskiy L.S. Psixologik taraqqiyot nazariyalari. – M.: Pedagogika, 1991.

3.

Xusanov B. Ma'naviyat asoslari. – T.: O‘zbekiston, 2016.

4.

Allport G. Shaxsiyat nazariyasi. – T.: O‘zbekiston, 2002.

5.

Ergashev I., Abdullaeva N. Ijtimoiy psixologiya. – T.: TDPU, 2019.

6.

Muminova M. O‘zbekiston yoshlarining qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar.

Toshkent.2019.

7.

Toshpo‘latova D. Madaniyatlararo psixologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari,

Psixologiya va hayot, 4-son.2021.

8.

Berry, J. W. (1997). Immigration, acculturation, and adaptation. Applied

Psychology.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

Vygotskiy L.S. Psixologik taraqqiyot nazariyalari. – M.: Pedagogika, 1991.

Xusanov B. Ma'naviyat asoslari. – T.: O‘zbekiston, 2016.

Allport G. Shaxsiyat nazariyasi. – T.: O‘zbekiston, 2002.

Ergashev I., Abdullaeva N. Ijtimoiy psixologiya. – T.: TDPU, 2019.

Muminova M. O‘zbekiston yoshlarining qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar.

Toshkent.2019.

Toshpo‘latova D. Madaniyatlararo psixologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari,

Psixologiya va hayot, 4-son.2021.

Berry, J. W. (1997). Immigration, acculturation, and adaptation. Applied

Psychology.