Ushbu maqolada hayvon organizmida vitaminlarning biologik
roliga, ularning metabolik jarayonlardagi ishtirokiga va yetishmovchiligining salbiy
oqibatlariga ilmiy asoslangan yondashuv asosida tahlil berilgan. Vitaminlar hayvon
organizmining normal rivojlanishi, immunitet tizimining faoliyati va mahsuldorlik
ko‘rsatkichlarini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, parhezni ratsional tuzish
va profilaktik choralarni ko‘rish orqali gipovitaminoz va avitaminoz holatlarini oldini
olishning ilmiy asoslari yoritilgan.