MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA BOZORINING O`RNI VA ROLI

Поделиться
Yuldashev, S., & Boliboyeva, U. (2023). MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA BOZORINING O`RNI VA ROLI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 47–49. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19013
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlariga e’tibor qaratsak, aksariyat mamlakatlarda real sektorga nisbatan moliyaviy sektorning roli katta ekanligini ko’rishimiz mumkin.Shu sababli O’zbekistonda ham fond bozorini rivojlantirish va aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlardan foydalanish mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishdagi muhim jihatlardan hisoblanadi.Shu boisdan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi


background image

47

MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA BOZORINING O`RNI VA ROLI

Sh.K. Yuldashev -

Samarqand Davlat Universiteti, dotsent

U.A. Boliboyeva -

Samarqand Davlat Universiteti

Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy

rivojlanish ko’rsatkichlariga e’tibor qaratsak,

aksariyat mamlakatlarda real sektorga nisbatan moliyaviy sektorning roli katta ekanligini

ko’rishimiz mumkin.Shu sababli O’zbekistonda ham fond bozorini rivojlantirish va

aksiyadorlik

jamiyatlarini

moliyalash

tirishda

qimmatli

qog’ozlardan

foydalanish

mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishdagi muhim jihatlardan hisoblanadi.Shu boisdan

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2020

-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish

strategiyasini ishlab chiqish va erkin muom

aladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki

mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun

tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi”.[1]

Mamlakatlarning mavjud soha va tarmoqlaridagi iqtisodiy holatni tahlil qilish orqali

ayrim tarmoqlarda pul mablag’lari yetishmay turgan bir paytda, ba’zi tarmoqlarning ko’p
miqdorda pullari vaqtincha bo’sh turganini guvohi bo`lish mumkin. Bir tarmoqning mablag’i

ma’lum vaqt mobaynida ortiqchalik qilishi yoki yetishmay qolishi,

navbatma-navbat almashib

kelishini hisobga olgan holda, mablag’i yetadigan va shu mablag’ga yetishmovchiligi bor
bo’lgan tarmoqlarni bir

-

birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya’ni fond

birjasidir. Dunyoning ko’plab, eng zamonaviy davlatla

rning bozor iqtisodiyotida fond birjalari

faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim

institute sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib

chiqqan holda muhim aham

iyatga ega bo’lgan ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Fond bozori

jismoniy yoki qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan
mexanizm to’plamidir. Fond birjasi –

qimmatli qog’ozlar savdosiga mo’ljallangan uyushgan

bozor. Bu

qimmatli qog’ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.

Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotining turli tarmoqlari

uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank krediti orqali

moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining

holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy
shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli

qog’ozlarga

yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida

yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi.
Moliyaviy fond birjalari bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi:

Emitentlar. Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik shaxs,

davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo’lishi mumkin.

Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar

kompaniyalar,

korxonalar, davlat idoralari kirishi mumkin. Y

uqorida qayd etilgan shaxslar o’z kapitallaridan

keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun foydalanadilar.

Professional a’zolar. Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. Ularga

asosan treyderlar, brokerlar, d

ilerlar kiradi. Bir so’z bilan aytganda ular vositachilar bo’lib,

tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli bitimning foizlarini olishadi,

shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda imkon qadar ishtirok etish ularning

manfaatlariga mos keladi.

O’tgan bir necha yil davomida mamlakatamizda ham birjalar faoliyatini

takomillashtirish, jumladan fond bozorini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga

oshirilmoqda. Shuningdek, fond birjasini rivojlantirish orqali bozor iqtisodiyotining

taraqqiyotiga erishish maqsadida tuzilgan dasturlar bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi


background image

48

Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga
oshirib kelinmoqda.[2].Ayni paytda mamlkatimiz, xususiy korxonalarg

a ko’maklashish va

raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan faoliyati tartibga solinib turuvchi birjalar
soni 3 tadan iborat. Ular O’zbekiston Respublikasi tovar

-

xomashyo birjasi, Respublika ko’p

tarmoqli agrosanoat birjasi, “Toshkent” Respublika fond birjasi.”Toshkent” Respublika fond

birjasi mamlakatimiz moliya tizimini tez rivojlantirayotgan tuzilmadir va u sarmoya

bozorining fond ulishi o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd qilishlaricha, fond bozoriga aholini keng jalb

qilish hamon dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.Shu bois, qimmatli qog’ozlarga sarmoya
kiritishning afzalliklarini keng ommaga ko’proq va tushunarli tarzda yetkazish uchun

respublikamizning barcha hududlarida soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar

o’tkazilmoqda.

Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli

“2022

-2026-

yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi

farmonida milliy iqtisodiyotni jadal

rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashning

ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko’paytirish

maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard

AQSh dollariga y

etkazish maqsad qilib qo’yilgan.[3]. Iqtisodiyotni rivojlanishida, hamda uning

turli sohalari bir maromda ishlab turishi uchun investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda, katta hajmda moliyaviy resusrlarni jamlovchi va uni iqtisodiyotning ustuvor

s

ohalariga yo’naltira oladigan asosiy moliyaviy institut –

banklar bo’lib turibdi, desak

mubolag’a bo’lmaydi. Mana shu faoliyatni qimmatli qog’ozlar vositasida amalga oshirish

banklar uchun ko'p jihatdan qulaydir. Ta’kidlash o’rinliki, odatda fond bozorida

ishtirok

etuvchi tijorat banklari milliy iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega hisoblanadi.[4].Fond bozorini rivojlantirish yordamida iqtisodiyotda pul

mablag’lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto’xtov shakllantirish,

ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. Investitsiyaga aylanayotgan

pulning xo’jalikning turli sohalari o’rtasida erkin ko’chib yurishi, moliya resurslaridan erkin

va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida mamlakat taraqqiyotiga ham o’z

ta’sirini o’tkazadi.

Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakat iqtisodiyotining

“ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatning

iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun moliya bozorini rivojlantirish
bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mamlakatimiz

fond bozorini yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan

foydalanish maqsadga muvofiqdir:

-

fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan

operatsiyalar bo’yicha soliq mexanizmida bir muncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi

lozim;

- birja savdolarida sotiladigan moliya

viy instrumentlar sonini ko’paytirish, ya’ni

moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat

qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faollashuviga va fond bozori aylanmasining

oshishiga olib keladi;

- Res

publika tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini xalqaro fond birjalarida sotishni

ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.[4]

Yuqorida sanab o’tilgan chora

-

tadbirlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi respublika

banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida
investitsion faolligi oshishiga, balki xalqaro capital bozorida ham faol ishtirokchiga

aylanishiga imkon beradi, O’zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo’lishiga

olib keladi.


background image

49

Bundan ta

shqari O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish masalalarini o’rganish orqali

quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin.

Birinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda makroiqtisodiy barqarorlik,

korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv, investorlarning huquqiy himoyasi, xususiy

kapital oqimi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Ikkinchidan, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiy o’sish bilan o’zaro bog’liq ekanligini

ta’kidlashimiz lozim. Bunda iqtisodiyotning rivojlanishi

fond bozorini rivojlantirishga va

aksincha, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo’shishini

inobatga olish lozim.

Uchinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda aksiyadorlik jamiyatlari

tomonidan daromadlilikni inobatga olgan holda aksiyalar va obligatsiyalarni samarali

moliyaviy instrumentlarga aylantirish hamda ushbu qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini

moliyalashtirish shakllari sifatida foydalanilishi zarur.

To’rtinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining fon

d bozoridagi ishtirokini kengaytirish

maqsadida mahalliy fond bozori uchun yangi instrumentlardan, xususan, islom qimmatli

qog’ozlaridan foydalanish zarur. Bu fond bozorida capital aylanmasini oshirishga, aholi

qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish

ga yordam beradi.

ADABIYOTLAR:

1.

Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bayonoti.

2019-yil 7-oktyabr. http://xs.uz/post/fond-bozorini-rivojlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.

2.

Sh.M.Mirziyoyev.“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to’g’risida”gi

farmoni.13.04.2021 PF-6207.

3.

Sh.M.Mirziyoyev. ”2022

-2026-

yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbeki

stonning taraqqiyot

strategiyasi to’g’risida”gi farmoni.28.01.2022 PF

-60.

4.

X.Sh.Tillayev. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiyalar faoliyatini

takomillashtirish.2018. www.wc.tseu.uz

XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI

IQTISODIY MUNOSABATLARNING INSTITUTSIONAL JIHATLARINI

TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI

Sh.Sh. Yovqochev -

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Hozirgi davrda institutsional oʻzgarishlar koʻplab yangi tizim va

institutlarni joriy

etishda hamda barqaror oʻsish sur’atlariga erishishda koʻmaklashmoqda. Shu bilan bir
qatorda, mazkur tuzilmaviy siljishlar va institutsional oʻzgarishlar, oʻz navbatida milliy

iqtisodiyotning transformatsiyalashuv jarayoni uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.

Milliy iqtisodiyotdagi tuzilmaviy siljishlar va oʻzgarishlar singari, mamlakatimizning

xalqaro moliya tashkilotlari bilan oʻzaro barqaror hamkorligini muvozanatlashgan va tizimli

takomillashtirishda institutsional islohotlarning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Mazkur

islohotlar oʻzaro hamkorlikning institutsional muhiti sifat koʻrsatkichlarini yanada
yuksaltirishga yoʻnaltirilgan. Bu esa oʻz navbatida, barqaror milliy iqtisodiyot salohiyatini

rivojlantirishga qaratilgan institutsional me

’yorlarni qayta koʻrib chiqish bilan birga, ularni

yanada takomillashtirishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, oldin mavjud boʻlgan

institutsional mexanizmlarni yangilash, ularning bir-

biri bilan oʻzaro yaqinligini kuchaytirish,

ular orasida vujudga kelga

n boʻshliqlarni oʻrganish muhim.

Xalqaro moliya institutlari

bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlarini institutsional jihatlarini takomillashtirishning ayrim

konseptual jihatlarini ishlab chiqishda qator olimlarning ilmiy yondashuvlariga tayanish

mumkin.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bayonoti. 2019-yil 7-oktyabr. http://xs.uz/post/fond-bozorini-rivojlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.

Sh.M.Mirziyoyev.“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.13.04.2021 PF-6207.

Sh.M.Mirziyoyev. ”2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi farmoni.28.01.2022 PF-60.

X.Sh.Tillayev. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiyalar faoliyatini takomillashtirish.2018. www.wc.tseu.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов