XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLARNING INSTITUTSIONAL JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI

f
49-51
11
4
Поделиться
Yovqochev, S. (2023). XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLARNING INSTITUTSIONAL JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 49–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19014
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi davrda institutsional oʻzgarishlar koʻplab yangi tizim va institutlarni joriy etishda hamda barqaror oʻsish sur’atlariga erishishda koʻmaklashmoqda. Shu bilan bir qatorda, mazkur tuzilmaviy siljishlar va institutsional oʻzgarishlar, oʻz navbatida milliy iqtisodiyotning transformatsiyalashuv jarayoni uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.


background image

49

Bundan ta

shqari O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish masalalarini o’rganish orqali

quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin.

Birinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda makroiqtisodiy barqarorlik,

korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv, investorlarning huquqiy himoyasi, xususiy

kapital oqimi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Ikkinchidan, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiy o’sish bilan o’zaro bog’liq ekanligini

ta’kidlashimiz lozim. Bunda iqtisodiyotning rivojlanishi

fond bozorini rivojlantirishga va

aksincha, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo’shishini

inobatga olish lozim.

Uchinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda aksiyadorlik jamiyatlari

tomonidan daromadlilikni inobatga olgan holda aksiyalar va obligatsiyalarni samarali

moliyaviy instrumentlarga aylantirish hamda ushbu qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini

moliyalashtirish shakllari sifatida foydalanilishi zarur.

To’rtinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining fon

d bozoridagi ishtirokini kengaytirish

maqsadida mahalliy fond bozori uchun yangi instrumentlardan, xususan, islom qimmatli

qog’ozlaridan foydalanish zarur. Bu fond bozorida capital aylanmasini oshirishga, aholi

qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish

ga yordam beradi.

ADABIYOTLAR:

1.

Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bayonoti.

2019-yil 7-oktyabr. http://xs.uz/post/fond-bozorini-rivojlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.

2.

Sh.M.Mirziyoyev.“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to’g’risida”gi

farmoni.13.04.2021 PF-6207.

3.

Sh.M.Mirziyoyev. ”2022

-2026-

yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbeki

stonning taraqqiyot

strategiyasi to’g’risida”gi farmoni.28.01.2022 PF

-60.

4.

X.Sh.Tillayev. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiyalar faoliyatini

takomillashtirish.2018. www.wc.tseu.uz

XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI

IQTISODIY MUNOSABATLARNING INSTITUTSIONAL JIHATLARINI

TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI

Sh.Sh. Yovqochev -

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Hozirgi davrda institutsional oʻzgarishlar koʻplab yangi tizim va

institutlarni joriy

etishda hamda barqaror oʻsish sur’atlariga erishishda koʻmaklashmoqda. Shu bilan bir
qatorda, mazkur tuzilmaviy siljishlar va institutsional oʻzgarishlar, oʻz navbatida milliy

iqtisodiyotning transformatsiyalashuv jarayoni uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.

Milliy iqtisodiyotdagi tuzilmaviy siljishlar va oʻzgarishlar singari, mamlakatimizning

xalqaro moliya tashkilotlari bilan oʻzaro barqaror hamkorligini muvozanatlashgan va tizimli

takomillashtirishda institutsional islohotlarning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Mazkur

islohotlar oʻzaro hamkorlikning institutsional muhiti sifat koʻrsatkichlarini yanada
yuksaltirishga yoʻnaltirilgan. Bu esa oʻz navbatida, barqaror milliy iqtisodiyot salohiyatini

rivojlantirishga qaratilgan institutsional me

’yorlarni qayta koʻrib chiqish bilan birga, ularni

yanada takomillashtirishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, oldin mavjud boʻlgan

institutsional mexanizmlarni yangilash, ularning bir-

biri bilan oʻzaro yaqinligini kuchaytirish,

ular orasida vujudga kelga

n boʻshliqlarni oʻrganish muhim.

Xalqaro moliya institutlari

bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlarini institutsional jihatlarini takomillashtirishning ayrim

konseptual jihatlarini ishlab chiqishda qator olimlarning ilmiy yondashuvlariga tayanish

mumkin.


background image

50

Djoz

ef Y. Stiglits bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonlarini boshidan kechirayotgan

mamlakatlar, birinchi navbatda, huquqiy va institutsional islohotlarni amalga oshirgan holda

bosqichma-

bosqich bozor munosabatlariga oʻtishi kerakligini ta’kidlagan. [1] Uning

ilmiy

qarashlari negizida, iqtisodiy rivojlanish darajasi past mamlakatlarning kapital bozorni

liberallashtirishdagi xavflar va risklar nazarda tutilganligini aytish mumkin.

D.A. Ushakov Rossiyaning iqtisodiy barqarorligi va eng yirik Shimoliy Amerika xalqaro

moliya institutlari kreditlari oʻrtasidagi aloqani asoslab berdi va federal darajada “Tashqi

iqtisodiy faoliyat va tashqi qarz majburiyatlarini hal qilish boʻyicha strategik markaz” ni

yaratishni taklif qilganligi oʻzaro hamkrolikning insitutsional ji

hatlarini takomillashtirishga

qaratilganligi bilan izohlanadi. [2]

V.M. Kuznetsov ilmiy ishlarida xalqaro moliya insitutlari moliya resurslaridan samarali

foydalanish uchun samaradorlik auditini doimiy olib borish ta’kidlangan. [3]

M.G. Gulaliyev ilmiy tadqiqotlarida xalqaro moliya insitutlari a’zo

-mamlakatlar bilan

oʻzining boshlangʻich hamkorlik xususiyatlarini:

1) mamlakatning qonunchiligi xalqaro moliya institutlari manfaatlariga toʻgʻri kelishi;

2) xalqaro moliya institutlari

faoliyatini qoʻllab

-quvvatlaydigan qulay muhitning

shakllanishi;

3) mamlakatga kiritilayotgan investitsiyalar, infratuzilma, resurslar va ishchi kuchi xom

ashyo sektorida mujassamlashishi xulosa qilingan. [4]

R.Z. Yuldashev xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan

loyihalar samaradorligini oshirishda aynan loyihalar monitoringi lozimligini ta’kidlagan.

[5]

Bu esa, o

ʻ

z navbatda hamkorlikning ilmiy-texnik institutsional asoslarini takomillashtirishni

talab etadi.

Yangilanayotgan Oʻz

bekiston Respublikasidagi tub islohotlar doirasida xalqaro moliya

institutlari bilan oʻzaro hamkorlik doirasidagi institutsional islohotlarda iqtisodiy siyosat

trayektoriyasi maqsad, vazifalari, ayrim instrument va mexanizmlarini yangilash lozim.

Mamlakati

miz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning: “… biz, avvalo, chetdan kredit va sarmoyalar

olib kelish boʻyicha samarali tizim yaratishimiz, har bir kreditni aniq ishlatishni oʻrganishimiz

lozim. Bu masalani yetti oʻlchab, bir marta kesadigan, oqibatini puxta oʻylab

ish olib boradigan

davr keldi” [6], deb ta’kidlagani xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb etilayotgan
mablagʻlarning iqtisodiy

-ijtimoiy samaradorligini oshirishirishning barqaror tizimini ishlab

chiqish dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Fikrimizcha

, xalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlikning institutsional

jihatlarini takomillashtirish islohotlari quyidagi uchta guruh yoʻnalishlari doirasida oʻz aksini

topishi lozim:

1. Me’yoriy

-huquqiy institutsional jihatlarni takomillashtirish.

Mamlakatimizda

xalqaro moliya munosabatlari, xalqaro moliya institutlari faoliyati, davlat moliyaviy nazorati,

tashqi qarzlar masalalarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi qonuniy asoslar ishlab chiqilishi

muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Tashkiliy-tuzilmaviy institutsional jihatlarni takomillashtirish.

Mamlakatimiz-

ning xalqaro moliya institutlari bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalari doirasidagi tashkiliy-

tuzilmaviy institutsional jihatlarni takomillashtirish, oʻzaro iqtisodiy hamkor

lik salohiyatidan

toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini yaratadi.

3. Ilmiy-texnik institutsional jihatlarni takomillashtirish.

Oʻzaro hamkorlik

doirasida mamlakatning ilmiy-texnik jihatlarini iqtisodiy, institutsional islohotlar yordamida

takomillashtirish zamonaviy davrning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bunda

mamlakatda ilmiy-

texnik yoʻnalishda xizmat qiluvchi institutsional tuzilma birliklari tashkil

etilishi lozim boʻladi.


background image

51

1-rasm. Ilmiy-analitik tahlil faoliyatini rivojlantirish

Umuman olganda, Xalqaro moliya institutlari bilan o

ʻ

zaro hamkorlik mamlakatimizning

istiqboli va taraqqiyotining salohiyati uchun: 1) iqtisodiyotda samarali yangi ish o

ʻ

rinlarini

yaratish; 2) aholi jon boshiga to

ʻ

g

ʻ

ri keladigan daromadni oshirish; 3) mamlakatimiz ichki

bozorining rivojlanishi va Markaziy Osiyo sarhadlarida peshqadamlikka erishish; 4) shu bilan
bir qatorda, mamlakat sanoatining yuqori natijalarga erishish maqsad etilgan.

Qolaversa, ikki tomonlama hamkorlik natijasida suv va eneregiyadan oqilona

foydalanish hamda yuqori samaradorlikka erishish kutiladi, mamlakat infratuzilma
ximatlaridan foydalanish imkoniyatlari oshadi, inson kapitalini rivojlantirish uchun ijtimoiy

xizmatlar ko

ʻ

lami kegayadi, qishloq xo

ʻ

jaligi raqobatbardoshligi oshadi, xususiy sektor

investitsiyalari (normativ islohot va soddalashtirish, davlat korxonlarini korporativ

boshqarish va xususiylashtirish) rag

ʻ

batlantirlishi kabi imkoniyatlar ko

ʻ

lami kegayadi. Shu

bilan bir qatorda, Xalqaro moliya institutlarining O

ʻ

zbekiston Respublikasiga ko

ʻ

rsatayotgan

yordami, o

ʻ

rta muddatda, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o

ʻ

sishni qo

ʻ

llab-quvvatlash, davlat

boshqaruvi va institutlarni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlik va integratsiyasini qo

ʻ

llab-

quvvatlashga qaratilganligi yuqoridagilar jumlasidandir.

ADABIYOTLAR:

1.

Joseph E. Stiglitz. Globalization and its Discontents. W.W. Norton & Company. New York London.

2002.

–С. 140,220.

2.

Ушаков Д.А. Развитие отношений Российской Федерации с Международным валютным

фондом: Автореф. дис. канд. наук; Экономические науки: 08.00.14 / Моск. ун

-

т потреб, кооп. М.:

2000. -

24 с.

3.

Кузнецов В. М. Механизмы повышения эффективности управления займами,

предоставляемыми Российской Федерации международными финансовыми организациями:
диссертация ... кандидата экономических наук: 08.00.10 / Кузнецов Виталий Михайлович; [Место

защиты: Гос. науч.

-

исслед. ин

-

т систем. анализа Счёт. палаты РФ].

-

Москва, 2009.

- 1

04 с.: ил.

РГБ ОД, 61 09

-8/1298

4.

Гюльалиев

М.Г. Деятельность международных финансовых институтов в условиях

глобализации // Вестник экономики, права и социологии, №.

2, 2013, -

С.53.

5.

Юлдашев Р. З. Повышение эффективности сотрудничества Республики Узбекистан с

международными финансовыми институтами:

Дис. канд. наук; Экономические науки; 08.00.09 /

МИД РУз Университет мировой экономики и дипломатии. –Т.:2004. –132 с.

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –

T.:

«Oʻzbekiston» NMIU, 2018. –

80 b. (47 va 48-betlar).

Библиографические ссылки

Joseph E. Stiglitz. Globalization and its Discontents. W.W. Norton & Company. New York London. 2002. –С. 140,220.

Ушаков Д.А. Развитие отношений Российской Федерации с Международным валютным фондом: Автореф. дис. канд. наук; Экономические науки: 08.00.14 / Моск. ун-т потреб, кооп. М.: 2000. - 24 с.

Кузнецов В. М. Механизмы повышения эффективности управления займами, предоставляемыми Российской Федерации международными финансовыми организациями: диссертация ... кандидата экономических наук: 08.00.10 / Кузнецов Виталий Михайлович; [Место защиты: Гос. науч.-исслед. ин-т систем. анализа Счёт. палаты РФ]. - Москва, 2009.- 104 с.: ил. РГБ ОД, 61 09-8/1298

Гюльалиев М.Г. Деятельность международных финансовых институтов в условиях глобализации // Вестник экономики, права и социологии, №. 2, 2013, -С.53.

Юлдашев Р. З. Повышение эффективности сотрудничества Республики Узбекистан с международными финансовыми институтами: Дис. канд. наук; Экономические науки; 08.00.09 / МИД РУз Университет мировой экономики и дипломатии. –Т.:2004. –132 с.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T.: «Oʻzbekiston» NMIU, 2018. – 80 b. (47 va 48-betlar)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов