O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOND BOZORINING AMAL QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Поделиться
Nurmuxamedov, A. (2023). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOND BOZORINING AMAL QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 59–61. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19019
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

To‘laqonli bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun fond bozorini, uning amal qilish mexanizmlarini takomillashtirish zarur. To‘g‘ri, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish bo‘yicha harakatlar boshlan gan. Ammo o‘tgan yillar davomida uning dolzarb masalalari o‘z yechimini topmadi. 2006-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etgan dunyoning etakchi iqtisodchi olimlari va mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil to‘lgan bo‘lishiga qaramay, u hali-xanuz “o‘tish iqtisodiyoti” (transition economy)da ekanligi tanqid qilingan edi


background image

59

ko

rsatkichlari namunasiga asoslanib, ushbu tadqiqot firmalarning korporativ faoliyati

moliyaviy tanglik bilan salbiy bog'liqligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, biz korporativ

samaradorlik va moliyaviy tanglik ehtimoli o'rtasidagi salbiy bog'liqlik yuqori darajadagi
riskga ega bo'lgan firmalar uchun aniqroq ekanligini kuzatishimiz mumkin. Ushbu maqola

o

rganilgan muammo bo

yicha tadqiqotlarga bir necha jihatdan hissa qo'shadi. Birinchidan,

biz korporativ samaradorlik va moliyaviy tanglik o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha tadqiqotlarni
kengaytirib, firmalarning korporativ faoliyatini o'rganamiz va yaxshi korporativ samaradorlik

past moliyaviy tanglik bilan bog'liq ekanligi haqida empirik dalillar keltiramiz. Ikkinchidan,

bizning tadqiqotimiz moliyaviy inqirozlar va tangliklarning oldingi sabablarini o'rganadigan
tadqiqotlarga qo'shimcha qiladi. Uchinchidan, biz korporativ samaradorlikni firma riski bilan

bog'laymiz va korporativ samaradorlik va firmalarning moliyaviy tangligi o'rtasidagi salbiy

bog'liqlik yuqori darajadagi riskga ega bo'lgan firmalar uchun aniqroq ekanligini ko

rishimiz

mumkin bo

ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Campbell, J. Y., Hilscher, J., & Szilagyi, J. (2008). In search of distress risk. The Journal of

finance, 63(6), 2899-2939.

2.

Orlitzky, M., & Benjamin, J. D. (2001). Corporate social performance and firm risk: A meta-

analytic review. Business & Society, 40(4), 369-396.

3.

Godfrey, P. C., Merrill, C. B., & Hansen, J. M. (2009). The relationship between corporate social

responsibility and shareholder value: An empirical test of the risk management hypothesis. Strategic
management journal, 30(4), 425-445.

4.

Harjoto, M., & Laksmana, I. (2018). The impact of corporate social responsibility on risk taking

and firm value. Journal of Business Ethics, 151, 353-373.

5.

Sharfman, M. P., & Fernando, C. S. (2008). Environmental risk management and the cost of

capital. Strategic management journal, 29(6), 569-592.

6.

El Ghoul, S., Guedhami, O., Kwok, C. C., & Mishra, D. R. (2011). Does corporate social

responsibility affect the cost of capital? Journal of banking & finance, 35(9), 2388-2406.

7.

Ambec, S., & Lanoie, P. (2008). Innovation at the service of the environment and business

performance. INRA Sciences Sociales, 2007(910-2016-71672).

8.

Friede, G., Busch, T., & Bassen, A. (2015). ESG and financial performance: aggregated evidence

from more than 2000 empirical studies. Journal of sustainable finance & investment, 5(4), 210-233.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOND BOZORINING AMAL QILISH

MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Nurmuxamedov Azizbek Alisher o‘g‘li

-

Toshkent moliya instituti,

To‘laqonli bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun

fond bozorini, uning amal qilish

mexanizmlarini takomillashtirish zarur. To‘g‘ri, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki

yillaridan erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish bo‘yicha harakatlar boshlan

gan. Ammo

o‘tgan yillar davomida uning dolzarb masalalari o‘z

yechimini topmadi. 2006-yilda

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan ilmiy

-amaliy anjumanda ishtirok etgan dunyoning etakchi iqtisodchi

olimlari va mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil to‘lgan bo‘lishiga

qaramay, u hali-

xanuz “o‘tish iqtisodiyoti” (transition economy)da ekanligi tanqid qilingan

edi. Ular sanab o‘tgan vajlar, aytish joizki, bugungi kunda butkul bartaraf etildi. Boshqacha

aytganda, bozor iqtisodiyotining drayveri bo‘lgan ka

pital bozorini shakllantirishga tamaltoshi

qo‘yildi. Valyuta siyosatining liberallashtirilishi, soliq islohotlari, yer munosabatlarini tartibga

solish bo‘yicha misli ko‘rilmagan amaliy chora

-

tadbirlar bunga misol bo‘la oladi.

Fond bozorining rivojlanganlik

darajasi, o‘z navbatida, aniq miqdor va sifat

ko‘rsatkichlari bilan ifodalangan bo‘lishi lozim. Asosiy miqdor ko‘rsatkichlari quyidagilar


background image

60

bo‘lmog‘i kerak: iqtisodiyotning moliyaviy holati, pul massasining Yalpi ichki mahsulot

qiymatiga nisbati, ichki kreditning YaIMga nisbati, aktsiyalar kapitalizatsiyasining YaIMga

nisbati, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzdorlik summasining YaIMga nisbati, hosilaviy

moliyaviy instrumentlar bozorining mavjudligi va rivojlanganlik darajasi

48

.

Fond bozorining

rivojlanganlik darajasini belgilovchi sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib

moliyaviy institutlarning soni va ishonchliligi, fond bozorini tartibga solish tizimining
samaradorligi, tegishli qonunchilikning mavjudligi, bozorda ishtirok etish uchun

soddalashtirilgan shartlar va infratuzilmaning yuqori texnologik darajasidir.

Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan iqtisodiyotlarga xos bo‘lgan holatlar, ya’ni mulk

tarkibidagi keng ko‘lamli farqlar, iqtisodiyotdagi davlatning roli, moliyaviy bozorning hajmi va

tarkibini a

holining milliy o‘zligi, dini, an’analariga asoslangan iqtisodiy xatti

-harakatlarini

hisobga olmay turib baholab bo‘lmaydi. Bu borada olib borilgan izlanishlar shundan dalolat

beradiki, aholining iqtisodiy xatti-harakati bilan fond bozorining rivojlanishi

o‘rtasidagi

bog‘liqlik quyidagicha namoyon bo‘ladi: qabul qilinayotgan risk darajasi, faollik va

innovatsiyalar qancha yuqori bo‘lsa –

aholining mulk tarkibidagi ulushi yuqori bo‘ladi, yakka

tartibdagi iqtisodiy erkinlikka intilish qancha yuqori bo‘lsa –

moliyaviy mahsulotlarning

tarkibi ko‘proq divesifikatsiyalangan va tez o‘zgaruvchan bo‘ladi, aholi moddiy maqomining

oshishiga intilish yuqori bo‘lsa –

qimmatli qog‘ozlar bozori hajmlari ortadi, davlat va ish

beruvchilar tomonidan nazoratning pasayishi

fond bozori tarkibining yanada

diversifikatsiyalangan bo‘lishiga olib keladi, ijtimoiy qo‘llab

-quvvatlovning pasayishi

natijasida esa direvativlar bozorining jadalroq rivojlanishiga olib keladi.

Olib borilgan izlanishlarimiz natijasida rivojlanayotgan fond b

ozorining quyidagi o‘ziga

xos xususiyatlari va uning rivojlangan fond bozoridan farqli jihatlarini aniqlashga muvaffaq

bo‘lindi:

Rivojlangan fond bozorlari bilan solishtirganda, rivojlanayotgan fond bozorlarining

yuqori darajada beqarorligi va shunga mos ravishda yuqori darajadagi narx risklarining

mavjudligi.

Rivojlanayotgan bozorlarga ega bo‘lgan barcha mamlakatlarda fond bozorlarining nisbiy

hajmi (YaIMga nisbatan) rivojlangan mamlakatlarnikidan bir necha barobar past.

Rivojlanayotgan fond bozoriga ega b

o‘lgan barcha mamlakatlarda korxonalarni

moliyalashtirish manbalarida bank krediti qimmatli qog‘ozlarga qaraganda sezilarli darajada

yuqori ulushga ega

49

.

Rivojlanayotgan fond bozorlari o‘zining tez rivojlanish sur’atlari bilan ajralib turadi.

Rivojlanayot

gan va rivojlangan fond bozorlarining qiyosiy tahlili so‘nggi paytlarda

rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorlarining misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan

rivojlanayotganligi va hajmlarining tez sur’atlarda ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.

Buning sa

babi shundaki, so‘nggi paytlarda ushbu mamlakatlarga moliyaviy resurslar oqimi va

ularning xalqaro miqyosdagi ulushi asta-sekin oshib bormoqda.

Mamlakatda davlat organlari faoliyatining shaffofligi investorlar (ayniqsa, xorijiy

investorlar) uchun hal qiluv

chi mezonlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, davlat

institutlarida korrupsiyaning mavjudligi investorlar uchun ushbu mamlakatga investitsiya

kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida noaniqlikni keltirib chiqaradi va bu holat milliy

fond

bozorining lozim darajada rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada moliyaviy

kapitalning fond bozoriga kirib kelishi cheklanib qoladi.

Shunungdek, fond bozorida narx masalalarini hal qilish fond bozorining barcha

ishtirokchilari uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Emissiya qilinayotgan qimmatli

qog‘ozlarni joylashtirish narxini adolatli belgilash jalb qilinayotgan mablag‘lar miqdorini

48

Сулtonov Sh.N. O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo‘llari. Iqtisodiyot va ta’lim / 2022

-yil 5-son. 184-191-betlar.

49

Xojimatov R.X. Fond bozorini

rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari. “Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart

-aprel, 2019-yil.


background image

61

oshirishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Investorlar uchun narxlarning
o‘zgarish mexanizmini yaxshi tushunish to‘g‘ri investitsion qarorlarni qabul qilish uchun juda

muhimdir. Qimmatli qog‘ozlar bozorida narx belgilash tamoyillarini to‘g‘ri o‘rnatish davlatga
bozorni tartibga solish va uni nazorat qilish jarayonining yo‘nalishlarini to‘g‘ri ishlab chiq

ish

imkonini beradi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, investitsiya qarorlarini qabul qilishda xorijiy investorlar

asosan mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadilar va umuman

iqtisodiyotdagi beqarorlik sharoitida xorijiy investorlar, ushbu bozorda istiqbolli mahalliy

emitentlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham, uzoq muddatli investitsiyalarni fond bozoriga
qo‘yishni afzal ko‘rmaydilar. Buning natijasida qisqa muddatli xorijiy chayqovchilik uchun

imkoniyat yuzaga keladi va bu holat rivojlanayotg

an fond bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rivojlanayotgan fond bozorining rivojlangan bozorga aylanish jarayonini o‘rganish

natijasida ushbu jarayonning asosiy iqtisodiy, texnik va siyosiy muammolari aniqlandi.

Iqtisodiy muammolarga iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, xususan,

iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan to‘yinganlik darajasini oshirish, jamoaviy investitsiyalash
tizimini rivojlantirish va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish kiradi.

Rivojlanayotgan va rivojlangan fond bozorl

ari tahlili shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiyot pul

resurslari bilan qanchalik to‘yingan bo‘lsa, xo‘jalik aylanmasida qimmatli qog‘ozlar
komponenti shunchalik yuqori bo‘ladi, yalpi ichki mahsulotga nisbatan fond bozori

kapitallashuvi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Fond bozorining rivojlanishi bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish siyosatiga

bog‘liq, ammo rivojlanayotgan mamlakatlar har doim ham to‘g‘ri va malakali siyosat olib

boravermaydi. Zamonaviy sharoitda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi ushbu iqtisodiyot

tovar va

moliya bozorlarining jahon bozorlariga dinamik ravishda integratsiyalashuviga bevosita

bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida bozorlarni erkinlashtirishni talab etadi. Biroq moliya sektorini

erkinlashtirish bozor riski (tavakkalchiligi) ko‘lamini hisobg

a olgan holda mutanosib ketma-

ketlikda amalga oshirilishi kerak.

Rivojlanayotgan fond bozorini rivojlangan bozorga aylantirishning texnik vazifalari

quyidagilardan iborat: jahon fond bozoriga samarali integratsiya qilish uchun zarur

infratuzilmani ta’minla

sh va fond bozoridagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini

takomillashtirish. Ko‘pgina rivojlanayotgan fond bozorlariga xos bo‘lgan muammo shundaki,

rivojlanayotgan mamlakatlarda odatda fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur

b

o‘lgan davlat va jamiyatning e’tibori yetarli darajada bo‘lmaydi, davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlanmaydi. Binobarin, fond bozorining rivojlanganligi uning mamlakat uchun qanchalik

dolzarb va muhim ekanligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu davlatning xohish va qat’iyatida o‘z

aksini topadi. Shuningdek, davlatning siyosiy qo‘llab

-quvvatlovi milliy fond bozori

manfaatlarini xalqaro moliya bozorlarida himoya qilish shaklida ham ayniqsa muhimdir.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA FONDLARINING MOLIYA

BOZORLARIDA ISHTIROKI VA ULARNING AHAMIYATI

Babayev Baxtiyor Babanovich -

XK MChJ “Freedom Finance” bosh direktori

O`zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni

rivojlantirishning o`ziga xos yo`nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda va tashqi

iqtisodiy faoliyatni yanada jadallashtirishda milliy va xorijiy investitsiyalarning o`rni
beqiyosdir.

O`zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida”g

i

qonunida “investitsiyalar

- investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha,

tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob`ektlariga tavakkalchiliklar asosida

Библиографические ссылки

Сулtonov Sh.N. O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo‘llari. Iqtisodiyot va ta’lim / 2022 -yil 5-son. 184-191-betlar.

Xojimatov R.X. Fond bozorini rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2019-yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов