YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI SHAROITIDA QIMMATLI QOG’OZLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNING BAZASINI ANIQLASHNING METADOLOGIK ASOSLARI

Поделиться
Xalikchayeva , . S. . (2023). YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI SHAROITIDA QIMMATLI QOG’OZLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNING BAZASINI ANIQLASHNING METADOLOGIK ASOSLARI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19024
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qimmatli qogʻozlar bu oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari hisoblanib, moliya bozorida aksiya, obligatsiya, veksel kabi turlari eng mashxurlari sanaladi. Qimmatli qog‘oz lar bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son farmoni ijorosini ta’minlashda soliq munosabatlarining o’rni benihoya muhimdir. Zero, moliya bozorining negizi bo’lgan qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq moliyaviy operatsiyalarning faoliyatini tartibga solishda va nazorat qilishda soliqqa tortish tartib larining ahamiyati ayni dolzarb zaruriy masaladir


background image

68

Umuman olganda, moliya bozori mintaqada sanoatni qo'llab-quvvatlashda hal qiluvchi

rol o'ynaydi. Bu biznesni kengaytirish va rivojlantirish uchun zarur kapitalni ta'minlaydi,

shuningdek, korxonalar o'z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur bo'lgan kapitalga kirish

uchun platformani taqdim etadi. Bu korxonalarga o‘z faoliyatini moliyalashtirish va faoliyatini

kengaytirish uchun zarur bo‘lgan kapitalni olish imkonini beradi. Bu mintaqada yanada faol va

farovon iqtisodiyotni yaratishga yordam beradi. Moliya bozori ham globallashib bormoqda.
Bu xalqaro moliyaviy vositalardan, masalan, valyuta va derivativlardan ko'proq foydalanishni

o'z ichiga oladi. Bu korxonalar uchun butun dunyo kapitaliga kirishni osonlashtirdi,

shuningdek, investorlar uchun portfellarini diversifikatsiya qilishni osonlashtirdi. Umuman

olganda, moliya bozori har qanday mintaqada sanoatni qo’llab quvvatlash uchun zarur

bo'lgan doimiy rivojlanayotgan tizimdir. Mintaqadagi sanoat kuchli bo‘lib qolishi uchun

moliya bozorining zamonaviy tendensiyalari va istiqbollarini tushunish muhimdir.
Texnologiyadan foydalanish, barqarorlikka e'tibor qaratish va yanada globallashuv orqali

moliya bozori korxonalarni kengaytirish va ish o'rinlarini yaratish uchun zarur kapitalni

ta'minlashda davom etishi mumkin.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati:

1.

Financial Markets and Institutions (10th Edition) by Frederic S. Mishkin and Stanley

G. Eakins. 12

2.

Стратегия

дальнейшего

повышения

конкурентоспособности

национальной

экономики

:

материалы

1

У

-

го

Форума

экономистов

/

отв

.

ред

.

М

.

П

.

Нарзикулов

.

Ташкент

,

2012.

С

. 8.

3.

Financial Management: Principles and Applications (12th Edition) by Sheridan Titman, Arthur

J. Keown, John D. Martin, and David F. Scott

4.

Мусахон Исаков, Дилобар Рўзиева. Ўзбекистон саноатидаги таркибий ўзгаришлар.

Монография.

-

Т.: ТДИУ, 2019 й.

5.

Financial Statement Analysis and Security Valuation (7th Edition) by Stephen H. Penman

YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI SHAROITIDA QIMMATLI

QOG’OZLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNING BAZASINI ANIQLAS

HNING

METADOLOGIK ASOSLARI

Xalikchayeva Sadokat Ilxomjonovna -

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi

“Oʼzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy

asoslari

va muammolari” ilmiy

-tadqiqot markazi doktoranti

Qimmatli

qogʻozlar

bu oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida

muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari hisoblanib, moliya

bozorida aksiya, obligatsiya, veksel kabi turlari eng mashxurlari sanaladi. Qimmatli qog‘oz

lar

bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada

chuqurlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi

“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-6207-son farmoni

ijorosini ta’minlashda soliq munosabatlarining o’rni benihoya muhimdir. Zero, moliya
bozorining negizi bo’lgan qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq moliyaviy operatsiyalarning

faoliyatini tartibga solishda va nazorat qilishda soliqqa tortish tartiblarining ahamiyati ayni

dolzarb zaruriy masaladir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 327

-moddasi

qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos

xususiyatlariga bag’ishlangan bo’lib, bu sohadagi bar

cha vaziyatlarni qamrab olgan va batafsil

yoritib berilgan.

Soliq tushumlarining belgilanishida soliq bazasi va soliq stavkalarining darajasi asosiy

dastaklar bo’lganligi uchun qimmatli qog’ozlar bozoridagi qimmatli qog’ozlar bilan bogliq


background image

69

operatsiyalarga soliq solinishida soliq bazasining aniqlash tartiblari kerakli vaziyatlarni
aniqlashtiruvchi va mavhumliklarni bartaraf etuvchi iqtisodiy muruvvathamdir. Jumladan,

qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchilar tomonidan

al

ohida aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchilar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida

muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha soliq bazasini qimmatli

qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari

b

o‘yicha soliq bazasidan alohida aniqlaydi. O‘tgan soliq davrlari davomida qimmatli

qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha zarar ko‘rgan soliq to‘lovchilar qimmatli qog‘ozlarga

doir operatsiyalar bo‘yicha joriy hisobot (soliq) davrida olingan tegishli soli

q bazasini

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksning

336-moddasida

belgilangan tartibda va shartlarda

kamaytirishga haqli hisoblanadi.

Shuningdek, o‘tgan soliq davrlarida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida

muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalardan ko‘rilgan zararlar hisobot

(soliq) davrida belgilangan ushbu qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalarning soliq bazasini

kamaytirishi mumkin.

Qolav

ersa, qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli

qog‘ozlarga doir operatsiyalardan olingan daromadlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan

bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha qilingan

xarajatlar

ga yoki ko‘rilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emasligi belgilangan va qimmatli

qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga doir

operatsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida

muomalada b

o‘lgan qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlarga

yoki ko‘rilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas deya ta’kidlangan.

Agar ayni bir qimmatli qog‘oz bo‘yicha bitim ikki yoki undan ortiq savdo tashkilotchisi

tomonidan amalga o

shirilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi savdo tashkilotchilarining birida yuzaga

kelgan bozor kotirovkasini mustaqil tanlashga haqli hisoblanadi. Bunda, qimmatli qog‘ozning

bozor kotirovkasi deb quyidagilar e’tirof etiladi:

1) O‘zbekiston Respublikasida savdo ta

shkilotchisining savdolariga (shu jumladan

birjaga) qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar uchun —

bunday savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni

mobaynida amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha qimmatli qog‘ozning o‘rtacha tortilgan narxi;

2) chet el savdo tashkilotchi

sining savdolariga (jumladan birjaga) qo‘yilgan qimmatli

qog‘ozlar uchun —

bunday savdo tashkilotchisi tomonidan savdo kuni mobaynida o‘zi orqali

amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha hisob

-

kitob qilinadigan qimmatli qog‘ozning yopilish

narxi.

Shunday

holatlar mavjud bo’ladiki, muomaladagi qimmatli qog‘ozlarga oid bitim

qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridan tashqarida tuzilsa, birinchi navbatda, qimmatli
qog‘ozni o‘tkazishning barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni amalga

os

hirish sanasi deb e’tirof etiladi. Ikkinchi navbatda esa, soliq solish maqsadlarida quyidagi

shartlarning hech bo‘lmaganda bittasiga rioya etilganda, qimmatli qog‘ozni haqiqatda

realizatsiya qilish (sotib olish) yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi bozor narxi deb

e’tirof etiladi:

1)

agar bitim amalga oshirilgan kuni qimmatli qog‘ozga nisbatan bittadan ko‘p bitim

ro‘yxatga olingan bo‘lsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, basharti bu narx bitimni

amalga oshirish sanasida savdo tashkilotchisi (tashkilotchilari) tomonidan ushbu sanada

ro‘yxatga olingan mazkur qimmatli qog‘ozga doir bitimlarning eng yuqori va eng past narxlari

o‘rtasidagi oraliqda (narxlar oralig‘ida) bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi;

2)

agar bitim amalga oshirilgan sanada qimmat

li qog‘ozga doir bitta bitim ro‘yxatga

olingan bo‘lsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu narx ko‘rsatilgan

qimmatli qog‘oz bilan bozor narxi belgilanayotgan bitimni amalga oshirish sanasidagi boshqa

bir bitimning narxiga muvofiq bo‘lsa,

bozor narxi deb e’tirof etiladi;


background image

70

Muomalada bo‘lgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ularni joylashtirish chog‘ida sotib

olingan taqdirda, shuningdek ushbu qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgandan keyin doirasi

cheklanmagan shaxslarga birinchi bor taklif qilinganda, shu jumladan ushbu qimmatli

qog‘ozlarni taklif etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan brokerdan sotib olinganda bunday

qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy narxi bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadlari

uchun qabul qilinadi.

Soliq bazasin

i tog’ri aniqlash maqsadida, muomalada bo‘lgan emissiyaviy qimmatli

qog‘ozlar ularni joylashtirish chog‘ida sotib olingan taqdirda, shuningdek ushbu qimmatli

qog‘ozlar joylashtirilgandan keyin doirasi cheklanmagan shaxslarga birinchi bor taklif

qilinganda,

shu jumladan ushbu qimmatli qog‘ozlarni taklif etish bo‘yicha xizmatlar

ko‘rsatadigan brokerdan sotib olinganda bunday qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy narxi bozor

narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul qilinishi kerak. Qolaversa,
muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridagi

bitimlarning eng past narxidan past narx bo‘yicha realizatsiya qilingan taqdirda moliyaviy

natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozoridagi bitimning eng past nar

xidan

foydalaniladi.

Bundan tashqari, ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya

paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya

fondini tashkil etuvchi mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan

kompaniyadan sotib olingan taqdirda, bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari

to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda investitsiya payining hisob

-kitob qiymatiga

teng bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq sol

ish maqsadida hisobga olinadi.

Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimning haqiqiy narxi sifatida esa

qimmatli qog‘ozning hisob

-kitob qilingan narxi va narxning cheklangan tarzda chetga

chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng yuqori va eng

past narxi o‘rtasidagi oraliqda turgan

bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun e’tirof etiladi. Ushbu

qoida va tartiblar moliya bozoridagi qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyarning soliq solish

bazasini aniqlashda eng mu

him bo’lgan tartiblar hisoblanadi.

Foy

dalanilgan adabiyotlar ro’yxati

:

1.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada

rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-6207-son farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasining 03.06.2015 yildagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi

387-sonli Qonuni.

4.

Soliq.uz

АКТИВЛАР ВА КРЕДИТЛАРНИ САМАРАЛИ БОШҚАРИШ МЕЪЗОНЛАРИ

С.А. Абдуллаев, Н.А. Абдуллаева

-

Тошкет молия институти мустақил тадқиқодчи

Инвестицион фондлар

ғарб мамлакатларида кўп тарқалган молиялаштириш

структураси ҳисобланади. Бундай фондлар одатда, пул жамғармаларини йиғувчи
субъект бўлиб

,

маълум миқдорда фойда олиш мақсадида жамғармачилар,

инвесторларнинг пул маблағлари, жамғармаларини йиғиш билан шуғулланишади.

Мазкур Фондлар

ўз проспектида ўзининг инвестицион

мақсадларини, имтиёз

ва

чекланмаларини ҳамда

бошқа кўпгина параметрларини белгилаб олади. Улар

проспектида асосий эътибор қаратиладиган омиллар сифатида масалан,

қайси

регионларга устиворлик бериш

,

қайси

соҳа ва қандай

активлар категориясига пул

қўйилиши

,

қанча

муддатга инвестиция қилиниши каби ҳолатлар белгиланганлигини

кўриш мумкин.

Бу фондларнинг туркумига

кирадиган, ҳозирда оммабоп бўлиб

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-son farmoni

O‘zbekiston Respublikasining 03.06.2015 yildagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 387-sonli Qonuni.

Soliq.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов