O’ZBEKISTONDA FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL ETISH YO’LLARI

Поделиться
Bo‘riboyeva, Z. (2023). O’ZBEKISTONDA FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL ETISH YO’LLARI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 81–85. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19030
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liq bozor munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko‘rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson sivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o‘sib, ularning haq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir.


background image

81

O’ZBEKISTONDA FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR

VA ULARNI HAL ETISH YO’LLARI

Bo

riboyeva Zamiraxon Ravshan qizi -

Toshkent Moliya Instituti qo

shma fakulteti

“Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi o‘

qituvchisi

Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor

insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liq bozor munosabatlarini amalga

oshirila boshlashidan sh

akllanishini ko‘rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning

mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab,

inson sivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning moliyaviy
munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari

tobora o‘sib, ularning haq

-

huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir.

Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan,

borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega

munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab

tizim ekanligi aniq bo‘lmoqda.

Bunda moliya bozorlari na faqat milliy iqtisodiyot, balki global

iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va

qonuniyatlar asosida belgilanadi.

Darxaqiqat, moliya bozori, shu jumladan iqtisodiyotimizning fond bozori sektorining

yanada rivojlanishi uchun i

nvestitsion faoliyatni rag‘batlantirish, takomillashtirish kapital

bozori faoliyatini mustahkamlash talab etiladi.

Hozirgi zamon talablariga javob beruvchi investitsiya portfeli turini shakllantirish,

investorlarni moliya bozorida, jumladan fond bozoridagi investitsion faoliyatini faollashtirish

va pirovard natijada ichki va xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligini yuqori

darajasiga erishish davlat tomonidan fond bozorida portfelli investorlar faoliyati tizimini isloh
qilishning strategik maqsadi hisoblanadi.

Mamlakatimiz fond bozorida investitsiyalar portfelini samarali boshqarishni

takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar

edi:

1. Portfel diversifikatsiyasi evaziga investitsiya riskini pasaytirish. Korporativ

investorlar faoliyatining jahon tajribasida investorlar iqtisodiyotning turli xil tarmog‘iga
tegishli korxonalar aksiyalariga egalik qilib, investitsiya riskini pasaytirishadi. O‘zbekistonda

qo‘yilmalarni diversifikatsyalashning mushkul

tomoni shundaki, umuman olganda aksiyalar

bozori nolikvid hisoblanadi, ya’ni aksiyalarga ommaviy talab va taklifning yo‘qligi.

2. Fond bozorida investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarishda yapon shamlari

tahlil usullaridan foydalanishi, ularning bozordagi risklarini xedjirlashida muhim ahamiyat

kasb etadi.

3. Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozoridagi faolligini, jumladan, aksiyalar bo‘yicha

oldi-sotdi bitimlari hajmini oshirish maqsadida savdolar tizimini xamda savdolarni uzluksiz
auksion usuli

da olib borish, bir vaqtning o‘zida pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni bir

mijozdan ikkinchisiga o‘tkazish imkonini beradigan elektron dasturini yaratish.

4. Investitsiya portfeli monitoringini yanada takomillashtirish uchun uzoq muddatli va

optimal daromad keltiruvchi instrumentlarni muomalaga kiritish lozim. 5.

Birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko‘paytirish, ya’ni moliyaviy

fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat qimmatli

qog‘ozlar bozorida investorlarning faollashuviga va fond bozori aylanmasining oshishiga olib

keladi.

6. Investorlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar oldi

-

sotdisida investitsiya risklari ta’sirida

ko‘rilishi mumkin zararlarni sug‘urtalash tizimini joriy etish. Bunday holat investorlarni,


background image

82

Kapital bozori va

fond bozori

Makroiqtisodiy darajada

Fond bozori infratuzilmasini

rivojlantirish orqali

Fond bozorini

rivojlantirish

yo’nalishlari

Аktsiyadorlik jamiyatlarida

samarali korporativ

boshqaruvni joriy etish

Mikroiqtisodiy darajada

Аktsiyalar va

obligatsiyalarэмиссиясини

жадаллаштириш

Dividend siyosatini

takomillashtirish va

aholining fond bozoridagi

faolligini oshirish

Soliq siyosati

jumladan xorijiy investorlarini dadil ravishda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini
amalga oshirishiga turtki bo‘ladi.

Yuqoridagi fikr-

mulohazalarimizdan ko‘rinib turibdiki, fond bozorini

rivojlantirish

tamoyillari orqali investitsiyalar portfelini boshqarish yuqorida aytib o‘tilgan ayrim omillarga

ham bog‘liq ekanligi bilan izohlanadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston kapital bozori hajmining YaIMga nisbati ko‘rsatkichi sezilarli

darajada past ekanligi (1 foizga ham etmaydi), bir tomondan, bu sohani isloh qilish naqadar

dolzarbligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotni barqaror sur’atlarda o‘sishini

rag‘batlantirish uchun foydalanilmagan salohiyat yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Xalqaro amaliyot ko‘rsatishicha, xorijiy investorlar tomonidan investitsiya kiritiladigan

maqsadli mamlakatni aniqlashda mazkur mamlakatdagi boshqaruv sifati muhim ahamiyat

kasb etadi. Masalan, korporativ boshqaruv sifati yuqori bo‘lgan mamlakat investorl

ari

investitsiya kiritishda boshqaruv sifatiga hal qiluvchi omil sifatida qaraydi. Ayni paytda,

korporativ boshqaruv rivojlanmagan davlat investorlari uchun investitsiya kiritish maqsad

qilingan davlatdagi korporativ boshqaruv darajasi ahamiyatsiz bo‘lishi

ham mumkin.

O‘z navbatida, institutsional investor orqali investitsiya qilishning qator afzalliklarini

qayd etish o‘rinlidir. Jumladan:

oqilona diversifikatsiya orqali investitsiyalarni professional boshqarish. Bunday

boshqaruvga resurslarini topshirgan i

nvestor bu investitsiya bo‘yicha uddaburon

mutaxassislar bilan ishlayotganligiga amin bo‘lishi mumkin;

institutsional investorlar ko‘pgina xususiy investorlarning qo‘yilmalariga qaraganda

yuqori miqdorda buyurtma bergan holda ish olib borishlari sababli ul

ar ko‘proq strategik

imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ular uchun birja va birjadan tashqari

operatsiyalarni amalga oshirish uchun komission to‘lovlar sezilarli darajada kamayadi.

1-

rasm. Fond bozorini rivojlantirish yo‘nalishlari

59

59

Sultonov Sh.N. O'zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo'llari. Iqt. fan. bo'yicha fals. dokt. (PhD) diss. avtoref.

Toshkent, 2020. - 19 b.


background image

83

Xalqaro amaliyotda fond bozori likvidliligi va bank sektorining taraqqiy etganlik darajasi

iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi muhim omillardan ekanligi aniqlangan

60

. Fikrimizcha, fond

bozori uzoq muddatli investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi

muhim

endogen omil vazifasini o‘taydi. Bank kreditlari esa nisbatan qisqa muddatli oraliqda

iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda sezilarli ijobiy ta’sirga ega.

Bugungi kunda iqtisodchi olimlar tomonidan fond bozorini rivojlantirishning bir qancha

yo‘nalishlari

taklif etilgan. Xususan, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada rivojlantirish

yo‘nalishlari tadqiq etilgan (

1-rasm).

Xorijiy institutsional investorlarni jalb qilishda milliy xo‘jalik sub’ektlarining hisob va

moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etishlari, shaffoflik va axborot ochiqligini

ta’minlash, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishni yanada takomillashtirish,

institutsional investorlarning boshqaruvdagi ishtiroki orqali milliy kompaniyalar aksiyadorlik
kapitali qiymatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish talab

etiladi.

O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar hamda amalga

oshirilayotgan davlat rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri milliy fond

bozorini rivojlantirish orqali iqtisodiyotga investitsiyalar jalb qilish va aholining

investitsiyalardan daromad olish manbalarini yaratishdan iborat. Davlatning makroiqtisodiy

siyosati talablariga fond bozori qay darajada javob berishi va qimmatli qog‘ozlar bozori orqali

investitsiya kiritish qanchalik samara berishiga e’tibor qaratish

muhimdir.

Fond bozorini rivojlantirish yo‘nalishlarini shakllantirish jarayonida ikki ustuvor masala

echimiga alohida e’tibor qaratiladi. Birinchidan, fond bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq

bo‘lgan muammolarning echimiga, ikkinchidan O‘zbekiston Resp

ublikasini 2017-2021

yillarda yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning, ya’ni

kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini

joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni

bajarishga xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, fond bozorini rivojlantirish yo‘nalishlarini
makro va mikroiqtisodiy darajada amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lib,

makroiqtisodiy darajadagi bosqichda asosiy

e’tibor quyidagilarga qaratilishi zarur. Jumladan,

2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning

29 aprelidagi 4300-sonl

i «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni

jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi Qororida

«qator kimyo va neft

-

gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar

,

bank-

sug‘urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish,

mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO (SPO) bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish uchun jalb

qilinadigan

investitsiya

vositachilari,

maslahatchilari,

shu

jumladan,

xorijiy

maslahatchilarning ko‘rsatadigan xizmatlari va to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb

etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha chora

-tadbirlarni amalga

oshirish rejalashtirilgan».

Shuningdek, 2017-20

21 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar

va texnologiyalarni qo‘llab

-

quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida

«Aholining

bo‘sh pul mablag‘larini iqtisodiyotning real sektoriga jalb

qilish maqsadida

korxonalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni

sotib olishni rag‘batlantirish»

bo‘yicha normativ

-huquqiy hujjat loyihasi

ishlab chiqilgan va unda «aholining bo‘sh pul

mabl

ag‘larini iqtisodiyotning

real sektoriga jalb qilishni rag‘batlantirishni ta’minlash uchun

jismoniy

shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan

mablag‘larini daromad

60

Levine, R. and S. Zervos, (1998), Stock markets, growth and economic development, American Economic review, 88, 537-

58.


background image

84

solig‘idan ozod etish» nazarda tutilgan.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ushbu chora-

tadbirlarni samarali, o‘z vaqtida tashkil etish moliya bozori, xususan, qimmatli qog‘ozlar

bozorida aholining faol ishtirokini ta’minlash, ushbu sohani yanada rivojlantirishda muhim
«motivatsion omil» bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda portfel investitsiyalar sohibi o‘z

kapitalini fond bozorlari orqali yo‘naltirib, ular milliy iqtisodiyotni ob’ektiv baholaydi va
raqobatli kreditlaydi. SHu bilan ular mablag‘larini bir loyihaga to‘g‘ridan –

to‘g‘ri investitsiya

qiluvchi investorlardan farqlanadi. Bugungi kunda moliya bozori kechagidan farq qiladi.

Mulkdor bo‘lish uchun imkoniyatlar juda ko‘p. Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini

yanada kuchaytirish orqali moliya bozorlarining jadal s

ur’atlar bilan rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatish mumkin.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar va fond bozori

rivojlanishi o‘rtasidagi ikki tomonlama bog‘liqlikni tushuntirishning bir necha yo‘li mavjud.

Bir tomondan, xorij

iy investitsiyalar o‘zining investitsion ta’siri tufayli mahalliy fond

bozorlarini rivojlantirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, ko‘proq xorijiy
investitsiyalar to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transmilliy

kompan

iyalarning filiallari mahalliy fond bozorlarida ro‘yxatga olinishi ehtimolini oshiradi,

chunki transmilliy kompaniyalar fond bozori orqali moliyalashtirish an’anaga aylangan
sanoati rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri investitsiyalar oqimi mamlakat siyosiy elitasini

bozorga mos keladigan qoidalarni, xususan, investorlarni himoya qilish va boshqaruvni
yaxshilash qoidalarini qabul qilishga undaydi, deb taxmin qilish mumkin: bu fond bozorining

rivojlanishiga yordam beradi. Boshqa tomondan, nisbatan yaxshi rivojlangan fond bozori

xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam beradi, shuning uchun bozor hayotiylik, davlat
hokimiyati organlari tomonidan ochiqlik va bozorga qulay muhit belgisi sifatida qabul

qilinadi.

Bugungi kunda kapital bozorini yanada rivojlantirish, raqobat muhitini shakllantirish va

fond bozori likvidligini oshirishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq o‘z echimini kutayotgan bir

qator dolzarb muammolar va kamchiliklar mavjud, jumladan

61

:

kapital bozorini rivojlantirish sohasida davlatning strategik rejalashtirish tizimi mavjud

emas;

erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning mamlakat Y

aIM hajmiga nisbatan ulushi past

(0,41 foiz);

fond bozorida amalga oshirilayotgan bitimlarning yuqori qismi (birjadagi hajmlarning

70 foizidan ortig‘i) davlat ishtirokidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda;

qimmatli qog‘ozlar bozorining likvidligi past, davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi

bozorini rivojlantirish zaruriyati mavjud, amaliyotga joriy etilgan moliyaviy mahsulotlar

turlari etarli emas, davlat aksiya paketlari «bitta aksiya bitta lot» tamoyili asosida sotilishi

sust va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida mablag‘ jalb qilishga
bo‘lgan qiziqishi past;

kapital bozoriga uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ega yirik institutsional

investorlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar sust olib borilmoqda;

bozor infratuzilmasi zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimlari bilan etarli darajada

ta’minlanmagan, shuningdek, ushbu sohada mahalliy tizimlarning imk

oniyatlaridan samarasiz

foydalanilmoqda;

mintaqaviy darajada kapital bozori infratuzilmasi mutlaqo rivojlanmagan;

kapital bozori sohasida bozor kapitallashuvini oshirish choralarini faol ravishda ilgari

surish va amalga oshirishga imkon beradigan yuqori malakali mutaxassislar etishmaydi;

61

Moliya vazirligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirish departamentini.

https://www.mf.uz/uz/?option=com

_content&view=article&id=849


background image

85

sohani nomutanosib tartibga solishni nazarda tutuvchi hamda zamonaviy bozor

talablariga va xalqaro standartlarga javob bermaydigan huquqiy hujjatlar ko‘p;

korporativ munosabatlar zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilmagan.
Investitsiya muhitini yaxshilashda quyidagi chora - tadbirlarni amalga oshirish

maqsadga muvoqdir:

1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda qonun va me'yoriy xujjatlarni

takomillashtirish;

2. Mamlakatdagi va korxonalar daoajasidagi kadrlar salohiyatini oshirish; 3.Ichki

bozorda o‘z faoliyatini olib borayotgan milliy korxonalarni aniq axborot bilan ta'minlanishini

yaxshilash;

4.

Yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va faoliyat yuritayotgan xo‘jalik

sub'yektlarni legallashtirish;

5.

Mamlakatdagi rivojlanish darajasi pastroq bo‘lgan mintaqalarga moliyaviy mablag‘lar

ajratish;

6.

O‘zbekiston Respublikasida Investitsion loyihalarni baholash maqsadida investitsion

agentliklarni tashkil etish.

Bugungi kunda

eksportni rivojlantirish bu investitsion faoliyatni rag‘batlantirishga

yo‘naltirilgan davlatning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir.Yuqoridagi

muammolarni bartaraf etilishi iqtisodiyot mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy

o‘zgartiri

sh va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini

bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini

shakl

lantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga

mo‘ljallangan ishlarni yo‘lga qo‘yish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va natijada
mamlakat aholisining turmush darajisini ko‘tarilishi va daromadlarini oshishiga olib k

eladi.

Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrnini oshirish uchun samarali

tartibga solish tizimi oʻrnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi organlar

ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat chekmasligini

ta'minlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning samarali ishlashini va

bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini ta'minlashga e’tibor qaratadi.

Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi

moliya bozorlarining samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya

bozorlarida yuzaga keltirish, ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga
moslashtirish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi.

АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ РЕГИОНАЛЬНОГО ФИНАНСОВОГО

РЫНКА И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ

Кадирова Х. Т.

д.э.н., проф.

Мирзахаликов Б.Б.

ст.

препод., (PhD)

Наманганский инженерно

-

технологический

институт кафедра «Бухгалтерский учёт и аудит»

Финансовый рынок аккумулирует временно свободный капитал и эффективно

распределяет его между потребителями, направляя его при этом в наиболее

эффективные сферы которые способствует экономическому развитию национальной
экономики. «Финансовый рынок представляет собой сферу реализации экономических

отношений, выражаемых движением и перераспределением финансовых ресурсов, как

в краткосрочном, так и долгосрочном аспекте, обеспеченных правовым механизмом,
где деньги приобретают новое

качество, превращаясь в экономический ресурс. Вне

Библиографические ссылки

Sultonov Sh.N. O'zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo'llari. Iqt. fan. bo'yicha fals. dokt. (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2020. - 19 b.

Levine, R. and S. Zervos, (1998), Stock markets, growth and economic development, American Economic review, 88, 537-58.

Moliya vazirligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirish departamentini. https://www.mf.uz/uz/option=com_content&view=article&id=849

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов