BANK KREDITLARI GAROV TA’MINOTINI BAHOLASH MASALALARI

Поделиться
Abdikarimova, D. (2023). BANK KREDITLARI GAROV TA’MINOTINI BAHOLASH MASALALARI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 125–127. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19045
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xalqaro amaliyotda bank kreditlari bo‘yicha aylanmadagi tovarlarni garovga qo‘yish keng qo‘llaniladi. Bunday holatda kompaniyaga tovarlarni sotish bo‘yicha chegara (sanksiya) joriy etilmagan bo‘lishi hamda korxona mustaqil ravishda tovar, xom-ashyo, materiallar va boshqa aktivlarini sotish hamda sotib olish huquqiga ega bo‘lishi zarur. Bank krediti bo‘yicha kompaniya tovarlarni garovga qo‘yishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Xususan, kompaniya tomonidan sotilgan tovar yoki aktiv uchun to‘lov haqi kelib tushmagan bo‘lsa, garov ro‘yxatidan chiqariladi, sotib olganlari esa, ushbu tovarlarga kompaniyaning egalik huquqi berilgan paytdan boshlab bank garovi sifatida qaraladi


background image

125

II

SHO‘BA.

MOLIYA-BANK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI MILLIY

IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

BANK KREDITLARI GAROV TA’MINOTINI BAHOLAS

H MASALALARI

Abdikarimova Dinara Rustamxanovna

Toshkent kimyo xalqaro universiteti, PhD, dotsent

Xalqaro

amaliyotda bank kreditlari bo‘yicha aylanmadagi tovarlarni garovga qo‘yish keng

qo‘llaniladi. Bunday holatda kompaniyaga tovarlarni sotish bo‘yicha chegara (sanksiya) joriy

etilmagan bo‘lishi hamda korxona mustaqil ravishda tovar, xom

-ashyo, materiallar va boshqa

aktivlarini sotish hamda sotib olish huquqiga ega bo‘lishi zarur. Bank krediti bo‘yicha kompaniya
tovarlarni garovga qo‘yishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Xususan, kompaniya tomonidan

sotilgan tovar yoki aktiv uchun to‘lov haqi kelib tushmagan bo‘lsa, garov ro‘yxatidan chiqariladi,

sotib olganlari esa, ushbu tovarlarga kompaniyaning egalik huquqi berilgan paytdan boshlab
bank garovi sifatida qaraladi. Bu jarayonda shunday shart saqlanishi zarurki, kompaniya

ixtiyoridagi tovar kredit shartnomasida

nazarda tutilgan garov summasidan kam bo‘lmasligi

kerak. Shuningdek, likvidliligi nazarda tutilgan darajadan o‘zgarmasligi, ya’ni pasaymasligi kerak.

1-rasm. Banklarning kichik biznesga kredit berishdan oldingi bosqichdagi

baholash mezonlari, foizda

85

O‘z navbatida, 1

-

rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biznesning moliyaviy holatini

baholash, garov ta’minoti, umumiy kredit tarixi kabilarga ham rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlarda alohida e’tibor qaratilishini ko‘rish mumkin.

Alohida olingan mamlakatlar bo‘yicha ushbu masalaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,

Shveysariya bank tizimi rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. Mazkur mamlakat bank
tizimining rivojlanishiga asosiy sabablardan biri bu albatta, kredit riskining pastligidir.

85

Jahon banki ma’lumotlari asosida muallif

tomonidan tuzildi.

10%

50%

0%

10%

0%

20%

10%

8%

49%

16%

4%

9%

0%

0%

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90% 100%

Garov

Biznesning moliyaviy holatini baholash

Korxonaning bankdagi kredit tarixi

Korxonaning umumiy kredit tarixi

Korxona egasining xarakteristikasi

Qarz hajmi

Kredit olishdagi maqsad

Rivojlanayotgan mamlakatlar
jami javoblar: 77

Rivojlangan mamlakatlar jami javoblar
: 10


background image

126

Kredit riskining past darajada bo‘lishini ta’minlovchi omillarning asosiysi bu garov

obyektining to‘g‘ri baholanganligi hisoblanadi. Ushbu mamlakatda garov sifatida quyidagi

aktivlar qabul qilinadi (1-jadval).

1-jadval

Garov obyektlari tasnifi

86

Garov obyektlari

Garov obyektlari tarkibi

1.

Ko‘chmas mulk

1.1.

Uy-joy

1.2.

Tijorat offislari

1.3.

Omborxona

1.4.

Mehmonxona

Boshqa binolar

2.

Qimmatli qog‘ozlar

1.1.

Aksiyalar

1.2.

Obligatsiyalar

1.3.

Opsionlar

1.4.

Fyucherslar

Davlat moliyaviy institutlari, korxonalar va boshqa

tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli

qog‘ozlar

3.

Yer

-

4.

Uskuna va texnologiyalar

-

Baholash faoliyatini tashkil etishda garov ta’minotini shakllantirish va baholashga turlicha

yondashuvlar mavjud. Jumladan, shahar sharoitida garov bozorining holatini uchta indeks

yordamida tavsiflash amaliyoti mavjud (2-rasm). 3.5-rasmda shahar sharoitida garov bozorining

holatini aniqlashning uchta indeksi aks ettirilgan bo‘lib, mulk joylashgan shahar bo‘yicha aholi
jon boshiga o‘rtacha yillik daromad, ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar sonining ko‘chmas mulklar

aksiyalariga nisbati hamda ikki yil oralig‘ida ko‘chmas mulk joylashgan joydagi ko‘chmas mulk

bog‘liq bitimlar sonining foizdagi o‘zgarishi shahar sharoitida garov bozori holatini baholash

imkonini beradi.

“Global moliyaviy inqirozdan so‘ng markaziy banklar moliyaviy barqarorlikni himoya qilish

va real iqtisodiyotni qo‘llab

-

quvvatlash uchun o‘zlarining kredit faoliyati hajmi va ko‘lamini

oshirdi. Markaziy bankning kreditlash operatsiyalari odatd

a ta’minlangan (repo) operatsiyalari

bo‘lib, unda markaziy bank foiz stavkasini va tegishli garov aktivlarini belgilaydi. Kontragentlar

ushbu shartlarga muvofiq likvidlikni ta’minlashga harakat qiladi. Demak, markaziy bank

kreditlarining ortishi kontragent

larning xususiyatlariga va ularning garov aktivlariga ko‘proq

e’tibor qaratilishiga olib keldi. Markaziy banklar tomonidan likvidlikni oshirishga harakat qilish
turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Odatda, mazkur jarayon likvidli garov aktivlarini (masalan,

s

uveren obligatsiyalar) yanada likvidli aktivlarga (masalan, naqd pul) aylantirishni o‘z ichiga

oladi. Biroq, nisbatan kamroq likvidli garov aktivlarini (masalan, ta’minlanmagan kredit
portfellari) likvidligi yuqoriroq aktivlarga (masalan, naqd pul yoki g‘a

zna veksellari) aylantirishni

ham o‘z ichiga olishi mumkin”

87

. Markaziy banklar tomonidan mazkur chora-tadbirlarning

86

https://www.swissap.com

ma’lumotlaridan foydalangan holda muallif tomonidan tuzildi.

87

Calebe de Roure, Nick McLaren. Liquidity transformation, collateral assets and counterparties. // Central Bank Review, Volume

21, Issue 4, December 2021, Pages 119-129.

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1303070121000305


background image

127

amalga oshirilishi tijorat banklarida kreditlarning garov ta’minotini samarali shakllantirishga
yordam berishini ta’kidlash lozim.

2-rasm. Shahar sharoitida garov bozorining holatini aniqlashning uchta indeksi

88

Buyuk Britaniya amaliyotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Buyuk Britaniya Markaziy banki

vazifasini bajaruvchi Angliya banki tomonidan bank kreditlaridan foydalanish jarayonini tashkil

etish mexanizmlariga e’tibor qaratilayotganligini kuzatish mumkin. Mazkur mexanizmlar, avvalo,
bank kreditlaridan samarali foydalanishni ta’minlasada, bank kreditlarida optimal garov

ta’minotini shakllantirishga ham yordam berishini ta’kidlash lozim. “Buyuk Britaniya Markaziy

banki vazifasini bajaruvchi Angliya banki (Bank of England) moliyaviy barqarorlikni oshirish va
bozor likvidligini himoya qilish orqali pul-

kredit siyosatini o‘tkazishni osonlashtirishga

qaratilgan bir qator vositalar orqali l

ikvidlikni sug‘urtalashni taklif qiladi. Mazkur jarayonda tez

-

tez ishlatiladigan vosita Uzoq muddatli repo operatsiyalari indeksi (Index Long-term Repo
(ILTR)) hisoblanadi. Bundan tashqari, Angliya banki 2012 yilda samarali pul-kredit siyosatiga

qaramasdan

real iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashni kuchaytirish maqsadida bozordan past

stavkalarda banklarni muddatli moliyalashtirishni ta’minlaydigan Kreditlash uchun

moliyalashtirish sxemasi (FLS) nomli dasturni ham ishlab chiqdi. Ushbu dasturlarning barchasida

Angliya banki resurslari garovga qo‘yilgan. Angliya bankining risklarni boshqarish funksiyasi

kontragentlarning kreditga layoqatliligini tekshirish, garov aktivlarini baholash va ushbu aktivlar

bo‘yicha tegishli chegaralar belgilashni o‘z ichiga oladi”

89

.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, bank kreditlari garov ta’minotini shakllantirish

bank tizimi faoliyatini yaxshilashga, tijorat banklarida muammoli kreditlarni kamaytirishga

xizmat qiladi. Shu sababli garovni baholash masalalariga alohida e’t

ibor qaratish lozim.


88

Rubina Canesia, Chiara D’Alpaosa, Giuliano Marellaa. Gu

arantees and collaterals value in NPLs. // Procedia - Social and

Behavioral Sciences 223 ( 2016 ) 77

82.

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042816303822

89

Calebe de Roure, Nick McLaren. Liquidity transformation, collateral assets and counterparties. // Central Bank Review, Volume

21, Issue 4, December 2021, Pages 119-129.

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1303070121000305

Библиографические ссылки

https://www.swissap.com ma’lumotlaridan foydalangan holda muallif tomonidan tuzildi.

Calebe de Roure, Nick McLaren. Liquidity transformation, collateral assets and counterparties. // Central Bank Review, Volume21, Issue 4, December 2021, Pages 119-129. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1303070121000305

Rubina Canesia, Chiara D’Alpaosa, Giuliano Marellaa. Guarantees and collaterals value in NPLs. // Procedia - Social and Behavioral Sciences 223 ( 2016 ) 77 – 82. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042816303822

Calebe de Roure, Nick McLaren. Liquidity transformation, collateral assets and counterparties. // Central Bank Review, Volume21, Issue 4, December 2021, Pages 119-129. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1303070121000305

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов