BANK TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA KREDIT PORTFELI SIFATINI BAHOLASH AHAMIYATI

Поделиться
Ziyodilloyev, X. (2023). BANK TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA KREDIT PORTFELI SIFATINI BAHOLASH AHAMIYATI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 128–130. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19046
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Kredit faoliyati tijorat bankining asosiy faoliyati hisoblanadi. Kredit jarayonlarini tashkil etish darajasi bankning umumiy ishi va uni boshqarish sifatining eng yaxshi ko’rsatkichidir. Banklar uchun kreditlar berish nafaqat foyda keltiruvchi operatsiya, balki asosiy daromad manbalaridan biridir. Boshqa so’z bilan aytganda, har qanday iqtisodiy rivojlanish darajasida, hatto korxonalarning moliyaviy beqarorligi sharoitida ham kredit berish to’xtamaydi. Aynan kredit operatsiyalarini va kredit portfelini bankda to’g’ri va oqilona kredit siyosati asos ida eng katta daromad olish imkoniyatini beradi. Kredit portfelini shakllantirish va portfel sifatini baholash bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biridir.


background image

128

BANK TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA KREDIT PORTFELI

SIFATINI BAHOLASH AHAMIYATI

Ziyodilloyev Xushnud Rahimboyevich -

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, katta o’qituvchi


Kredit faoliyati tijorat bankining asosiy faoliyati hisoblanadi. Kredit jarayonlarini tashkil

etish darajasi bankning umumiy ishi va uni boshqarish sifatining eng yaxshi ko’rsatkichidir.

Banklar uchun kreditlar berish nafaqat foyda keltiruvchi operatsiya, balki asosiy daromad
manbalaridan biridir.

Boshqa so’z bilan aytganda, har qanday iqtisodiy rivojlanish darajasida,

hatto korxonalarning moliyaviy beqarorligi sharoitida ham kredit berish to’xtamaydi. Aynan

kredit operatsiyalarini va kredit portfelini bankda to’g’ri va oqilona kredit siyosati asos

ida eng

katta daromad olish imkoniyatini beradi. Kredit portfelini shakllantirish va portfel sifatini

baholash bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Optimal, sifatli kredit portfeli

bankning likvidligi va ishonchliligiga katta ta’sir qiladi. Bankning ishonchliligi ko’pchilik uchun,

eng muhimi -

omonatchilar bo’lgan va bank xizmatlaridan foydalanadigan aksiyadorlar,

korxonalar, aholi uchun muhimdir.

Bankning barqarorligini taminlashda asosiy vosita kredit portfeli sifatini boshqarish

maqsadi m

aqbul holatga, ya’ni optimal kredit portfeliga erishish hisoblanadi. Xatar va rentabellik

darajasi nisbati optimal kombinatsiyasini amalga oshiradigan kredit portfeli optimal kredit

portfeli deb ataladi. Kredit portfeli sifati ya’ni tavakkalchilik darajasi

va rentabellik holati bilan

ajralib turadi. Ularning o’zaro munosabatlarining umumiy shakli quyidagicha: daromad qancha

ko’p bo’lsa, xavf ham shuncha yuqori bo’ladi. Umumiy qilib aytganda, optimal kredit portfeli

-

boshqa barcha kredit maqsadlarini belgilaydigan kreditlash faoliyatining global maqsadi sifatida

ko’riladi. Tijorat banki kredit portfelining konsepsiyasi va mohiyatini aniqlash masalasiga bir

qator yondashuvlar mavjud. Tijorat bankining kredit portfelining ilmiy adabiyotdagi asosiy

talqinlarini 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Kredit portfeli konsepsiyasi va mohiyati bo’yicha ilmiy yondashuvlar

90

Dolan E.J.

Kredit portfeli -

bank aktivlari va majburiyatlari to’plami.

Tsisar I.F.

Kredit portfeli - bu resurslarni jalb qilish va

taqsimlash bo’yicha

tuzilgan, amaldagi shartnomalarning ro’yxati.

Sinky J.F.

Kredit portfeli bu moliyaviy aktivlar to’plami hisoblanadi.

Panova G.S.

Kredit portfeli - bank tomonidan o'z mijozlariga beriladigan kreditlar.

Tavasiev A.M.

Kredit portfeli - bu bank tomonidan har qanday vaqtda berilgan

kreditlarning butun yig'indisi.

Lavrushin O.I.

Kredit portfeli tijorat bankining ma’lum bir kun balansidagi kredit

qarzining qoldig’ini aks ettiradi.

Maslenchenkov Y.S.

Kredit portfeli - kredit tavakkalchiligining turli omillari yoki undan

himoya qilish usullari bilan bog’liq mezonlarga ko’ra tasniflangan

kreditlar hajmi

Ermakov S.L.

Kredit portfeli -

bu kredit xavfining turli omillari bilan bog’liq mezonlar

-

ga qarab tasniflangan kreditlar

bo’yicha bank talablarining to’plamidir.

90

Mohammad Javad Mohagheghnia, “Optimal Bank Loan Portfolio in Iranian's Banks”, Research Journal of Finance and

Accounting, ISSN 2222-1697, Vol.4, No.2, 2013.


background image

129

Kredit operatsiyalarini olib borishda bank nafaqat ularning hajmini oshirishga, balki kredit

portfelining sifatini yaxshilashga ham intiladi. Bankning kredit faoliyati sifatini baholashda bir

qator ko’rsatkichlar bo’yicha baholash mumkin, ular orasida eng muhimi uning kredit
portfelining holatidir. Kredit portfeli sifatini ma’lum bir sanada tahlil qilishdan tashqari, kredit

portfeli va sifat holati dinamikada o’rganiladi, ya’ni bir necha yillar davomida asosiy

ko’rsatkichlar bo’yicha chiziqli tahlil o’tkaziladi. Shuningdek, mamlakat real sektorida mavsumiy
tebranishlar ta’sirini konkretlashtirish va o’rganish uchun ma’lumotlar o’rganilayotgan davrning

har choraklik sanalari uchun va boshqalardan foydalanilishi maqsadga muvofiq. 2-jadvalda

tijorat banklarining kredit portfeli dinamikasi tahlili ko’rsatkichlari keltirilgan.

2-jadval

Kredit portfeli dinamikasi tahlili ko’rsatkichlari

91

1.

Yalpi kredit portfeli

2.

Sof kredit portfeli

3.

Tavakkalchilik bilan ajratilgan kredit portfeli

4.

Risk guruhlari bo’yicha tuzilgan kredit portfeli

5.

Rentabellik bo’yicha tuzilgan kredit portfeli

6.

Diversifikatsiya qilingan kredit portfeli

7.

Zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira miqdori

Ma’lumki, kredit

berish va boshqa kredit operatsiyalari yuqori xavflilik bilan tavsiflanadi.

Shu bilan birga, ular bank faoliyatining maqsadlariga javob berishi kerak, ya’ni likvidlikning

maqbul darajasi bilan maksimal foyda olish. Bu kredit portfelining kredit xavfi, rentabellik va

likvidlik kabi xususiyatlarini nazarda tutadi. Ular, shuningdek, ma’lum bir bank kredit
portfelining afzalliklari va kamchiliklarini baholash mezonlariga mos keladi, ya’ni uning sifatini

baholash mezonlari. Kredit portfelining sifatini uning kredit tuzilishi va balans likvidligining

maqbul darajasida rentabellikning maksimal darajasini ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan

tuzilishining xususiyati deb tushunish mumkin. Optimal kredit portfelini shakllantirish uchun

bank tegishli kredit siyosatini i

shlab chiqishi, ya’ni bozor segmentlarini to’g’ri tanlashi, uning

faoliyatining tuzilishini aniqlashi muhimdir.

Kredit portfelining sifatiga katta e'tibor berilishi kerak. Sifatsiz kredit portfeli, kreditlarning

asossiz ravishda buzilishi, ishonchsiz qarz oluvchilarga kreditlar berilishi banklarning moliyaviy

muvozanatiga sabab bo’lishi mumkin. Qaytarilmaydigan ssudalarni beradigan bank haqiqiy
kapital to’planishini rag’batlantirish va bankning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shish uchun

ishlatilishi mumk

in bo’lgan kredit resurslarini isrof qiladi. Kredit portfelini sifatli tashkil etish va

baholashda aktivlar va majburiyatlar shartlarini boshqarish tizimini o’zgartirish, natijada foiz

stavkalari farqi va pirovard natijada rentabellik muhim ahamiyatga ega.

Har bir manbaning o’ziga

xos xususiyatlari, o’zgaruvchanligi va zaxira talablari mavjud. Ularni boshqarishga yondashuv har

bir mablag’ manbasini alohida ko’rib chiqadigan moliyaviy resurslarni konvertatsiya qilish usuli

hisoblanadi.

91

Jadval muallif tomonidan boshqa tadqiqotlar asosida tuzilgan.


background image

130

1-chizma. Kredit portfeli sifatini baholash tizimining elementlari

92

:

Kredit portfeli sifatini baholashda ikki xil tahlil yo’nalishidan foydalaniladi. Miqdoriy tahlil

bankning kredit portfelining tarkibi va tuzilishini bir qator miqdoriy, iqtisodiy mezonlarga

muvofiq dinamikada o’rganishni o'z ichiga oladi: a) kredit qo’yilm

alarining turlari va hajmi

bo'yicha tarkibi; b) qarz oluvchilar guruhlari bo’yicha kredit qo’yilmalarining tarkibi; d) kredit

shartlari va taqdim etilgan kreditlarni qaytarish muddati; e) kredit foiz stavkalari darajasi, f)

sanoat mansubligi.

Ushbu tahlil

kredit investitsiyalarining afzal yo’nalishlarini, rivojlanish tendensiyalarini, shu

jumladan kreditlarni to’lash va ularning rentabelligi bilan bog’liqligini aniqlashga imkon beradi.

Miqdoriy tahlildan so’ng kredit portfelining sifati tahlil qilinadi. Qa

rz oluvchining faoliyat

sohasi va uning turi ma’lum iqtisodiy sharoitlar uchun har xil tavakkallarga ega, shu sababli

kredit berish hajmi va maqsadlariga qarab kredit turlari turlicha baholanadi, bu bankning kredit

portfelini o'rganishda hisobga olinishi k

erak. Buning uchun ma’lum bir davrdagi tovar aylanmasi

yoki ma’lum bir sanadagi qoldiq hisoblab chiqilgan har xil nisbiy asosiy ko’rsatkichlardan

foydalaniladi. Bularga, masalan, mijozning butun yalpi kredit portfelidagi muammoli

kreditlarning ulushi; mudd

ati o’tgan qarzning o’z kapitaliga nisbati va boshqalar. Kredit

portfelining sifat ko’rsatkichlari asosida kredit berish tamoyillariga muvofiqligini va qarz berish

operatsiyalari tavakkalchilik darajasi, berilgan likvidlilik istiqbollarini baholash mumkin.

Yuqoridagi keltirilgan firklar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, har qanday bankda kredit
portfelining holati va portfel sifatini baholash doimiy ravishda amalga oshirilishi muhim

hisoblanadi.

БАНКЛАР КАПИТАЛЛАШУВ ДАРАЖАСИНИ ОШИРИШДА БАНК

КАПИТАЛИНИНГ ЎРНИ

Қурбонов

Руфат Бахтиёрович

-

Тошкент молия институти “Банк ҳисоби ва аудит”

кафедраси доценти, PhD

Кириш

.

Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар

стратегиясида ―банкларнинг капиталлашув даражаси ва депозит базасини ошириш,

уларнинг молиявий барқарорлиги ва ишончлилигини мустаҳкамлаш масаласи устувор
вазифалардан бири сифатида белгилаб қўйилган[1]. Мазкур вазифаларни ўз вақтида ва

самарали бажариш мақсадида Ўзбекистон Президентининг 2020 йил 12 майдаги «2020 —

2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини ислоҳ қилиш
стратегияси тўғрисида»ги ПФ

-5992-

сонли №армони билан 2025 йилга қадар банклар

устав капиталининг энг кам миқдорини 500 млрд сўмгача

босқичма

-

босқич ошириш

92

Muallif tomonidan musatil tayyorlandi

Kredit portfelini tashkil etadigan kreditlar sifatini baholash

янги ишлаб

Kreditlar sifatiga qarab portfel tarkibini aniqlash

тўғридан-тўғри ва портфелли

Kreditlar sifati dinamikasini o’rganish asosida ushbu tuzilmani

baholash

инвестиция фаолиятини тавсифловчи кўрсаткичлар

4. Kredit portfeli tuzilmasi asosida kreditlar bo’yicha zararlarni qoplash

Библиографические ссылки

Mohammad Javad Mohagheghnia, “Optimal Bank Loan Portfolio in Iranian's Banks”, Research Journal of Finance and Accounting, ISSN 2222-1697, Vol.4, No.2, 2013.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов