TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN АJRАTILGАN KREDITLАR RISKLАRINI KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRITIJORAT BANKLARI TOMONIDAN АJRАTILGАN KREDITLАR RISKLАRINI KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRI

Поделиться
Norov, A., Shaxiddinonov, S., & Norova, N. (2023). TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN АJRАTILGАN KREDITLАR RISKLАRINI KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRITIJORAT BANKLARI TOMONIDAN АJRАTILGАN KREDITLАR RISKLАRINI KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 134–135. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19048
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bank kreditlari qarz oluvchilarni tashqi moliyalashtirishda muhim rol oʼynaydi. Soʼnggi yillarda kreditlash faol rivojlanayotgan bir paytda, kreditlar va ular boʼyicha foizlarning tijorat banklariga oʼz vaqtida qaytib kelishi juda muhim hisoblanadi. Oʼz vaqtida qaytarilmagan kredit tizimli kredit riskini keltirib chiqaradi. Bank bergan kredit muammoli kreditga oʼtadi, bu oʼz navbatida bank likvidligiga, daromadliligiga, bank resurslariga taʼsir koʼrsatadi. Muammoli kreditlarni kamaytirish soʼnggi choralaridan biri olingan kafolatlar va kafilliklar boʼyicha toʼlovlarni undirish, garovga olingan mol-mulkni sotish hisobiga ularni qoplash hisoblanadi.


background image

134

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN АJRАTILGАN KREDITLАR RISKLАRINI

KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRI

Norov Akmal Ruzimamatovich -

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori v.b., DSc

Shaxiddinonov Shoxruxxon Nabixon o’g’li

-

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti

Norova Nozima Nabievna

Oʼzbekiston Respublikasi Bank

-moliya akademiyasi tinglovchisi

Bank kreditlari qarz oluvchilarni tashqi

moliyalashtirishda muhim rol oʼynaydi. Soʼnggi

yillarda kreditlash faol rivojlanayotgan bir paytda, kreditlar va ular boʼyicha foizlarning tijorat
banklariga oʼz vaqtida qaytib kelishi juda muhim hisoblanadi. Oʼz vaqtida qaytarilmagan kredit

tizimli kredit

riskini keltirib chiqaradi. Bank bergan kredit muammoli kreditga oʼtadi, bu oʼz

navbatida bank likvidligiga, daromadliligiga, bank resurslariga taʼsir koʼrsatadi. Muammoli
kreditlarni kamaytirish soʼnggi choralaridan biri olingan kafolatlar va kafilliklar

boʼyicha

toʼlovlarni undirish, garovga olingan mol

-mulkni sotish hisobiga ularni qoplash hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish iqtisodiyotning real

sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan bogʼ

liqdir. Biroq, mamlakatimiz

tijorat banklari kreditlash amaliyotida bir qancha qiyinchilik va muammolar mavjud. Аyniqsa,

bugungi kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi
kreditlar orasida muammoli kreditlarn

ing salmogʼi sezilarli darajada yuqori boʼlmoqda.

Muammoli kreditlarning kelib chiqishi faqatgina kredit riskiga bogʼliq boʼlmaydi. Zero,

valyuta riski, bozor riski, foiz stavkalarining oʼzgarishi riski va boshqa qator risklarining

mavjudligi hamda ularni

toʼgʼri baholay olmaslik muammoli kreditlarning kelib chiqishiga taʼsir

koʼrsatadi. Muammoli kreditlarning iqtisodiy mazmunini tadqiq etishda risklarning oʼrni va taʼsiri

asos sifatida ishtirok etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda muammoli kreditlarning aso

siy qismi, yaʼni 8,441 trln

soʼmi yoki 83 foizi davlat ulushi mavjud tijorat banklari hissasiga toʼgʼri kelmoqda. Bunda

Oʼzmilliybank (1,9 tln soʼm), Oʼzsanoatqurilishbank (1,7 trln soʼm), Аsaka bank (1,6 trln soʼm) va
Ipoteka bank (1,1 trln soʼm)lar yetak

chilik qilmoqda. Shuningdek, Hi-Tech bankning jami

kreditlari 201 mlrd. S

oʼmni tashkil etgani holda muammoli keditlar (NPL)ning hajmi 179 mlrd.

S

oʼm yoki 89,4 foizni tashkil etmoqda. Turkiston bankda esa jami kredit portfeli 703 mlrd.

S

oʼm

boʼlib, shundan

610 mlrd. S

oʼmi yoki 86,7 foizi muammoli kreditlar hissasiga toʼgʼri kelmoqda.

Mazkur muammoni hal qilishning eng asosiy yoʼli davlat ulushi mavjud tijorat banklarini

transformatsiya qilish hisoblanadi.

Xalqaro amaliyotda bank kreditlari boʼyicha aylanmadagi tovarlarni garovga qoʼyish keng

qoʼllaniladi. Bunday holatda kompaniyaga tovarlarni sotish boʼyicha chegara (sanktsiya) joriy

etilmagan boʼlishi hamda korxona mustaqil ravishda tovar, xom ashyo, materiallar va boshqa

aktivlarini sotish va sotib olish hu

quqiga ega boʼlishi zarur. Bank krediti boʼyicha kompaniya

tovarlarni garovga qoʼyishning oʼziga xos jihatlari mavjud. Xususan, kompaniya tomonidan
sotilgan tovar yoki aktiv uchun toʼlov haqi kelib tushmagan boʼlsa, garov roʼyxatidan chiqariladi,

sotib olganlari esa ushbu tovarlarga kompaniyaning egalik huquqi berilgan paytdan boshlab bank

garovi sifatida qaraladi. Bu jarayonda shunday shart saqlanishi zarurki, kompaniya ixtiyoridagi

tovar kredit shartnomasida koʼzda tutilgan garov summasidan kam boʼlmaslig

i kerak

Shuningdek, likvidligi koʼzda tutilgan darajadan oʼzgarmasligi, yaʼni pasaymasligi lozim.


background image

135

Kreditning qaytarilmaslik riski asosida, biz kredit taʼminoti sifatiga quyidagicha reyting

baholarni berishni taklif qilamiz.

1-jadval

Kredit taʼminotining

sifatini baholash mezonlari

Reyting baho (ball)

1

2

3

4

5

Kreditning qaytarilmaslik

riski

125 va

undan

yuqori

100-125

80-99

60-79

60 dan past

Kredit taʼminotining sifat

darajasi

kuchli

o’rtacha

qoniqarli

xavfli

Muammoli

Kredit foizining muddatiga

nisbatan imtiyoz

Ikki

oygacha

o’zgarti

-

rishsiz

Ogohlan-

tirish

Muddatidan oldin qaytarish

chorolarini ko’rish

Manba:

muallif tomonidan tuzildi.

Odatda banklar tomonidan berilgan kreditni garov taʼminoti hisobidan qoplashga

manfaatdor

emaslar. Shu bois, berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʼlovlarni pul tushumlari

hisobidan soʼndirishni maʼqul koʼradi. Buning uchun bank kreditning asosiy summasi va

hisoblangan foiz toʼlovlarining muddati yetib kelganda uni toʼlash nuqtai nazaridan

quyidagi

klasslar boʼyicha tasniflashni taklif qilamiz (1

-jadval).

Masalan, ishlab chiqarish kompaniyalarida mablagʼning:70 foizi asosiy vositalarga

joylashtiriladi, savdo-

sotiq bilan shugʼullanadigan tashkilotlarda ushbu aktivlar bor yoʼgʼi 10

-15

foizni tashkil etadi Shuning uchun har bir alohida olingan korxona boʼyicha

garov turi va ularni

baholash tartibi bank hamda kredit oluvchi oʼrtasida kelishiladi.

Fikrimizcha mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni muammoli

kreditlarga aylanmasligini oldini olish maqsadida yuqoridagi takliflarga qoʼshimcha q

uyidagi

takliflarni keltirish maqsadga muvofiq deb oʼylaymiz:

-

banklarga kredit uchun kelib tushgan arizaga atroflicha yondashuv, yaʼni daslabki

monitoringni toʼgʼri va mukammal amalga oshirish. Bu yerda birinchi navbatda mijozning

xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, biznes hamkorlari orasidagi mavqeiga hamda ushbu

sohadagi tajribasiga asosiy eʼtiborni qaratish;

-

kredit arizasini koʼrib chiqilayotgan davrda mijoz tomonidan bankka takdim etayotgan

hujjatlar toʼplamining toʼliqligini va ularning toʼgʼriligini tekshirish. Kredit boʼlimi xodimi

tomonidan mijozning moliyaviy ahvoli chuqur tahlil etilishi va xolisona baho berilishi zarur;

-

kredit taʼminoti sifatida taqdim etilgan mol

-mulkni saqlash va ekspluatatsiya sharoitini

doimiy ravishda nazorat qilib borish;

- korxonaning mol-

mulkini baholashda bankning mulkni baholash boʼyicha mutaxassisiga

koʼproq imkoniyatlar yaratib berish. Chunki mijoz pullik baholash xizmatidan foydalanadigan
boʼlsa, uning kredit olgunga qadar qiladigan xarajatlari ortib ketadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Управление деятельностью коммерческого банка

(банковский менеджмент)/ Под ред. д

-

ра

экон. наук, проф. О.И.Лаврушина. –

М.: Юристъ, 2002, 456

-

б

.

2.

Роуз П. Банковский менеджмент. Пер. с англ. –

М.: Дело, 1997, 192

-

б.

3.

Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2002. 187 b.

4.

International Valualion Standards, Eighth Edition, International Valuation Standards Committee,

2007. 23

р

.

5.

www.worldbank.org

(Jahon bankining rasmiy veb-sayti).

Библиографические ссылки

Управление деятельностью коммерческого банка (банковский менеджмент)/ Под ред. д-ра экон. наук, проф. О.И.Лаврушина. – М.: Юристъ, 2002, 456-б.

Роуз П. Банковский менеджмент. Пер. с англ. – М.: Дело, 1997, 192-б.

Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. T.: Moliya, 2002. 187 b.

International Valualion Standards, Eighth Edition, International Valuation Standards Committee, 2007. 23 р.

www.worldbank.org (Jahon bankining rasmiy veb-sayti).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов