AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KAPITALNI BYUDJETLASHTIRISH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH

Поделиться
Hamdamov , O. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KAPITALNI BYUDJETLASHTIRISH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 159–161. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19063
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv mexanizmini rivojlantirish borasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, biroq xalqaro amaliyotda kompaniyalar istiqbolini prognoz qilishda keng foydalaniladigan korporativ baholash instrumentlarini joriy etishning amaldagi holati bo‘yicha ijobiy xulosaga kelish qiyin. Aynan moliyaviy qarorlar qabul qilishda investitsion risklarni baholash, korporativ baholash mexanizmini muhim elmentlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyalar faoliyatiga moliyaviy risklar ta’sirini baholash nazariyasini ishlab chiqishda erishilgan yutuqlarga qaramay, ko‘plab muammolar hal etilganicha yo‘q, ularni hal qilish metodologiyasi va uslubiy bazasi amaliyot talablaridan ortda qolmoqda, hamda asosiy yondashuvlar va masalalar bo‘yicha fikrlardagi farqlar kuzatilmoqda


background image

159

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга

мурожаатномаси 2018 йил 28 декабрь. “Халқ сўзи”, 2018 йил 29 декабрь.

2.

Лаврушин О.И. и др. Банковское дело/ учебник. Москва.КНОРУС, 2016

-

795с.

3.

Коммерческие банки и их операции.

-

М.: Банки и биржи, 2015.

-

311 с.

4.

Роуз П.С. Банковский Менежмент. Пер. с англ.

- 5-

изд.М.:Дело: 2017.

-

768с.

5.

Семибратова О.И Банковское дело. М.:Академия, 2014.

-

218с.

6.

Абдуллаева Ш.З. Банк иши. Дарслик.

-

Тошкент.: «Iqtisod

-

Moliya», 2017

-

732 б.

7.

Омонов А.А. Тижорат банкларининг ресурсларини самарали бошқариш масалалари.

и.ф.д. илм. дар. ол. уч. тақд. эт. дисс. автореф.

-

Тошкент, 2008.

-

35 б.

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KAPITALNI BYUDJETLASHTIRISH

AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH

Hamdamov Omonullo Ne’matulla

yevich -

Toshkent moliya instituti dotsenti, PhD

Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv

mexanizmini rivojlantirish borasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, biroq

xalqaro amaliyotda kompaniyalar istiqbolini prognoz qilishda keng foydalaniladigan korporativ

baholash instrumentlarini joriy etishning amaldagi holati bo‘yicha ijobiy xulosaga kelish qiyin.

Aynan moliyaviy qarorlar qabul qilishda investitsion risklarni baholash, korporativ baholash

mexanizmini muhim elmentlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyalar faoliyatiga moliyaviy risklar

ta’sirini baholash nazariyasini ishlab chiqishda erishilgan yutuqlarga qaramay, ko‘plab
muammolar hal etilganicha yo‘q, ularni hal qilish metodologiyasi va uslubiy bazasi a

maliyot

talablaridan ortda qolmoqda, hamda asosiy yondashuvlar va masalalar bo‘yicha fikrlardagi

farqlar kuzatilmoqda. Tan olish lozimki, hozirgi kunga qadar aynan investitsion risklarni

aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy faoliyatiga ta’sirini baholash met

odologiyasi ilmiy tadqiqot

ishlarda keng o‘rganilmagan. Shuning uchun, investitsion risklarni aksiyadorlik jamiyatlari

moliyaviy faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ta’sirini baholashning uslubiy jihatlarini

tadqiq etish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment

tizimini takomillashtirishning zaruriyati bugungi kunda tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga mos

ravishda kompaniyalar moliyasini boshqarish siyosatini muvofiqlashtirish, moliyaviy
menejmentning xalqaro zamonaviy uslubiyatini joriy etish, kompaniya faoliyatidagi dolzarb

masala hisoblangan moliyaviy ta’minotining qo‘shimcha manbalarini shakllantirishda moliya

bozori bilan munosabatlarni rivojlantirish kabilarda namoyon bo‘ladi.

Kapitalni byudjetlashtirish

(investitsiya byudjeti, inglizcha “capital budgeting”)

- bu

kompaniyalar kapital loyihalarga, ya’ni amalga oshirish muddati bir yil yoki undan ortiq bo'lgan

loyihalarga sarmoya kiritish to'g'risida qaror qabul qilish uchun foydalanadigan jarayon. Bu
jarayon asosan moliyaviy tahlilchilar tomonidan foydalaniladigan fundamental tahlilning muhim

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aytib o‘tish kerakki, moliyaviy ekspertlar tomonidan

aniqlangan moliyaviy koeffitsientlar nafaqat aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy masalalari

bo‘yicha mas’ul menejerlar balki investor va aksiyadorlar uchun ham muhim axborot ta’minot

manbai hisoblanadi. Shuningdek, kapital qo‘yilmalar byudjetini samarali boshqarilishi

kompaniyani istiqboldagi moliyaviy holatini belgilash bilan birga, uzoq muddatli aktivlarning

yetarliligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.


background image

160

Aksariyat xorijiy adabiyotlarda kapitalni byudjetlashtirish investitsiyalarni baholash

sifatida ham yondashilgan holda ta’rif beriladi hamda kompaniya tomonidan byudjetlashtirish

jarayonida qaysi asosiy vositalarni modernizatsiya qilish yoki qaysi loyihaga investitsiyalar mos

kelishiga doir qaror qabul qilinadi. Mazkur jarayonda, har bir loyiha bo‘yicha yakuniy moliyaviy

natijalar muqobil usullar yordamida hisoblab chiqiladi hamda boshqaruv organlari tomonidan

ijro organlari bilan kelishgan holda tegishli qarorlarni qabul qilish nazarda tutiladi.

Kapitalni byudjetlashtirish biznes tamoyillarini takomillashtirishga xizmat qiladigan bir

qancha xususiyatlarga ega:

Kiritilgan

investitsiyalarning uzoq davr mobaynida qoplanishi. Korxona tomonidan ma’lum

loyihalar bo‘yicha kiritilgan sarmoya, istiqbolda samaradorlik va foydaga ega bo‘lishi tabiiyki

ma’lum yillarni talab qiladi. Bunda asosiy e’tibor moliyaviy menejerlar tomonidan k

iritilgan

sarmoyalar bo‘yicha xalqaro umume’tirof etilgan usullar orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarni

prognozini ishlab chiqishni va amaliyotga tadbiq etishni taqozo etadi.

Kiritilgan investitsiyalarning yuqori daromadga ega bo‘lishi. Albatta har qanday i

nvestor

tomonidan ma’lum loyihaga kiritilgan sarmoyaning daromadliligi asosiy maqsad sifatida

belgilanadi. Bunda har bir qilingan sarmoyaning istiqbolda qancha miqdorda daromad keltirish

masalasiga alohida ahamiyat qaratilib, moliyaviy natijalarga ta’sir e

tuvchi risk omillari tahlil

qilinadi.

Loyihalar bo‘yicha daromadlilikka ta’sir etuvchi risk omillarini hisobga olish. Har qanday

qabul qilinadigan investitsion loyihalar ma’lum ma’noda tizimli va tizimsiz risklar ta’siri ostida

bo‘lib, bunda investitsion risklarni boshqarish masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Fikrimizcha kapitalni byudjetlashtirish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish

lozim. Birinchidan, kapital qo‘yilmalarga doir qarorlarni bekor qilish yoki ularga o‘zgartirish

k

iritishlar aksiyadorlik jamiyatlari uchun qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishini

hisobga oladigan bo‘lsak, qarorlar qabul qilish jarayoni har tomonlama tizimli yondashuvni talab

qiladi. Ikkinchidan, kapitalni byudjetlashtirish jarayoni bir nechta tamoyillar asosida shakllanishi

e’tiborgan olgan holda ushbu tamoyillar aktivlarga sarmoya kiritish, qo‘shib olish va birlashish,
faoliyatni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiya, xalqaro kapital bozorida resurslar jalb qilish

singari korporativ

qarorlarga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Uchinchidan, kapitalni

byudjetlashtirishda qo‘llaniladigan baholash tamoyillari fond bozorini tahlil qilish va investitsiya
portfelini boshqarishda qo‘llaniladigan baholash tamoyillariga o‘xshashdir. Bozor tahlilc

hilari va

portfel menejerlari tomonidan qo‘llaniladigan ko'plab usullar kapitalni byudjetlashtirish

usullariga asoslanadi. O‘z nabatida bozorni tahlil qilish va portfelni boshqarishdagi ba’zi

innovatsion yondashuvlar ham kapital byudjetiga moslashtirilgan.

Mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida kapital byudjetlashtirish va investitsion qarorlar

qabul qilishning amaliy jihatlarini takomillashtirishda quyidagilarga alohida ahamiyat qaratish
lozim:

Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunda ular oldida

turgan moliyaviy resurslarni shakllashtirish va manbalarni optimallashtirish, investitsion
imkoniyatlarni oshirish, korporativ baholash amaliyotini takomillashtirish singari muhim ilmiy-

amaliy yo‘nalishlarda ijobiy yechimlarni

hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash

lozimki, bugungi kunda mamlatimizda faoliyat yuritayotgan aksariyat aksiyadorlik

jamiyatlarining moliyaviy barqarorlik darajasini past darajada saqlanib qolayotganligi, moliyaviy

xisobotning xalqaro stand

artlarini joriy etish bilan bog‘liq kechikishlar, korporativ

boshqaruvning zamonaviy standartlarini joriy etish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi

aynan tadqiqot mavzusini dolzarb ekanligini namoyon etish bilan bir qatorda mazkur

yo‘nalishdagi xalqaro

amaliyot tajribalaridan samarali foydalanishni taqozo etadi.


background image

161

Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy moliyaviy boshqaruv mexanizmini samarali tashkil

etishda moliyaviy risklarni boshqarish siyosatini ishlab chiqish alohida o‘rin egallaydi. Xorijiy

kompaniyalar amaliyotda moliyaviy risklarni boshqarish va ularni salbiy oqibatlarini yumshatish
mazkur siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish siyosati umumiy

qoidalar,

tashqi

muhit,

maqsadlarni

belgilash,

moliyaviy

risklarni

turkumlash

(identifikatsiyalash), risklarni ekonometrik baholash, aloqa va axborot hamda monitoring singari

yo‘nalishlar doirasida ishlab chiqilib kompaniya strategiyasini belgilashda foydalaniladi.

Ta’kidlash lozimki, bozor munosabatlari sharoitida risklarni minimal

lashtirishning asosiy

usullaridan biri diversifikatsiyalash hisoblanadi. Diversifikatsiya investitsion portfel tarkibidagi

aktivlarning o‘zaro korrelyatsion bog‘lanishini imkon qadar minimallashtirish imkoniyatini

berish bilan birga ma’lum bir risklarning

salbiy moliyaviy oqibatlarini yumshatishda muhim

ahamiyatga ega.

Moliyaviy qarorlar qabul qilish nafaqat istiqboldagi strategiyalarni ishlab chiqish bilan

bog‘liq masalalar balki joriy faoliyatni moliyaviy jihatlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Moliyav

iy qarorlar qabul qilish aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy masalalar bo‘yicha rahbar

o‘rinbosarlari yoki moliyaviy menejerlardan tashqi va ichki omillarni har tomonlama tahlil qila

olish, moliyaviy resurslarni optimal joylashtirish, investitsion qarorlar va moliyaviy risklarni

boshqarish bilan bog‘liq sohalarda chuqur amaliy va nazariy ko‘nikmalarni talab qiladi. Yuqorida
ta’kidlab o‘tkanimizdek, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning amaliy va

nazariy jihatlari keng qamrovli ma

vzulardan biri bo‘lib, mazkur yo‘nalishda ko‘plab ilmiy maqola

va tadqiqotlar olib borish jarayonida mazkur yo‘nalishning muhim jihatlari yoritib boriladi.

АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИ МОЛИЯСИ ВА УНДА ФОЙДА ШАКЛЛАНИШИ ҲАМДА

ТАҚСИМЛАНИШИНИНГ НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ ҲАМДА ТАШКИЛИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ

Ғаниев

Сардор Муродулла ўғли –

ТДИУ докторанти

Акциялар бозорида ҳам корпоратив тузилмалар, ҳам инвесторлар фаоллиги туфайли

акциядорлик капитали жудаям майда улушлар асосида шаклланишига ўтилди. Чунки

инвесторлар ҳам ўз портфелларини диверсификациялаш нуқтаи назаридан бирор

акциядорлик жамияти бўйича улушини 10 фоизга етказмади. Натижада айнан бир
инвестор юзлаб акциядорлик жамиятлари (корпорациялар) акцияларига инвестиция

киритиши натижасида корпоратив молиявий бошқарув ва капиталга эгалик қилиш ўзаро

ажралди. Бу жиҳат ўз навбатида профессионал менежерлар синфининг юзага келиши ва
ривожланишига хизмат қилди.

Корпоратив молиявий бошқарув ва капиталга (мулкка) эгалик қилишнинг

алоҳидалашуви кейинчалик манфаатлар қарама

-

қаршилигини ҳам юзага келтирган

бўлиб, бу жиҳат фойда тақсимоти ва дивиденд амалиётларида яққол намоён

бўлганлигини шу ўринда алоҳида таъкидлаб ўтишимиз лозим.

Умуман ривожланган мамлакатлар тажрибаси кўрсатишича, корпоратив тузилмалар

молиявий

-

иқтисодий фаолиятида юзага келадиган молиявий муносабатлар кенг

қамровли

бўлиб, уларнинг асосий гуруҳланиши қуйидагича (1

-

расм):

Акциядорлик жамиятлари молиясида қимматли қоғозлар билан боғлиқ

муносабатлар ҳам бугунги кунда ниҳоятда кенг қамровли эканлиги билан эътиборимизни

тортади. Бунда қуйидагиларни алоҳида қайд этиб ўтишимиз лозим:

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов