XULQ-ATVOR IQTSODIYOTINING BANKLAR FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI

Поделиться
Xasanboyeva , M. . (2023). XULQ-ATVOR IQTSODIYOTINING BANKLAR FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI . Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 412–414. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19085
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumki, pul bilan bog’liq operatsiyalar va insonlarning pul mablag’larini to’g’ri boshqarish har zamonning global muammosi hisoblangan. Ayniqsa, odamlar o'z mablag'larini to'g'ri boshqarish qiyin bo'lishining sabablari ko'p va tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, biz ko'pincha moliyaviy intilishlarimizga to'g'ri keladigan qarorlar qabul qila olmasligimizdadir. Natijada, iqtisodiyot, psixologiya va sotsiologiya bir chorrahada kesishmoqda va bu fan tilida xulq-atvor iqtisodiyotnng maydonga kirayotganini ko’rsatmoqda.


background image

412

XULQ-

ATVOR IQTSODIYOTINING BANKLAR FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI

Xasanboyeva Muxlisabonu -

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 4-bosqich talabasi

Ma’lumki, pul bilan bog’liq operatsiyalar va insonlarning pul mablag’larini to’g’ri

boshqarish har zamonning global muammosi hisoblangan. Ayniqsa, odamlar o'z mablag'larini

to'g'ri boshqarish qiyin bo'lishining sabablari ko'p va tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, biz

ko'pincha moliyaviy intilishlarimizga to'g'ri keladigan qarorlar qabul qila olmasligimizdadir.
Natijada, iqtisodiyot, psixologiya va sotsiologiya bir chorrahada kesishmoqda va bu fan tilida

xulq-atvor iqtisodiyotnng maydonga

kirayotganini ko’rsatmoqda.

Mijozlarning noto’g’ri moliyaviy qarorlarini kamaytirish, kreditlarni to’lay olish

qobilyatini oshirish va samarali loyihalar uchun investitsiya kiritish uchun aynan bankdagi

xulq-atvor iqtisodiyoti muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shuningdek, bu iqtisodiyotning

aynan O’zbekiston hududida tutgan o’rni ham yuqori bo’lib kelmoqda. Buni O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-

6019 Farmoni asosida joriy etilgan “2020

-

2024-yillarda Tovar va Moliya bozorlarid

a raqobatni rivojlantirish strategiya”sida keltirilgan

“xulq

-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan tovar va moliya

bozorlarini tahlil qilish vositalarini joriy etish” bandida ham ko’rishimiz mumkin.

261

Shuningdek, O’zbekiston R

espublikasi Prezidentining 28-yanvardagi PF-60 Farmoni:

“2022

-2026-

yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strartegiyasi” orqali ham

bilishimiz mumkinki, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini

ta’minlash bo’yicha belgilangan vazifalar tobora mustahkamlanib bormoqda. “2022

-yilda

yillik inflatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha

pasaytirish choralari ko’rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi

ushbu

ko‘rsatkichdan oshmasligi ta’minlab borilshi, davlat ulushiga ega tijorat banklarida

transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy

sector ulushi 60% gacha chiqarilishi”

262

kabi sohadagi belgilangan ustuvor y

o’nalishlar orqali

sezishimiz mumkinki, O’zbekiston bank tizimi xalqaro andozalar tomon qadam tashlamoqda

va bunda xulq-

atvor iqtisodiyotining ham amaliy qo’llay olishimiz tizimga samara berishiga

ishonamiz.

Hozirgi kunga kelib esa xulq-atvor iqtisodiyotid

a sezilarli o’sish bor. Xususan, Nobel

mukofoti laurianti Daniel Kahneman aynan iqtisodiyot va psixologiyaning o’zaro bog’liqligini

tahlil qilgan va 2002-

yilda mukofotga sazovor bo’lgan. Psixolog va iqtisodchi sifatida u

insonlarning “homo economics” (iste’molchi sifatida foydalilikni va ishlab chiqaruvchi sifatida

iqtisodiy foydani maksimal darajada oshirishga harakat qilish iqtisodiyoti) ni tanqid qilgan

odamlarga chuqur ta'sir ko’rsatdi, bu bizning iqtisodiy qarorlarimiz har doim mukammal

mantiqiyligini va odamlar qanday qaror qabul qilishini ko'rsatdi. Uning tushunchalari bu

sohani tubdan o'zgartirib, endi xulq-atvor iqtisodiyoti deb ataladigan sohaga zamin yaratdi.

263

Xulq-atvor iqtisodi psixologiya va iqtisodga asoslanib, odamlar nega ba'zan mantiqsiz

qarorlar qabul qilishlarini, nima uchun va qanday qilib ularning xatti-harakatlari iqtisodiy
modellar prognozlariga amal qilmasligini o'rganadi.

Bir finjon kofe uchun qancha to’lash,

universitetga borish, sog’lom turmush tarzi, qaysi moliyaviy xizmatlardan

foydalanish, qaysi

bank u uchun samarali bo’lishi mumkin kabi qaror qabul qilishi

va boshqalar ko’pchilik

o’z

hayotida qandaydir bir nuqtada qabul qiladigan qarorlardir. Shuning uchun ham xulq-

261

https://static.norma.uz/documents/2/6019.pdf

262

https://lex.uz

263

The

Nobel

Prize.

"Daniel

Kahneman

Facts

,

https://www.nobelprize.org/prizes/economic-

sciences/2002/kahenman/facts/.


background image

413

atvor iqtisodiyoti nima uchun shaxs B tanlovi o'rniga A tanlovini tanlashga qaror qilganini
tushuntirishga intiladi.

264

Har bir sohada odamlarning ehtiyojlari, istaklari va motivlarini tushunishga harakat

qilishlik, oxirgi foydalanuvchiga qiymat qo'shadigan yangi yechimlarni yaratishga harakat

qilishlik, boshqacha qilib aytganda, uni mijoz uchun maqbul qilishlik hozirgi davr talabiga

aylanib bormoqda. Bundan tashqari, har bir topilayotgan yechimlar texnik va iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq bo'lishi kerakligi ham alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Bank misolida qar

aydigan bo’lsak, xulq

-atvor iqtisodiyoti odamlarning iqtisodiy

qarorlarini qabul qilish psixologiyasini o'rganadi. Unda odamlar nega ba'zan mantiqsiz

qarorlar qabul qilishlari va buni kredit, depozit kabi operatsiyalarga qanday ta’sir qilishi

o’rganiladi.

Ayniqsa, banklarda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlarida mijozlar

uchun eng maqbul bankni ham tanlab olish bevosita xulq-

atvor iqtisodiyoti bilan bog’liq

holatlarni keltirib chiqaradi. Sababi, keng tanlov imkoniyati orqali tanlash qobiliyati bir

muncha qiyinlashadi. Mijoz o’ziga mos keluvchi ta’riflarni tanlash uchun esa ma’lum vaqt

davomida bank bilan tanishadi, imkoniyatlarini o’rganadi va maslahatlar oladi.

Xulq-atvor iqtisodiyotidan kelib chiqib quyidagi fikrga kelishimiz mumkin, hozirda

banklar, korxona, tashkilotlar mijozlar uchun kurash olib bormoqdalar. Mijozlarning

qoniqishini oshirish, mijoz va xodimlar bilan muloqotni optimallashtirish dasturlarini

belgilash kabilarni ichki tizmni yaxshilash orqali inson psixologiyasiga ta’sir etib keli

nmoqda.

1-rasm.

Mijozlar sonining psixologik aloqaga bog’liqligi

265

Har yili moliyaviy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar marketing va mijozlar uchun juda

katta miqdorda sarmoya kiritadilar, ba’zan bu sezilarli natijalarga olib ke

lmaydi, qachonki bu

vaziyatga psixologik jihatdan yondashilinmaganda. Mijozlar bilan differensial o’sishning

264

https://www.investopedia.com/

265

www.thefinancialbrand.com/news/bank-cross-selling

ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Psixologik aloqa keng daromadli va uzoq muddatli mijozlarga olib keladi

Norozilik/

Bog’lanmaganlik

Yuqori qoniqish

Brend kuchi

Psixologik aloqa

15-20% kam

10-15% ko’p qiymat

30-100% ko’p qiymat

Sifat

Xizmat

Qiymat

Eng yaxshi
mahsulot

Xususiylik

Brendning
ajralib turishi

Erkinlik

Hayotdagi
muvaffaqiyat

Ijtimoiy
qobiliyat

Oila


background image

414

yagona imkoni bu ular bilan psixologik va hissiy jihatdan aloqalar o’rnatish hisoblanadi.
Mijozlarning eng chuqur hissiy tuyg’ulariga murojaat qili

sh, xatti-harakatlarini bashorat qilish

va ularni obyektiv tarzida aniqlash moliyaviy xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalar uchun yillik

barqaror mijozlar tizimini shakllantirishga yordam beradi. Mijozlar moliyaviy tashkilotlar

bilan o’z qadriyatlarini ro’yobga

chiqara olish imkoniyati borligini his qilsalar, ko’p xizmat

turlaridan sadoqat bilan foydalana oladilar.

Yuqoridagi diagrammada yillik mijozlarning diapazon miqdori ko’rsatilgan. Bunda

psixologik jihatdan bog’langan mijozlar har yili

30-

100%dan ko’proq bo’lishi ko’rsatilgan. Bu

farq ayniqsa, moliyaviy xizmatlarda yuqori bo’lib, bunda yildan

-yilga his-

tuyg’ulari inobatga

olingan mijozlar salmog’i ortib bormoqda. Bir so’z bilan aytganda, bank va boshqa

tashkilotlarning marketinggi bevosita xulq-

atvor iqtisodiyoti bilan bog’langan bo’lishi mijozlar

salmog’ini oshirishga ko’maklashadi.

Shuning uchun ham hozirgi kunga kelib, banklar o’z xizmat turlarini, faoliyatini ommaga

yaxshiroq tanishtirish uchun reklamalar va PR tadbirlaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

Xususan banklar, kompaniya va firmalar o’z brendini targ’ib qilish uchun “brend yuzi”, “brend
elchisi” usullaridan foydalanib kelmoqdalar. Marketingning bu usuli orqali nafaqat

mijozlarning psixologiyasiga ta’sir etish mumkin, balki m

arketing xarajatlari ham bu orqali

qoplanib boradi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, marketing va insonlarning

psixologik yondashuvi uzviy bog’liq va bu bevosita xulq

-

atvor iqtisodiyotidagi ta’sir doirasi

bo’yicha ham salmoqli o’rinni egallaydi.

Xulq-atvor iqtisodiyoti bank faoliyati konteksida juda muhimligini bilgan holda

fikrimizni davom ettirar ekanmiz, quyidagi mulohazaga ham alohida to’xtalib o’tishimiz kerak.

Hozirgi kunda "ma'lumotlar fani" (data science) moliya sohasida juda keng tarqalgan tizimdir,

ammo ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lish iste'molchilarning xatti-harakatlariga ta'sir qilish

uchun yetarli emas. Misol tariqasida “FitBit”ni olsak

- u o'z bazasida kundalik faoliyat haqida

tonnalab ma'lumotlarni to'pladi, lekin u odamlarni ko'proq mashq qilishga undamadi, chunki

u inson elementini o'z ichiga olmagan. Ma'lumotlar fani va xulq-atvor iqtisodiyotining
birlashganda esa, potentsiali katta bo'ladi. Ayniqsa, bank sohasida odamlarning pul va

moliyaga nisbatan hissiy munosabati juda kuchli. Agar ular butunlay oqilona qaror qabul

qilmoqdamiz deb o'ylashsa ham, har doim ularni boshqarib turuvchi hissiyotlari mavjud
bo'ladi. Shuning uchun banklar odamlarga pullari bilan to'g'ri qaror qabul qilishda yordam

berish uchun bu his-tuyg'ulardan xabardor bo'lishlari kerak.

Yuqoridagi fikr va mulohazalarga tayangan holda aytishimiz mumkinki, O’zbekiston

bank tizimida ham aynan xulq-

atvor iqtisodiyotiga e’tibor qaratgan holda, xizmat ko’rsatish

tashkillashtirilsa, ham mijozlar uchun, ham iqtisodiy sektor

uchun manfaatli bo’ladi.

Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati mamlakatdagi bank sektoriga to’g’ridan to’g’ri
bog’liq ekanligini inobatga olgan holda, banklar faoliyatini nostandart tarzda

tashkillashtirishga urg’u berish ayniqsa kerakli bo’ladi deg

an fikrdamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

https://static.norma.uz/documents/2/6019.pdf

2.

https://lex.uz

3.

The Nobel Prize. "

Daniel Kahneman Facts

, https://www.nobelprize.org/prizes/economic-

sciences/2002/kahenman/facts/.

4.

https://www.investopedia.com/

5.

www.thefinancialbrand.com/news/bank-cross-selling


Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов