SUKUKLAR EMISSIYASINING VALYUTALAR KESIMIDAGI TAQSIMOTI

Поделиться
Abrorov , S. . (2023). SUKUKLAR EMISSIYASINING VALYUTALAR KESIMIDAGI TAQSIMOTI . Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 410–411. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19088
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekistonda keyingi yillarda sukuklarga qiziqish ortib borayotgani sezilsa-da, bu turdagi islomiy qimmatli qog‘ozlar amaliyotga joriy etilmagan. Shunga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati kelganligini ta’kidlab o‘tdi256. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmonida islom moliyalashtirish tamoyillari asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish bo‘yicha alohida vazifa belgilangan. Aytish mamkinki, kapital bozori uchun islom qimmatli qog‘ozlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.


background image

410

SUKUKLAR EMISSIYASINING VALYUTALAR KESIMIDAGI TAQSIMOTI

Abrorov Sirojiddin Zuxriddin o

g

li

PhD, TDIU katta o‘qituvchisi

O’zJOKU katta o‘qituvchisi

O‘zbekistonda keyingi yillarda sukuklarga qiziqish ortib borayotgani sezilsa

-da, bu

turdagi islomiy qimmatli qog‘ozlar amaliyotga joriy etilmagan. Shunga qaramay, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga

Murojaatnomasida mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy

bazani yaratish vaqti-

soati kelganligini ta’kidlab o‘tdi

256

. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-

apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-6207-sonli Farmonida islom moliyalashtirish tamoyillari

asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish bo‘yicha alo

hida vazifa belgilangan. Aytish

mamkinki, kapital bozori uchun islom qimmatli qog‘ozlarining ahamiyati tobora ortib

bormoqda.

Sukuk

(“sakk”ning ko’pligi, arab tilidan akt, hujjat, chek

257

)

investitsion faoliyat yoki

uning aktiviga nisbatan egalik

huquqidagi ulushini ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga

asoslangan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo’lib, turiga ko‘ra foyda va zararga sherikchilikni

ifodalaydi, so‘ndirilishi va foyda darajasi riskka asoslanadi.

2022-yil boshiga qadar

jahonda 1,6 trln. AQSh dollaridan ortiq sukuk emissiya

qilingan

258

.

Jahon bo‘yicha 2021

-

yil yakuniga qadar 27 ta valyutada sukuk chiqarilgan bo‘lib,

unda Malayziya ringgiti 48,4 foizlik ulush yoki 780,3 mlrd. AQSh dollariga teng qiymat bilan

yetakchilik qilgan (1-rasm).

1-rasm. Jahon valyutalari kesimida sukuk emissiyasi hajmi,

2001-2021-yillar (mlrd. AQSH dollari)

259

256

https://president.uz/uz/lists/view/4057

257

Абдумажид Анорбоев. Ан

-

Наъйм –

Т.: Абдулла Қодирий, 2003. –

462-

б.

258

IIFM Sukuk report: A comprehensive study of the global sukuk market. International Islamic Financial Market, August

2022, 11th edition. p29.

259

IIFM Sukuk report: A comprehensive study of the global sukuk market. International Islamic Financial Market, August

2022, 11th edition. p86.


background image

411

Valyutalar kesimida AQSh dollari 22,7% (366,2 mlrd.) va Saudiya Arabistoni riyoli 8,5%

(136,4 mlrd. AQSh

dollari)lik ulush bilan uchlikdan o‘rin olgan. S

huningdek, Indoneziya

rupiysi (7,7%, 124,1 mlrd. AQSh dollari) va turk lirasi (3,9 %, 63,0 mlrd. AQSh dollari) qiymati

bo‘yicha eng ko‘

p emissiya qilingan valyutalardan hisoblanadi.

So‘nggi yillarda Indonez

iya rupiysi va turk lirasining ulushi ortib bormoqda. AQSh

dollaridan tashqari xalqaro tan olingan valyutalardan hisoblanuvchi Buyuk Britaniya funt

sterlingi, yevro va Xitoy yuanida ham sukuk chiqarilgan bo‘lib, jami 374,9 mlrd. AQSh dollari

(23,3 %)ga ten

g bo‘lgan. E’tiborli jihati shundaki, bu qiymat xalqaro sukuklar qiymatidan kam.

Bu esa, xalqaro sukuklar mahalliy valyutada ham chiqarilayotganligini anglatadi.

2021-yil davomida emissiya qilingan sukuklarning valyutalar kesimidagi tarkibi tahlil

qilib ko

‘rilsa hajm jihatidan avvalgi rasmdagidan deyarli farq kuzatilmaydi (2

-rasm).

Malayziya ringgiti 32,4 foizlik ulush yoki 61,0 mlrd. AQSh dollariga teng qiymat bilan

dominant bo‘lsa, AQSh dollari 25,0% (47,1 mlrd.), Saudiya Arabistoni riyoli 14,4% (27,1 mlr

d.

AQSh dollari), Indoneziya rupiysi 10,8% (20,3 mlrd. AQSh dollari) va Turk lirasi 6,9% (13,0

mlrd. AQSh dollari)lik ulush bilan asosiy valyuta sifatida

o‘rin olgan.

2-rasm. Jahon valyutalari kesimida sukuk emissiyasi hajmi,

2021-yil (mlrd. AQSh dollari)

260

Umuman olganda eng dominant bo‘lgan valyutalardan tashqari boshqa valyutalarda

ham sukuk chiqarilish hajmi ortib borishi va uning turli mamlakatlar o’z samarasini

berayotganligi bo‘yicha xulosalarga kelishga asos bo’ladi. E’tiborli jihati shund

aki, Bangladesh

takasi valyutasida 6,3 mlrd. AQSh dollari qiymatidagi sukuk chiqarilgan bo‘lib, 2021

-yil

davomida emissiya qilinga sukuklarning 3,3 foizini tashkil qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 14-

apreldagi “Kapital

bozorini yanada

rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-6207-sonli Farmoni

2. IIFM Sukuk report: A comprehensive study of the global sukuk market. International Islamic

Financial Market, August 2022, 11th edition. 202 p.

3. Абдумажид Анорбоев. Ан

-

Наъйм –

Т.: Абдулла Қодирий, 2003. –

960 б.

4. https://president.uz

260

IIFM Sukuk report: A comprehensive study of the global sukuk market. International Islamic Financial Market, August

2022, 11th edition. p87.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmoni

IIFM Sukuk report: A comprehensive study of the global sukuk market. International Islamic Financial Market, August 2022, 11th edition. 202 p.

Абдумажид Анорбоев. Ан-Наъйм – Т.: Абдулла Қодирий, 2003. – 960 б. 4. https://president.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов