BANK RISKLARINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Поделиться
Abdullaeva, S., & Abdullaev , S. (2023). BANK RISKLARINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 205–207. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19100
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bank nobank tashkilotlari amaliyotida muhim yo’nalishlardan biri – bu bank risklarini baholashdir. Uni to‘g‘ri baholash, uni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi. Respublikamizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususan,bugungi kunda bank tizimi kapitalining etarlilik darajasini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq, banklarda risk-boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor yo‘nalishlar, xususan, tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tarkibida bank Kengashiga bevosita bo‘ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo‘mitasining majburiy tarzda joriy qili nishi, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish, kapital etarliliga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish, ehtimoliy zararlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutgan


background image

205

BANK RISKLARINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Sh.Abdullaeva

Toshkent moliya instituti I.f.d.,prof.,

S.Abdullaev

-

Toshkent moliya instituti

Bank nobank tashkilotlari amaliyotida muhim yo’nalishlardan biri –

bu bank risklarini

baholashdir.

Uni to‘g‘ri baholash, uni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha tegishli choralar

ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi. Respublikamizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va

iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususan,bugungi kunda bank tizimi kapitalining

etarlilik darajasini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalqaro re

yting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlariga

muvofiq, banklarda risk-boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor

yo‘nalishlar, xususan, tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tarkibida bank Kengashiga
bevosita bo‘ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo‘mitasining majburiy tarzda joriy qili

nishi,

tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan

barqarorlashtirish

zaxiralarini

yaratish,

kapital

etarliliga

qo‘yiladigan

ta

lablarni

takomillashtirish, ehtimoliy zararlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutgan.Bazel

qo‘mitasining yangi takliflarini bank nazorati tizimiga joriy qilish belgilan

ganligi bu sohada ijobiy

natijalar bermoqda.

Mamlakatimiz banklari faoliyatini jahon talablariga moslashtirish har bir bankdan samarali

boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishni, xususan, risk boshqaruvini takomillashtirish

choralarini ko‘rishni taqozo etadi.Ta’kidlash lozimki, jahon moliyaviy inqirozi xalqaro bank

amaliyotida risklarni boshqarish tizimida jiddiy nuqsonlar borligini, ushbu tizimni isloh qilish

zaruruyatini ko‘rsatib berdi. Bunday sharoitda bank faoliyati bilan bog‘liq risklarni boshqarishni

samarali tashkil etish, risklarni tartibga solishning me’yoriy talablarini Bazel nazorati bo‘yicha
Bazel qo‘mitasining zamonaviy tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish, ichki reyting tizimini

shakllantirish bo‘yicha zaruriy shart

-sharoitlarni yaratish bank ishining ustuvor

yo‘nalishlaridan hisoblanadi. SHu bois ,

bank xodimi bank risklarining kelib chiqish sabablari,

bank risklarini boshqarish, ularni to‘g‘ri baholay olish, bank risklarini boshqarishning tashkiliy

asoslarini, bundan tashqari,hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarida

risk

boshqaruvinini takomillashtirishga qaratilgan xalqaro amaliyoti bo‘yicha nazariy va amaliy

bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.Risk darajasi

muayyan faoliyatda maqsad nimaga

yo‘naltirilganiga qarab zararlar bo‘lishini yoki xo‘jalik subyektining faoliyat natijasi ma’lum bir

yo‘qotishlar bilan tugashi yoki yuqori daromad olishi mumkinligini ifodalaydi.

Ana shu risk

darajasi va u bilan bog‘liq yo‘qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud:

-

ekspert (subyektiv) baholash usuli;

-

statistik usul;

-

tahliliy (kompleks) usul.

Ekspert baholash usuli riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga

asoslanadi. Bunda bankning faoliyatida o‘tkazilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha mavjud

ma’lumotlar tahlil qilinib, imkoni boricha ko‘proq yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
operatsiyalar tahlilga jalb qilinadi. Shu jarayonda bankning o‘zidagi, shuningdek, bo‘lish ehtimoli

bo‘lgan yo‘qotishlar va ularning davr oralig‘i aniqlanadi:

𝑌 =

𝑌𝐻

𝑁


background image

206

Bu yerda: Y

yo‘qotishlar dar

ajasi (koeffitsiyentda);

YH

yo‘qotishlarga olib keluvchi holatlar soni;

N

tahlilga jalb qilingan holatlarning umumiy soni.

Formuladagi N bankning faqat yo‘qotish, zararlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan

operatsiyalarning sonini emas, balki barcha operatsiyalarni, jumladan, foyda keltiruvchi

operatsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Yo‘qotish darajasi 0 < Y < 1 oralig‘ida bo‘ladi. «Y» qancha «0»
ga yaqin bo‘lsa, risk darajasi shuncha kichik bo‘ladi. Agar «Y» qanchalik «1» soniga yaqin bo‘lsa,

risk darajasi sh

unchalik yuqori bo‘ladi. Statistik usul

ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar

ehtimolini variatsiya koeffitsiyenti (V) ni hisoblash yordamida aniqlanadi:

𝑉 =

𝜎 ∙ 100

𝑥̅

Bu yerda:

ya’ni o‘rtacha kvadratik farqlanish;

x

kuzatishga jalb qilingan operatsiyalar va ulardan kutilayotgan natija;

barcha operatsiyalarda kutilayotgan o‘rtacha natija;

n

operatsiyalar soni.

Bu koeffitsiyent ham 0 dan 1 gacha o‘zgarishda bo‘ladi va u qanchalik yuqori bo‘lsa,

farqlanish yoki risk darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bun

da 0,10 gacha

kam (sezilarli

bo‘lmagan farqlanish); 0,10

-0,25

me’yorida yoki sezilarli farqlanish; 0,25 va undan yuqori –

katta farqlanish.Variatsiya koeffitsiyentining darajasi bank tomonidan amalga oshiradigan

operatsiyalar bo‘yicha risk darajasining

past yoki yuqori bo‘lishiga bog‘liq. Ya’ni bankning

operatsiyalari bo‘yicha risk darajasi variatsiya koeffitsiyentiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu sababli

bank o‘z faoliyatida riskni kamaytirish va bank likvidligini oshirish uchun o‘z mablag‘larini

farqla

nishi eng kam bo‘lgan operatsiyalar (variant)ga qo‘yishga harakat qilishi kerak.Tahliliy

-

kompleks usuli

o‘yinlar nazariyasini qo‘llashga asoslanadi. U bankning nafaqat o‘z harakatlarini,

shuningdek, atrofidagi kontragentlarning ham amalga oshirishi mumkin

bo‘lgan barcha muqobil

harakatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘yinlar nazariyasi unsurlaridan foydalangan holda
vazifalarni hal qilish jarayoni juda ulkan va murakkab bo‘lib, juda ko‘p vaqt sarflashni talab etadi.

Bank bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi yoki ko‘rsatkichi (Kr) quyidagicha

hisoblanadi:

𝐾𝑟 =

𝐾𝑜

𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑚𝑎𝑘𝑠𝑖𝑚𝑎𝑙 𝑧𝑎𝑟𝑎𝑟

𝑜

𝑧 𝑚𝑎𝑏𝑙𝑎𝑔′𝑙𝑎𝑟

yoki,

Bu yerda:

Kr

bank bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi;

Z

shu

bankning barcha operatsiyalar bo‘yicha ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlar

yig‘indisi;

QM

bankning o‘z mablag‘lari;

E

bank tashqi risklarining me’yoriy koeffitsiyenti.

Xalqaro amaliyotda tashqi risklarni tahlil qilishning ikki bosqichli tizimi mavjud. Birinchi

bosqichda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat tahlil qilinadi, ikkinchi bosqichda

mamlakatdagi riskning umumiy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblab chiqiladi.

Bular:


background image

207

-

yalpi milliy mahsulotning o‘sish sur’atlari va jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM va uning

o‘sish sur’atlari;

-inflatsiya darajasi va ishsizlik darajasi;
-davlat budjetining taqchilligi va investitsiyalarning samaradorligi;

-

iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va savdo va to‘lov balanslari? siyosiy xatar daraja

si va

boshqalar. Banklarimiz faoliyatida risklarni baholash borasida mavjud bo’lgan usullsrdan
mahalliy banklarimiz amaliyotida qo’llanilishiga e’tibor qaratish lozim. Shunday usullardan biri

VaR ususli bo’lib u Risk qiymati (VaR)

- investitsiya xavfini hisoblaydigan moliyaviy ko'rsatkich.

Aniqrog'i, VaR - bu ma'lum bir vaqt ichida investitsiya portfelida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan
zarar miqdorini o'lchash uchun ishlatiladigan statistik usul. Risk qiymati berilgan portfelda

berilgan miqdordan ko'proq yo'qotish ehtimolini beradi

133

. Mazkur usulning qo’llanilishi riskni

baholfsh, undan keladigan yo’qotishlarni chamalash va oldini olish imkonini kengaytiradi.
Shuningdek, mamlakatimiz banklaridagi risklarni tahlil qilganda jahondagi ko‘pgina etakchi

mamlakatl

arda qo’llaniladigan usullar va uning statistika xizmatlari tomonidan maxsus e’lon

qilgan ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspert baholari va reytinglaridan ham foydalanilsa
maqsadga muvofiq bo’lar deb o’ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari.T. Iqtisod-moliya. 2019 y.

2. Abdullaeva S.

А.

Kredit konveyeri yoxud konveyer usulida kreditlash. Moliya jur.5-son, 81-87 bb.

3

. BAI Corporate Private Debt 2021 study, 1 бб.

4. BAI Studie 2019 Unternehmenskreditfinanzierungen durch Nicht-Banken in Deutschland

Die

Sichtweise der drei Marktakteure, 9 бб.

5. Private Debt study, The evolution and next frontier for investors, private market insights. Mercer

2021.

6. corporatefinanceinstitute.com/resources/knowledge/trading-investing/value-at-risk-var/#:

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА ЛОЙИҲАВИЙ МОЛИЯЛАШТИРИШ РИСКЛАРИНИ

БОШҚАРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ

Бердиев Акрам Ўктамович

-

Тошкент давлат иқтисодиёт университети

мустақил изланувчиси

Маълумки, ҳозирги даврда дунёда юз бераётган ижтимоий

-

иқтисодий жараёнлар,

жаҳон иқтисодиётининг глобаллашуви, шунингдек халқаро ва маҳаллий бозорларда

рақобатнинг

кескинлашуви

шароитида

тижорат

банкларида

лойиҳаларни

молиялаштириш, мавжуд муаммолар, рискларни бошқаришда қўлланиладиган
механизмларни такомиллаштириш долзарблигини кўрсатмоқда.

Мамлакатимизда иқтисодиёт тармоқларини жадал ривожлантиришни таъминлашга

қаратилган

инвестиция

лойиҳаларини молиялаштиршни самарали ва ўз вақтида амалга

ошириш

мақсадида

Ўзбекистон Республикасининг «Инвестициялар ва инвестиция

фаолияти тўғрисида»ги[1] янги таҳрирдаги қонуни, Ўзбекистон Республикаси

Президентининг

«

2022-

2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт

стратегияси тўғрисида»ги

[2],

«

Ўзбекистон

Республикаси Инвестиция дастурини

133

https://corporatefinanceinstitute.com/resources/knowledge/trading-investing/value-at-risk-

var/#:~:text=Incremental%20Value%20at%20Risk&text=Incremental%20VaR%20is%20calculated%20by,portfolio%20the%2
0individual%20investment%20represents.)

Библиографические ссылки

Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari.T. Iqtisod-moliya. 2019 y.

Abdullaeva S.А.Kredit konveyeri yoxud konveyer usulida kreditlash. Moliya jur.5-son, 81-87 bb.

BAI Corporate Private Debt 2021 study, 1 бб.

BAI Studie 2019 Unternehmenskreditfinanzierungen durch Nicht-Banken in Deutschland – Die Sichtweise der drei Marktakteure, 9 бб.

Private Debt study, The evolution and next frontier for investors, private market insights. Mercer 2021.

corporatefinanceinstitute.com/resources/knowledge/trading-investing/value-at-risk-var/#:

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов