MUDORABA ORQALI MOLIYALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI

Поделиться
Berdiyarov , I. . (2023). MUDORABA ORQALI MOLIYALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI . Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 385–388. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19116
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mudoraba atamasi lug‘aviy jihatdan arab tilidagi “doroba fil ard” so‘zidan olingan bo‘lib, “yer yuzida yurib, sayohat qilish” ma’nosini ifodalaydi. Bunday nomlanishiga sabab tadbirkorlar biznes yuritish uchun yer yuzida kezib yurishlaridir.


background image

385

MUDORABA ORQALI MOLIYALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI

Berdiyarov Ilhom Hayrullaevich,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi

Mudoraba atamasi lug‘aviy jihatdan arab tilidagi “doroba fil ard” so‘zidan olingan bo‘lib,

“yer yuzida yurib, sayohat qilish” ma’nosini ifodalaydi. Bunday nomlanishiga sabab

tadbirkorlar biznes yuritish uchun yer yuzida kezib yurishlaridir.

“Kanzud daqoiq” asari muallifi, buyuk vatandoshimiz Abul Barakot Nasafiy mudorabani

“bir tarafdan mol va boshqa tarafdan ish bilan ishtirok etiladigan shirkatdir”

227

, deb

ta’riflagan.

Amaliy jihatdan mudoraba foydada sherik bo‘lishni anglatadi

228

, ya’ni sheriklarning biri

kapital-sarmoyani taqdim etadi, u robbul-mol (kapitalning egasi) deb ataladi, ikkinchi tomon

esa o‘zining biznes yuritish bo‘yicha qobiliyati va tajribasini ishga solib kapitalni muayyan

loyihani moliyalashtirishga ishlatadi, u mudorib deb ataladi.

Mudoraba shartnomasi mutloq (cheklangan) va muqayyad (cheklanmagan) bo‘lishi

mumkin.

229

Agar u cheklangan mudoraba bo‘lsa, sarmoya egasi mudoribga vaqt, joy,

investitsiya faoliyatlari kabi masalalarda cheklovlar qo‘yishi mumkin. Agar mudoraba
cheklanmagan bo‘lsa, unda mudorib tadbirkorlar o‘z faoliyatlari davomida qilishi mumkin

bo‘lgan

barcha ishlarni, jumladan investitsiyaning barcha ruxsat etilgan turlarini amalga

oshirish, tijoriy faoliyat hamda savdoga tegishli barcha tranzaksiyalarni bajarishi mumkin.

Hozirgi paytda mudoraba shartnomasini amalga oshirish bo‘yicha eng ishonchli ham

kor

islom banklari hisoblanadi. Shuning uchun quyida uni amalga oshirish mexanizmini islom

banklari misolda ko‘rib chiqiladi:

- mijoz va islom banki mudoraba shartnomasi asosida biznes yuritishga tashabbus

ko‘rsatishadi va shartnoma tuziladi;

- kelishuvga

ko‘ra olinadigan sof foydani taqsimlash nisbati (misol uchun 40:60)

oldindan begilanadi va zarar ko‘rilganda esa robbul

-

mol, ya’ni islom banki zimmasiga bo‘lishi

belgilab qo‘yiladi;

- islom banki robbul-mol sifatida 100% kapitalni sarmoya qilib kiritadi, mudoribning

sarmoyadan to‘liq foydalanish imkoniyati ta’minlanadi;

-

mijoz esa mudorib sifatida o‘zining tadbirkorlik qobiliyati va boshqaruv bo‘yicha

tajribasi bilan loyihaga o‘z hissasini qo‘shadi, biznesni yuritadi;

- agar loyiha faoliyati natijasi foyda bilan chiqsa, oldindan kelishib olinganidek, olingan

foydaning 40%i robbul-

molga va 60%i mudoribga beriladi, agar zarar ko‘rilsa, u to‘liq robbul

-

molning zimmasiga bo‘ladi;

-

mudoraba shartnomasiga ko‘ra, biznes uchun kiritilgan sa

rmoya davriy ravishda yoki

mudoraba muddati tugagandan keyin foyda va zararni aniqlash uchun ajratib olinadi, u

robbul-molga qaytariladi;

- mudorabaning yakunida, uni yuritish uchun ishlatilgan aktivlar-jihozlar, asbob-uskuna

va tovarlar bozorda boshqa shaxslar yoki firmalarga sotish orqali tugatiladi yoki mudorib
tomonidan bozor narxida sotib olinadi.

230

Mudorabadan islom banklarida turli dezopit operatsiyalari va moliyalashtirish vositasi

sifatida foydalanish mumkin. Ularning eng ko‘p qo‘llaniladigani qu

yidagilar:

1)

jamg‘arma hisobraqamlari

227

Abul Barakot Nasafiy. Kanzud daqoiq. Bushro nashriyoti, Karachi. J.3.

B.89.

228

Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasarul viqoya fi masailil Hidoya. Qozon, 1909y. –

B. 132.

229

Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy. Badoi’us sanoi’ fi tartibish sharoi’. − Qohira: Maktabat dorul

-hadis,

1426/2005.

J. VII.

B.26.

230

Islamic Banking and Finance: Principles & Practices. 2014 by Marifa Academy. P.56.


background image

386

Mazkur hisobraqamni yuritishda banklar mudoraba shartnomasidan foydalanadi. Islom

banki amaliyotida mablag‘ni depozitga qo‘yuvchi mijozlar robbul

-mol sifatida qaraladi.

Shuning uchun qo‘yilgan mablag‘larning muayyan qismi turli biznes loyihalarga yo‘naltirilishi

mumkin va ulardan olingan foyda shartnomada oldindan kelishilgan nisbatda mijoz va bank

o‘rtasida taqsimlanadi. Agar zarar ko‘rilsa, depozitorlar zararni o‘z zimmasiga oladi.

231

Jamg‘arma hisobraqamlarning ishlash

jarayonini quyidagi misol orqali ko‘rish mumkin:

1)

Mijozdan 200

000 AQSh dollari miqdorida jamg‘arma hisobraqamiga depozit qabul

qiladi;

2)

Mijoz bu depozitni mudoraba asosida robbul-mol sifatida kiritadi, islom banki esa
depozitni boshqaruvchi mudorib sifati

da faoliyat ko‘rsatadi. Depozitor va islom banki

foydani 70:30 nisbatida bo‘lishishga kelishib olinadi. Zarar ko‘rilsa depozitor

tomonidan qoplanishi ham kelishiladi.

3)

Mudoraba depozitlari bank tomonidan loyihalarga investitsiya qilinadi, loyiha jarayoni

nazorat qilib boriladi.

4)

Loyihani amalga oshirish natijasida, kiritilgan sarmoyaga nisbatan misol uchun 10%

foyda, ya’ni 200

000 USD *10% =20 000 USD olindi.

5)

Foydani taqsimlash shartiga ko‘ra, bankning ulushi (30%) = 20

000 USD *30%= 6 000

USD va mijozning ulushi (70%)=20 000USD*70%= 14

000 USD ga teng bo‘ladi.

6)

Mijozning mudoraba depozitidan olgan sof foyda normasi 7% (14 000 USD)ni tashkil

etadi.

2)

investitsiya hisobraqamlari

Investitsiya hisobraqamlari

an’anaviy banklardagi muddatli omonatlarga muqobil ke

la

oladi. Bu hisobraqam mijozlarga muayyan miqdordagi mablag‘larini bankka depozit sifatida

ma’lum bir muddat (1 oy, 3 oy, 6 oy, 12 oy)ga kiritib belgilangan muddatda o‘z foydasini olish

imkoniyatini beradi. Shuningdek, bu hisobraqam banklarga depozitlarning ayrim qismini

mijozlar uchun saqlash va oldindan kelishilgan holda investitsiya qilishga imkon beradi.

Mazkur hisobraqamning jamg‘arma hisobraqamlaridan farqli jihati shundaki, kiritilgan

sarmoya bankda saqlanishning aniq muddati belgilab qo‘yiladi. Us

hbu muddatda mijoz

sarmoyani qaytarib olishi mumkin bo‘lmaydi. Jamg‘arma hisobraqamlarida esa mablag‘ni

istalgan vaqtda bankdan qaytarib olishi mumkin.

3)

takoful xizmatlari

Takoful (islom sug‘urtasi) doirasida 4 xil biznes model ishlatiladi. Shulardan biri

mudorabaga asoslangan model hisoblanadi. Mudoraba modeli mudoraba shartnomasi asosida

amalga oshiriladi. Bunda, takoful operatori (sug‘urta kompaniyasi) mudorib sifatida ishtirok

etadi. Uning yana bir nomi fond menejeri ham deyiladi. Takoful fondi (egalari) esa robbul-mol

ya’ni sarmoyani ta’minlovchi sifatida ishtirok etadi. Takoful fondi, ishtirokchilar tomonidan
tabarru shaklida to‘langan mablag‘lar hisobidan shakllangan bo‘ladi.

232

Fond mablag‘larini

investitsiya qilish natijasida olingan foyda takoful ope

ratori va takoful fondi (egalari) o‘rtasida

olindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Agarda faoliyat natijasida biror zarar yoki
kamomad kelib chiqsa, u robbul-

mol sifatida takoful fondining zimmasida bo‘ladi. Takoful

operator mudorib sifatida qilgan ishi uchun oylik ish haqi olmaydi, u faqat foydadan oladigan
ulushiga egalik qilishi mumkin. Takoful operator ishtirokchilar tomonidan kiritilgan

mablag‘larni ikkita alohida hisobga yo‘naltiradi: 1) ishtirokchining hisobi; 2) ishtirokchining

maxsus hisobi. Is

htirokchining hisobidagi mablag‘lar shariatga muvofiq keladigan biznes

loyihalariga investitsiya qilinadi. Biror zarar ko‘rilsa, u ishtirokchining maxsus hisobidan olib

qoplanishi mumkin. Faoliyat yakunida, maxsus hisobdagi sof zaxiralar (ya’ni, jami kirit

ilgan

mablag‘

-qoplamalar-

faoliyat xarajatlari) va ishtirokchi hisobilana sof tushumlar (ya’ni, jami

231

Askari H., Iqbal Z., Mirakhor A. Introduction to Islamic Economics: Theory and Application. John Wiley & Sons Singapore

Pte. Ltd. 2015.

Р

.195.

232

Байдаулет

Е

.

А

.

Исломий

молия

асослари. “Ўзбекистон” НМИУ

,

Тошкент

. 2019.

Б

. 79.


background image

387

investitsiya+foyda-faoliyat xarajatlari) qoldiq sifatida jamlanadi. Qoldiqni esa takoful operator
vakil sifatida barcha ishtirokchilarga ularning ulushlariga mos ravishda hamda takoful

shartnomasiga muvofiq taqsimlashga mas’ul bo‘ladi.

4)

mudorabaga asoslangan sukuk chiqarish

Mudorabaga asoslangan sukuk chiqarishda, sukuk sertifikatlarini chiqaruvchi taraf -

mudorib, sertifikatni olib loyihaga

mablag‘

-sarmoya kirituvchilar - robbul-

mol bo‘ladi.

To‘plangan mablag‘lar mudoraba kapitalini tashkil etadi. Jarayon quyidagi tartibda amalga

oshadi:

233

1)

maxsus loyiha kompaniyasi loyihani taqdim etadi, investorlar loyihaga qo‘shilish

uchun o‘z moliyaviy mablag‘larini kiritadi;

2)

mablag‘lar qabul qilib bo‘lingandan so‘ng kompaniya investorlarga sukuk

seritfikatini taqdim etadi, bu sukuk o‘z egasining mudorabadagi aktivda bo‘linmas egaligi

borligini ifodalaydi. Shuningdek, sukuk egasiga foydani davriy taqsimlashda tegadigan foyda

miqdoriga hamda sherikchilikdan chiqishda yoki sherikchilik tugatilganda taqsimlanadigan

foyda miqdoriga ega bo‘lish huquqini beradi

.

3)

maxsus loyiha kompaniyasi sukuk bilan bog‘liq barcha jarayonlar bo‘yicha ishonchli

vakil vazifasini bajaradi va investorlarning nomidan faoliyat yuritadi;

4)

maxsus loyiha kompaniyasi va tashabbuskor hamkor mudoraba shartnomasga

kirishadi, bunda tashabbuskor hamkor mudorib vazifasini, maxsus loyiha kompaniyasi esa

robbul-mol vazifasini bajaradi;

5)

maxsus loyiha kompaniyasi investorlardan to‘plangan mablag‘ni to‘rtashabbuskor

hamkorga mudoraba korxonasining kapitali sifatida to‘lab beradi;

6)

tashabbuskor hamkor

, mudorib sifatida o‘zining tajribasi va boshqaruvchilik

qobiliyatini ishga solib, mudoraba korxonasi faoliyatini yurgizadi;

7)

mudoraba korxonasi topgan foyda maxsus loyiha kompaniyasi va tashabbuskor

hamkor o‘rtasida shartnomada oldindan belgilangan nibatla

rda taqsimlanadi, mudoraba

korxonasining faoliyat muddati mudoraba sukukning muddatiga mos bo‘ladi;

8)

tashabbuskor hamkor mudoraba foydasining tegishli ulushini maxsus loyiha

kompaniyasiga to‘lab beradi;

9)

maxsus loyiha kompaniyasi davriy ravishda olingan fo

ydani investorlarga to‘lab

boradi;

10)

agar mudoraba korxonasining faoliyatidan olingan foyda kutilganidan ortiq bo‘lsa,

bu ortiqcha miqdordan tashabbuskor hamkorni rag‘batlantirish uchun muayyan miqdorni
berish mumkin, bu mablag‘ uning mudorib sifatida foydad

an oladigan ulushidan alohida

bo‘ladi;

11)

mudoraba bo‘yicha zararlar maxsus loyiha kompaniyasi zimmasida bo‘ladi;

12)

muddat yakunlanganda investorlar sukukni maxsus loyiha kompaniyasiga so‘ngi

taqsimotni amalga oshirish evaziga qaytarib beradi;

13)

sukuk shartnomasi

yakunida tashabbuskor hamkor so‘ngi taqsimotni maxsus loyiha

kompaniyasiga to‘lab beradi;

14)

maxsus loyiha kompaniyasi so‘ngi taqsimotni investorlarga to‘lab beradi;

15)

muddat yakunida tashabbuskor hamkorga mudoraba aktivlarini maxsus loyiha

kompaniyasidan soti

b olish majburiyati qo‘yiladi;

16)

o‘z navbatida, maxsus loyiha kompaniyasiga mudoraba aktivlarini tashabbuskor

hamkorga sotib majburiyati qo‘yiladi.

Yuqoridagi jarayonda cheklangan mudoraba turi qo‘llaniladi. Shariat olimlarining fikriga

ko‘ra, mudoraba korxo

nasidagi kapitalning kamida 33%i har doim moddiy aktivlarga

investitsiya qilinishi kerak.

233

Islamic Banking and Finance: Principles & Practices. 2014 by Marifa Academy. P. 166.


background image

388

Mavjud hayotiy qonuniyatga ko‘ra kimdadir sarmoya bor, lekin uni ishlatib tijorat qilish

qobiliyati yetarli bo‘lmaydi, ayni paytda boshqa bir kishining kapitali yo‘q,

lekin u pulni

tasarruf qilish, yaxshi tijorat qilish mahoratiga ega. Ushbu imkoniyat va qobiliyatlarni

birlashtirib ikki tomonning ham ehtiyojlarini qondirish, keng ko‘lamda esa jamiyat

a’zolarining manfaatlariga xizmat qilish uchun mudoraba orqali moliya

lashtirishni tashkil

etish muhim hisoblanadi.

Shuningdek, mavjud moliyalashtirish usullarini takomillashtirish va yangicha

yondashuvlarni joriy etish orqali moliya bozoridagi xilma-

xillikni ta’minlash imkoniyati paydo

bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

‘yxati:

1.

Abul Barakot Nasafiy. Kanzud daqoiq. Bushro nashriyoti, Karachi. J.3.

B.89.

2.

Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasarul viqoya fi masailil Hidoya. Qozon, 1909y.–

B. 132.

3.

Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy. Badoi’us sanoi’ fi tartibish sharoi’. − Qohira:

Maktabat dorul-hadis, 1426/2005.

J. VII.

B.26.

4.

Байдаулет Е.А. Исломий молия асослари. “Ўзбекистон” НМИУ, Тошкент. 2019. Б.

79.

5.

Islamic Banking and Finance: Principles & Practices. 2014 by Marifa Academy. P.56.

6.

Askari H., Iqbal Z., Mirakhor A. Introduction to Islamic Economics: Theory and Application. John

Wiley & Sons Singapore Pte. Ltd. 2015. Р.195.


MOLIYAVIY SAMARADORLIKKA ERISHISHDA

O’ZBEKISTONDA FAKTORING

AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH

Muxamadjanov Shaxriyor Solijon oʻgʻli

“El

-

yurt umidi” jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi

Jahonda moliyaviy resurslarni jalb etishga bo‘lgan raqobatning tobora kuchayib borishi

davomida mamlakat, uning hududlari va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari hamda
sohalarining investitsiya muhitini yaxshila

shga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining oʻsish surʼatlari

investitsiya muhitiga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Xorijiy investitsiyalarni respublika

iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi muhimdir, u, qachonki,

qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud (ijobiy)

boʻlsagina oʻsha davlat iqtisodiyotiga qoʻyilishi mumkin.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida hududlardagi investitsiya muhitin

i yaxshilashda hamda

islom moliyasi yoʻnalishida keng foydalaniladigan faktoring moliyaviy xizmat turi samarali

vositalardan biridir.

“Faktoring –

moliyaviy xizmat turi boʻlib, bunda faktoring kompaniya (tijorat banki)

mijozlardan tovarlarni sotish va xizm

atlarni koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan debitorlik

qarzdorligi huquqini maʼlum bir diskont narxda sotib olishiga aytiladi”.

“Faktoring” amaliyotining toʻliq mazmuni quyidagi uning funksiyalari orqali

aniqlashtiriladi:

Oʻzbekistonda faktoring operat

siyalari tijorat banklari tomonidan bajarilishini hisobga

olsak, mijoz haqida maʼlumot toʻplash va debitorlik qarzdorligini undirilishi ham ular

tomonidan amalga oshiriladi .

Jahon tajribasida “kollektorlar, muddati oʻtgan qarzdorlikni qarzdor

foydasiga undirib

berishni oʻz zimmasiga oladi, yaʼni qarzdorligini undirish bilan ham shugʻullanadi.

Oʻzbekistonda kollektorlik xizmatini yuridik jihatdan amalga oshirish imkoniyati mavjud

emas. Yaʼni tijorat banklari tomonidan berilgan faktoring shartnom

asi asosida

moliyalashtirilgan summani oʻz muddatida toʻlanmaslik uchun hech qanaqa penya, foiz

undirilmaydi”.

Библиографические ссылки

Abul Barakot Nasafiy. Kanzud daqoiq. Bushro nashriyoti, Karachi. J.3. –B.89.

Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasarul viqoya fi masailil Hidoya. Qozon, 1909y.– B. 132.

Alouddin Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy. Badoi’us sanoi’ fi tartibish sharoi’. − Qohira: Maktabat dorul-hadis, 1426/2005. – J. VII. – B.26.

Байдаулет Е.А. Исломий молия асослари. “Ўзбекистон” НМИУ, Тошкент. 2019. Б. 79.

Islamic Banking and Finance: Principles & Practices. 2014 by Marifa Academy. P.56.

Askari H., Iqbal Z., Mirakhor A. Introduction to Islamic Economics: Theory and Application. John Wiley & Sons Singapore Pte. Ltd. 2015. Р.195.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов