TIJORAT BANKLARINING MOLIYA BOZORIDAGI INVESTITSION OPERATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Поделиться
Sattorova, N., & Sabirov, A. (2023). TIJORAT BANKLARINING MOLIYA BOZORIDAGI INVESTITSION OPERATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 220–222. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19133
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy barqaroroligi ko`p jihatdan bank tizimiga va uning samarali faoliyat yuritishiga bogliq. Bugungi kunda xalqari bank amaliyoti jahom miqyosida moliya bozoridagi katta raqobat va inqiroz ta`siri sharoitida amalga oshrilayotganligi hammamizga ma`lum. Xalqaro amaliyotda tijorat banklarining faoliyati banklararo raqobat asnosida tashkil etilgan bo`lib, bu esa o`z navbatida banklardan o`z faoliyatida zamonaviy usullar va uslublar, yangi innovatsion texnologiyalarini qo`llashni, shuningdek, banklarni o`z faoliyatini isloh qilishni taqazo etadi.


background image

220

TIJORAT BANKLARINING MOLIYA BOZORIDAGI INVESTITSION OPERATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Sattorova Nasiba G`anijon qizi -

TDIU

, “Bank ishi va investitsiyalar”

kafedrasi o`qituvchisi

Sabirov Asqar Alisherovich -

Korporativ boshqaruv fakulteti

МBDA

-01-1 guruh, 2-kurs magistri

Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy barqaroroligi ko`p jihatdan bank tizimiga va

uning samarali faoliyat yuritishiga bogliq. Bugungi kunda xalqari bank amaliyoti jahom
miqyosida moliya bozoridagi katta raqobat va inqiroz ta`siri sharoitida amalga

oshrilayotganligi hammamizga ma`lum.

Xalqaro amaliyotda tijorat banklarining faoliyati banklararo raqobat asnosida tashkil

etilgan bo`lib, bu esa o`z navbatida banklardan o`z faoliyatida zamonaviy usullar va uslublar,

yangi innovatsion texnologiyalarini qo`llashni, shuningdek, banklarni o`z faoliyatini isloh

qilishni taqazo etadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar negizida milliy iqtisodiyotni isloh qilish,

tashqi savdo munosabatlarini, soliq va moliya siyosatini, shuningdek, bank operatsiyalarini

liberallashtirilishi orqali banklar va bank mijozlariga keng qulaylik va imkoniyatlar yaratilda.
Bu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentin

ing 2022 yil 28 yanvardagi “2022

-2026

yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strateguyasi to`g`risida”

140

PF-60-

sonli farmonining bilan “Harakatlar strategiyasidan –

Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili

asosida Yangi O`zbekistonni rivojlantirishning ettita ustuvor yo`nalishi davlat dasturi asosida

tasdiqlandi. Etti ustuvor yo`nalishning uchinchisi “Milliy i

qtisidiyotni jadal rivojlantinish va

yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlash” deb nomlangan bo`lib, unda bir qancha maqsad va

alohida vazifalar belgilab berilda. Farmonga ko`ra mamlakatimizda kapital harakatini

bosqichma-bosqich erkinlashtirish choralarini ko`rish alohida vazifa sifatida belgilandi, bu

o`rinda:

-

moliya bozoriga xorijiy kapital oqimlarini o`rta va uzoq muddatga jalb qilish orqali

mamalakatimiz iqtisodiyotiga uzoq muddatli investitsiya kiritilishini ta`minlash,

investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratish,

-

davlat qimmatli qog`ozlarini norezidentlar tomonidan xarid qilishga ruxsat berish

asnosida xorijiy investorlar oqimini jalb qilish, xorijiy investorlar ishtirokidagi

qo`shma korxonalar tashkil etish,

-

korporativ qimmatli qog`ozlar bozorida likvidlikni oshirish bilan bir qatorda turli mulk

shaklidagi korxonalar va ularning tovarlariga bo`lgan qizqqishni orttirish, bu bilan

mamlakatimiz moliya bozoriga xorijiy investorlar qiziqishini ortishiga erishish,

-

davlat ulushi mavjud korxonalarda xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlar

va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish orqali davlat ulushi mavjud korxonalarni
transformatsiya qilinishiga erishish,

-

rezidentlar tomonidan chet mamlakatlarda aktivlarni sotib olish orqali milliy ishlab

chiqaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi korxona va tashkilotlarni xorijiy davlatlarga sarmoya
kiritishlarini rag`batlantirish,

-

kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish, bunda mavjud bozorni zamonaviy

axborot kommunikasion texnologiyalar yordamida yanada faoliyatini kengaytirish,

140

Mirziyoev Sh.M.

“2022

-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strateguyasi to`g`risida

” PF

-60-sonli

Farmoni Lex.uz sayti.


background image

221

-

davlat qimmatli qog`ozlari bozorini rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni hamda
kapital bozori ishtirokchilarining malakasini oshirish, xorijiy davlatlar moliya bozorlari

va ishtirokchilari faoliyatini o`rganish, tajriba almashish,

-

“Asakabank”ni xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda transformatsiya qilish va

xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, “Xalq banki”, “Qishloq qurilish

bank” “Mikrokreditbank”, “Agro bank”, “O`zmilliybank”ning aksiyalarini 2023

-yilga

qadar fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish,

-

bank-moliya tizimlarida zamonaviy moliyaviy xizmatlar, operatsiyalar va

texnologiyalarni (fintex) hamda naqd pulsiz to`lovlarni rivojlantirish dasturini ishlab
chiqish,

-

banklar tomonidan ko`rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarni kiberxavfsizlikni ta`minlash,

banklar tomonidan o`z mijozlariga qulay, muhimi xavfsiz operatsiyalar o`tkazishni
yo`lga qo`yish,

-

aholining keng qatlami tomonidan naqd pulsiz to`lovlarni amalga oshirish uchun qulay

sharoitlarni yaratish, barcha turdagi xizmatlari uchun to`lovlarni naqd pulsiz shaklda
amalga oshirish imkoniyatini tashkil etish orqali bank tizimida moliyaviy barqarorlikni

ta`minlash asnosida bank operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirilishida

mukammal poydevor yaratadi.

Ma`lumki, tijorat banklarining asosiy maqsadi - bu mijozlarga sifatli, qulay bank

operatsiyalari orqali bank xizmatlarini ko`rsatish bilan bir qatorda

bank foydasini

shakillantirish bo`lib hisoblanadi. Bu borada tijorat banklarining aktivlarini to`g`ri va
ishonchli soha yoki tarmoq yo`nalishiga joylashtirish orqali, bank aktivlari - bank daromadini

shakillantiradi. Shu bilan birga riskka tortilgan aktivlar bo`yicha yo`qotish xavfini pasayishiga

hamda foydani maksimallashtirish orqali bank likvidligini oshishiga olib keladi.

Banklar qimmatli qog`ozlarga investitsiya kiritish bilan nafaqat o`z daromadini

oshishiga, balki ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar faoliyat ko`lamini kengayishiga,

ishlab chiqarish xajmini oshishiga, qo`shimcha bo`sh ish o`rinlarini vujudga kelishiga, eksport-
import operatsiyalar salmog`ini mamlakat va xorijiy davlatlar miqyosida o`sishiga, yangi

texnika va texnologiyalar kirib kelishiga turtki bo`lib xizmat qiladi.

Qimmatli qog`ozlar bilan investitsion operatsiyalar ko`lamini kengaytirishda boshqacha

aytganda banklar tomonidan qimmatli qog`ozlarga investitsiya kiritishda, tijorat banki

tomonidan moliyaviy mablag` yo`naltirilayotgan korxonaning faoliyat turi, xizmat ko`rsatish

sohasi yoki tarmoq yo`nalishini chuqur tahlil qilish, korxonaning so`nggi yillar davomidagi
moliyaviy ko`rsatkichlarini amaliy o`rganish, ishlab chiqarish xajmi, ko`lami, mazkur korxona

tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar yoki mahsulotning ichki va tashqi bozordagi o`rni,

shuningdek, korxona hamkorlari to`g`risidagi ma`lumotlarni aniqlash muhim bo`lib
hisoblanadi. Negaki, bu kabi ma`lumotlar to`liq o`rganmagan holda moliyaviy faoliyat

natijalari tahlilini amalga oshrmagan holda investitsiya kiritish, bank aktivlari riskini

ortishiga, mazkur jarayondan ko`zlangan maqsadga erishimasligi, pirovardida bank
daromadini pasayishiga, o`z o`rnida bank likvidligini pasayishiga, tushishiga ham olib kelishi

mumkin. Tijorat banki likvidligini pasayishi mijoz va bank o`rtasidagi munosabatlar ko`lamiga
ham jiddiy tasir qilmay qolmaydi. Shuni alohida qayd etib o`tish lozimki, bank likvidligini

pasayishi mijozlarning bankka bo`lgan ishonchini kamayishiga, ayrim ko`lami jihatidan yirik

bo`lib hisoblangan investitsion operatsiyalar natijasi esa, tijorat banki moliyaviy jihatdan
zaiflashishiga, to`lovga layoqatsiz bo`lib qolishiga olib kelishi mumkin.

Bu o`rinda mamalakatimizda faoliyat olib borayotgan AT “Asakabank” tomonidan bank

aktiv operatsiyalarida qimmatli qog`ozlar va ularga qilingan investitsiyalarning ulushni

141

ko`rib o`tamiz.

141

www.asakabank.uz

internrt sayti ma`lumotlari.


background image

222

AT "Asakabank"ning 2019-2022 yillardagi aktivlari tarkibida qimmatli

qog`ozlar va investisiyalarning o`rni

Aktivlar

2019 yil

2020 yil

2021 yil

2022 yil

1

Qimmatli

qog`ozlar va

ularga qilingan

investisiyalar

215 398 728

776 426 000

845 089 000

1 196 218 657

0,62

1,71

1,71

2,34

2

Investisiyalar

382 348 038

187 696 000

254 112 000

1 117 491 716

1,10

0,41

0,51

2,18

3

Kredit va lizing

operatsiyalari

26 321 800 862

35 806 386 000

37 695 638 000

35 665 599 472

75,9

79,0

76,3

69,7

4

Jami aktivlar

34 698 117 291 45 314 354 000 49 394 591 000 51 180 350 649

100,0

100,0

100,0

100,0

Jadval ma`lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki, AT "Asakabank"ning 2019-2022 yillar

davomida qimmatli qog`ozlar va ularga qilingan investisiyalarga yo`naltirilgan moliyaviy
resurslar hajmi o`sib brogan, ammo jami aktivlarga nisbatan kiritilgan sarmoyaning salmog`i

kam ekanligini ko`rishimiz mumkin. Tijorat banklari faoliyati universal xizmat ko`rsatuvchi

moliya instituti bo`lib hisoblanadi. Banklar tomonidan qimmatli qog`ozlar kiritilgan
investitsiyalar foiz to`lovlari (so`ndirilganch) yoki divedend orqali katta daromad

keltirmasada, ularni fond bozoridagi faol xarakari natijasida bu turdagi qimmatli qog`ozlar

bozor kursini sezilarni o`sishiga, natijada esa bank aktivlari hajmini ortishiga olib keladi. Bu
kabi moliyaviy barqaror ko`rsatkichlarning o`sishi xalqro amaliyotda ko`p kuzatilgan

holatlardir.

Yuqorida qayd etib o`tilgan ma`lumotlarga tayanib xilosa qiladigan bolsak, banklarning

qimmatli qog`ozlar bilan investitsion operatsiyalari bilan bog`liq risklarni to`liq bartaraf etish

mushkul, ammo bu kabi uchrashi mumkin bo`lgan risk turlarini kamaytirish bo`yicha tegishli

choralarni qo`llash zarur bo`lib hisoblanadi. Shu sababli bu kabi risklarni maksimal
kamaytirgan holda banklarning qimmtli qog`ozlar bilan investitsion operatsiyalari orqali

yuqori daromad olish bilan bog`liq tegishli choralaramalga oshirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.

1.

Mirziyoev Sh.M.

“2022

-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot

strateguyasi to`g`risida” PF

-60-sonli Farmoni Lex.uz sayti.

2.

www.Asakabank.uz

sayti ma`lumotlari.

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА АКТИВ ВА ПАССИВ ОПЕРАЦИЯЛАРНИНГ

GAP

ТАҲЛИЛИ

М.Б. Мўминова

-

ТДИУ, “Банк иши ва инвестициялар”

кафедраси доценти, DSc.

Мамлакат иқтисодиёти кўп жиҳатдан банк секторига боғлиқ бўлиб,

иқтисодиётини ривожлантиришда муҳим аҳамият касб этади. Бугунги кунда банкдан
мижозларнинг умидлари ортиб бормоқда. Шу сабабли банк хизматлари мижозларга

йўналтирилганлиги ва иш фаолиятини доимий равишда ривожлантириш амалга

оширилаётганлигини кўришимиз мумкин.

Бу борада иқтисодчи олим Е.В.Велик "... актив ва пассивларни бошқаришнинг

асосий мақсади кредит муассасасининг тўлов қобилияти

ва ликвидлигини

таъминлашда киритилган капиталдан қисқа ва узоқ муддатда максимал даражада

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strateguyasi to`g`risida” PF-60-sonli Farmoni Lex.uz sayti.

www.Asakabank.uz sayti ma`lumotlari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов