UY XO‘JALIKLARI DAROMADLARIGA SOLIQNING TA’SIRI

Поделиться
Xojiyev , J. (2023). UY XO‘JALIKLARI DAROMADLARIGA SOLIQNING TA’SIRI. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 245–247. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/financial-market-growth/article/view/19144
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Respublikamizda uy xo‘jaliklarining daromadi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki u uy xo‘jaligining iste’mol ko‘lamini va uning jamg‘arma va investisiyalar nuqtai nazaridan kelajakda kechiktirilishini belgilaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari miqdoriga ko‘plab omillar ta’sir qiladi va bu omillardan biri soliqqa tortish tizimidir. Soliqlarning nafaqat aholi daromadlari uchun, balki ularning daromadlar tengsizligini ta’minlashda milliy iqtisodiyot uchun muhimligini hisobga olgan holda, aholi daroma dlari tarkibi xususan, soliq solish soliq tizimining aholi daromadlar shakllanishiga ta’sirini baholash muhim hisoblanadi.


background image

245

мустаҳкамлашга қаратилган ҳукумат қарорларининг амалга оширилиши натижасида
юзага келган. Суғурта компанияларининг қимматли қоғозлар бозорида нисбатан

фаоллиги ошаётган бўлса, жаҳон молия бозорида тенгсиз ва жозибадор хисобланган
инвестиция фондлари Ўзбекистон қимматли қоғозлар бозорида ўз мавқеини йўқотиб

бормоқда.

Тадқиқот давомида олинган натижалар шундан далолат берадики, молиявий

секторни ривожлантириш учун фонд бозорини, унинг савдолари орқали

фаоллаштириш зарур. Бунинг учун эса:

1.

Аҳоли молиявий саводхонлигини ошириш орқали

Ўзбекистонда фонд бозори

инструментлари ёрдамида пул маблағлари харакатини фаоллаштириш зарур;

2.

Амалга оширилаётган иқтисодий ислоҳатлар суғурта компанияларининг ҳам

иқтисодиётдаги ролини оширишга қаратилиши, ҳамда молиявий секторнинг
профессионал, ўта

зарур, фойдали, шу билан бирга энг салмоқли қатнашчиларидан

бири бўлишига эришиш зарур;

3.

Дунё фонд бозорларида фуқаролар учун жозибадор ҳисобланган инвестиция

фондларининг Ўзбекистонда ҳам фаоллигини ошириш зарур. Шу орқали нафақат

иқтисодиёт таркибида молиявий секторнинг улуши ошади, балки капитал (фонд)

бозорини ривожлантиришга ҳам эришиш мумкин.

UY XO‘JALIKLARI DAROMADLARIGA SOLIQNING TA’SIRI

Xojiyev Jaxongir Dushabayevich

TDIU, Moliya kafedrasi, dots. v.b.

Respublikamizda uy xo‘jaliklarining daromadi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi,

chunki u uy xo‘jaligining iste’mol ko‘lamini va uning jamg‘arma va investisiyalar nuqtai

nazaridan kelajakda kechiktirilishini belgilaydi. Uy xo‘jaliklari daromadlari miqdoriga ko‘plab
omillar ta’sir qiladi va bu omillardan biri soliqqa tortish tizimidir.

Soliqlarning nafaqat aholi daromadlari uchun, balki ularning daromadlar tengsizligini

ta’minlashda milliy iqtisodiyot uchun muhimligini hisobga olgan holda, aholi daroma

dlari

tarkibi xususan, soliq solish soliq tizimining aholi daromadlar shakllanishiga ta’sirini baholash

muhim hisoblanadi. Bunda uy xo‘jaliklarining pul daromadlari tarkibini o‘zgarishi va aholi

daromadlarini tartibga solish mamlakatda amalga oshirilgan soliq islohotlarida aholi
daromadlarini soliq tortish tizimini takomillashtirish jumladan, samarali soliq stavkalari joriy

qilinishi bilan belgilanadi. Shu ma’noda, har bir uy xo‘jaligi ijtimoiy

-iqtisodiy kategoriya

sifatida yoki ularning umumiyligi, iqtisod

iyotda uy xo‘jaligi sohasini tashkil etuvchi, mehnat

birliklarining yuqori unumdorligi, keng ko‘lamli iste’mol va faoliyat hajmining oshishi tufayli

kamida uchta yo‘nalishda sezilarli iqtisodiy o‘sishga egadir[1].

Fikrimizcha, bunday jarayonlarda uy xo‘ja

ligining tasarrufidagi daromad miqdori

muhim o‘rin tutadi. Chunki, shaxsiy iste’moldagi tovar va xizmatlar tarkibi hamda miqdori,

jamg‘arma normasi yoki investision faolligi ko‘p jihatdan soliqlar to‘langandan keyingi aholi

ixtiyoridagi real daromad summas

iga bevosita bog‘liqdir. Bu, bir tomondan, mamlakatdagi

ijtimoiy-

iqtisodiy sharoit va, xususan, soliq va ijtimoiy sug‘urta yukining funksiyasidir. O‘z

navbatida, iqtisodiy siyosatning quyidagi beshta asosiy masalasini muhokamasi muhim
hisoblanadi: daromad

solig‘ining daromad taqsimotiga ta’siri, iste’mol va daromadni soliqqa

tortishda tabaqalashtirilgan soliq stavkasini qo‘llash, inson va jismoniy kapitalni soliqqa

tortish, inflyasiyaning iqtisodiyotning kapital intensivligiga ta’siri va jamg‘arma normasi

yetarli darajadaligi yoki yuqoriligi haqida munozaralar[2].

Xususiy jamg‘arma normasi soliqlardan to‘langandan keyingi real daromad stavkasiga

sezgir bo‘lgan iqtisodiyotda yoki davlat sektorining daromad hisobiga sarmoya kiritishga
bo‘lgan marjinal moyilligi xususiy sektorning xususiy daromad hisobiga tejashga bo‘lgan


background image

246

marjinal moyilligidan farq qiladi bu taxmin noto‘g‘ri. Chunki, daromad solig‘i orqali bir
vaqtning o‘zida aholi daromadini soliqqa tortilgandan keyin kapital daromadini rentabellik

darajasini p

asaytiradi va resurslarni xususiy sektordan davlat sektoriga o‘tkazadi, milliy

jamg‘arish normasi hamda mehnat va kapital nisbatiga ta’sir o‘tkazadi.

Fikrimicha, bunda

daromad solig‘ining va iste’mol solig‘ining tabaqalashtirilgan qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan

muhim masala hisoblanadi. Aksariyat iqtisodchilar

daromaddan ko‘ra iste’molga soliq

solishda samaradorlik afzalliklarini tan olishsada, iste’mol solig‘iga qarshi umumiy dalil

shundan iboratki, u regressiv hisoblanadi, chunki u soliq bazasidan foizli daromadini chiqarib

tashlaydi. Bu tahlil shu darajada to‘g‘ri hisoblanadiki, chunki foiz daromadi haqiqatan ham

boylikka nomutanosib ravishda oshadi. Aniq natijalar albatta, taqqoslanayotgan ikkita

soliqning xususiyatlariga bog‘liq. Biz jismoniy kapit

alga investisiyalarni bir zumda hisobdan

chiqarishga yo‘l qo‘ymasligimiz sababli (tadqiqot va ishlanmalar xarajatlaridan tashqari)

ehtimol daromadlarni soliq tortishning amaldagi tartibi inson kapitaliga daromad bilan

taqqoslaganda jismoniy kapitalga soliq solinganidan keyin foyda normasini pasaytiradi.

Umuman olganda, soliqlarning uy xo‘jaliklari daromadlariga ta’siri iste’mol, jamg‘arma

va investisiyalar nuqtai nazaridan shaxsiy imkoniyatlar hamda uy xo‘jaligi sektori milliy

iqtisodiyotning eng katta sof

jamg‘aruvchi sifatida mamlakatda iqtisodiy faoliyat uchun

muhimligi sababli dolzarb ilmiy va amaliy xususiyatga ega masala hisoblanadi.

Uy xo‘jaliklarining daromadlari turli manbalardan tashkil topadi:

-

ish haqi va boshqa mehnatga haq to‘lash;

-

investisiya faoliyati, shu jumladan shaxsiy mulk buyumlari oldi-sotdisi daromad, renta,
foizlar, dividendlar;

-

tadbirkorlik faoliyati; davlat ijtimoiy to‘lovlari; xorijda ishlayotgan shaxslardan

ko‘chirmalar;

-

boshqa daromadlar[3].

Uy

xo‘jaliklarining pul tushumlarini shakllantirish manbalarining xilma

-xilligi ularni

to‘rt guruhga bo‘lish imkonini beradi.

Jumladan, soliq solish maqsadlarida quyidagilar uy xo‘jaliklarining daromadi tarkibiga

quyidagilardan iborat:

-

mehnatga haq to‘lash

tarzidagi daromadlar;

-mulkiy daromadlar;

-moddiy naf tarzidagi daromadlar;

-boshqa daromadlar[4].

Qayd etish joizki, yuqoridagi daromadlarning salmoqli qismi to‘liq xo‘jaliklarning

ixtiyorida qolmaydi, balki to‘langan soliqlar va boshqa to‘lovlar miqdo

riga kamaytiriladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, uy xo‘jaliklarini daromad manbalari (pensiya, oilaviy nafaqa,
ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar) va yuqorida ko‘rsatigan soliqdan ozod qilingan

daromadlar uy xo‘jaliklari budjetning daromad qismini tashkil etgan holda to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

soliqqa tortish imkoniyati amalda mavjud emas.

Bugungi kunda xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan soliq tizimini

takomillashtirish va optimallashtirish eng muhim quyidagilar hisoblanadi:

-

uy xo‘jaliklari daromadlariga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan minimumni va

progressiv darajalarda yuqori va pastki chegaralarni oshirish;

-

uy xo‘jaliklarini mulk komponentlarini soliqqa tortishni o‘zgartirish, jumladan,

ko‘chmas mulk va transport vos

italariga soliqlarning oshirish;

-

daromadlaarni soliqqa tortish islohotlari uy xo‘jaliklari jamg‘armasini oshirishga

qaratilgan;

-

ijtimoiy to‘lovlarni nisbatini ishchining sug‘urta mablag‘larini hisobga oshirish

oqibatida uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadiga salbiy ta’sirni kamaytirish;

-

kapitaldan olinadigan soliqlar va iste’molga soliqlar o‘rtasidagi nisbatni

optimallashtirish;


background image

247

-

ipoteka kreditlar va uzoq muddatli iste’molga mo‘llangan tovaralar bo‘yicha qarz

to‘lovlariga soliq chegirmalari berilis

hi tartibini takomillashtirish;

-

uy xo‘jaligi sektorning daromadlari va farovonligiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan soliq

qonunchiligidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish.

O‘z navbatida, soliq ta’sirining yuqorida ko‘rsatilgan usullarini amaliyotga tatbiq

etish uy

xo‘jaliklarining moliyaviy savodxonligining yuqori darajasini talab qiladi, ular soliq imtiyozlari
va preferensiyalar orqali ixtiyoriy daromadni oshirishga huquqiy ta’sirning real

imkoniyatlarini bilishi kerak. Bundan tashqari, eng kam oylik ish haqidan oshmagan

daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlarini bekor qilinishi, voyaga yetmagan har bir yosh bolalar

uchun mol-

mulk solig‘i va ijara to‘lovlari uchun soliq chegirmalarini taqdim qilinishi va

bolalikdan nogiron bolalarni bolani tarbiyalash xarajatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy

maqsadga qaratilgan samarali soliq mexanizmini tatbiq qilinishi, jismoniy shaxslarning

nafaqat depozitlar, balki omonatlar bo‘yicha olgan foiz daromadlarining yalpi summasini o‘z

ichiga olgan foizli daromad solig‘i bo‘yic

ha soliq solinadigan bazani kengaytirish, tegishli

shartlar va alohida hollarda davlat yoki munisipalitetlar tomonidan chiqarilgan obligasiyalar

yoki boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz solig‘idan ozod qilish, soliqlar va yig‘imlar

qonunchiligida elektromobillar, elektromotosikllar va elektr transport vositalari hamda

maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni aniqlashning samarali mexanizmi joriy etish,
xodimlardan majburiy ijtimoiy ta’minot badallari, ba’zi ish bilan bog‘liq bo‘lmagan

munosabatlar va

o‘z

-

o‘zini ish bilan band bo‘lgan uy xo‘jaliklarining tasarufidagi

daromadlariga ta’sirini kamaytirish.

Shu o‘rinda, ta’kidlab o‘tish lozimki, jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini

kamaytirishning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘z dar

omadlarini (tegishli

bo‘lgan uy xo‘jaliklarining daromadlarini) shakllantirish va soliqqa tortish tartibini to‘liq

tushunib yetishi, xususiy moliyani boshqarishning muhim jihati va samarali boshqarishning

zaruriy sharti sifatida belgilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Callaghan, G. & Fribbance, I. 2007. Personal Finance, Palgrave Macmillan,47-87.

2.

Boskin, M. J. 1978. Taxation, Saving and the Rate of Interest. Journal of Political Economy,

86(2), r.3.

http://dx.doi.org/10.1086/260692.

3.

Radulova, A. 2015. Personal finances. Faber, V. Tarnovo, 20

25.; Rosefsky, R. S. 1999. Personal

Finance (7th ed.). John Wiley and Sons Inc., 617

636. Radulova, 2011, pp. 59

64; Rosefsky, 1999, pp. 617

636.

4.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri). https://lex.uz/docs/4674902.

ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ АҲОЛИ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИГИНИ

ОШИРИШДАГИ ЎРНИ ВА УЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ

Хожаев Азизхон Саидалохонович

-

Фарғона политехника институти,

“Бухгалтерия ҳисоби ва аудит” кафедраси

доценти, и.ф.ф.д. (PhD)

Аҳолининг молиявий билимларини ошириш ва уларнинг молиявий саводхонлиги

ошириш замонавий жамиятнинг олдида турган долзарб муаммолардан бири саналиб,
уларни янгича ёндашувлар асосида амалга ошириш зарур бўлади. Чунки бу тадбирлар

қизиқ ва мураккаб жараён ҳисобланади. Ушбу масалани ҳал этишнинг муҳимлиги эса

жамият ҳаётининг ўзгаришишида, уларнинг реал даромадларини ошишида кўриш
мумкин. Бу ишларни амалга ошириш биринчидан, мамлакат молия тизимининг

мустаҳкам асосларини билиш бўйича аҳолининг шахсий молия фаолиятининг етарли
эмаслиги, жумладан, нафақа, ижтимоий, тиббиёт, суғурта ва бошқа молия хизматлари

Библиографические ссылки

Callaghan, G. & Fribbance, I. 2007. Personal Finance, Palgrave Macmillan,47-87.

Boskin, M. J. 1978. Taxation, Saving and the Rate of Interest. Journal of Political Economy, 86(2), r.3. http://dx.doi.org/10.1086/260692.

Radulova, A. 2015. Personal finances. Faber, V. Tarnovo, 20–25.; Rosefsky, R. S. 1999. Personal Finance (7th ed.). John Wiley and Sons Inc., 617–636. Radulova, 2011, pp. 59–64; Rosefsky, 1999, pp. 617–636.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri). https://lex.uz/docs/4674902.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов